TerDMAU Iqtidorli talabalar
Статистика- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 59
- 1/48двое суток
- 67
- 1/72трое суток
- 72
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Лойихаси бор магистрлар ва талабалар шу хат буйича регистрациядан утиб манга ташлаб берингизлар. РАХМАТ
без подписи
без подписи
Ассалому алайкум
без подписи
без подписи
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.
без подписи
#TDMAU #Diplom_topshirish_marosimi Universitetimiz rektori Rasul Toʻrayevning bitiruvchilarga yoʻllagan ushbu samimiy va ruhlantiruvchi tabrigida har bir yoshning qalbiga yoʻl topuvchi eng sara tilaklar, ajdodlar oʻgiti va yuksak ishonch mujassam: “Muhandis — kelajakni quradi. Agronom — xalq rizqini yaratadi. Energetik — taraqqiyotga quvvat beradi. Dasturchi — kelajak iqtisodiyotini shakllantiradi. Har bir kasb ortida Vatanga xizmat qilishdek muqaddas burch bor...” 📥 Batafsil videoda tomosha qiling va bitiruvchi doʻstlaringizga ulashing! 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Universitetda mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha koʻrik-tanlov oʻtkazildi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamda Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va jamoatchilik nazoratini tashkil etish” mavzusida koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini shakllantirish, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iboratdir. Tanlov jarayonida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy koʻnikmalarini ham namoyish etib, soha mutaxassislarining yuqori bahosiga sazovor boʻldilar. Yakunda tanlovda alohida faollik koʻrsatgan va yuqori natija qayd etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram 😎Facebook 📹YouTube
📢 Diqqat! 🏆 Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi. 📌 Talabgorlarning hujjatlari quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi: 🟢HEMIS tizimidan o‘zlashtirish qaydnomasi 🟢Dekan tavsiyanomasi 🟢Ilmiy rahbarning fikr-mulohazasi 🟢Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati 🟢Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari 🟢Qo‘shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat va boshqalar) 🟢Pasport nusxasi 🟢Ma’lumotnoma (obyektivka) 📚 Tanlov shartlari haqida batafsil: Ma'lumot 📖 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari Nizomi. ⚡️ Tanlovda faqatgina 2–3-bosqich talabalari hamda 1-bosqich magistrlar ishtirok etishlari mumkin. 🗓 Hujjatlar 2026-yil 25-maydan 15-iyunga qadar qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun: +998 99 715 11 01 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram 😎Facebook 📹YouTube
🚀 Jamoamiz poytaxtda! “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining finali boshlandi Bugun, 19-may kuni Toshkentda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi. Respublika boʻylab kechgan shiddatli saralashlardan o‘tgan 280 nafar iqtidorli yoshlar qatorida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ham poytaxtga yetib bordi va ayni daqiqalarda bellashuvlarga kirishdi. Eslatib o‘tamiz: Finalda eng kuchli 100 nafar g‘olib saralanadi va ularning har biri BHMning 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Oliygohimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga finalda omad va g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz! 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram 😎Facebook 📹YouTube
🟦🟦 🏆 Yuksak e’tirof sari imkoniyat eshiklari ochildi! 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi. Tanlov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida stipendiyalarning mazmun-mohiyati, ishtirok etish talablari hamda yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 📑 Nomzodlarni saralash, hujjatlarni rasmiylashtirish va vazirlikka taqdim etish ishlari belgilangan nizom asosida amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun: +998992033311 📚 Bilim, intilish va mehnatingizni yuksak e’tirofga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Siz ham davlat stipendiyasi sohiblari safidan joy oling! 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram 😎Facebook 📹YouTube
TerDMAU Iqtidorli talabalar pinned a photo
🟦🟦🟦 Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” Respublika tanlovi e’lon qilindi! 📌 Ishtirokchilar: 👨🏫 Professor-o‘qituvchilar 🎓 Talabalar 🗓 Arizalar 11-mayga qadar qabul qilinadi. 🌐 Ma’lumot uchun: +998977856969 +998997151101 Bosqichlar: 1️⃣OTM saralashi 2️⃣Hududiy bosqich 3️⃣Respublika bosqichi ⚡️ Eng yaxshi loyihalar keyingi bosqichga yo‘llanadi. Tanlov nizomi: 👉 Nizom Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti barcha ijodkor va izlanuvchan yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaydi! 💡 G‘oyangizni ixtiroga aylantiring! 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐 Instagram 😎 Facebook 📹 YouTube
без подписи