Ibrahim Gulyamov
СтатистикаTadbirkor, biznes konsultant va tizimlashtirish bo’yicha mutaxassis Rasmiy sahifalarim: Instagram: instagram.com/ibrahimgulyamov YouTube: www.youtube.com/@IbrahimGulyamov 📞71-200-92-92 Admin - @pcg_support
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 641
- 1/48двое суток
- 5 318
- 1/72трое суток
- 5 736
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Adidas va Puma asoschilari biznesni eng og‘ir davrda ko‘targan. Birinchi Jahon urushidan keyin Germaniya qashshoqlikda edi. Dasslerlar oilasi oyoq kiyim tikish bilan shug‘ullanardi. Na xomashyo bor edi, na sotib oladigan odam. Lekin ular muammoga emas, imkoniyatga qaradi. Soldat formalari va pokrishkalardan shippaklar tikishdi. Nogironlar uchun ortopedik oyoq kiyimlar chiqarishdi. Keyin kuniga 1000 tagacha oyoq kiyim ishlab chiqarishga yetishdi. Adolf keyinchalik Adidasni, Rudolf esa Pumani yaratdi. Siz ham shu 2ta brend kabi to'g'ri joyda, to'g'ri vaqtda to'g'ri taklif yarata olishingiz kerak. Mahsulot yoki xizmatingizni ayni davrdagi mijozlarning ehtiyojiga qarab moslang. Shundagina 50 balki 100 yillik davomli bizneslar bo‘ladi. Siz bu haqida bilarmidingiz? @IbrahimGulyamov
Marketingning 2000 ga yaqin taʼrifi bor. Eng soddasi esa uchta harakatga sigʻadi. Yangi mijozni jalb qilish, borini ushlab qolish va ketganini qaytarish. Shu uchta ish uchun qilingan har qanday harakat — marketing. Koʻp bizneslarda mijozlarning 90-95% i tanish-bilish orqali keladi. Bu sifatingiz yaxshiligini, lekin marketing tizimingiz yoʻqligini bildiradi. Avval klientlar navbatda turardi, endi taklif talabdan koʻp. Siz kutib oʻtirsangiz, raqobatchi klientingizni tortib oladi. Yangi mijozga sotish eskisiga sotishdan bir necha baravar qimmatga tushadi. Shuning uchun bor mijozni ushlab qolish eng foydali strategiya. Tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying! @IbrahimGulyamov
Ayrim sotuvchilar narxni tushirsam sotib oladi deb o‘ylaydi. Bu eng noto‘g‘ri strategiya. Mijozlar uch kategoriyaga bo‘linadi. Narx kategoriyasidagi mijozni faqat arzonlik qiziqtiradi. Eng muammoli mijozlar aynan shulardan chiqadi. Narx-sifat kategoriyasidagi mijoz esa taqqoslab ko‘radi. Sifati yaxshi bo‘lsa, ozgina qimmatiga ham rozi bo‘ladi. Premium mijozga arzon narx aytsangiz, sotib olmaydi. Chunki u qimmatini eng zo‘ri deb biladi. Reklamangizni qaysi kategoriyaga mo‘ljallayotganingizni aniq bilib, keyin tuzing. Hozir qaysi kategoriyaga sotishingizni bilasizmi? @IbrahimGulyamov
PCG_Savdoni_pasaytiruvchi_sabablar (1).pdf
Sotuvchi nega shifokor kabi ishlashi kerak? Yaxshi shifokor eshikdan kirgan bemorga darrov dori yozmaydi. Avval savol beradi va muammoni aniqlaydi. Sotuvda ham xuddi shu tartib ishlaydi. Avval, mijozning ehtiyojini aniqlang. Chunki hamma ham oʻz muammosini ochiq aytmaydi. Toʻgʻri savollar yashirin ehtiyojni yuzaga chiqaraveradi. Tarvuz so'raganga qovun bermaysiz-ku, to'g'rimi? Tashxisdan keyingi taklif esa davoga aylanadi. Sotuvchi va tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying! @IbrahimGulyamov
Xususiyatni emas, foydani soting! Bu nima degani? Koʻp sotuvchilar mahsulotning texnik tafsilotlarini gapirishadi. Lekin mijoz xususiyatni emas, natijani sotib oladi. Unga protsessor emas, tezlik kerak. Unga matras emas, shirin uyqu kerak. Buni Rolls-Royce reklamasi mukammal koʻrsatgan. Reklamada motor quvvati emas, soatning chiqillashi eshittirilgan. Yaʼni, mashina shunchalik jimki, faqat soat chiqillashi eshitiladi. Siz ham har bir xususiyatni foydaga aylantirib gapiring. Chunki odamlar mahsulotni emas, orzusidagi holatini sotib oladi. Sotuvchi va tadbirkor tanishlaringizga yuborib qo'ying! @IbrahimGulyamov
Kontrast effekti: narxni qanday koʻrsatish kerak? Mijoz narxni yolgʻiz holda emas, taqqoslab baholaydi. Bitta mahsulot qimmatmi yoki arzonmi - buni miya solishtirish orqali hal qiladi. Shu qonuniyatni sotuvda ishlatish mumkin. Misol: siz 30 dollarlik koptok sotmoqchisiz. Uning yoniga 10 dollarlik oddiy koptokni qoʻying. Ikkinchi tomoniga 50 dollarlik professional koptokni qoʻying. Endi 30 dollarlik koptok mijozga juda maqbul koʻrinadi. Chunki u arzonidan sifatli, qimmatidan hamyonbop. Tanlov boʻlmasa, mijoz taqqoslash uchun raqobatchiga ketadi. Sotmoqchi boʻlgan mahsulotingizga toʻgʻri fon yarating. Sotuvchi tanishlaringizga yuboring! @IbrahimGulyamov
Mijozning qaror qilishiga ta'sir qilmoqchimisiz? 👎 Mijoz: Sotib olaymi yoki yo'q? ✅ Mijoz: Qaysi birni sotib olay? Sizning yondashuvingiz mijozning hayolida shu 2ta savolni keltirib chiqaradi. Mijozga bir dona variant bersangiz, u "olsammikin yo'ki yo'q" deb o'ylaydi. Ko'proq variant bilan toʻgʻri savol esa mijozni tanlov ichida qoldirishi mumkin. "Birinchi variant maʼqulmi yoki ikkinchisi?" deb soʻrang. Katta ehtimol, endi mijoz rad etish haqida emas, tanlash haqida oʻylaydi. "Sizga yoqdimi?" oʻrniga "Qaysi tarafi koʻproq maʼqul boʻldi?" deng. Salbiy shakldagi savollardan butunlay voz kechish kerak. Savolni shunday tuzingki, javob sizni sotuvga yaqinlashtirsin. Tadbirkor va sotuvchilarga yuborib qo'ying! @IbrahimGulyamov
Nega mijozga sinab koʻrish imkonini berish kerak? Oyna ishlab chiqarish korxonasida noyob bir sotuvchi bor edi. Boshqalardan ko'ra karrasiga ko'proq sotgan, lekin sababi nimada edi? U mijozlarga oynani bolg'a bilan bilan urib, osonlikcha sinmasligini isbotlab berarkan. Keyin, boshqa sotuvchilar ham buni o'rganib ko'proq sotishni boshladi-ku. Lekin... O'sha noyob sotuvchi baribir qolganlardan ko'proq sotishni boshladi, sababini so'rashdi. Aytadiki, endi u bolg'ani mijozlarning qo'liga berib, o'zlari urib ko'rishlariga imkon bergan. Bundan xulosa nima desangiz, yaxshi sotuvchi mijozga SINAB ko'rishiga imkon beradi. Sizga ham nimanidir shunday qilib sotishganmi? @IbrahimGulyamov
📊 O'sishdan to'xtab, bir nuqtada qotib qolishimizning 7 sababi. 1. Diqqatimizning tarqoqligi. 2. Javobgarlikdan qochish. 3. Ilmning kamligi. ... Qolgan sabablar va ularga yechimni 😎 YouTube'da ko'ring! Rivojlanishni xohlaydigan barcha tadbirkorlar ko'rishi kerak bo'lgan video. 👇
Hamma ham sizning mijozingiz emas! Sotuvchining eng katta xatosi - hammaga sotishga urinish. Hammaga sotmoqchi boʻlgan hech kimga sota olmaydi. Chunki har bir auditoriyaning oʻz tili bor. Talabaga bir xil, tadbirkorga boshqa xil yondashuv kerak. Shuning uchun avval maqsadli auditoriyangizni aniqlang. Mahsulotingiz kimning muammosini hal qilishini yozib chiqing. Xabaringizni aynan shu odamlarga moslang. Notoʻgʻri mijozga sarflangan vaqt - raqobatchiga berilgan foyda. Toʻgʻri mijozga sarflangan vaqt esa ikki baravar qaytadi. Siz kimlarga sotasiz? @IbrahimGulyamov
"Sotuvchilaringizga eng kerakli kitob" Ko‘p sotuvchilar mahsulotning barcha afzalliklarini tushuntira olmaydi. Xaridorga shunchaki "zo‘r mahsulot" deyish natija bermaydi. Xo‘sh bunday tartibsizlikni bartaraf etishga "Mahsulot kitobi" tuzasiz. Mahsulot kitobi bu - tovar haqidagi barcha ma’lumotlar to‘plamidir. Unda mahsulotning imkoniyatlari va afzalliklari aniq ko‘rsatiladi. Og‘zaki ko‘rsatma barcha filiallarda bir xil sifatni ta’minlamaydi. Lekin barcha sotuvchilar mijozga to‘g‘ri ma’lumot berishi shart. Mahsulot kitobi jamoangiz uchun yagona qo‘llanmaga aylanadi. Sizda avvaldan shunday kitobcha bormi yoki endi tuzasizmi? @IbrahimGulyamov
1-qism Savdoni pasaytiruvchi 63ta sabab bor va ularga yechim ham. Bu PDFda 25tasini yozdim, qiziq bo'lsa 🔥 bosing, keyingi PDFda qolganini yozaman. 2-qism @IbrahimGulyamov
Tadbirkor/Bloger Hakimjon Abdurahmanovning "Tez Natija 6" dasturimiz haqidagi samimiy fikrlari. @IbrahimGulyamov
Odamlar nega qarzdorlikdan qutula olmaydi? 3ta sabab. Birinchisi - ertangi kun daromadini bugun sarflash. (Kredit) Sabrsizlik oqibatida kelajakdagi daromad bugun ishlatib yuboriladi. Bu odat insonni sekin-asta og‘ir qarz botqog‘iga tortadi. Ikkinchisi - o‘z xarajatlariga va moliyaga beparvo bo‘lish. Daromadga qarab xarajat qilish madaniyati yo‘qligi muammo tug‘diradi. Eng yomoni - topganidan ko‘ra ko‘proq xarajat qilish. Bu uslub qashshoqlik formulasi deb ataladi. Topganidan ortiqcha xarajat qilish qarzlar botqog'ini hosil qiladi. Kichik qarzlarning yig‘ilishi oxir-oqibat katta moliyaviy fojiaga aylanadi. Sizda bu 3ta sababdan birortasi bormi? @IbrahimGulyamov
Meni moliyaviy qiyinchilikdan olib chiqqan formula. 3ta ishni qilganman, shu formulani siz bilan ham ulashmoqchiman Birinchisi - hech qachon va hech kimdan qaytib qarz olmaslik. Insonlarga suyanishni bas qilib Yaratganga va o‘z qobiliyatlaringizga tayanishingiz kerak. Ikkinchisi - qat’iy qaror qabul qilib, doimiy zaxira kapitalini shakllantirish. Har doim yonimda zaxira pulim bo‘ladi deb o‘zingizga so‘z bering. Uchinchisi - pul topish, saqlash va ko‘paytirish ilmini puxta egallash. Ushbu qoidalar sizni moliyaviy botqoqdan tezda olib chiqadi. O‘zingizda zaxira pul yaratish orqali xotirjamlikka erishasiz. To‘g‘ri moliyaviy bilimlar daromadni bir necha barobar oshirishga xizmat qiladi. Ushbu formula amaliyotda sinalgan va kutilgan samarali natijani beradi. Siz moliyaviy qiyinchilikdan chiqish uchun qanday usullardan foydalangansiz? Yoki foydalanyapsiz? @IbrahimGulyamov
Sotuv bo‘limini qaysi sotuvchi orqaga tortyapti? Bittasi zo‘r sotadi-yu, boshqalar nega sotishni bilmaydi? Tadbirkorni, ya'ni sizni har doim shu savol qiynab keladi, sotuv bo'limingiz bo'lsa agar. ROP bor, lekin u ham har bir qo'ng'iroqni tahlil qilib chiqolmaydi. Biz shu muammodan kelib chiqib Metasell platformasini ishlab chiqqanmiz, o'zimiz ham ishlatamiz. Va hozirgacha 100dan ortiq bizneslar ishlatishyapti. Bu platforma nima qilib beradi: • Sotuvchi va mijoz o'rtasidagi suhbatni tahlil qiladi. • Mijoz qayerda yo'qolyapti va nega sotib olmayapti aniqlaydi. • Sotuvchilarga individual ustozlik qiladi. • Raqamlarda: kunlik, haftalik va oylik hisobot tayyorlaydi. MetaSell haqida batafsil ma'lumot olish uchun ro'yxatdan o'ting 👇 👉 Ro'yxatdan o'tish tugmasi Kichik eslatma: Bu faqat sotuv bo'limi yoki koll markazi bor bizneslar uchun!