Hamroyev's blog
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 51
- 1/48двое суток
- 58
- 1/72трое суток
- 63
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Film nomi:Jannat onalar oyogʻi ostida Davlati: 🇰🇬 Qirgʻiziston Janri: Tarbiyaviy Yili: 2024 Sifati: 720P 1-qism P.s: Bu filmni shu kunlarda ko'rdim. Sizlarga ham ko'rishni tavsiya qilaman. Juda ta'sirli film.
#IOI_2026 #Uzbekistan OʻZBEKISTON NAVBATDAGI ILM-FAN MEZBONLIGIGA SHAY HOLATDA! 🌐 Yillar davomida Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning yetakchi davlatlarida yuksak saviyada tashkil etilib, minglab yoshlarning ilmiy va texnologik rivojlanishiga xizmat qilib kelmoqda! 🦅 Endi esa navbat O‘zbekistonniki! 🏆 2026-yilda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) ilk bor O‘zbekistonda 9-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiadada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bilan quyida tanishing: 👥 Asosiy jamoa 👥 Qoʻshimcha jamoa Kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Maktab hayoti @hamroyevs_blog
#Kutib_olish 📢 IMC 2026 — G‘OLIBLAR TANTANALI RAVISHDA KUTIB OLINDI! ➡️ Batafsil videolavhada. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
видео или голосовое, без подписи
🏆 IMC 2026’dan ajoyib natijalar! 🇺🇿 22-27-iyul kunlari Mongoliyaning Ulaanbaatar shahrida bo‘lib o‘tayotgan IMC - Xalqaro matematika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuqori natijalarni qayd etdi! 🎉
Eslab qolishning eng yaxshi usuli @hamroyevs_blog
#Alhamdulillah Individualnida bronza Jamoaviy da oltin medal boʻlibdi. @hamroyevs_blog
#Rekord IMC 2026: NAVBATDAGI REKORD – 20 ta medal! ✅O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 22-27-iyul — kunlari Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tayotgan 32 ta davlatdan 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da ishtirok etdi. Umumiy hisobda: ➡️1 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza — jami 20 ta MEDAL! G‘oliblar bilan tanishing 👈 📝Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
#IBRAT @hamroyevs_blog
Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. ✅Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki ular ushbu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Vatanning yorqin timsolidir. ✨Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. 📌Ma'lumot uchun: "Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida"gi Qonun Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. ➡️Gerbimiz haqida batafsil 👈 #Davlatgerbi34yoshda Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
E'tirof | 30-iyun yoshlar kuni | Abdumalik Hamroyev Instagram | Facebook | YouTube
E'tirof | 30-iyun Yoshlar kuni | Baxtiyor Ostonov Instagram | Facebook | YouTube
Ilk bor berilgan intervyu. Bu safargi lari boshqacha boʻladi. @hamroyevs_blog
XABAR informatsion dasturi.30.06.2026.18.00 1. 30 июн – Ёшлар куни. Президентимиз қарорига кўра бир гуруҳ ёшлар давлат мукофотлари билан тақдирланди. 2. Руминияда бўлиб ўтган 30 ўсмирлар ўртасидаги Болқон математика олимпиадасида Бухоролик ўқувчилар иштирок этишди. 3. “Ёш мобилографлар мактаби” 2-мавсумига старт берилди 4. Тадбиркор – юртга мададкор Instagram | Facebook | YouTube
Ko'klarda ko'k kaptar qushdaymiz, jonim, Qayg'urma kel ko'ngil "xushlaymiz" jonim, Mening tanishim yo'q narigi dunyoda Baribir "Jannatga tushmaymiz jonim"... Yorugʻ dunyoda kim yashaydi toʻyib, Umr oʻtib ketgay kiprik qoqquncha: Onang koʻksiga bir boshingni qoʻyib, Bolang koʻziga bir kulib boqquncha... ✍ Muhammad Yusuf Sheʼri📚 @hamroyevs_blog
видео или голосовое, без подписи
#Akademik litseylar uchun kirish test savollari namunalari (uz) @Xasanovmatematikakanali
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi ☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi. Manba: eduuz https://t.me/Xasanovmatematikakanali
❗️ SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun muhim yangilik: kvota belgilandi #abituriyent Unga ko’ra, SAT sertifikatiga (1200 balldan yuqori) ega abituriyentlarni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishiga o’tgan yili jami 200 ta kvota berilgan, shundan 150 tasi o’zbek, 50 tasi rus guruhi uchun. Agar joriy yilda ham shuncha kvota berilsa, unda ushbu yo’nalishga SAT sertifikatiga ega jami 100 nafar abituriyent davlat grantiga qabul qilinadi (75 tasi o’zbek, 25 tasi rus guruhiga). Bunda SAT sertifikat baliga qaraladi, ya’ni 1600 dan pastga tushib keladi. • SAT sertifikati imtiyoziga ega abituriyentlarga 5 tagacha yo’nalish tanlash huquqi beriladi; • agar beshalasiga ham kira olmasa, unda mandatdan keyin bir hafta davomida vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylarini tanlash huquqi beriladi; • agar kimdir SAT bali pastligi sababli baribir o’zim xohlagan yo’nalishga kira olmayman deb o’ylasa, unda imtiyozdan foydalanishni rad qilishi va o’z xohishi bilan testga kirib, omadini sinab ko’rishi mumkin; • lekin bir narsani unutmangki, SAT imtiyozi bilan davlat grantiga kirganlar uchun 4 yillik grant kafolatlanadi, ular grant taqsimotida qatnashmaydi. 👉 @xushnudbek 👈