tgindex
Hayitov ELT
@insight_EnglishЯзыкианглийский

👨🏻‍🏫 ELT teacher & IELTS instructor 🏫 MEd (University of Exeter, UK) 👨🏻‍🎓 Hornby scholar 📥 @KhayitovTeacher

Последний пост
5 авг.
Последнее чтение
21:36
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Языки
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
562
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
289
22 постов
Вовлечённость
51,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
111
1/48двое суток
127
1/72трое суток
137

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ответ мотиватору который сказал что 'самый страшный день это когда ты утром проснулся и понел что ты никто в этой жизни' )

  • 20 июл.17411из uzteauz

    ✅ VACANCY: Alert for Our Teaching Community! Looking for your next career move in higher education? 🎓 Webster University Tashkent has announced multiple academic and administrative vacancies, including: • Department Head • Deputy Department Head • Academic Faculty • Academic Advisors • Student Success Manager …and more! If you or someone in your network is ready for a new challenge, don't miss this opportunity. 👉 Apply today Please share this opportunity with colleagues who may be interested. 💙 Instagram | Linkedin | Facebook

  • Bugun uxlash yo'q. Katta futbol oqshomi. Shamrock rovers Floriana bilan chempionlar ligasi uchun kurash olib boradi.

  • Imagine dragons degan Amerikani pop rock guruhi bor. Baraka topgurlar o’zbekcha ashulalar aytadi. Tandir (Thunder), kim domkom? (kingdom come) degan qo’shiqlari bor. 6 yoshli o’g’lim eshitishni yaxshi ko’radi. Tandir deb qo’shilib aytib yuradi.

  • 10 июл.3341011из KhayitovTeacher

    Free professional development courses for English teachers by British council.

  • 3 июл.5301713

    ISHGA TAKLIF! Xozirda Registon ta'lim kompaniyasida 'the Manager of English Department' sifatida ish boshladim. Registonning Toshkent shahridagi maktab va litseylariga ingliz tili ustozlarini ishga olayapmiz. Maoshlar davlat maktablaridan yuqori, bundan tashqari qo'shimcha ijtimoiy paketlar bor. Nasib qilsa yaxshi jamoa yig'ib ustozlarning kasbiy rivojlanishiga ham qo'ldan kelgancha yordam bermoqchiman. Jamoaga qo'shilish istagida bo'lgan ustozlarimiz menga @KhayitovTeacher resume yuborib qo'yishlari mumkin. Ko'rib chiqib, yaxshi kandidatlarni suhbatga taklif qilamiz. Yaxshi ingliz ustozlarini bilsangiz postni yuborib qo'ying.

  • Curriculum (o’quv dasturi) yaratishda ustozlar hisobga olishi kerak bo’lgan bir nechta jihatlar bor. Bu jihatlar ‘Language Curriculum Design’ kitobida juda yaxshi tushuntirib berilgan. Shu kitobdan olingan diagrammada dastur tuzayotganda hisobga olinishi kerak bo’lgan 7 ta asosiy jihatlar ko’rsatilgan. 1 Environment analysis – o’quvchilar, o’qituvchilar va vaziyatni o’rganish. 2 Needs analysis – o’quvchilardagi kamchiliklar, zaruriyatlar va xohishlarni o’rganish 3 Teaching principles – Til o’qitish prinsiplarini bilish. Til o’zi qanday o’rganiladi. Bu jarayonda o’quvchida qanday kognitiv jarayonlar sodir bo’ladi. 4 Content and sequencing – o’tiladigan mavzular qanday tanlab olinishi va qay tartibda o’tilishi 5 Format and presentation – mavzular tanlab olinib, ketma ketligi aniq bo’lgandan keyin, qanday tartibda o’quvchilarga yetkazilishi, qanday metodlardan foydalanilishi. 6 Monitoring and assessing – dasturning samarali ishlayotganini nazorat qilib, baholab turish 7 Evaluation – Dastur o’tib bo’linganidan keyin, dasturni umumiy baholash. Kitobni yuklab olishingiz uchun link qoldiraman https://vulms.vu.edu.pk/Courses/ENG519/Downloads/LANGUAGE_CURRICULUM_DESIGN.pdf

  • видео или голосовое, без подписи

  • A roller coaster. Bu so’z ingliz tilida bir hil kechmagan, turli past balandliklardan iborat bo’lgan emotsiyani yoki davrni ifodalash uchun ishlatiladi. Britaniyadan O’zbekistonga qaytganimdan keyingi hayotim va faoliyatimga a roller coaster deb ta’rif berish mumkin.  Bir muddat ishsiz qolish, ikkita operatsiya va hozirda ham ishimni o’zgartirish arafasida turibman. Bemalol ‘The year has been like a roller coaster’ deb aytsam bo’ladi. A roller- coasterni teskarisi ‘stable’, ‘calm’ yoki ‘smooth sailing’ bo’ladi. Bu so’zlar va idiomani tinch, ko’ngildagidek o’tgan, yoqimsiz holatlar yuz bermagan paytlarni ifodalash uchun ishlatsa bo’ladi. Postdagi rasm Londondagi Greenwich parkida, aynan ‘smooth sailing’ davrlarida olingan. O’zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi o’yinini tomosha qilish ham emotional roller coaster bo’ldi o'zi. Sizlarda hammasi bo'lmasada, ko'p narsalar smooth sailing rejimida deb umid qilaman.

  • Qiziq joyiga keldik! Siz bilan Aptis Advanced testining writing qismi haqida qisqacha fikrlarimni bo‘lishib boryapman. Bugungi postda men uchun Aptis writing qismining eng qiziqarli sharti hisoblangan maqola yozish haqida gaplashamiz. To‘g‘risi bu shart qandaydir zerikarli va qolipga tushib qolgan IELTS essaylaridan ko‘ra men uchun qiziqarliroq ko‘rindi. Chunki maqolaning asosiy baholash mezonlari ichiga uning qiziqarli bo‘lishi, engaging (o‘ziga jalb qila olishi) va informative (kerakli ma’lumotlarni bera olishi) kiradi. IELTS essaylarida bunday mezonlar yo‘q. Aptisda ritorik savollar, idiomalar va maqollarni bemalol ishlataverasiz. Bu narsalarni to‘g‘ri ishlatish maqolangizni bezab, uni yanada ta’sirli qiladi. Testning muhim jihatlaridan biri bu authenticity, ya’ni testda mashq qilinayotgan ko‘nikmaning real hayotda qanchalik kerakligidir. Shu jihatdan Aptis Advanced writingdagi maqola yozish sharti ancha dolzarb deb hisoblayman.IELTS essaylari akademik salohiyatni va tanqidiy fikrlashni o‘stirish uchun yaxshi, lekin essaylar ko‘pincha mavzuga neytral yondashuv bilan yoziladi. Maqola yozishda esa ko‘proq erkinlik bor. Yuqorida eslatilgan ritorik savollar, idiomalar va maqollar, agar to‘g‘ri ishlatilsa, o‘quvchiga neytral tildan ko‘ra kuchliroq ta’sir qiladi. Deylik, siz Toshkentda havo ifloslanishi borasida kichik bir tadqiqot o‘tkazdingiz va tadqiqot natijalarini biror jurnalda chop etib yoki ijtimoiy tarmoqlarda yoritib, mahalliy aholi va hukumat vakillarining e’tiborini ushbu muammoga qaratmoqchisiz. Bu yerda shunchaki mavzuni neytral yondashuv bilan yoritish yetarli bo‘lmaydi. Maqola insonlarni harakatga keltirishi uchun ta’sirchan chiqishi kerak. Aptis testidagi maqola yozish sharti aynan shu ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim deb hisoblayman. Bu postdan maqsad IELTS writingni yomonlab, Aptisni maqtash emas. Ikkala testga tayyorgarlik jarayoni ham o‘quvchilarda ma’lum til ko‘nikmalari va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Boshqa ayrim jihatlarda IELTSning Aptisdan qulayroq va ustunroq tomonlari ham bor. Bu post esa faqat Aptis Advanced writing haqida. Bu qism o‘quvchilarda akademik va ijtimoiy hayotda kerak bo‘ladigan yozish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun juda yaxshi ishlab chiqilgan deb o‘ylayman.

  • Britaniya 16 yoshdan kichik bo’lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlamoqchi. Hukumat bu qarorning sababini bolalarni himoya qilish va ularga bolalikni qaytarib berish deb izohlamoqda. Har 10 ta ota-onadan 9 tasi bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Yangi qonunga ko‘ra, britaniyaliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari uchun 16 yoshdan oshgan bo‘lishlari, ID kartaga ega bo‘lishlari va face scan jarayonidan o‘tishlari kerak. Qaror 2027-yilning bahor oyidan kuchga kirishi kutilmoqda. Oldinroq Avstraliya ham shu ishni qilgan edi. Lekin bu qarorni ijrosida o’ziga yarasha muammolar paydo bo'lmoqda.

  • Kanalga anchadan buyon post qilmabman. Lekin bugun ingliz tili ustozlariga bitta yaxshi kitobni tavsiya qilib qo‘ymoqchiman. To‘g‘risi yanvar oyidan boshlab universitetda faoliyatimni boshlaganimdan keyin menda bir necha oy moslashish jarayoni kechdi. Hatto…

  • Aptis testi haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz. Endigi fikrlar writing borasida. O’quvchilarni akademik va ijtimoiy hayotga tayyorlash nuqtayi nazaridan Aptis Writing menga IELTS Writingdan ko‘ra qiziqarliroq va hatto foydaliroq tuyuldi. Nega bunday fikrga…

  • ✅ JOB OPPORTUNITY FOR ENGLISH TEACHERS The Ministry of Digital Technologies is seeking experienced English Language Mentors to support the professional development of its staff. ✅ Requirements: • English proficiency at B2–C1 level or higher • English teaching…

  • 12 июн.23336из uzteauz

    ✅ JOB OPPORTUNITY FOR ENGLISH TEACHERS The Ministry of Digital Technologies is seeking experienced English Language Mentors to support the professional development of its staff. ✅ Requirements: • English proficiency at B2–C1 level or higher • English teaching experience • Experience working with adult learners • Modern teaching methodologies 💰 Compensation: Up to $50 per hour (per learner) 🎯 This is an excellent opportunity for qualified teachers looking for additional teaching engagements and the chance to work with professionals in the public sector. Interested candidates can submit their CV and a brief professional profile through the application process announced by the Ministry. 🔗 More information Submit your CVs - education@digital.uz Referral Code: UzTEA Instagram | Linkedin | Facebook

  • Meksikalik do'stimni aytishiga qaraganda, jahon chempionati chiptasi narxi mana shunday ko'rinishda.

  • Suniy intellektni yanada yaxshiroq o’rganib, o’quvchilari bilan har hil tadqiqotlar o’tkazish istagida bo’lgan ustozlar uchun British Council 3 oylik kurs taklif qilmoqda. Kurs asosan davlat maktablarida dars beradigan ustozlar uchun deyilmoqda. Application to’ldirish muddati 12 iyungacha. Joylar cheklangan ekan. Shunday bo'lsada o'zim topshirishdan oldin birinchi sizga ulashdim) https://www.teacher-research-consultants.com/blog/using-ai-in-classroom-research-call

  • Aptis advanced listening testi haqida ba’zi fikrlar. Universitetdan menga magistratura bosqichini bitirayotgan talabalarni aptis testiga tayyorlash vazifasini topshirishdi.Hozirda test bilan yaqindan tanishib chiqyapman. Hozirgi postda Aptis advanced listening…

  • 4 июн.248211

    Bo‘sh vaqtimdan foydalanib, 11 yoshli qizim bilan ingliz tili shug‘ullanyapmiz. Bajargan vazifasini tekshirib berayotganimda, mana bu matnning mazmuni e’tiborimni tortdi. Bu yerda 49 yoshli uchuvchi ayol yiliga £98 000 daromad topishi haqida aytilgan. Men qizimga: “Qara, bir yilda shuncha pul topar ekan. Bu pulga Toshkentdan zo‘r uy olsa bo‘ladi. Bir yillik daromadingga bitta uy olasan, zo‘r-a?! O‘zbekistonda odamlar 10 yil ishlab ham buncha pul topa olmaydi. Londonda shunaqa ishda 5 yil ishlasa, O‘zbekistonda ancha bizneslar ochib qo‘yish mumkin”, dedim. U o’zi katta bo’lsam styuardessa bo‘laman deb aytib yuradi. Bu gapimdan keyin qizim: “Demak, Londonda styuardessa bo‘lishim kerak ekan”, deb qo‘ydi. Kitoblar va darslar orqali faqat grammatika o'rganish, so‘z yodlash va test ishlash emas, balki orzular paydo bo‘lishiga ham yordam berishimiz mumkin. Hayronman nega shunaqa pullik joylariga yoshligimda o‘zim e’tibor bermagan ekanman)

  • Marketing sohasida o'qiydigan yoki qiziqadiganlar uchun British Councilda ishlash imkoniyati bor.

Hayitov ELT — tgindex