tgindex
CEEN

Iqlim o'zgarishi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi: - Dunyo miqyosidagi ilmiy tadqiqotlar va kashfiyotlar; - Ajoyib va ayanchli faktlar; - Qiziqarli tadbirlar; - Shaxsiy fikrlar! @AlisherXudoyberdiyev

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
41
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 356
−18 за 6 дн.
Сутки
+1
+0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
628
40 постов
Вовлечённость
26,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 41
Упоминаний
9
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
137
1/48двое суток
157
1/72трое суток
169

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Oxirgi 146 yillik harorat ko’rsatkichlarining 1951-1980 yillar o’rtachalashgan haroratiga nisbatan o’zgarishi Oxirgi 10 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq dekada hisoblanadi. 2024-yil (1.28 °C) esa 1951-1980 yillar iqlimiy davridan haroratning eng yuqorilashi kuzatilgan yil bo’lgan. 🔥🔥🔥🔥

  • 14 авг.1621из ecogovuz

    💬Tadbirkorlar bilan videomuloqot Tadbirkorlarning ekologiya sohasidagi muammolari, taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mas'ul rahbarlari va ekspertlari ishtirokida 14-avgustdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 gacha videomuloqot o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/205975 💬Видеоконференция с предпринимателями В целях изучения проблем, предложений и обращений предпринимателей в сфере экологии, а также поиска практических решений, с участием ответственных руководителей и экспертов Национального комитета по экологии и изменению климата Республики Узбекистан 14 августа с 09:00 до 18:00 будет проводиться видеоконференция. https://gov.uz/ru/eco/news/view/205975 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎈O‘zbekistonda aerologik kuzatuvlar qayta yo‘lga qo‘yilmoqda Yashil iqlim jamg‘armasi va UNDPning moliyaviy ko‘magida O‘zgidrometning “Mayskaya” (Qibray) va “Yakkatut” (Buxoro) stansiyalari zamonaviy radiozondlash uskunalari bilan jihozlandi. Radiozond shar yordamida atmosferaga ko‘tarilib, turli balandliklarda harorat, namlik, bosim, shamol tezligi va yo‘nalishini o‘lchaydi. Ushbu ma’lumotlar atmosferadagi jarayonlarni yaxshiroq tushunish va xavfli ob-havo hodisalarini aniqroq prognoz qilishga yordam beradi. Masalan, turli balandliklardagi atmosfera sharoitlari haqidagi ma’lumotlar kuchli yog‘ingarchilik ehtimolini baholashga yordam beradi. Tog‘li hududlarda bunday yog‘ingarchilik sellar xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun aniqroq kuzatuvlar aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. 🔥🔥🔥🔥

  • 10 авг.4 6998

    Joriy iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq ikkinchi iyul oyi bo'ldi Havo harorati 1850-1900 yillarga nisbatan 1.47 °C ga oshgani kuzatildi.

  • Poytaxtda qisqa muddatli chang-to'zonlar kuzatilmoqda Poytaxtda shamolning kuchayishi natijasida chang-to'zonlar yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatda zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • “Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” ilmiy jurnali O‘zbekistondagi eng yaxshi ilmiy jurnallar qatoriga kiritildi O‘zbekistonda 350 dan ortiq ilmiy jurnallarni yagona platformada jamlagan SLIB.UZ bazasi tomonidan ilmiy nashrlar faoliyati tahlil qilinib, 23 ta jurnal orasidan eng yuqori “yashil” tasnifga kiritilgan ikki nashrdan biri aynan “Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” jurnali bo‘ldi. Jurnal sahifalarida meteorologiya, gidrologiya va atrof-muhit monitoringi yo‘nalishlaridagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar, amaliy natijalar va tahliliy materiallar muntazam chop etib kelinmoqda. Endilikda jurnal qamrovi yanada kengayib, Ekologiya milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida gidrometeorologiya bilan bir qatorda ekologiya va o‘rmonchilik sohalaridagi olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga ham keng o‘rin berilmoqda. Bu esa O‘zbekiston ekologiya fanida turli ilmiy yo‘nalishlarni bir maydonda birlashtirishga xizmat qiladi. Jurnal 2021-yildan buyon Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan fizika-matematika, qishloq xo‘jaligi va geografiya fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2025-yildan boshlab jurnalda e’lon qilinayotgan har bir ilmiy maqolaga DOI — xalqaro raqamli identifikator olinmoqda. Shuningdek, jurnalni raqamlashtirish, maqolalarning ochiqligi va ilmiy hamjamiyat uchun qulayligini oshirish maqsadida JOURNAL.HMRI.UZ elektron platformasi ishga tushirildi. “Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” jurnalining mamlakatdagi eng yaxshi ilmiy nashrlar qatorida e’tirof etilishi nafaqat tahririyat, balki sohada izlanish olib borayotgan olimlar va yosh tadqiqotchilar uchun ham muhim natijadir. Bu e’tirof O‘zbekistonda gidrometeorologiya va ekologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nufuzi va ularga bo‘lgan e’tibor tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🔥🔥🔥🔥

  • Poytaxtda qisqa muddatli chang-to'zonlar kuzatilmoqda Poytaxtda shamolning kuchayishi natijasida chang-to'zonlar yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatda zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • O'zbekistonda ob-havo va havo sifati, sinoptik jarayonlarni oldindan aniqlash yo'lida muhim qadam tashlandi https://t.me/uzgydromet/21896

  • 4 авг.4132из uzcosmos_official

    Brifing: “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi 2026-yil 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 07:00–09:00 oralig‘ida Xitoyning Haiyan Sharqiy kosmodromidan O‘zbekistonning "Samarkand-2028" yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchiriladi. Sun’iy yo‘ldosh giperspektral kuzatuv texnologiyasi hamda “O‘zbekkosmos” mutaxassislari ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli bilan jihozlangan. Olinadigan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, ekologiya, favqulodda vaziyatlar monitoringi, shaharsozlik va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Mazkur missiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning muhim natijasi bo‘lib, mamlakatimiz kosmik salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Video: https://youtu.be/Mx6tQNuRycY?si=NM5e6MaVVcFos8Qq Batafsil: https://gov.uz/oz/uzspace/news/view/201978 ——— Брифинг: запуск спутника "Samarkand-2028" 5 августа 2026 года с 07:00 до 09:00 по ташкентскому времени с космодрома Хайян (Восточный космодром), Китай, состоится запуск узбекского спутника дистанционного зондирования Земли "Samarkand-2028". Спутник оснащён современной гиперспектральной системой наблюдения и модулем искусственного интеллекта, разработанным специалистами "Узбеккосмос". Получаемые данные будут использоваться в сельском хозяйстве, управлении водными ресурсами, экологии, мониторинге чрезвычайных ситуаций, градостроительстве и других сферах. Миссия "Samarkand-2028" является важным результатом научно-технологического сотрудничества между Узбекистаном и Китаем и укрепляет космический потенциал нашей страны. Видео: https://youtu.be/Mx6tQNuRycY?si=NM5e6MaVVcFos8Qq Подробнее: https://gov.uz/ru/uzspace/news/view/201978

  • Bugun va ertaga poytaxtda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, bugun va ertaga Toshkent shahri hududida qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–15 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol ta'sirida ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida chang zarrachalari miqdori, ayniqsa PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga ortishi kuzatiladi. Shamol kuchaygan davrlarda, ayniqsa nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya hamda yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar himoya niqoblaridan foydalanish zarur. 🔥🔥🔥🔥

  • Oʻzbekiston energetika siyosatini isloh qilish orqali 23,7 million tonna issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirdi Bu bir yil ichida 5,2 mln dona avtomobildan chiqadigan tashlanmalarga tengdir. 2023-yilda O‘zbekiston energiya siyosatini isloh qilish bilan bog‘liq uglerod moliyalashtirishidan foydalangan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Mamlakat iCRAFT dasturi doirasida issiqxona gazlari chiqindilarining 23,7 mln tonnaga qisqartirib, 20 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ oldi. Manba 🔥🔥🔥🔥

  • 24 июл.54033из Ecoilm

    🏫 Green University – OTMT loyihasi nigohida! Oliy Ta’lim Muassasalari Tahlili (OTMT) loyihasining navbatdagi sonida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) mehmon bo‘ldi. Loyiha doirasida universitet rektori Baxtiyor Pulatov Green University faoliyati, rivojlanish strategiyasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Suhbat davomida universitetning maqsad va ustuvor vazifalari, kelgusidagi rivojlanish rejalari, bitiruvchilarning mehnat bozoriga tayyorlanishi, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, qabul va seleksiya jarayonlari, ta’lim sifati hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. 🎙 Intervyuni tomosha qiling va Green University haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling! 🎬 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=FLUXlCDAY44

  • Poytaxtda qisqa muddatli chang-to'zonlar boshlanmoqda Poytaxtda shamolning kuchayishi natijasida chang-to'zonlar yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatda zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • без подписи

  • Sayyorada o‘nlab teravatt yangi salohiyatga ega uchta energiya manbai mavjud: quyosh, yadro va okean Amerikaning Panthalassa startapi ma’lumotlar markazlarini quruqlikdan suvga ko‘chirishni o‘ylab topdi. Bunda bortdagi mexanik tizimlar to‘lqinlarning kinetik harakatini doimiy elektr oqimiga aylantiradi, okean esa ularni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qiladi. Yerga yaqin past orbitadagi sun’iy yo‘ldosh tarmoqlari kiruvchi buyruqlarni qabul qiladi va qayta ishlangan so‘rovlarni orqaga uzatadi. 2027-yildayoq Tinch okeanida kecha-yu kunduz ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaradigan shunday sharlar suzib yuradi. Ishlanma o‘n yil davom etdi, bu vaqt davomida u sinovdan o‘tkazildi va takomillashtirildi. Hozirda Oregon shtatidagi Portlend yaqinida bunday sharlar ishlab chiqaradigan zavod deyarli qurib bitkazildi. Loyiha mualliflari "insoniyatni barqaror yangi energiya manbai bilan ta’minlashga" tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. 🔥🔥🔥🔥