tgindex
GKS Academics

GKS Academics - Bridge to Your Future✅ GKS Grandini yutish bo'yicha ko'rsatmalar📑 GKS Grandi haqida so'nggi ma'lumotlar📰 Biz sizga GKS Application bo'yicha yordam beramiz📄 ❓Savol va takliflar uchun @gks_akademik

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
861
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
459
21 постов
Вовлечённость
53,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
148
1/48двое суток
169
1/72трое суток
182

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • GKS Bakalavr bo’yicha video live chat tashkillaylikmi ❓ Kimlar “HA” deydi ❓

  • GKS Academics pinned a photo

  • 6 авг.395246

    Sertifikatsiz GKS yutsa bo'ladimi? Bu savol menga eng ko'p beriladi. Bir marta to'liq javob beray. Ha, bo'ladi. Men buni kitobdan o'qib emas, o'zim bosib o'tib bilaman. 〰️〰️〰️〰️〰️ QANDAY BO'LGANI Akamning na TOPIKi, na IELTSi bor edi. Ochig'ini aytaman — hujjatlarni men tayyorladim, universitetlarni men tahlil qildim, intervyuda tarjimon bo'lib men o'tirdim. Akam bir marta suhbatga kirdi, xolos. Oylar davomida ishladik. Qaysi universitet qanday nomzodni qidiradi, qaysi professorning yo'nalishi mos keladi, intervyuda nima so'ralishi mumkin — hammasini o'rgandik. Yuzlab savol yozib chiqdik. Suhbat kuni o'sha savollarning bir qismi deyarli aynan berildi. Va grant keldi. 2026-yilgi GKS, Associate (UIC), Dong Eui Institute of Technology. 3 yil: aviabilet, o'qish puli, oylik stipendiya, sug'urta. 〰️〰️〰️〰️〰️ ENDI OCHIQ GAP Grant kelgani bilan yo'l tugamadi. Viza bosqichida to'xtab qoldik —11 band bilan rad javobi oldik. Bilamizki o‘zbekiston elchixonasi til sertifikatsiz viza bermaydi shunda ham urinib ko‘rdik. Bunga keyinchalik yana alohida post bo‘ladi. Buni yozmasligim ham mumkin edi. Faqat chiroyli qismini ko'rsatsam bo'lardi. Lekin unda bu kanalning ma'nosi qolmasdi. GKS haqida yozadiganlarning deyarli hammasi faqat yutuq haqida gapiradi. Grantdan keyin ham to'xtash mumkinligini hech kim aytmaydi. Shuning uchun bu yerda yutuq ham, xato ham bo'ladi. Menimcha ikkinchisi foydaliroq. 〰️〰️〰️〰️〰️ ASOSIY SAVOLGA QAYTAMAN Rasmiy qoidada TOPIK ham, IELTS ham majburiy emas. Lekin "majburiy emas" degani "farqi yo'q" degani emas. 1️⃣ Sertifikatsiz kirsangiz, 1 yil til kursi majburiy. TOPIK 5+ bo'lsa bu yildan ozod bo'lish mumkin. Ya'ni yutasiz, lekin muddat uzayadi. 2️⃣ Ball tizimida sertifikat qo'shimcha ball beradi. Yo'q bo'lsa, o'sha ballni boshqa joydan qoplaysiz — GPA, motivatsiya xati, tavsiyanoma, universitet tanlash strategiyasi. 3️⃣ Trek muhim. Elchixona treki — raqobat kuchli. Universitet treki — universitet o'zi tanlaydi. Associate (UIC) esa eng kam gapiriladigan yo'nalish, raqobat sezilarli kamroq. 4️⃣ Universitetning o'z sharti alohida. GKS talab qilmasa ham, ba'zi universitetlar ichki minimum qo'yadi. Har bir e'lonni alohida o'qing. 〰️〰️〰️〰️〰️ XULOSA Sertifikat yo'qligi to'siq emas. Lekin uni bepul o'tkazib yuborish ham mumkin emas — har bir yo'qolgan ball boshqa joydan qoplanishi shart. GKS tasodifni emas, tayyorgarlikni mukofotlaydi. https://t.me/gks_academic

  • Sizlardan bir narsa so‘ramoqchiman menda bir post bor juda foydali juda ko‘p savollarga javob bo‘ladi. Lekin oxirigacha o‘qiy olasizlarmi?

  • 🎓 2027 GKS-U (Bakalavr) dasturiga topshirishni rejalashtirayotganlar uchun GKS Academics Bakalavr dasturi uchun qabul boshlandi! Kurs davomida: ✔️GKS va universitet hujjatlarini to‘liq tayyorlash va topshirish bo‘yicha yordam ✔️Universitet suhbatlariga…

  • 🎓 2027 GKS-U (Bakalavr) dasturiga topshirishni rejalashtirayotganlar uchun GKS Academics Bakalavr dasturi uchun qabul boshlandi! Kurs davomida: ✔️GKS va universitet hujjatlarini to‘liq tayyorlash va topshirish bo‘yicha yordam ✔️Universitet suhbatlariga tayyorlash, foydali tavsiyalar va 2 marotaba mock interview ✔️Study Plan, Personal Statement va Motivational Letter’larni tekshirish hamda live feedback berish ✔️GKS grantini qo‘lga kiritgandan so‘ng elchixona hujjatlarini tayyorlashda ko‘mak ✔️Universitet va yo‘nalish tanlash bo‘yicha individual konsultatsiya 📌 Kurs pullik asosda tashkil etiladi. 📌 Kursga atigi 4 nafar o‘quvchi qabul qilinadi va har bir o‘quvchi bilan individual tarzda ishlanadi. 📋 Kursga qabul qilinish talablari: • Maktabni bitirgan va 25 yoshdan kichik bo‘lish • Maktab baholari kamida 80% va undan yuqori bo‘lishi • TOPIK 2-daraja yoki undan yuqori natijaga ega bo‘lish 📩 Kursga qatnashmoqchi bo‘lganlar adminga quyidagi ma’lumotlarni yuborishlari so‘raladi: • Maktab baholari (transkript yoki attestat natijalari) • Tug‘ilgan yili • Mavjud til sertifikatlari (TOPIK, IELTS va boshqalar) 📨 Murojaat uchun: @gks_akademik @gks_academics

  • GKS-G (Magistrga) 2026 yil uchun Grant yutgan o’quvchimizi bugun 초청장 kelibdi. GKS Grantiga topshirib tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan barchaga nasib qilsin 🤲 2027 GKS Bakalavr uchun loyihani boshlaymizmi ❓

  • Sport haqida article 📖

  • без подписи

  • без подписи

  • We are all trying here - Biz hammasi uchun kurashmoqdamiz 2026 yil Dark Comedy yo'nalishida olingan ushbu kino \kitoblarida yozilmagan, lekin koreyslar kundalik hayotda ishlatadigan sleng, qisqartmalar va tabiiy gap tuzilishlarini o'rgatadi. Masalan, serialdagi kabi vaziyatlarda ishlatiladigan "hasad", "muvaffaqiyatsizlik", "qo'llab-quvvatlash" kabi mavzularga oid so'zlarni o'rganish mumkin. Koreys jamiyatidagi yoshlar va kattalar o'rtasidagi munosabatlar, guruh bosimi va ijtimoiy darajalar kabi nozik madaniy jihatlarni ko'z bilan ko'rish orqali tushunish osonlashadi. O'zim ham ko'rayotganligim uchun maslahat berdim.Odatda bu kino Netlix kabi pullik platformalarga qo'yiladi.Lekin, man sizlar uchun bepul sayt topib qo'ydim, shu sayt orqali ko'rsangiz bo'ladi. Ustiga bosing ❗️

  • Koreys tili 말하기 qobilyatlaringni oshirishlaring uchun ham Koreyscha kino va seriallar tavsiya qilaymi ❓ Izohlarda, "Albatta" so'zini yozib qoldiring, aktivlaringa qarab bugunning o'ziga bitta kino linkini beraman 😎

  • GKS Magistratura bosqichiga qabul qilingan nomzodlar diqqatiga ❗️ Universitet bilet sanasini tanlash bo'yich e-mail jo'natishlari mumkin, yoki shunga aloqador bo'lgan muhim ko'rsatmalar berishlari mumkin.Shu sababdan, e-maillarini tekshirib turinglar, va vaqtida javob beringlar❗️ Universitet parvoz sanasini belgilab berishi ham mumkin, lekin o'zlaringni ixiyorlaringa qo'yib beradigan universitetlar ham bor.

  • 📌 Savol : Otam uzoq yillar avval vafot etgan. Shu sababli uning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatini taqdim eta olmayman. Nima qilishim kerak? ✅ Javob : Agar ota-onangizning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatini taqdim eta olmasangiz (masalan, ota-onangiz ajrashgan, vafot etgan yoki boshqa sabablar tufayli), unda buning sababini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni topshirishingiz kerak. Misol uchun: * 📄 Vafot etgan bo‘lsa — o‘lim guvohnomasi (Death Certificate). * 📄 Ajrashgan bo‘lsa — ajrashganlik guvohnomasi (Divorce Certificate). Ya'ni, fuqarolik hujjati o‘rniga nima sababdan uni taqdim eta olmayotganingizni isbotlovchi rasmiy hujjatni ilova qilishingiz kifoya.

  • 🎓 108-PBT TOPIK IMTIHONI TOʻLOVI BOSHLANDI! ✅ 2018-yildan beri TOPIK toʻlovlarini ishonchli amalga oshirib kelamiz. 📌 Barcha viloyatlardan TOPIK I va TOPIK II toʻlovlarini qilib beramiz. 📮 Toʻlov kvitansiyasi BTS pochta orqali yuboriladi. 💳 TOPIK I: 250 000 soʻm 💳 TOPIK II: 400 000 soʻm 💼 Xizmat haqi: 40 000 soʻm Doʻstigiz bilan birga toʻlov qiling. Hizmat haqqi : 30 000 soʻm 📅 Toʻlov muddati: 13–24-iyul 📸 Isbot kanali: @topik96tolov 👨‍💻 Admin: @PBT_Tolov 📞 77 418 73 63 🤝 2018-yildan beri ishonch bilan xizmat qilamiz. Toʻlovni oxirgi kunga qoldirmang!

  • 📌 GKS-G dasturiga Bakalavr diplomini topshirmasdan, expected date of graduation orqali topshirgan talabalar diqqatiga Agar siz 2026-yil 31-iyulgacha o‘qishni tamomlashingiz kutilayotgan bo‘lsa, ariza topshirish vaqtida shu paytgacha olingan barcha semestr baholari kiritilgan transkriptingizni topshirishingiz kerak. Bundan tashqari, qabul qilinganingizdan so‘ng, yakuniy akademik transkriptingizni 2026-yil 31-iyulgacha GKS Center (NIIED) ga yuborishingiz shart. ❗️Agar belgilangan muddatgacha yakuniy transkript topshirilmasa, GKS dasturiga qabulingiz bekor qilinadi.

  • GKS Undergraduate saralash jarayonidagi University Track va Embassy Track natijalar e'lon qilinish sanalari

  • Ko'pchilik so'rayotgan mavzu ❗️ GKS Undergraduate saralash jarayonidagi University Track va Embassy Track orasidagi farq🤝

  • 8 июл.619103

    2027- yil GKS Bakalavrga topshirmoqchi bo'lgan talabalardan hujjatlarni qachon tayyorlash kerakligi bo'yicha juda ham ko'p savollar tushayapti. Apostil yoki notarial tarijima qilinishi kerak bo'lgan hujjatlar uchun eng yaxshi vaqt - Avgust oyi.Odatda Apostil hujjatlar 10-12 kun vaqt olishi mumkin, notarial hujjatlar esa 2-3 kunda tayyor bo'ladi. Hujjatlarni yaroqlilik muddati odatda o'tmaydi, lekin universitet oxirgi 3 oyning yoki oxirgi 6 oyning hujjatini davlat tomonidan tasdiqlatib jo'nat deb so'rab qolishi mumkin ❗️ Hozirdan Insholarni yozish bo'yich tayyorlanib, til bilish qobilyatlaring ustida ishlash uchun eng yaxshi vaqt ❗️

  • 5 июл.614112

    Bu tavsiya Janubiy Koreyada o‘qiyotgan talabalar uchun yozildi. ❗️ Janubiy Koreyada o‘qishingiz davomida universitet tomonidan turli xil dasturlar va tadbirlar tashkil etilishi tabiiy. Agar ular sohangizga aloqador muhim dasturlar bo‘lsa, professorlar odatda bu haqda o‘zlari xabar berishadi yoki universitetning rasmiy veb-saytidagi Yangiliklar bo‘limida e'lon qilinadi. Eng muhimi, bunday dasturlar talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, amaliy tajriba orttirish va talabalar o‘rtasida bilim hamda tajriba almashishni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli, qishki yoki yozgi ta'til davrida turli camp (lager)lar, musobaqalar, seminarlar, workshoplar yoki chet davlatlarda amaliyot (internship) o‘tash imkoniyati bo‘lsa, vaqtingizni ayamay albatta ishtirok eting. ❗️ Odatda bunday tadbirlarning ko‘pchilik xarajatlari universitet tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, ularni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng sertifikat ham beriladi. Bu sertifikatlar keyinchalik boshqa grantlarga, magistratura yoki doktorantura dasturlariga, shuningdek, ishga topshirayotganingizda siz uchun katta ustunlik bo‘lishi mumkin. Ilm olish uchun sarflangan vaqtga hech qachon afsuslanmang. 18–26 yosh oralig‘i o‘zingizga sarmoya kiritish uchun eng muhim davrlardan biridir. Bu yillarda imkon qadar bilim va tajriba orttirishga harakat qiling. Pul topishga hali ulgurishingiz mumkin, ammo ko‘pchilik singari Koreyadagi kunlik daromadning jozibasiga berilib, asosiy maqsadingiz — ta'lim va o‘z ustingizda ishlashni — unutib qo‘ymang. Bizning ham millat vakillari boshqalarga o'xshab, Koreya kompaniyalarida loyiha boshqaruvchi, ish boshqaruvchi, eng kamida oddiy xodim sifatida bo'lsa ham kompaniyada ishlashini xohlayman. Bunga esa faqat ilm olib, uni hayotda qo'llash orqali erishiladi. Universitetimizdagi biz o'qiyotgan soha studentlar uchun Germaniya, Yaponiya va Malaysia uchun Sun'iy Intellekt kadrlarini tayyorlash loyiha bo'yicha har bir davlat uchun 30 tadan o'rin keldi.Bunday imkoniyatlar yiliga bir nechta keladi va ulardan to'g'ri foydalanish o'zingizga bog'liq.Biz ham 28 ta Koreys studentlar bilan shu loyiha bo'yicha Malaysiadagi UTM Space tashkiloti tomonidan Malaysiadagi Tamani Universitetiga yetib keldi.3 hafta shu yerda bo'lamiz ❗️Orada postlar yozib turaman, albatta Malaysia 05.07.2026