𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊
СтатистикаIlmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!
- Последний пост
- 3 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ibn Arabiy "Fususul-hikam"da insonning yaratilish ierarxiyasini tushuntiradi. Uning fikricha: Alloh Odamni O‘z suratida (O‘z sifatlarining ko‘zgusi sifatida) yaratdi. Ayol (Havvo) esa Olamlar Parvardigori tomonidan Odam Atoning o‘zidan (uning vujudidan) ajratib olindi. Erkak kishi ayolga intiladi, chunki ayol uning bir qismidir. Har bir narsa o‘z asliga, o‘zidan ajralgan bo‘lakka talpinadi. Erkak kishi ayolni sevganda, go‘yo o‘zining bir bo‘lagini sevgan bo‘ladi. Ayol esa erkakka intiladi, chunki erkak u uchun vatan (kelib chiqish joyi) kabidir. @iffatliqalb
Shu paytgacha yorimni kiyimlarini bir dunyo mehr bilan, hidlab-hidlab, har bir chizig'igacha tekislab taxlardim. O‘zimnikiga kelganda esa... qandoq bo'lsa shundoq joyiga qo'yib qo'yardim. Go'yo o'zimga mehr berishga vaqtim hayfdek, o'zim unchalik muhim emasdek. Yorim ishdan kelganida ham kiyimlarini chiroyli qilib joyiga qo'yardim. Shunga ularniki tartibli turardi. O'zimniki esa (hamma bildi qanaqa)😂 Yaqinda shkafimni tartiblab o'zimning kiyimlarimni ro'mollarimni, ko'ftalarimni xuddi birovnikidek emas, o'zimniki deb, mehr bilan sekiiin tahladim. Xidladim, siladim. Shu lahzada o'zimni shunaqa qadrli his qildimki, tushuntirish qiyin, ko'zim ochilib ketgandek bo'ldi. Shu paytgacha o'zimni tanam kiyadigan kiyimlarga, sochlarimga parda bo'lgan ro'mollarimga bunaqa mehr va ehtiyotkorlik bilan qaramagan ekanman... Biz ayollar shunaqamiz: hamma mehrimizni, borimizni so'ramasa ham birovlarga tutqazamiz. O'zimizni esa oxirgi navbatga, shkafning eng chekkasiga surib qo'yamiz. Keyin o'sha "birovlar" bizga biz kutgan mehrni qaytarmasa, dunyo qorong'u bo'lib siqilamiz. Aslida hamma narsa mana shu shkafning ichidan boshlanishi kerak ekan. @iffatliqalb
Bilasanmi, inson qachon o'zini juda charchagan his qiladi. Eng ko'p gaplashishni xohlagan odami, gapirsa ham uni hech qachon tushunmasligini, sukut saqlashdan boshqa chorasi qolmaganini anglab yetganida @iffatliqalb
Ayolingizga, Uni "yengish" yoki "urish" yoki unga nimanidir "isbotlash" kerak bo‘lgan erkakdek qarashni bas qilib, shunchaki bag‘riga bosib, yumshoqlik bilan tushuntirish va tushunish kerak bo‘lgan "mittigina ojiza qizcha" deb qarashni boshlagan kuningiz muammolar barham topadi... @iffatliqalb
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bolaligimda musiqani baland qo‘yib, soatlab raqsga tushardim. O‘zimga o‘zim mahliyo bo‘lib, borliqni unutib o‘ynardim. Bu shunchaki tana harakati emas, bu ruhimning erkinlik bayrami edi. Turmushga chiqqan birinchi yillarimda ham, bu sho‘xligim onda-sonda bo‘lsa-da, takrorlanib turardi... Yaqinda charchoqlarni chiqarish, biroz nafas olish uchun qizimni uxlatdim-da, musiqa qo‘ydim. Va... o'zim uchun yangilik bo'lgan, men uchun "daxshatli" bo'lgan bir haqiqatga duch keldim: Men raqsga tushishni unutibman. vujudim musiqaga ergashishni rad etdi, qanday harakat qilishni bilmadi. Tomog‘imga achchiq bir narsa tiqildi, yig‘lagim keldi. Bu hamma uchun oddiy narsadir balki, lekin men uchun shunchaki raqsni unutish emas edi. Bu ichki jozibani, quvnoqlikni, men tanigan Nargizani so‘nayotganidan darak beruvchi og‘riqli signaldek tuyuldi. Men o‘zimning Mohiyatimni o‘sha hayotning shirin mazasini totishni biladigan Nargizani yo‘qotib qo‘ygandekman. Aslida, ayollik jozibasi bu harakatdagi nurdir. Tasavvufda raqs borliq bilan uyg‘unlashish, ruhiy zavqning toshib chiqishi deb ko‘riladi. Ayol kishining o‘z xilvatida o‘ziga mahliyo bo‘lishi uning ichidagi hayotiy energiyaning jo‘shqinligidir. Men esa o‘sha "fitrat"imni vazifalar qabriga ko‘mib yuborganimni sezdim. Diniy va ruhiy tomondan ham "nafsning senda haqqi bor" degan hikmat bor. Biz faqat vazifalardan iborat emasmiz. Agar ayol o‘z ichidagi o‘sha "raqsga tushuvchi qizaloqni" o‘ldirsa, hayotining mazasi ham, jozibasi ham yo‘qolar ekan. Mohiyat hech qachon yo‘qolmaydi, u shunchaki dengiz tubidagi javohirdek chang bosib qolishi mumkin ekan. Raqs tana bilan emas, qalb bilan boshlanadi. Va men bugun o‘sha qizaloqning qo‘lidan tutib, unga qaytishga ruxsat berdim... ✨ @iffatliqalb
Oxirgi paytlar qilayotgan ishlarimdan, kunimdan lazzat olmayotganimni sezib qoldim. Hayot tezlashib ketgandek, men ham tezlashib ketibman. Hamma ishimni tez qilaman: ovqat qilsam ham tez-tez qilaman, yesam ham tez-tez yiyman, hattoki qizimni kolyaskada sayrga olib chiqsam ham huddi kimdir quvlayotgan yoki shoshilayotgandek tez yurarkanman. Qizim chaqaloqligidan shunga ko'nikibam qolgan😂sekinlashib qolsa qimirlab bezovta bo'ladi. Aslida, bunday bo'lmasligi kerak. Ayollarda bu xolat "тревожность"ni oshirib yuboradi, xotirjamligini yo'qotadi. Hozirlarda o'zimga eng ko'p qaytarayotgan gapim "sekinlash" bo'lyabdi... @iffatliqalb
Inson o‘zining nuqsonlari, amalga oshmagan orzulari va qo‘rquvlariga tik qarashga botinolmaganida, nigohini tashqariga qaratadi. Birovning hayotini "tahlil" qilish, bu o‘z vijdoningiz oldidagi hisobotdan vaqtincha qochishdir. Boshqani g'iybat orqali biz o‘zimizni sohta bo'lsa ham yuqoriroq his qilamiz, nafsimizga yengillik beramiz va o'zimizni yaxshiroq deb o'ylaymiz @iffatliqalb
Kunlarning birida men bir insonning hayotiga kirdim... Unga o'zi o'ylagandan-da ko'proq narsaga qodir ekanini isbotlash, o'z kuchiga ishonch bag'ishlash uchun. Hayotiga kirdim...unga eng yaqin suyanch, eng mustahkam tirgak bo'lish uchun. Qalbimning bor samimiyati va pok niyatlarimni unga hadya etish uchun. Mukammal emasman! Gohida qaysarligim tutadi, qayerdadir kamchiligim ham bor, ba'zan asabiga ham tegishim mumkin Lekin men... uning eng sodiq muxlisiman va unga butun borlig'im bilan ishonaman! Uning har bir kichik g'alabasini ham mendan ortiq bayram qiladigan odam yo'q men uni shunchaki yaxshi ko'rmayman men u bilan FAXRLANAMAN! @iffatliqalb
видео или голосовое, без подписи
🍃
Erkak va Ayol munosabati bu shunchaki ikkita insonning bir uyda yashashi emas, balki ikki dunyo qarshisidagi ulkan imtihondir. Biz ko'pincha "baxtli bo'lish" uchun turmush quramiz, aslida esa munosabatlar bizni "odam qilish" uchun beriladi. Erkak kishi tabiatan "beruvchi" va "yaratuvchi" kuchdir. Uning vazifasi faqat pul topish emas, balki ayolining qalbidagi qo'rquvni o'ldirishdir. Erkak kishi qachonki mas'uliyatdan qochsa, u o'z fitratini sotgan bo'ladi. Ayol kishi esa Yaratganning "Latif" ismining yer yuzidagi ko'rinishidir. Uning eng katta xatosi erkak bilan "kuch" orqali kurashishidir. Ayolning kuchi uning zaifligida, nafosatida. Ayol bu ko'zgudir. Erkak unga nima bersa, u buni o'n barobar qilib qaytaradi: Unga xavfsizlik bersangiz sizga sadoqat beradi. Unga mehr bersangiz sizga jannat beradi. Unga qattiqqo'llik va nafrat bersangiz o'zingizni tanimaydigan darajadagi "sovuqlik"ka duch kelasiz. @iffatliqalb
Har xil orzular qilamiz-ku, "uni olaman, uyoqqa borishni xohliman" va hokazo. Aslida shunaqa orzular qilolganimiz, bizni beg'am, mazza qilib yashayotganimizdan dalolat ekan. Shamollab qoldim yaqinda, chaqalog'im bilan yanayam qiynaldim. Fikr-u hayolim tezroq tuzalishda edi. Endi yaxshi bo'ldim desam qulog'im og'rishni boshladi. Qani endi meni toqqa borgim kelyabdi, chetga chiqqim kelyabdi, uni ogim kelyabdi degan fikrlar qiziqtirarmikan... Tuzalsam-u, yana avvalgidek og'riqsiz, kuchga to'lgan bo'sam degan fikr bor faqat. Yoki masalan agar yeyishga narsamiz bo'maganda biz boshqa narsalarni orzu qilolarmidik. Dardimiz faqat non topish bo'lardi. Demak, haqiqatdan bekam-u ko'st, dardsiz yashayabmizki, har xil orzular qilolyabmiz... shukr shukr shukr @iffatliqalb
видео или голосовое, без подписи
Erkak doim "kerak, shart" holatida yashashi kerak Ayol esa "xohlayman, istayman" holatida bo'lishi kerak. Qachonki ayol "kerak" holatiga o'tib qolsa, o'zining latofati, ojizaligi va sakinatini yo'qotadi. Ayollarni miyyasi doim "kerak,kerak" bilan ishlasa bu ularni stressga tushirib, ishlaridan zavq olishni to'sib qo'yadi. Qanday bo'larkan u "xohlayman" deyotgandirsiz? Masalan: "Uyni uborka qilishim kerak!" "Uyimni toza va sarishta bo'lishini xohlayman" "Kir yuvishim kerak" "Oilamdagilarni kiyimlaridan yoqimli iforlar kelishini xohlayman" "Dazmol qilish kerak!" "Juftimni kiyimlari ozoda, toza va tartibli bo'lishini xohlayman" Nima farqi bor deyishingiz mumkin. Katta farq bor. Eng avvalo holatda va niyatda farq bor. Bir kun shuni sinab ko'ring va ishlarni boshqacha kayfiyat bilan qilasiz, aminman. Boshqalarda qanday bilmadim, lekin men uni qilish kerak, buni qilish kerak deb qilsam uy ishlarni, o'zimni majburdek, aniqrog'i xizmatchidek his qilaman. Lekin, boshqacha tarzda niyat qilsam kayfiyatim, holatim o'zgaradi va o'zimni uyimni haqiqiy bekasidek his qilaman. @iffatliqalb
Biz bir-birimizning qalbimizni emas, bir-birimizning rollarimizni yaxshi ko'ramiz. "Yaxshi rafiqa", "muvaffaqiyatli ayol", "mehribon ona'".Agar shu rollaringizni yechib olsak, orqada nima qoladi? Ko'pchilik o'zining kimligini bilmaydi, chunki ular umr bo'yi atrofdagilarning ko'zguvdagi aksiga qarab o'zini shakllantirgan. Haqiqiy 'Men' esa o'sha shovqinlar tinchiganda, hamma sizdan yuz o'girganda qoladigan yolg'izlikdir. O'sha 'Men' bilan tanishishdan qo'rqmang, u siz tasavvur qilganingizdan ko'ra ancha qorong'u, lekin ancha samimiyroq @iffatliqalb
Har bir insonni yolg‘iz Yaratganning O‘zi tarbiylaydi! Faqatgina U! Na ota-ona, na turmush o‘rtoq va na qaynona Insonning asl murabbiyi uni Yo‘qlikdan Bor qilgan Zotdir. Turmushga chiqayotgan ayol bir haqiqatni anglashi kerak-ki, bu ham bo'lsa, u juftini o‘ziga moslab qayta yasaydigan yoki uni "yaxshilaydigan" usta emas. Zero, erkak kishining o‘z Xoliqi bor va U bandasi haqida allaqachon g‘amxo‘rlik qilib qo‘ygan. Ayol, erkak bilan birga Uning yo‘lidan sadoqat bilan yurishga ahd qilgan hamrohdir.Bu yo‘lning barcha qoidalarini butun borlig‘i bilan qabul qilgan sirdoshdir. Ayolning chekayotgan iztiroblari aynan mana shu qoidalarni buzganidan, ya’ni jufti uchun "tarbiyachi" bo‘lishga urinishidan kelib chiqadi. Holbuki, uning asl vazifasi "orom va sokinlik" bo‘lish edi. Axir, u eng boshidanoq aynan shu vazifaga rozi bo‘lib, bu ostonaga qadam qo‘ymaganmidi? @iffatliqalb
Biz yillar davomida bir shirin yolg‘on ichida yashaymiz: Hamma bizni tushunishi kerak, hamma mehnatimizni ko‘rishi va qadrlashi shart. "Yaxshi inson", "namunali ona", "ilm yo‘lidagi shaxs" degan niqoblarni ko‘nglimizga shunday qattiq yopishtirib olamizki, kimdir bizga piching qilsa yoki beparvo bo‘lsa, mehnatimizni ko'rmasa go‘yo dunyoyimiz qulab tushadi. Lekin men tushundimki, bizni og‘ritayotgan narsa boshqalarning tili emas, bizning ichimizdagi "men aslida yaxshiman" degan da’voyimiz ekan. Agar bizning xotirjamligimiz birovning ikki og‘iz so‘ziga yoki e’tiboriga bog‘liq bo‘lsa, demak biz hali o‘zimizni topmabmiz. Biz hali ham "Meni tan olishsin" degan ochlik bilan yashayapmiz. "Allohim, Sen ko‘rib turibsan" degan so‘zimiz ostida ko‘pincha: "Sen ko‘rib turibsan, bularga mening haq ekanligimni ko‘rsatib qo‘y", degan yashirin bir isbot yotar ekan. Bu taslimiyat emas, bu — savdolashish. Asl "Sir" maqomi qayerda boshlanadi? Isbotlash to‘xtagan joyda boshlanadi. Ya'ni qachonki sen "yomon" bo‘lishdan qo‘rqmasang. Mayli, kimningdir nazarida men "aybdor" bo‘la qolay, mayli "uddalay olmagan" bo‘lay. "Lekin mening aslimni faqat Sen bilasan-ku" Mana shu nuqtada zanjirlar uziladi. Isbotlash bu ojizlik. O‘zini "Hech kim" deb bilgan odamni hech kim kamsita olmaydi. Chunki tuproqni yerga urib bo‘lmaydi u shundoq ham yerda! Atrofingdagilar nima deb tamg‘a bossa, o‘sha ularning o‘z ichidagi dardi, sening haqiqating emas. Sen ularning so‘ziga emas, o‘sha so‘zni aytayotgan tillarning ojizligiga shafqat bilan boqishni o‘rgansang sening qalb ko‘zing ochiladi. @iffatliqalb
Xotirjamlikning kaliti bitta so'zda yashiringan: Rizo. Bo'lgan ishga, bo'layotgan vaziyatga va bo'lajak taqdirga qalb bilan "Ha" deyishdir. "Nega bunday bo'ldi?" degan savol sakinatni o'ldiradi. "Demak, shunda hikmat bor" degan ishonch esa ruhga qanot beradi. Inson Allohdan rozi bo'lsa, Alloh ham undan rozi bo'ladi. Ikki rido birlashgan joyda esa jannat boshlanadi. Dunyo jannati qalbning Robbisidan rozi bo'lib, tinchlanishidir. @iffatliqalb