XO‘JAOBOD TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi Manzil: Xoʻjaobod tumani, Navoiy MFY, Navoiy koʻchasi 3-uy
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 71
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 422
- 1/48двое суток
- 483
- 1/72трое суток
- 521
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#YagonaVatan35 #Xoʻjaobod_IM #Mening_maktabim Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mening maktabim—Yangi O‘zbekiston kelajagi" mavzusida ijodiy videoroliklar tanlovi o'tkazilmoqda. Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2022-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ustozlarimiz hamda o‘quvchilarimiz qisqa davr mobaynida aniq maqsad yo‘lida yuksak natijalarga erishdilar. 2026-2027- o‘quv yilida ham natijalarimizni yanada yuksaltirish hamda yutuqlarimizni mustahkamlashni maqsad qilganmiz. 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki!
#YagonaVatan35 Oʻzbekiston Yetmish yil koʻzyoshing artdi yolgʻonim. Qora qumgʻonda choy moysiz yovgʻonim. Sarbonsiz choʻllarda daydigan majnun, Ipak yoʻllarida issiz karvonim. Salom oʻzligiga qaytgan ummonim, Oʻzimniki boʻlgan Oʻzbekistonim! Oʻzbekiston, Oʻzbekiston, Oʻzbekiston — yurtim mening, Mening ona vatanim! Madx aytib sen bilan maqtanmoq oson, Mulki Samarqand deb, mulki Xuroson. Oʻzingniki emas hatto ochogʻing, Oʻzingdan bir kuni chiqmasa sulton. Salom Temurlardan tomchigan qonim, Oʻzimniki boʻlgan Oʻzbekistonim! Paxtadek koʻnglingda yoʻq sening gʻubor, Tan olsa dunyolar oldi ikki bor. Shoh boʻlib, Hofizni eʼzozlagan yurt, Ey sen, Alisherni asragan diyor! Mard dilga hamisha ochiq jahonim, Oʻzimniki boʻlgan Oʻzbekistonim! Oʻzbekiston, Oʻzbekiston, Oʻzbekiston — yurtim mening, Mening ona vatanim! 🎼 Husniddin Holiqov "Oʻzbekiston" qoʻshigʻi 🎙 Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktab 7-"WHITE" sinf oʻquvchilari Baxtiyorjonova Maryamxon, Arobidinova Oydinoy, Akramova Robiyaxon ijro etdilar.
#Mening_maktabim 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 🏢Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-"green" sinf o‘quvchilarining 🏫 “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi ijodiy videoroligi. Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
#YagonaVatan35chellenji 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 🏢 Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 9-"BLUE" sinf o‘quvchilari vatanparvarlik ruhidagi videorolik tayyorladi. 💥 Yaqinlashib kelayotgan ulug‘ va aziz bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
#Yagona_Vatan_35 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 🏢 Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 7-"WHITE" sinf o‘quvchilari ijrosida maxsus musiqiy va vatanparvarlik ruhidagi videorolik tayyorladi. 💫Videorolikda iqtidorli o‘quvchilarimiz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va faxr-iftixor tuyg‘ularini "Oʻzbekiston" qo‘shig‘i orqali jonli va samimiy ijro etib berishdi. 💥 Yaqinlashib kelayotgan ulug‘ va aziz bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Zakovat_intellektual_o‘yini 🏢Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar reja-grafigining 11-bandi — “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida 8–11-sinf o‘quvchilari hamda ustozlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🔹Mazkur intellektual bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoada ishlash hamda tezkor va aniq qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. ✅Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 11-“BLUE” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📺 YANA BIR IQTIDORLI YOSHIMIZ E'TIROF MARKAZIDA! 🔹Andijon teleradiokompaniyasining "Uchinchi Renessans yoshlari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-blue sinf o‘quvchisi Mannopova Mushtariy mehmon sifatida ishtirok etdi. 🔹Ko‘rsatuv davomida Mushtariy ta'lim, fan va intellektual yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari, tanlov hamda olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u o‘zining kelgusidagi maqsad va rejalari, ilm-fan yo‘lida yanada yuqori marralarni zabt etish istagi hamda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shish niyatlari bilan o‘rtoqlashdi. ✅Bunday e'tirof yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va iqtidorli o‘quvchilarni keng jamoatchilikka tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
📺 IQTIDORLI YOSHLARIMIZ E'TIROF MARKAZIDA! 🔹Andijon teleradiokompaniyasining "Uchinchi Renessans yoshlari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-blue sinf o‘quvchisi Omonov Nurillo hamda 10-white sinf oʻquvchisi Mirzaolimova Farangiz ishtirok etdilar. 🔹Ko‘rsatuv davomida o‘quvchilar ta'lim, fan va intellektual yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari, tanlov hamda olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u o‘zining kelgusidagi maqsad va rejalari, ilm-fan yo‘lida yanada yuqori marralarni zabt etish istagi hamda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shish niyatlari bilan o‘rtoqlashdi. ✅Bunday e'tirof yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va iqtidorli o‘quvchilarni keng jamoatchilikka tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
без подписи