tgindex
Huquqshunos va Yurist

Huquqshunos va Yurist

Статистика
@huquqshunosyuristузбекский
Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
70
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
777
−11 за 2 дн.
Сутки
−8
−1,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
461
40 постов
Вовлечённость
59,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 70
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
397
1/48двое суток
454
1/72трое суток
490

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.430606

    Hilola shogirdni tabriklaymiz HMQ ga kiribdi

  • RASH tizimi isloh qilinishi kerak. C va C+ o'yindan chiqarilmasa keyingi yil vaziyat bundan battar bo'ladi. Tarix va chet tili yo‘nalishiga yana bir qaytib o‘ylab olishga majburmiz, qarang, birinchi fan tarix, ikkinchi fan ingliz tili tanlagan abituriyentlarning 1095 nafari 189 va undan yuqori olgan. O‘zi bu yo‘nalishda to‘rtta tanlov bor: • Xalqaro munosabatlar; • Siyosatshunoslik; • Davlat va jamiyat boshqaruvi; • Turizm va mehmondo‘stlik; Shu to‘rtta yo‘nalishga ajratilgan jami kvotalar soniga e’tibor beramiz endi: • Xalqaro munosabatlar - 375 • Siyosatshunoslik - 380 • Davlat va jamiyat boshqaruvi - 70 Agar 189 olganlarning hammasi shuni tanlasa, kirish ballari 189 dan past bo'lmaydi. Va hammasi budjet o'qishga to'g'ri keladi. @legalzoneuz

  • ❌ Хусусий ёки давлат олийгоҳларига тўланган контрактдан 12% қайтариб олиш учун солиқ органларига бориш шарт эмас! ✅ Ҳаммаси онлайн: Бунинг учун my3.soliq.uz орқали шартнома ва тўлов ҳужжатларини бириктирган ҳолда декларация юбориш мумкин. “Солиқ декларацияларини юбориш” электрон хизматида фойдаланувчининг иш ҳақи ва бошқа даромадлари тўғрисидаги маълумотлар автоматик шаклланади. Жисмоний шахсларнинг қуйидагилар учун йўналтирилган даромадларидан 12% миқдорида даромад солиғини масофадан қайтариб олиш мумкин: ▫️контракт; ▫️нодавлат боғча ва мактаблар; ▫️ипотека кредитлари. Декларация электрон рақамли имзодан фойдаланган ҳолда юборилади. Сафимизга қўшилинг: 👉 @davlattestmarkazi 👈

  • ❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 @xushnudbek 👈

  • Dahshat 234 000 abituriyent "minimal oʻtish ballini ham toʻplay olmagan!❌ 😳 Ammo.... Endilikda 56,7 balldan yuqori ball toʻplaganlarning 2 nafaridan 1 nafari 100% talaba boʻladi. mandat.uzbmb.uz saytida egallagan o‘rningizni ko‘rish imkoniyati bor. Ammo... Sizdan tepada necha kishi bor ? Sizdan pastda-chi ? Siz nechanchi oʻrindasiz ? Bilishni istaysizmi ? — @DTMSTAT_BOT Ai✅ ADASHMANG!❗️ Sunʼiy intellekt yordamida natijangizni mukammal tahlil qiling! @DTMSTAT_BOT Ai orqali yoʻnalish tanlang!

  • ❗️234 072 нафар абитуриент тестда 56,7 балл ҳам тўплай олмади DTMSTAT AI базаси таҳлилига кўра, жорий йил тест синовларида иштирок этган абитуриентларнинг 37,6 фоизи (234 072 нафар) олий таълимга кириш учун белгиланган энг кам 56,7 баллни ҳам тўплай олмаган. ✅ Агар сиз 56,7 баллдан юқори натижа қайд этган бўлсангиз, танловда иштирок этиш имкониятига эгасиз. Лекин баллнинг ўзи етарли эмас. Энг муҳим босқич — тўғри йўналиш танлаш. 📊 Натижангизни таҳлил қилинг: • фанлар гуруҳидаги ўрнингизни билинг; • рақобат даражасини баҳоланг; • ўтган йиллар ўтиш баллари билан солиштиринг; • шундан кейингина йўналиш танланг. Барча абитуриентларга омад тилаймиз! Таҳлил учун мукаммал бот: 👉 @DTMSTAT_BOT

  • 👮 Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! Endi mandat.uzbmb.uz rasmiy saytida yangi "Kengaytirilgan qidiruv" xizmati ishga tushirildi. ​Ushbu funksiya orqali siz o‘zingiz tanlagan fanlar majmuasi bo‘yicha butun respublika miqyosida nechanchi o‘rinda turganingizni aniqlashingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun: +998-91-30-30-189 Telegram | Intagram | You Tube

  • ❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • ❗️Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat joriy etildi! 2026-yil 26-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 411-son qarori bilan "Huquqshunoslik" fanidan milliy sertifikat tizimi joriy etildi. Bu sertifikat kelgusida huquqshunoslik yo‘nalishida o‘qishga kirish va pedagoglarga qo'shimcha ustama to'lash imkoniyatini yaratadi. @huquq_testlarii

  • 📃📃📃📃📃📃 Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: — 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi. — Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi. — 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi. — Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Agentlikning rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi. — Ushbu yangiliklar yoshlar va pedagoglarning huquqiy va til bilish kompetensiyalarini xalqaro standartlar asosida baholash imkonini beradi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

  • Huquqshunoslik fanidan test savollari bo‘yicha Yurisprudensiya yo‘nalishlari uchun asosiy fan tarixdan huquqshunoslik faniga o‘zgartirilgandan keyin savollar saviyasi, darajasi va sifati bo‘yicha e’tirozlar tinmayapti. Dastlabki yillarda bunday e’tirozlar bo‘lmadi, chunki boshida savol tuzish uchun manba va ma’lumot ko‘p edi. Ammo 2 yildan keyin darsliklardagi deyarli barcha ma’lumotlarni savolga aylantirib bo‘lishdi va buyog‘iga nima qilishni bilmay qolishdi. Eski savollarni takrorlamasdan yangi sifatli savol tuzishga ekspertlarning aqli yetmayapti, natijada o‘ta kulgili va yurisprudensiya sohasi uchun ahmoqona savollar yaratilyapti. Huquqshunoslik fanidan sifatli savol tuzuvchi ekspertlar maktabi shakllanmasdan, shoshmashosharlik bilan o‘zgarish qilingani sezilib qoldi. Chunki boshqa fanlardan savollar sifati bo‘yicha deyarli hech qanaqa e’tiroz eshitmaymiz, eng katta muammo aynan huquqshunoslik fanida bo‘lmoqda. Yodingizda bo‘lsa, avvalgi yillarda kodekslardagi sanksiyalardan (jazo chorasi) savol tuzishgani va bu aqlga sig‘maydigan darajada katta xato ekanligi haqida bir necha marta yozgandim. Bunaqa savol tuzganlarni testga mutlaqo yaqinlashtirmaslik kerakligini ham so‘ragandim. 2026-yilgi test sinovlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor huquqshunoslik fani savollarining sifatsizligi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Huquq fani o‘qituvchilari, advokatlar va boshqa huquqshunoslar ham bu haqida ko‘p bora yozishdi. Bunday sifatsiz savollar bilan yosh o‘quvchilarning huquq fanidan bilimlarini sinash imkonsizligi, berilgan savollarni hatto tajribali yuristlar ham bilmasligi va bilishga majbur ham emasligi haqida yozishmoqda. Bu savollar, rahmatli ustoz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, 15-20 yillar oldingi "farzandi yo‘q insonlar tomonidan tuzilgan” savollarga o‘xshaydi. Fikrlashga, huquqni tushunishga emas, asosan yodlashga va xotiraga qaratilgan. Yaqinda bir rasmiy tadbirda oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va adliya vaziri Akbar Toshqulovni bir joyda ko‘rib qoldim va fursatdan foydalanib, ushbu masalani chuqurroq o‘rganishni ulardan qayta iltimos qildim. Biri oliy ta’limga kirish imtihonlari uchun bevosita mas’ul inson, ikkinchisi bo‘lajak yuristlar uchun eng katta ish beruvchilardan va huquqiy ta’lim sohasining rivoji uchun mas’ul shaxs. Vazirlarimiz e’tirozlardan xabari borligini va bu masala jiddiyligini aytib, albatta holatni batafsil o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rilishiga va’da berishdi. Kutamiz va yaxshi o‘zgarishlarga umid qilamiz. Joriy yilgi testlar tugab bo‘ldi, endi nimanidir qayta o‘zgartirish imkonsiz. Ammo hech bo‘lmasa, kelgusi yillarda yana shunaqa holat bo‘lmasligi uchun harakat qilishimiz kerak. 👉 @xushnudbek 👈

  • 🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi. Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33089 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar: https://t.me/xushnudbek/33089 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va davlat oliygohidan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va nodavlatdan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham test orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi (xuddi 2-banddagi kabi). 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. 🆕 Joriy yilda o’qishni ko’chirishda yangi tartib amal qiladi, ya’ni endi imtihonida sertifikatlar ham inobatga olinadi. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • ⚡️Rasman: 2025-yil o‘tish ballari eʼlon qilindi! Endilik abituriyentlar joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin! — @dtmstat_bot Ko‘pchilik mening balim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi, deb so‘rayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos. Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi. 🎓 @dtmstat_bot orqali maʼlumot olishning 2 ta qulay usuli: 1️⃣ Abituriyent ID raqamingizni yuboring.; 2️⃣ Ruxsatnomani rasm yoki PDF ko'rinishida yuboring. Ruxsatnomadagi QR KOD bot tomonidan avtomatik o'qiladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi. Diqqat! joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.

  • ❓Контрактга кирган талаба 2-курсдан грантга ўтиши мумкинми? ✅ Ҳа, мумкин. Агар талаба юқори академик натижа кўрсатса, кейинги ўқув йилидан давлат гранти асосида ўқиш имкониятига эга бўлиши мумкин. Бунинг учун одатда: 🔹 GPA юқори бўлиши; 🔹 Грант танловида иштирок этиш учун ариза топшириши; 🔹 Танлов талабларига жавоб бериши лозим. 📌 Танлов натижалари талабаларнинг GPA кўрсаткичи ва белгиланган мезонлар асосида шакллантирилади. ⚠️ Демак, 1-курсда контрактга кирганингиз грантдан умуман умид йўқ дегани эмас. Яхши ўқиб, юқори GPA тўпласангиз, кейинги курсларда грантга ўтиш имконияти бор. 🎓 Шунинг учун ҳар бир баҳонгиз муҳим — бугунги GPA эртанги грантга йўл очиши мумкин. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi

  • ⚡️ Yurisprudensiya 2025-2026 oʻquv yili oʻtish ballari. 📊 Bu yil oʻtish ballari tushish ehtimoli yoʻq emas. ✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Youtube

  • Daftarga yozib kelinglar oʻtish ballarini masofaviy kunduzgi yoʼnalishlarni

  • Shogirdlar barcha yoʻnalishlarni oʼtish bali shu yerda bor.

  • DTM kirish ballari 2025-2026 (Barcha yo'nalishlar) | Infoedu https://share.google/10X9JDec3NWT2QtE8

  • ⚡️Rasman: Bugundan Yo‘nalish tanlash boshlanadi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Youtube

  • Diqqat eʼlon Huquqshunoslar Kelayotgan dushanba 27-iyulda soat 15.30 da yoʼnalish tanlash uchun kelishlari mumkin.

Huquqshunos va Yurist — tgindex