MATH with JAKHONGIR
СтатистикаHammasi MATEMATIKA haqida 🔥 - Kunlik savollar 🎯 - Video yechimlar 📹 - Yangi so’zlar 📖 - Ustozlarning natijalari ⚡️ - Foydali kontentlar 🔋
- Последний пост
- 13 апр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Attestatsiya imtihoniga sanoqli kunlar qoldi. Ko'p o'qituvchilar attestatsiyada bitta xatoni takrorlaydi — va shu xato toifasini tushirib yuborishiga sabab bo'ladi. ⭕ Bu xato nima? Barcha mavzularni teng o'rganishga urinish. Attestatsiyada esa 20% mavzu — 80% savolni beradi. ✅ Men Abbosxon Sayliev: • Oltin Medal sohibi va O'zMU bitiruvchisiman. • 4 yil ichida 15.000+ o'qituvchini attestatsiyaga tayyorladim. 🎁 Men sizga o'sha 20% mavzularni har kuni [Bepul] o'rgatmoqchiman. [Bepul] darslarga qo'shilish uchun hoziroq kanalimga obuna bo'ling!👇 t.me/attestatsiya_online
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Ko'pchilik ustozlar hozirda mendan so'rayotgan ba'zi savollarga javob yozmoqchiman. 1. Attestatsiya bo'yicha kursingiz bormi? Men hozirda hech qanday onlayn kurs o'tmayapman. 2. Attestatsiyaga tayyorlanish uchun kimni tavsiya qilasiz? Men o'zim bilgan ikkita onlayn kursni tavsiya qilaman. 1. Sayliyev Abbosxon va Xodiyev Lutfulloxonlar birgalikda tashkil qilayotgan kurs. 2. Math_teachers jamoasining kursi. 3. Yuqoridagi shu ikkala kursdan qaysi birini tavsiya qilasiz? Har ikkala kursda ham tizim yaxshi tashkil qilingan. Jamoa bo'lib ishlashadi. To'lovlari ham deyarli bir xil. Ikkala kursda ham hozirda bo'lib to'lash mavjud. Hozirgi holatda shu ikkala kursning men bilgan alohida ustunliklari nimada? 1-kurs haqida. Jamoada matematika fanidan xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush, bronza medallarini olgan salohiyatli ustozlar Sayliyev Abbosxon va Toshpo'latov Elbeklarning borligi. Ular masalalarga noodatiy yondashish, masalalarni yechishning oson va kreativ usullarini o'rgatishidir. Ikkala ustoz ham mavzularni yuqori darajada tushuntirish qobiliyatiga ega. Va yana eng katta yutuqlaridan biri bu Xalqaro SAT, GRE, GMAT imtihonlari bo'yicha onlayn kurslarda yuqori muvaffaqiyatga erishgan Xodiyev Lutfulloxonning borligi. Ya'ni siz attestatsiya imtihonidan o'zingiz ko'zlagan natijaga erishganingizdan keyin o'sha ustoz bilan qisqa muddatda SAT imtihoni topshirish orqali 50% lik ustamani ham qo'lga kiritishingiz mumkin. Xodiyev Lutfulloxon ustozni ko'pchilik tartib-intizomga qattiq amal qiladigan, o'qituvchilarga kerakli motivatsiyani bera oladigan ustoz sifatida tariflaydi. Bu ham onlayn kurs jarayoni eng kerakli bo'lgan sifatlardan biri. 2-kurs haqida Men o'zim bu jamoaning dars o'tgan kurslariga yozilmaganman. SAT kurslari haqida ham ma'lumotga ega emasman. Shuning uchun bu jihatlari haqida biror fikr bildira olmayman. Men o'zim test guruhlariga qo'shilganimda ko'rgan ijobiy jihatlarimni sizlarga ham bildirmoqchiman. Har kuni o'qituvchilar uchun alohida topshiriqlar berilardi, haftada 2 kun jonli darslarda murakkab mavzular takrorlanib, o'shalarga doir vazifalar berilardi. (Ishimdagi tirbandliklar tufayli men o'zim lekin vaqt ajratib topshiriqlarni vaqtida qila olmagan edim. ) Tuzilgan mock testlarning aynan attestatsiya darajasida ekanli eng katta ustunligi deb o'ylayman bu kursning. Men o'zim ham oxirgi bir haftada barcha mock testlarni yechdim, va shu testlar menga attestatsiya jarayonida matematika bo'limidan 100% yechishimga yordam berdi. Mock testlarni boshida yechganimda xatolarim kutganimda ko'ra ko'p chiqdi va ko'plab misollarni yechishga vaqt sarfim ham ancha ko'p ekanini kuzatdim. Lekin bir nechta mockni yechgandan keyin xatolar kamaydi, tezligim ham o'z-o'zidan yaxshilandi.
#Attestatsiya #Rekord_natija 🔄BUXOROLIK USTOZ – UCHTA FAN YO‘NALISHIDA YUQORI NATIJALARNI QAYD ETDI! 🔆Ta’lim sohasida fidoyilik, mehnatsevarlik va o‘z ustida tinimsiz ishlash har doim yuksak natijalarga eltadi. Bunga Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Jahongir Mirzaqulov misol bo‘la oladi. 📌Kuzgi attestatsiya jarayonida ustoz bir emas, uchta fan — matematika, informatika va ingliz tili fanlari yo'nalishida test sinovlarida ishtirok etib, har uchchala fandan ham yuqori natijalarni qayd etdi: matematika fanidan - 98 ball, ingliz tili fanidan - 90 ball, informatika fanidan - 82 ball. ➡️Bu yutuqlar — ustozning o‘z kasbiga sadoqati, bilim va tajribasini doimiy oshirishga intilishi natijasidir. ⚡️Ustozimizga kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak marralarni tilaymiz! ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook
Yaqinda attestatsiya jarayonlari bo'lib o'tdi. Men o'zim ham ushbu jarayonlarda qatnashdim. Eng qiziq tomoni bu galgi attestatsiya jarayonlarida 3 ta fan matematika, ingliz tili va informati fanlaridan qatnashdim. Quyidagi natijalarni qayd qildim. matematika fanidan - 98 ball, ingliz tili fanidan - 90 ball, informatika fanidan - 82 ball.
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Kanalimiz ham ko'pdan beri yuritilmadi. Bugun bir xushxabarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman. Kanalni kuzatayotganlar bormi?
https://us05web.zoom.us/j/83084097612?pwd=fbf1YRv3QllfB8GO5VhaIbczNfe86R.1
Jonli darsga quyidagi link orqali qo'shilishingiz mumkin.
Assalomu alaykum, ustozlar xudo xohlasa bugun kechqurun soat 20:30 da bitta jonli dars o'tib bermoqchiman. Qatnashmoqchilar izohga + qo'ying. Darsimiz SAT imtihoni va avgust oyiga topshiruvchilar uchun kurs haqida bo'ladi.
#Attestatsiya #Kun_natijasi #Ishtirokchi_fikri 🔹Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Jahongir Mirzaqulov test sinovlarida 98 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi. https://t.me/ixmi_uz
видео или голосовое, без подписи
Ko'pdan kanalga ham hech narsa yoza olmadim ham. Buning uchun uzr so'rayman. Sizlar bilan bir xushxabarni bo'lishmoqchiman. Kecha attestatsiya imtihoniga kirib chiqdim va xudoga shukur yaxshi natija nasib qildi.
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Yaxshimisizlar?
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Yangi SAT guruhimiz darslari kechadan boshlandi. Xudo xohlasa bu guruhdagi ustozlar may va iyun oylarida imtihon topshirishadi. Bizning kursimizda o'qimoqchi bo'lganlar bo'lsa izohlarda + qoldiring. Sizlar uchun maxsus taklif bermoqchimiz.
Hurmatli ustozlar. Bugun xudo xohlasa birinchi bepul jonli darsimizni boshlab oldik. Bu jonli darslarda yechadigan kitobimizda imtihonda natijani yaxshilash uchun eng kerakli bo'lgan 63 ta mavzu berib o'tilgan. Bugungi darsda 5 ta mavzu tushuntirildi va 30 dan ortiq misol va masalalari yechib ko'rsatildi. 👍 Sizda ham ushbu jonli darslarda bepul qatnashish imkoniyati bor. Jonli darslar linklari Sat_with_Jakhongir guruhga tashlab beriladi. O'ylaymanki qatnashgan ustozlar uchun juda foydali bo'ldil. ✔️ Jonli darsda qatnashgan ustozlar dars haqida o'zlaringizni fikrlarinigizni izohlarda qoldiring. 👇
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Sizlarga ikkita yaxshi xabarim bor. 1. Bugundan boshlab SAT bo'yicha bepul darslarni boshlaymiz. Bu darslar zoomda tashkil qilinadi. Zoomning linki esa quyidagi guruhga tashlanadi. Sat_with_Jakhongir Bu jonli darsda Dr.John's Chung ning 63 perfect tips degan kitobining barcha mavzularini ko'rib chiqib beramiz. Darslarni shogirdim Turopova Gulniso olib boradi. Bu darslar nafaqat endi SAT ni boshlayotganlar uchun balki Mart oyida imtihon topshiruvchilar uchun ham manfaatli bo'lishi aniq. Sababi darslarda misollarning oson yechish usullarini o'rgatamiz. Va misollarni tarjima qilish jarayonida sizga kerakli bo'ladigan so'zlarning ham tarjimasini berib boramiz. Shuning uchun bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Darslar kechki payt soat 20:00 da bo'ladi. 7-10 kun ichida xudo xohlasa bitta kitobni mavzularini to'liq ko'rib chiqish imkoniyati bo'ladi sizda va eng qizig'i TEKINGA. 2.May va iyun oyida imtihon topshiruvchilar uchun yangi guruhga qabulni ochamiz. Bu yangi guruh haqida batafsil ma'lumotni keyingi postda bildiraman.
Darslar mana shu formatda olib borilyapti. Bu guruhga qo'shilolmay qolgan ustozlar qo'shilib olishlari mumkin Qabulning eng oxirgi kuni 18-fevral. Bu guruhga yozilmoqchi bo'lganlar @jahongir_890 akkountiga yozishlari mumkin. . Bu guruh ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin
12.02.2025 topshiriq yechimi 2-qism
12.02.2025 topshiriq yechimi 1-qism
Ushbu lug'atni quiz formatda quyidagi link orqali yechishingiz mumkin. SAT_December_version
12.02.2025 topshiriq lug'atlari