Ibn Zokirjon • ILM ELCHISI
СтатистикаInstagram: instagram.com/ibnzokirjon 📚 Xorijda ta'lim | Ilm | Dunyo 🎓 PhD student | UniversityofLeeds 🇰🇷🇬🇧 Koreya + Angliya tajribasi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 33
- 1/48двое суток
- 37
- 1/72трое суток
- 40
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
**Fargʻona vodiysidan Lids(Angliya)gacha: Geofizik PhD talabalik yoʻlim 🌍🔬** 9-iyul kuni Lids universitetida (University of Leeds) navbatdagi ilmiy seminarimizda oʻz tadqiqotim va bu yergacha boʻlgan yoʻlim haqida soʻzlab berdim. Ortga qarab, bosib oʻtilgan…
**Fargʻona vodiysidan Lids(Angliya)gacha: Geofizik PhD talabalik yoʻlim 🌍🔬** 9-iyul kuni Lids universitetida (University of Leeds) navbatdagi ilmiy seminarimizda oʻz tadqiqotim va bu yergacha boʻlgan yoʻlim haqida soʻzlab berdim. Ortga qarab, bosib oʻtilgan bosqichlarni eslash har doim oʻzgacha hissiyot beradi. Qisqacha xronologiya: • OʻzMU (2012–2018): Geofizika yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistratura. • Janubiy Koreya (2019–2022): Gidrogeologiya boʻyicha magistratura va togʻ-kon muhandisligi boʻyicha birinchi PhD bosqichi. Qimmatli tajriba boʻldi, ammo oʻzim qidirgan haqiqiy ilmiy yoʻnalish boshqa ekanini tushundim. • Toshkent (2023–2026): Geologiya fanlari universitetida amaliy darslar, 200 dan ortiq talabalar bilan zamonaviy dasturlar va interaktiv vositalar orqali ishlash. • Va nihoyat Lids, Buyuk Britaniya: 3 yillik izlanish, intervyular va "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiyasi orqali Lids universitetida PhD tadqiqotimni boshladim. Hozirgi ilmiy tadqiqotim mavzuyim: Shahar geotermal rezervuarlarini optik tolali DAS (Distributed Acoustic Sensing) texnologiyasi orqali seysmik monitoring qilish. Maqsad — yer ostidagi kichik termal oʻzgarishlarni aniqlashdagi noaniqlikni kamaytirish va yashil energiyadan samarali foydalanishga hissa qoʻshish. Koreyadagi 3.5 yillik stressli hayotdan soʻng Buyuk Britaniyadagi ochiq, erkin va doʻstona akademik muhitga koʻnikish juda qiziq kechmoqda. Har bir yangi bosqich — yangi chorlovlar va imkoniyatlar demakdir. Ilm yoʻlida izlanayotgan barchaga sabr va omad tilayman! 🚀 Telegram | Instagram | YouTube
🇨🇳 AQShdan Xitoyga: ilm-fan markazi o‘zgaryapti(mi) ? 2025-yil Nobel mukofoti sovrindori Omar Yaghi University of California, Berkeleyni tark etib, Tsinghua Universitydagi yangi “AI Chemistry and Materials Research Institute (AIMATRY)” institutiga rahbarlik uchun Pekinga ko‘chmoqda. Bilishingizni istaganim - bu shunchaki ishni koʻchirish emas. - 2024-yil boshidan beri kamida 85 nafar taniqli olim AQShdan Xitoyga doimiy ishga koʻchib o‘tgan. - Princeton University, Harvard University va MIT tadqiqotiga ko‘ra, 2010–2021-yillarda AQShda faoliyat boshlagan 20 mingga yaqin xitoylik olim AQSHni tark etgan. - Xitoy olimlarga: • $1–2 milliongacha startap grantlari; • jahon darajasidagi laboratoriyalar; • superkompyuter va kvant infratuzilmasi; • katta tadqiqot grantlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash (uy-joy bilan ta’minlash va boshqa imkoniyatlar) taklif qilmoqda. Ayni paytda esa, Tramp ma’muriyati davrida AQShda ilm-fan uchun federal mablag‘lar qisqarib, xalqaro ilmiy hamkorlikka cheklovlar kuchaymoqda. Yaghi ham ilmiy tadqiqotlarda AI’dan foydalanish endi tanlov emas, balki omon qolish sharti ekanini ta’kidladi. 📊 2024-yilda R&D ilmiy tadqiqotlar xarajatlari bo‘yicha (PPP hisobida) Xitoy ilk bor AQShni ortda qoldirdi: 🇨🇳 $1.03 trillion 🇺🇸 $1.01 trillion Tarix bir narsani ko‘rsatadi: iste’dod qayerga borsa, ilm-fan yetakchiligi ham o‘sha tomonga ko‘chadi. Sizningcha, bu vaqtinchalik holatmi yoki ilm-fan yana gʻarbdan sharqqa ogʻishi alomatlaridan birimi? ©️ sadulla_yuldashev
Yaxshi niyatlar bilan YouTube kanal ochdim. Axborot shovqini davrida eng qimmatli valyuta — bu tartibli ilm va chuqur tahlillar deb o'ylayman. Videolar millionlab ko'rilishidan umidvor emasman. Maqsad — kichik, lekin manfaatli intellektual auditoriya qurish. Asosiy mavzularimiz: ilmiy tadqiqotim, neftdan keyingi dunyo va energetika geosiyosatidan tashqari, yoshlar va talabalar uchun foydali kontentlar, AI vositalaridan to'g'ri foydalanish, xorijda ta'lim olish, musofirlik va shunga yaqin dolzarb masalalardan iborat bo'ladi. Niyatimizni xolis, natijalarni manfaatli qilsin. Instagram: IbnZokirjon Telegram: @IbnZokirjon YouTube: IbnZokirjon
Qurbon Hayiti muborak bo’lsin 🌙
Channel name was changed to «Ibn Zokirjon • ILM ELCHISI»
Instagram sahifamni ochdim — IbnZokirjon Angliyada PhD hayoti, stipendiyalar va top 300 talik universitetlarda o’qish haqida yozaman. Obuna bo'lsangiz mamnun bo'laman☺️🤲 instagram.com/ibnzokirjon
Ibn Zokirjon • ILM ELCHISI pinned a video
Salom, men qaytdim. Uzun jimlik va men qaytdim. Aprel 2026. Leeds. PhD boshlanishi. 😿"El-Yurt Umidi" stipendiyasi. Endi bu kanal o'zgaradi: → Faqat geofizika emas → Ilm + Hayot + Yo'l xaritasi Qoling. Qiziq bo'ladi. ☺️ @ibnzokirjon
Channel name was changed to «Ibn Zokirjon»
Channel photo updated
Yangi HAYOT - Chet elda o'qiyotgan yoshlarimiz kelajak poydevorimi?
Agar Jeffrey Epshteyn va Bernie Madoff ham olamdan o'tib ketishmaganda ularni ham Endryu Teytga o'xshab karnay-surnay va to'n kiydirish marosimi bilan kutib olgan bo'larmidik? Eslatma: Teyt aka-ukalar odam savdosi va jinsiy zo'ravonlikda ayblanib bir nechta mamlakat sudida ishi ko'rilmoqda. Aeroportda ularni tantanali kutib olganimizni ko'rish g'alati bo'ldi. Mehmondo'stlikni ham chegarasi bo'lishi kerak. Kiyosaki, Jordan Belfort kabi kamida g'alati va firibgar odamlarni ham chaqirib universitetlarda master klasslar, konferensiyalar uyishtirishimiz yomon amaliyot deb bilaman. Noto'g'ri odamlarni (jinoyatchilarni) chaqirib ulug'layapmiz. Yoshlarga ular o'rnak bo'lmasin, mutlaqo. @uzbekonomics
Ramazon Hayiti muborak bo'lsin 🎆
O’tgan yili "Orzudagi professor" kitoblariga dastxat olgandim. Men uchun ilm yo‘lidagi ulkan mas’uliyat va oq fotiha bo‘lgan.
Orzudagi professor sari bir qadam... Bugun "Osmondagi bolalar" loyihasida men uchun juda qadrli inson — Nagoya universiteti professori Alisher Umirdinov bilan ajoyib suhbat chiqdi. Alisher aka men uchun nafaqat qondosh, balki akademik hayotimdagi eng asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi, chinakam kumir insondirlar. Ko'p suhbatlarini olganman. Juda fidoyi, jonkuyar inson. Akademik hayotimda ko'p qimmatli maslahatlari berishgan. Sizga ham ushbu suhbatni ko‘rishni chin dildan tavsiya qilaman. Bu shunchaki intervyu emas, bu ilm yo‘lini tanlaganlar uchun haqiqiy "navigator". Video havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=vjPYhIso8lM
без подписи
🎓 EYUF stipendiyasi haqida ajoyib seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori tomonidan tashkillashtirilayotgan tadbirimizga taklif etamiz 📍 Geologiya fanlari universiteti | ARM, 3-qavat 📅 2026-yil 21-fevral (shanba) 🕐 Soat 11:00 Dunyo Top-300 universitetlarida Magistratura yoki PhD o'qimoqchimisiz? ✅ EYUF stipendiyasi qanday ishlashini ✅ Qanday hujjatlar kerakligini ✅ Qabul xati (Offer Letter) qanday olishni ✅ Suhbat va test bosqichlariga qanday tayyorlanishni ...haqiqiy tajriba asosida bilib olasiz! 🎤 Speaker: Boqijonov Shoxrux — geofizik, University of Leeds PhD dasturiga qabul qilingan, EYUF 2025-yil 2-tanlovi g'olibi Seminar barcha uchun ochiq 🌍 Do'stlaringizga ulashing 😉 👉 Safimizga qo‘shiling: t.me/c23_club 🧭 Kompas klubi - muvaffaqiyat sari birlashing 🤝 Telegram | Instagram | Facebook Kompas - Chat guruhi
#Jarayon Soʻz — test bosqichi ishtirokchilariga 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Testdan o'tgan kuniyoq yutishimga qattiq ishongandim:) 3-dekabr, 2025-yil