Gipsofila
описание
Sen eshitganlaringni eng yaxshilarini yozib ol, yozib olganlaringni eng yaxshisini yod ol.
107
подписчиков
Охват к подписчикам
150,5%
ERR
Реакции к просмотрам
1,14%
70 на 31 постов
Пересылки к просмотрам
0,74%
45
Постов в день
0,3
всего 31
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 8 авг.Tuyg'u insonlariga ba'zan oson emas. Ular uchun hech narsa shunchaki emas, har bir gap, har bir harakatning o'z o'lchovi, qiymati bo'ladi. Ular munosabatlarga beparvo va yuzaki qaray olishmaydi. Hech kimning tuyg'usini past sanashmaydi, hammani tushinishga urinishadi. Insondagi har bir harakatning ortida uning boshdan o'tkizgan uzun yo‘l borligini bilib muomala qilishadi.5,36%
- 31 июл.Sening hayotingni Alloh faqat senga bergan. U faqat senga tegishlidir, sening mulkingdir. Sen o'z qaroringni erkin tanlashni o'zing hal qilasan. Men va mendan boshqalar faqat seni yo'naltirish uchun maslahat berishga imkoniyatmiz bor. Lekin hayotingdagi yo'lni o'zing belgilaysan. Buni faqat o'zing amalga oshirasan. Kitobdan Bir jamiyatga xos bo'lgan xislat xoh ijobiy bo'lsin, xoh salbiy o'sha yerdagi boshqa sohalarga ham o'z ta'sirini o'tkizmay qo'ymaydi. Masalan, "Sen ellikka kirsang ham bolasan" Ya'ni shu darajadamizki aksarimiz ellikka kirib ham o'zimiz qaror qabul qila olmaydigan darajada qullashtirilganmiz. Haligacha qat'iy aniq yo'limizni topolmay hayotdan nolib siqilib yuramiz. Men maslahatni nazarda tutmayapman, albatta kattalardan tajriba va maslahat olish muhim, ammo qaror qabul qilishda har kim erkin bo'lishi, unga ham qul emas, shaxsdek munosabatda bo'lish talab etiladi. Yuqoridagi bizning qon-qonimizga singib ketgan qat'iyatsizlik bugun katta muammolarga aylanmoqda biz haligacha alifboda reforma qila olmay talashib yuribmiz, haligacha ko'p sohalarda ma'lum to'xtamga, qat'iy qarorga kela olmayapmiz. Aslida inson fikriy sog'lom va erkin bo'lsagina qullikdan chiqadi. Ungacha qaram bo'lib qolaveradi. Ba'zan hayotimizni ko'rib judayam achinib ketaman. Ko'pchilik boshqaning hayotida yashayotgandek, ona farzandining hayotida, ayol erining hayotida, er onasining hayotida hamma boshqalar hayotini barpo etgan, ammo o'z sarmoyasi yo'q, vazifalar ham almashib ketganidanmi hamma stressda yuradi. Chalkash, fikrlarimni bitta ipga tiza olmadim, ba'zan o'y va hislaringni ta'riflash juda qiyin. Xulosa shuki Alloh menga bergan eng katta ne'matlardan biri bu mening hayotim va uni qanday qurishim, qay tarzda yashashga faqatgina men javobgarman va shu bilan so'ralaman. Shu tufayli o'z hayotim mas'uliyatini faqat o'zim ko'tarishim kerak.4,23%
- 1 авг.Bugungi kunda ko'pgina oilalarda yosh onalarga yordam qo'lini cho'zish bilan birgalikda bilib-bilmay unga yordamdan ko'ra ko'proq zarar yetkizib qo'yiladi. Bir ona uchun eng zavqli va o'ziga ishonch beradigan holatlardan biri bolasiga nisbatan o'zini mas'uliyatli…3,85%
- 5 февр.- Senga qanday gul yoqadi? Atirgulmi, lola yoki boshqasi? - U bergan har qanday gul yoqadi.3,36%
- 18 мар.Ancha vaqtdan beri na yozishga, na avvalgidek o'qiganlarimni, hislarimni so'zlab berishga ishtiyoq bor. Balki bunga hayotimdagi keskin o'zgarishlar sababdir deb ham o'ylayapman. Oxirgi vaqtlarda eng ko'p o'ylayotganim hali judayam g'o'rligim. O'rganishim, uni amalda qo'llashim uchun bilmam yana qancha yillarni yoki yo'llarni bosib o'tish kerak. Yana oxirgi paytda eng ko'p nazarning ahamiyatini anglayapman. Bir voqeadan minglab kir topish mumkin, shu bilan birga bir voqeaga boshqacha nazar ila boqib hayotni go'zallashtirish ham mumkin. Qanday yashash insonga va uning nazariga bog'liq. Oxirgi vaqtlar nazarim torlashib ketayotganini juddda his qilyapman, buning ustida ishlashga harakat qilayotgan do'stingiz Gipsofila🙃 #shunchaki_yozgim_keldi3,33%
- 25 мая 2025 г.без подписи2,90%
- 8 апр.Qulay sharoitlar bahonadan boshqa narsa emas. Istagan inson albatta uddasidan chiqadi. Istagan kishi dunyoni ag'dar-to'ntar qilib bo'lsada, sizni topib keladi. Kim sizga chanqoq bo'lsa, chehrangiz suvidan qonib ichishi uchun albatta qidirib topadi. Asal kabi so'zlarga, yaltiroq va'dalarga ishonishdan to'xtang. Amaldagi bitta ish aytiladigan mingta so'zdan yaxshiroqdir! #mutolaada2,49%
- 2 авг.Erkaklarda tushunish hissi yuqori bo'ladi, ayollarda esa his qilish. Bir insonning muammosini tushunish boshqa, ayni shu damda uning ichki kechinmalari-yu og'riqlarini his qilish umuman boshqa narsa. Alloh bejizga ayollarning empatiyasini kuchli qilmagan. Bu farzand tarbiyasida, hissiy jihatdan u bilan mahkam rishta qurishda muhim. Ammo, ko'pchilik ayollar ana shu ne'matni yo'qotib qo'yishadi. Bunga sabab turmush tashvishi-yu, avval boshidan kechirgan mushkulotlar bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsada bu xislatni qayta tiklash va uni yo'qotib qo'ymaslikka harakat qilaverish kerak. Zotan bugungi palama-partish va jadallashib borayotgan dunyoyimiz bir-birini his qila oladigan insonlarga muhtoj2,30%
- 1 авг.Yana aytmoqchimanki o'zi uchun qarorlanish hayotning har bir jabhasida muhim. Ayniqsa oilada. Turmush o'rtoq tanlashdan tortib, to farzandli bo'lishgacha, uni tarbiyasiyu mas'uliyatini olishgacha bo'lgan barcha yo'l ongli qarorga asoslanishi kerak. Shunchaki mahalladagi palonchixonning gapi, pistonchixonning maslahatiga ko'ra emas. Shundagina o'zi uchun o'zi qaror qilgan inson shu narsaning mas'uliyatini ham yetarlicha olishga harakat qiladi, shunda atrofdagilarni ayblamaydi.2,20%
- 5 авг.Toksik insonlar o'zlariniyam boshqalarniyam judaaayam charchatadi. Doim bir insondagi menga yoqmaydigan xulq-atvorni ko'rsam nima sababdan shunday bo'lib qolganiga qiziqaman. Hayotida nimalarni ko'rdiki hech bir narsa uni xursand qilolmaydi, ko'zi faqat salbiy…1,60%
- 17 маяInson ishonch bilan qayta-qayta sinalarkan. Ishonchni noto'g'ri joyga bog'lashning yakuni qalb og'rig'i bilan tugaydi. Masalan, ba'zan osiylik qilib Allohni qo'yib, boor ishonchimizni bandalarga yuzlatamiz. Alloh bilan munosabatimiz uzoqlashib, o'ziyam biz kabi ojiz bo'lgan bandalar bilan ovora bo'lib qolamiz. Xayolimizda xuddiki u doimiy qo'llovchi, barcha injiqliklar-u erkaliklarni ko'taruvchi, qachon yuzlashsak og'rinmay quloq tutuvchi bo'lib ko'rinadi. Shu ondan, Allohga nisbatan haddimizdan oshgan ondan boshlab, ishonch iplarimizni tutqizgan inson bilan sinalib boshlaymiz. Qayta-qayta bizni borligimizcha nuqsonlarimiz va gunohlar bilan og'rinmay ochiqlik ila qarshilovchi faqat U ekanligini his qildirib qo'yadiki, ichingda alam aralash qandaydir huzur tuyasan kishi1,49%
- 30 июл.Anchadan beri kanalga yozmay ketdim. Bunga sabab hayotimdagi keskin burilishlar bo'lsa kerak yoki yozuvlarga yetarlicha ahamiyat bermayotganimmi yo undanam achinarlisi kitobdan, ilmdan ancha uzoqlashganim. Bugun bir narsa judayam o'ylantirdi, hatto ko'zimga yosh keltirdi. Shu sabab qayta kanalga yozishga ichimdagi mitti shula bo'lsada, ichimni yoqayotgan bir nimalarni yozgim keldi. Jamiyatimiz o'ta ahmoqona qarashlar tushunchalar ko'p. Ayollarni hayotning markazi deb bilishadi. Bu qay manoda hayotda neki ishlar bo'lsa unga ayol sababchi. Bu zulm! Butun boshli oila bor masuliyatdan qochib birgin zaif, ojiza bo'lgan birini barcha narsaga mas'ul yoki sababchi deb o'ylashi va undan shuni kutishi ayol uchun og'ir yuk. Shuuncha kutuvlardan keyinam qo'pol muomala qilinishi, ayblanishi, ishidan kamchilik topilishi esa yuk ustiga yuk. Qaydam, o'lchovlarimiz juda teskari. #shunchaki_yozgim_keldi1,27%