GEOSTARS
Статистика🗺 Xaritalarga qiziqasizmi? Siz to‘g‘ri joydasiz. Bu kanal — geografiya, GIS va kosmik ma’lumotlar olamiga yo‘l. 📍Geo ixlosmandlari uchun maxsus kanal. Admin: https://t.me/Shoxoka1208
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 320
- 1/48двое суток
- 366
- 1/72трое суток
- 395
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
GEOSTARS pinned a photo
🛰 ArcGIS’da sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilishni o‘rganing! Esri’ning The ArcGIS Imagery MOOC: Foundations and Frontiers bepul onlayn kursida siz Landsat, Sentinel va boshqa tasvirlar bilan ishlash, SAR, GeoAI, Deep Learning, yer qoplamini tasniflash va o‘zgarishlarni aniqlashni o‘rganasiz. 💻 Dasturlar: 🔹 ArcGIS Pro 🔹 ArcGIS Online 🔹 ArcGIS Image Analyst 📅 Boshlanishi: 26-avgust 2026 📅 Yakuni: 7-oktabr 2026 ⏳ Davomiyligi: 6 hafta ⏱️ Haftasiga: 2–3 soat 💰 Bepul 🎓 Yakunda sertifikat beriladi ❇️ Kurs tarkibida Esri mutaxassislarining videodarslari, bosqichma-bosqich amaliy mashqlar va muhokama forumi mavjud. Barcha bo‘limlarni tugatgan ishtirokchilar sertifikat oladi. 🌐Kurs haqida ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish #ArcGIS #Esri #RemoteSensing #Imagery #GIS #MOOC #GeoAI 🌍 @geostars
💧🗺 O‘zbekiston suv obyektlari bitta xaritada! SuvMap.uz “Suv bormi?” grant loyihasi doirasida yaratilgan suv resurslariga oid interaktiv platforma. Loyiha USAIDning suv va atrof-muhit bo‘yicha mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Xaritada O‘zbekiston bo‘yicha: 🌊 daryo, kanal va soylar 🏞 ko‘llar va suv omborlari 💧 artezian va boshqa quduqlarni topish mumkin. Ayrim obyektlarda suvning mavjudligi va holati, undan foydalanish, qirg‘oq holati, o‘simliklar, fotosuratlar, o‘rganilgan sana hamda ma’lumot kiritgan muallif ko‘rsatilgan. 👥 Har bir obyekt bo‘yicha ma’lumotni to‘plagan muallif nomi berilgan va kiritilgan ma’lumotlarning aniqligi uchun mualliflarning o‘zi mas’ul. Sayt bilan tanishish: 🌐 SuvMap.uz #SuvMap #GIS #SuvResurslari #Uzbekistan #GeoData 🌍 @geostars
видео или голосовое, без подписи
🏛🌍 Dunyoning tarixiy obidalarini 3D formatda o‘rganing! FUNES — tarixiy obidalar va me'moriy yodgorliklarning 3D raqamli kutubxonasi. Saytda 19 ta davlatdagi 2000 dan ortiq 3D model mavjud bo‘lib, ularni 360° ko‘rish, kattalashtirish va ko‘plab modellarni bepul yuklab olish mumkin. Bu platforma arxitektorlar, 3D dizaynerlar, talabalar va tadqiqotchilar uchun foydali manba hisoblanadi. 🌐 https://funes.world/ #3D #CulturalHeritage #Photogrammetry #OpenData 🌍 @geostars
🚗🗺 Web xaritalar tirbandlikni qanday aniqlaydi? Xaritada yo‘llarning 🟢 yashil, 🟡 sariq va 🔴 qizil rangga kirishini ko‘ramiz. Xo‘sh, bu ma'lumotlar qanday aniqlanadi? 📍 Harakatlanayotgan minglab telefon va navigatorlar (foydalanuvchi ruxsati bilan😉) o‘zining joylashuvi va tezligini anonim tarzda uzatadi. 🚗 Agar bir yo‘lda avtomobillar odatda 60 km/soat yursa, lekin ayni paytda tezlik 15–20 km/soatga tushib qolsa, tizim bu yerda tirbandlik borligini aniqlaydi. 🤖 Keyin sun'iy intellekt real vaqt ma'lumotlarini oldingi kunlar va yillardagi harakat statistikasi bilan solishtirib, tirbandlik qanday o‘zgarishini bashorat qiladi. 🛣 Shundan so‘ng algoritm barcha yo‘nalishlarni hisoblab, sizga eng tez marshrut va taxminiy yetib borish vaqtini (ETA) tavsiya qiladi. Yo‘lda vaziyat o‘zgarsa, marshrut ham avtomatik yangilanadi. 🚧 Bundan tashqari, yo‘l ta'miri, YTH, yo‘l yopilishi va foydalanuvchilar yuborgan xabarlar ham hisobga olinadi. 📚 Manbalar: 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ #GIS #Traffic #Navigation #GeoAI 🌍 @geostars
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🌍 Viza kerakmi yoki yo‘q? Bir daqiqada bilib oling! Chet elga safar qilishni rejalashtiryapsizmi? EntryConditions sayti orqali istalgan davlatga kirish shartlari, viza talabi, pasport muddati va boshqa muhim ma'lumotlarni bir necha soniyada tekshirishingiz mumkin. 📌 Hozirda O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin: 🇦🇶 Antarktida 🇦🇬 Antigua va Barbuda 🇦🇲 Armaniston 🇦🇿 Ozarbayjon 🇧🇧 Barbados 🇧🇾 Belarus 🇨🇳 Xitoy 🇩🇲 Dominika 🇬🇪 Gruziya 🇭🇹 Gaiti 🇮🇷 Eron 🇰🇿 Qozog‘iston 🇰🇬 Qirg‘iziston 🇲🇾 Malayziya 🇫🇲 Mikroneziya 🇲🇩 Moldova 🇲🇳 Mo‘g‘uliston 🇴🇲 Ummon 🇵🇭 Filippin 🇵🇳 Pitkern orollari 🇷🇺 Rossiya 🇼🇸 Samoa 🇸🇨 Seyshel orollari 🇻🇨 Sent-Vinsent va Grenadinlar 🇹🇯 Tojikiston 🇹🇭 Tailand 🇹🇷 Turkiya 🇺🇦 Ukraina 🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklari 🌍✈️ Safarga chiqishdan oldin bitta saytni tekshirib ko‘ring: 🌐 https://entryconditions.com/ #Visa #Travel #EntryConditions #GeoTravel 🌍 @geostars
⚽️🌍 Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi! Bugun esa bir qiziqarli faktga nazar tashlaymiz. 🏆 1930-yildan buyon FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan davlatlar xaritada jamlangan. 🇺🇾 Urugvay — 1930 🇮🇹 Italiya — 1934, 1990 🇫🇷 Fransiya — 1938, 1998 🇧🇷 Braziliya — 1950, 2014 🇨🇭 Shveysariya — 1954 🇸🇪 Shvetsiya — 1958 🇨🇱 Chili — 1962 🏴 Angliya — 1966 🇲🇽 Meksika — 1970, 1986, 2026 🇩🇪 Germaniya — 1974, 2006 🇦🇷 Argentina — 1978 🇪🇸 Ispaniya — 1982 🇺🇸 AQSH — 1994, 2026 🇰🇷 Janubiy Koreya — 2002 🇯🇵 Yaponiya — 2002 🇿🇦 Janubiy Afrika — 2010 🇷🇺 Rossiya — 2018 🇶🇦 Qatar — 2022 🇨🇦 Kanada — 2026 🏆 2026-yilgi mundial tarixda ilk bor uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. #FIFA2026 #WorldCup #Football #GeoHistory 🌍 @geostars
🌍📳 Zilzilalar haqida tezkor ma’lumot kerakmi? EMSC mobil sayti dunyo bo‘yicha so‘nggi zilzilalarni tez ko‘rsatadi. Unda zilzila joyi, magnitudasi, chuqurligi va xaritadagi holatini ko‘rasiz. Bu platforma European-Mediterranean Seismological Centre tomonidan yuritiladi. 📌 Saytda siz: 🔹 so‘nggi zilzilalar ro‘yxatini ko‘rasiz 🔹 zilzilani xaritada kuzatasiz 🔹 “I felt an earthquake” orqali o‘z kuzatuvingizni yuborasiz 🔹 guvohlarning izohlari, foto va videolarini ko‘rasiz 💡 Qulay tomoni: EMSC tezkor seysmik ma’lumotlarni rasmiy institutlar bergan ma’lumotlar va foydalanuvchilar yuborgan kuzatuvlar bilan birga jamlaydi. 🔗 Sayt manzili: https://m.emsc.eu/ #EMSC #LastQuake #Zilzila #Seismology 🌍 @geostars
⚽️🌍 Jahon chempionati boshlandi va tarixiy voqea yuz berdi! 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda. Turnirda 6 konfederatsiyadan eng kuchli terma jamoalar qatnashmoqda. 📊 Qit'alar bo‘yicha ishtirokchilar: 🔹 Yevropa (UEFA) – 15 ta 🔹 Afrika (CAF) – 9 ta 🔹 Osiyo (AFC) – 9 ta 🔹 Janubiy Amerika (CONMEBOL) – 6 ta 🔹 Shimoliy va Markaziy Amerika (CONCACAF) – 5 ta 🔹 Okeaniya (OFC) – 1 ta 🇺🇿 Eng quvonarlisi, O‘zbekiston futbol tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda! Mamlakatimiz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yangi debyutantlar qatoridan joy oldi. 👏 O‘zbekiston terma jamoasini ushbu tarixiy yutuq bilan yana bir bor tabriklaymiz va mundial bahslarida omad tilaymiz! #FIFA2026 #WorldCup2026 #Uzbekistan #Ozbekiston #JahonChempionati 🌍 @geostars
Ер ресурслари ва кадастр факультетининг 80 йиллигига бағишланган халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди. — Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
видео или голосовое, без подписи
🛸 Noma’lum uchuvchi obyektlar bo‘yicha yangi fayllar ochiqlandi AQSh hukumati noma’lum uchuvchi obyektlar, ya’ni darrov izoh berib bo‘lmagan osmon hodisalari bo‘yicha ilk maxfiylikdan chiqarilgan fayllarni e’lon qildi. ✅ E’lon qilingan hujjatlarda havoda muallaq turgan jismlar, yorqin chaqnashlar va hanuz aniq tushuntirilmagan kuzatuvlar tilga olinadi. Bu fayllar hali yakuniy xulosa emas, ochiq ko‘rib chiqish uchun berilgan materiallar hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, bu “sirli mavjudotlar topildi” degani emas. Bu hukumat izohlay olmagan ayrim osmon hodisalari bo‘yicha ochiq ma’lumotlar to‘plamidir. Yangi fayllar keyin ham bosqichma-bosqich qo‘shilishi aytilgan. 🔗 Sayt manzili: https://www.war.gov/ufo/ #UFO #UAP #SpaceNews #USA 🌍 @geostars
Orol dengizini 1853-yildagi ko’rinishi 1735-yildagi ko’rinishi Orol dengizi tarixi 🔥🔥🔥🔥
esri-geo-ai-agenda-uz-ru.pdf
📢 Esri Central Asia GeoAI Summit 2026 Toshkentda bo‘lib o‘tadi 🗓 Sana: 2026-yil 9-aprel 📍 Manzil: Toshkent, Innovatsion markaz U-ENTER 🕤 Ro‘yxatdan o‘tish: 9:30 dan 10:00 gacha Sammitda GeoAI, sun’iy intellektning GISdagi o‘rni, fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish, kosmik monitoring, FME muhiti, ArcGIS Agent Builder, shaharsozlikda AI, kartografiyalashni avtomatlashtirish va radiolokatsion suratlar asosida suv bosgan hududlarni baholash mavzulari yoritiladi. Ma’ruzachilar orasida Esri, Data+ International, Safe Software, Esri R&D Center Zurich, Kadastr agentligi va Uzbekkosmos vakillari bor. Dastur 16:00 da yakunlanadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://www.esri-cis.com/ru-ru/events/2026/esri-ca-geoai-summit ☎️ Aloqa: tm@esri-cis.com +998 974 77 39 00 www.esri-cis.com #Esri #GeoAI #GIS #SuniyIntellekt #Toshkent #ArcGIS #FazoviyMalumotlar #Kartografiya #Uzbekistan #GeoStars 🌍@geostars
📢 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 🗓 Sana: 2026-yil 20–21-aprel 🌍 Mavzu: “Markaziy Osiyoda yer munosabatlari va yer siyosati: tarix nigohida (Temuriylar davridan hozirgi kungacha)” 📌 Anjuman 22-aprel, Butunjahon yer kuniga bag‘ishlanadi. 📝 Maqola topshirish muddati: 2026-yil 10-aprel 📄 Maqola hajmi: 5–7 bet 📚 Maqolalar IMRAD tuzilmasida tayyorlanadi. 🌐 Rasmiy tillar: 🇺🇿 o‘zbek 🇷🇺 rus 🇬🇧 ingliz 📍 Asosiy yo‘nalishlar: 🧭 geodeziya 🗺 kartografiya 🏢 kadastr 💻 geoinformatika 🌱 yer tuzish 📡 fazoviy ma’lumotlar 📜 yer siyosati va uning tarixiy rivoji 📩 Maqolani yuborish: info@kadastr.edu.uz 📲 Telegram: t.me/Karabazov1988 ☎️ Murojaat uchun: +99897 710-82-64 +99897 457-67-78 #konferensiya #ilmiyanjuman #kadastr #geodeziya #kartografiya #geoinformatika #yerkadastri #fazoviymalumotlar #maqola #ilmfan 🌍@geostars
видео или голосовое, без подписи