tgindex
TerraX

Donation: 9860190109418573 ))) Kanal admini: @Raximov_02

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 437
0 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
910
24 постов
Вовлечённость
63,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 26
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
478
1/48двое суток
547
1/72трое суток
590

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.25577из uzb_meteo

    Ўтган тунда икки хил астрономик ҳодиса кузатилди. Бири, Европаликлар ва улар билан бир меридианда жойлашган бошқа ҳудуд аҳолиси Қуёш ботишидан бироз олдинроқ Қуёшнинг тўлиқ тутилишига гувоҳи бўлишди. Бунда яъни Ой Қуёш ва Ер ўртасига тушиб, Қуёшни тўлиқ тўсганда қисқа вақт тун кузатилади. Иккинчи ҳодиса ерликлар жорий тунда сайёранинг Қуёш системасидаги Персеидлар яъни комета қолдирган издаги майда метеоритлар ёмғирига гувоҳи бўлишди. Айни ҳозирги муддатда ҳам қаерда тун кузатилаётган бўлса ўша ерликлар метеоритлар ёмғири ҳодисасини яна ҳам ёрғинроқ кўришмоқда. Сайёрамиз айни дақиқаларда комета орбитасини кесиб ўтмоқда. У нуқтада қачонлардир бу ҳудуддан ўтган кометадан қолган майда тош заррачалари бор. Ва у заррачалар атмосферамизга кирганда жуда кўп "юлдуз учишлар"ни тақдим этади.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌀 Xitoy sharqiga "Delfin" tayfuni yopirildi Yaponiya Okinavasidan oʻtib, Xitoyning sharqiy qirgʻoqlariga yetib kelgan "Delfin" tayfuni joriy yildagi eng kuchlisi sifatida baholanmoqda. Oqibatida deyarli 1.5 milliondan ortiq aholi xavfsiz hududlarga koʻchirildi, 1 500 ga yaqin aviaparvozlar va dengiz qatnovlari bekor qilindi. Shamol tezligi 42 m/s ga yetib, dengizda ulkan toʻlqinlarni keltirib chiqardi. Zhejiang provinsiyasida yogʻin miqdori 250–500 mm gacha yetib, daryolar toshishi va yer koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Yaponiyada 6 kishi jarohatlanib, 50 mingdan ortiq xonadon elektr taʼminotisiz qolgan. Tayfun mamlakat ichkarisiga siljib kuchsizlanayotgan boʻlsa-da, kuchli yomgʻirlar xavfi saqlanib qolmoqda. 🌍@terrax_uz

  • 7 авг.745148из uzcosmos_official

    Birinchi kosmik tasvir 🛰️ Giperspektral “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan bir necha soat o‘tib, o‘zining ilk tasvirini muvaffaqiyatli uzatdi. Biz tarixda ilk bor Gretsiyaning Afina shahri — sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida tanilgan hudud ustidan olingan birinchi suratni mamnuniyat bilan taqdim etamiz. —— Первый снимок 🛰️ Всего через несколько часов после запуска гиперспектральный спутник Samarkand-2028 достиг первого света. Мы с гордостью представляем первое в истории изображение, полученное над Афинами, Греция, историческим перекрестком цивилизаций.

  • 5 авг.772113из uzcosmos_official

    Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Samarkand-2028" missiyasi yuzasidan turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda. Xususan, ayrim manbalarda ushbu loyiha "O‘zbekistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi" degan mazmunda yoritilmoqda. "Samarkand-2028" O‘zbekistonning milliy sun’iy yo‘ldoshi emas. U Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan yaratilgan Yerni masofadan zondlashga mo‘ljallangan giperspektral sun’iy yo‘ldosh bo‘lib, loyiha "O‘zbekkosmos" agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Mazkur missiyaning eng muhim va tarixiy jihati shundaki, STAR.VISION kompaniyasining xalqaro loyihalari tarixida ilk bor "O‘zbekkosmos" agentligi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldoshning bort tizimiga integratsiya qilindi. Bu oddiy dasturiy ta’minot emas. Sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan tasvir va ma’lumotlarni Yerga uzatilishidan oldin bevosita orbitaning o‘zida qayta ishlaydi. Natijada uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamayadi, kerakli axborot tezkor olinadi va keyingi tahlil jarayonlari samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston ushbu loyihada ma’lumotlardan foydalanuvchi yoki kuzatuvchi sifatida emas, balki missiyaning muhim texnologik yechimlaridan birini yaratgan hamkor sifatida ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimiz muhandislarining salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi. Sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" deb nomlanishi ramziy ma’noga ega. 2025-yilda Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida "O‘zbekkosmos" agentligi tashabbusi bilan Samarqand shahri 2028-yilda o‘tkaziladigan 79-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) mezboni etib saylangan edi. Mazkur tarixiy voqea nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun katta yutuq bo‘ldi. Aynan shu sababli sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" nomi berildi. "Samarkand-2028" bu – O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yirik xalqaro kosmik loyiha bo‘lib, unda o‘zbekistonlik muhandislar ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli ilk bor xalqaro sun’iy yo‘ldosh missiyasida qo‘llanildi. Bu O‘zbekiston kosmik sanoati rivojida muhim bosqichdir. Chunki mamlakatimiz ilk bor xalqaro kosmik loyihada yuqori texnologik yechim yaratuvchisi sifatida ishtirok etdi. Aynan shu tajriba kelgusida milliy sun’iy yo‘ldosh dasturlarini, jumladan, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan ishlab chiqilayotgan "Mirzo Ulug‘bek" ilmiy sun’iy yo‘ldoshi loyihasini amalga oshirish uchun muhim ilmiy va muhandislik poydevorini yaratadi. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.6951411

    🌌Koinotda O‘zbekiston izi: "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi! 🚀🇺🇿 Bugun koinot sanoatida navbatdagi tarixiy voqea yuz berdi. STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari ochiq koinotga olib chiqildi. Ushbu loyihaning eng muhim va faxrli jihati nimada? 🧠 Uzcosmos texnologiyasi: Sun’iy yo‘ldosh bortiga o‘rnatilgan Sun’iy Intellekt (AI) moduli aynan Uzcosmos mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan! ⚡️ Orbitadagi tezkor tahlil: Ushbu SI moduli giperspektral ma’lumotlarni Yerga yubormasdan, bevosita orbitaning o‘zida tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Bu esa ma’lumotlarni olish va qaror qabul qilish vaqtini bir necha barobarga qisqartiradi. 🌾 Bu nimaga xizmat qiladi? Olingan aniq ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi, ekologik monitoring, suv resurslarini boshqarish hamda yer fondini nazorat qilishda ulkan burilish yasaydi. 🌍@terrax_uz

  • 1 авг.88765из uzcosmos_official

    🚀 O‘zbekiston kosmik sohasi taraqqiyotidagi muhim qadam Yaqin fursatlarda SAMARKAND-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi orbitaga yo‘l oladi! Ushbu xalqaro missiya Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Uzcosmos mutaxassislari esa loyihaning muhim tarkibiy qismi sifatida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan sun'iy intellekt modulni ishlab chiqishda ishtirok etdilar. Mazkur modul sun’iy yo‘ldosh tarkibiga integratsiya qilinib, ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri orbitaning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. —— 🚀 Значимый шаг для космической отрасли Узбекистана Уже совсем скоро гиперспектральный спутник SAMARKAND-2028 отправится на орбиту! Миссия реализуется китайской компанией STAR.VISION, а специалисты Uzcosmos внесли свой вклад в проект, разработав интеллектуальный модуль на базе искусственного интеллекта, который станет частью спутника и будет выполнять обработку данных прямо на орбите. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 30 июл.1 2492

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.1 4582

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.1 071162

    🌀Tinch okeanida shakllangan "Jenevyev" (Genevieve) va Delfin tropik siklonlarining sun'iy yo'ldosh tasvirlari. 🌊 Tinch okeanidagi tropik siklonlar faolligi va El-Ninyo ta'siri Sharqiy Tinch okeanida "Jenevyev" (Genevieve) dovuli 5-toifaga yetganidan 72 soat o'tmay, okeanning g'arbiy qismida "Delfin" super tayfuni kuzatilmoqda. Hozirgi bosqichda ushbu tayfun quruqlik bilan to'qnashish xavfini tug'dirmayotgan bo'lsa-da, u tahlilchilar e'tiborini tortmoqda. Meteorologik ahamiyati: "Delfin" Xalqaro sana chizig'iga yaqin hududda shakllangan eng kuchli tayfun sifatida qayd etildi. * Sabab va oqibat: Ushbu faollik Tinch okeanida kuchli El-Ninyo hodisasining boshlanishi bilan to'g'ri kelmoqda. 🔬 El-Ninyo mexanizmi va tayfunlar darajasi: El-Ninyo davrida Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismidagi yuqori qatlam suvlari me'yordan ortiq isiydi. Natijada: 1. Tayfunlar Osiyo qirg'oqlaridan ancha sharqda hosil bo'ladi. 2. Suv ustida uzoq masofani bosib o'tgani va yuqori issiqlik energiyasini olgani sababli maksimum — 5-toifali intensivlikka erishish ehtimoli ortadi. 📈 Tarixiy ma'lumotlar (1982-yildan beri): * 1997-yildagi kuchli El-Ninyo vaqtida Shimoli-g'arbiy Tinch okeanida 11 ta super tayfun va rekord darajadagi Siklon energiyasi indeksi (594) qayd etilgan. * O'sha yili global miqyosda rekord darajadagi 12 ta 5-toifali tayfun kuzatilgan (solishtirish uchun: 2018-yilda 11 ta). Kuzatuvlar El-Ninyo bosqichida Shimoliy yarim sharda tropik siklonlar quvvati sezilarli darajada oshishini tasdiqlaydi va agar shu yo'sinda harorat ortib boraversa 2026-yilda tarixdagi eng ko'p 5-toifali tropik siklonlar hosil bo'lishi mumkin. 🌍@terrax_uz

  • 30 июл.1 16072из uzcosmos_official

    O‘zbekiston Samarkand-2028 xalqaro kosmik loyihasida ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida Yer masofadan zondlash uchun mo‘ljallangan giperspektral sun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘zbekkosmos mutaxassislari ushbu sun’iy yo‘ldosh uchun maxsus sun’iy intellekt modulini ishlab chiqdi. AI-modul bortda qanday vazifani bajaradi? U sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga qanday yordam beradi? Va Samarkand-2028 loyihasida O‘zbekistonning hissasi nimadan iborat? Bu haqida videomizda batafsil so‘zlab beramiz. ——— Узбекистан участвует в международном космическом проекте Samarkand-2028. В рамках проекта готовится запуск гиперспектрального спутника дистанционного зондирования Земли. Специалисты Uzcosmos разработали для спутника специальный модуль искусственного интеллекта. Какую задачу выполняет AI-модуль на борту? Как он помогает обрабатывать спутниковые данные? И в чём заключается вклад Узбекистана в проект Samarkand-2028? Рассказываем в нашем видео. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 27 июл.1 2675

    видео или голосовое, без подписи

  • 27 июл.1 263275

    💧Qozog'iston hududida joylashgan Chordara suvomborining sun'iy yo'ldosh tasvirlari. 🌍@terrax_uz

  • 27 июл.1 3712

    видео или голосовое, без подписи

  • 27 июл.1 311282

    💧Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suvomborining sun'iy yo'ldosh tasvirlari. 🌍@terrax_uz

  • видео или голосовое, без подписи

TerraX — tgindex