tgindex
Department of Academic Mobility of TSTU

Department of Academic Mobility of TSTU

Статистика

©️ Toshkent Davlat Texnika Universitetining Akademik mobillik bo'limi 📞 Support center: @dicoptdtubot

Последний пост
18 июн.
Последнее чтение
21:16
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
381
0 за 4 дн.
Сутки
+1
+0,26%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
534
23 постов
Вовлечённость
140,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 18 июн.31228из Baxtiyorovna_S_N

    📢 Hurmatli bakalavriat bitiruvchilari! 2026-yil 23–25-iyun kunlari Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti «LETI» magistratura dasturlariga davlat granti (byudjet) asosida o‘qishga kirish uchun suhbat bo‘lib o‘tadi. Magistraturada tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar quyidagi hujjatlarni 2026-yil 22-iyunga qadar TDTU Bosh binosining 448-xonasida joylashgan Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi: 📌 Xorijga chiqish pasporti; 📌 Fanlar transkripti (rus tilida, HEMIS tizimi orqali yuklab olinadi); 📌 Rus tilidagi rezyume (CV). 📍 Suhbatlar 23–25-iyun kunlari o‘tkaziladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • без подписи

  • 📢 Hurmatli talabalar! Serbiya Respublikasining Ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Serbiya dunyosi” (World in Serbia) loyihasi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun 2027/2028-o‘quv yili uchun 1 ta davlat granti ajratilgan. Grant doirasida nomzodlar serb tilini o‘rganish hamda Serbiya universitetlarida bakalavriat, magistratura yoki doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📌 Hujjatlar 2026-yil 26-iyunga qadar quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim: 📧 worldinserbia@prosveta.gov.rs 📎 Tanlov shartlari, talablar va zarur hujjatlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumot ilova qilingan PDF faylda keltirilgan. ⚠️ Barcha zarur ma’lumotlar PDF hujjatida taqdim etilgan. Nomzodlardan ilova bilan batafsil tanishib chiqishlari so‘raladi.

  • ✈️ East China Normal University (Xitoy)da yozgi maktab doirasida qabul e’lon qilinadi! 📌 Talablar: ✅ Amaldagi xorijiy pasport; ✅ IELTS sertifikati yoki CEFR B2 darajasida ingliz tili bilimi. 💰 Talabgor hisobidan: ✈️ Aviabilet; 🚍 Transport xarajatlari; 🏥 Tibbiy sug‘urta. 🎓 Qolgan xarajatlar qabul qiluvchi tomon tomonidan qoplanadi. ⚠️ Faqat 1 ta o‘rin ajratilgan! 📅 Dastur 2026-yil 13-iyul 8- avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📍 Batafsil ma’lumot va hujjatlarni topshirish uchun Bosh bino, 446-xonaga murojaat qiling.

  • 📢 Chang’an University tomonidan yozgi maktabga taklif! 🌏 “Silk Road Wisdom: Starting from Chang’an” xalqaro yozgi dasturi 📅 2026-yil 29-iyun – 13-iyul 📚 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish imkoniyati mavjud: 🔹 Civil Engineering (Qurilish muhandisligi) 🔹 Transportation Engineering (Transport muhandisligi) 🔹 Automotive Engineering (Avtomobilsozlik muhandisligi) 🔹 Computer Science (Kompyuter fanlari) ✈️ Ishtirokchilar xalqaro borish-qaytish aviachiptalari xarajatlarini mustaqil qoplaydilar. 🏨 Sian shahriga yetib kelgandan so‘ng quyidagi xarajatlar Chang’an University tomonidan to‘liq qoplanadi: ✅ Turar joy ✅ Ovqatlanish ✅ Dars mashg‘ulotlari ✅ Amaliy tashriflar va ekskursiyalar ✅ Mahalliy transport xarajatlari 📌 Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 446-xona, Bosh binoga murojaat qilishlari so‘raladi. #ChangAnUniversity #SummerSchool #China #SilkRoadWisdom #InternationalProgram

  • 📢 TALABALAR DIQQATIGA! The Hong Kong University of Science and Technology (Guangzhou) 🇨🇳 universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun akademik almashinuv dasturiga qabul boshlandi! 2026–2027 o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlar mavjud: 🔹 Artificial Intelligence 🔹 Data Science and Big Data Technology 🔹 Smart Manufacturing 🔹 Materials Science and Engineering 📌 Nomzodlar uchun talablar: ✔ IELTS kamida 6.0 ✔ GPA 3.0 dan yuqori ✔ Xorijga chiqish pasportining mavjudligi 🏠 Almashinuv dasturi talabalari universitet yotoqxonasi bilan ta’minlanadi. 💰 Taxminiy xarajatlar (oyiga): • Turar joy — 580 RMB • Ovqatlanish — 1500 RMB • Transport — 400 RMB • Sport va ko‘ngilochar xarajatlar — 420 RMB ❗ Muhim eslatma: Almashinuv dasturi talabalari HKUST(GZ) universitetida kontrakt to‘lovini amalga oshirmaydilar. Ta’lim xarajatlari universitetlararo hamkorlik shartnomasi asosida qoplanadi. ⏳ Hujjatlarni topshirish muddati: 13-iyun. 📍 Dasturda ishtirok etishni istagan talabalar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga, bosh bino 448-xonaga murojaat qilishlari so‘raladi.

  • Lanzhou Polytechnic University tomonidan “Yangi energiya elektr jihozlari va tizimlarida ilg‘or texnologiyalar” mavzusida xalqaro yozgi lager dasturiga qabul ochildi! 📅 Dastur davomiyligi: 1-iyul – 22-iyul 👥 Markaziy Osiyo ishtirokchilari uchun kvota: 5 ta o‘rin 🎓 Qatnashishi mumkin: • 1–3 kurs bakalavr talabalari • 1 kurs magistrantlari • Doktorantlar 📚 Yo‘nalishlar: Yangi energiya, energetika muhandisligi va turdosh sohalar 📌 Talablar: ✅ Ingliz tili darajasi — kamida B2 ✅ Xorijga chiqish pasporti (zagranpasport) mavjud bo‘lishi shart 📄 Topshiriladigan hujjatlar (14-maygacha): Pasport nusxasi Talabalik haqida ma’lumotnoma (yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda) To‘ldirilgan ariza formasi 💰 Stipendiya qoplaydi: ✔️ Kontrakt to‘lovi ✔️ Yotoqxona (2 kishilik xona) ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Oylik yashash xarajatlari: — 3000 yuan — 3500 yuan (yuqori toifa uchun) ⚠️ Eslatma: • Nomzodlar Xitoy tomoni tomonidan saralab olinadi • Stipendiya uchun ham alohida tanlov bo‘ladi 📍 Batafsil ma’lumot uchun Bosh bino 446-xonaga murojaat qiling.

  • 🎓 Индонезияда ўқиш имконияти! Индонезия ҳукумати томонидан молиялаштириладиган “Indonesia AID Scholarship (TIAS) 2026” стипендия дастурига ҳужжатлар қабули бошланди. 📚 Дастур қуйидаги босқичлар учун: • Бакалавриат • Магистратура • Докторантура 💰 Стипендия қоплайди: ✅ Контракт тўлови ✅ Яшаш харажатлари ✅ Тадқиқот ишлари ✅ Ўқув адабиётлари ✅ Тиббий суғурта ✅ Илмий мақолаларни чоп этиш харажатлари ✅ Халқаро авиачипталар (виза харажатлари билан) ✅ Университетгача транспорт харажатлари 📅 Ҳужжат топшириш муддати: 17 апрелга қадар ✈️ Сараланган номзодлар 20–31 август кунлари Индонезияга етиб боришлари керак. 📩 Қўшимча маълумот учун: pensosbud.tashkent@kemlu.go.id #Grant #Scholarship #Indonesia #TIAS #Talabalar #Stipendiya

  • 🎓 Polsha davlatidagi Cracow University of Technology’da (CUT) almashinuv dasturi 🇵🇱 Cracow University of Technology 2026/27 o‘quv yili (kuzgi semestr yoki to‘liq o‘quv yili) uchun almashinuv dasturiga nomzodlar qabulini e’lon qiladi! 📅 Muhim sanalar: • Nomzodlarni ko‘rsatish boshlanishi: 15-mart • Nomzodlarni ko‘rsatish muddati: 15-aprel • Ariza topshirish boshlanishi: 16-aprel • Ariza topshirish muddati: 15-may 📚 O‘qish davri: Kuzgi semestr oktyabr oyida boshlanib, 2027-yil fevral o‘rtalarigacha davom etadi. 🎓 Mavjud ta’lim yo‘nalishlari: Bakalavriat: • Transport va logistika • Mashinasozlik • Elektrotexnika va elektronika • Axborot texnologiyalari • Energetika • Ekologik muhandislik • Materialshunoslik • Muhandislik menejmenti Magistratura: • Transport tizimlari • Mexanika va mashinasozlik • Elektronika va telekommunikatsiya • Kompyuter fanlari va IT • Energetik tizimlar • Ekologik muhandislik va barqaror rivojlanish • Zamonaviy materiallar • Menejment va muhandislik boshqaruvi 📌 Talablar: • Ingliz tili darajasi: IELTS kamida 6.0 • GPA: kamida 3.0 • Ariza topshirish tizimiga kirish nomzodlikdan so‘ng beriladi • Barcha kerakli hujjatlar topshirilishi lozim 📍 MUHIM: Nomzodlik uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling 📌 Manzil: BB 448-xona ✨ Bu — xalqaro tajriba orttirish, ingliz tilini rivojlantirish va Yevropaning yetakchi texnik universitetlaridan birida ta’lim olish uchun ajoyib imkoniyat! #almashinuv #stipendiya #Polsha #xorijdata’lim

  • 📢 Talabalar uchun muhim e’lon! 🇰🇷 “Kumoh National Institute of Technology (KIT)” — Koreya Respublikasi 2026-yil kuzgi semestr uchun akademik almashinuv dasturi Hurmatli talabalar! Sizlarni Koreyaning nufuzli texnik universitetlaridan biri — **“Kumoh National Institute of Technology (KIT)”**da 2026-yil kuzgi semestr uchun akademik almashinuv dasturida qatnashishga taklif qilamiz. 📅 Muhim sanalar Semestr boshlanishi: 1-sentabr 2026-yil Semestr yakuni: 21-dekabr 2026-yil Talabalar 3–5 ta fan (9–15 kredit) o‘qiydi. Shuningdek, 3 kreditlik koreys tili kursi majburiy hisoblanadi. 🎓 Yo‘nalishlar “School of Electronic Engineering” (Electronic Engineering, Electronics & IT Convergence, Electronic Communication Engineering) “Business Administration” “Applied Mathematics” “Mathematics & Big Data Science” “School of General Education” 🌐 Til talablari IELTS – kamida 6.0 TOEFL iBT – kamida 60 TOPIK – kamida 3-daraja 📝 Ariza topshirish Nomzodlarni taqdim etish muddati: 30-aprel 2026-yil (UNIVERSITET TOMONIDAN) Hujjatlarni topshirish muddati: 18-may 2026-yil 📌 Almashinuv dasturi doirasida kontrakt to‘lovi bekor qilinadi, ammo yashash va boshqa shaxsiy xarajatlar talaba zimmasida bo‘ladi. 📌 Dasturda qatnashishni istagan talabalar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. 🌏 Koreyada xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🎓✈️

  • 🌍 Germaniyada akademik mobillik dasturi — Gamburg Texnologiya Universiteti (TUHH) 📢 Talabalar uchun 2026–2027-o‘quv yili**da Germaniyaning **Gamburg Texnologiya Universiteti (TUHH)**da **akademik almashinuv dasturi e’lon qilindi. 🎓 Akademik mobillik yo‘nalishlari (bakalavriat va magistratura): * Qurilish va atrof-muhit muhandisligi * Elektrotexnika, kompyuter fanlari va matematika * Mashinasozlik muhandisligi * Menejment fanlari va texnologiyalari * Texnologik jarayonlar muhandisligi 📅 Nomzodlarni taqdim etish muddati: 20-aprel 2026-yil 📚 Til talablari: * Ingliz tilida o‘qiladigan fanlar uchun — B2 daraja * Nemis tilida o‘qiladigan fanlar uchun — B1 daraja 📄 Talab etiladigan hujjatlar: * O‘quv rejasi (Learning Agreement) * Akademik ma’lumotnoma (Transcript of Records) * Til sertifikati (IELTS / TOEFL / TestDaF yoki universitet tomonidan tasdiqlangan hujjat) * Motivatsion xat * Rasm (foto) * TUHH almashinuv dasturi uchun ariza shakli 💶 Semestr to‘lovi: taxminan 280,60 yevro Ushbu to‘lov quyidagilarni o‘z ichiga oladi: * Gamburg shahrida jamoat transportidan foydalanish uchun semestr chiptasi * talabalar xizmatlari 📌 Nomzodlar dastlab o‘z universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi orqali tavsiya etiladi. Shundan so‘ng TUHH tomonidan ariza topshirish jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar yuboriladi. 📌 Dasturda qatnashishni istagan talabalar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. 🔗 Batafsil ma’lumot: [https://www.tuhh.de/tuhh/en/international/incoming-and-integration-services/exchange-students](https://www.tuhh.de/tuhh/en/international/incoming-and-integration-services/exchange-students) ✨ Germaniyada ta’lim olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatidan foydalaning!

  • 📢 Erasmus+ akademik almashinuv dasturi – Chexiya (Prague) 🇨🇿 Hurmatli talabalar! Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan Czech University of Life Sciences Prague (CZU) universitetida Erasmus+ akademik almashinuv dasturi doirasida 2026/2027 o‘quv yilining kuzgi semestri yoki to‘liq o‘quv yili uchun talabalarni nomzod sifatida ko‘rsatish jarayoni boshlandi. Mazkur dastur talabalarga Yevropaning nufuzli universitetlaridan birida tahsil olish, xalqaro akademik tajriba orttirish hamda Yevropa ta’lim tizimi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. 🎓 Ta’lim yo‘nalishlari: • Ekologiya va tabiiy resurslar • Iqtisodiyot va menejment • Biznes boshqaruvi va xalqaro savdo • Axborot texnologiyalari va informatika • Muhandislik va texnik fanlar • Barqaror rivojlanish va ekologik menejment • Oziq-ovqat texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati 📅 Akademik taqvim: • Chex tili va madaniyati bo‘yicha intensiv kurs (ixtiyoriy): 2026-yil 14–18-sentyabr • Welcome Week – tanishtiruv haftaligi (majburiy): 2026-yil 21-sentyabrdan • O‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi: 2026-yil 28-sentyabr • Kuzgi semestr yakuni: 2027-yil 7-fevral 📌 Asosiy talablar: • GPA kamida 3.75 yoki undan yuqori • IELTS sertifikati kamida 5.5 🕒 Nomzodlarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 15-may ⚠️ Eslatma: Nomzodlar faqat rasmiy onlayn forma orqali qabul qilinadi. Elektron pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. 📩 Dasturda ishtirok etishni istagan talabalar qo‘shimcha ma’lumot olish va tanlov jarayonida qatnashish uchun universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu dastur talabalarga xalqaro tajriba orttirish, bilimlarini kengaytirish va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

  • 📢 Malayziyadagi Universiti Malaya universitetida akademik mobillik dasturi uchun tanlov e’lon qilinadi 🇲🇾 Talabalar uchun 2026/2027 o‘quv yilining kuzgi semestri (2026-yil oktyabr qabuli) uchun Malayziyaning nufuzli Universiti Malaya universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etish imkoniyati taqdim etilmoqda. 🎓 Ta’lim shakli: asosan an’anaviy (offline), ayrim fanlar gibrid shaklda o‘tilishi mumkin. 📅 Muhim sanalar: • Universitet tomonidan nomzodlarni taqdim etish (nomination) — 2026-yil 30-aprelgacha • Talabalar tomonidan onlayn ariza topshirish — 2026-yil 31-maygacha 📊 Ajratilgan kvotalar: • 4 ta o‘rin — kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etilgan holda • 2 ta o‘rin — kontrakt to‘lovidan qisman ozod etilgan holda 📌 Asosiy talablar: • Talabaning GPA ko‘rsatkichi kamida 3.75 yoki undan yuqori bo‘lishi kerak • IELTS sertifikati kamida 6.0 bo‘lishi talab etiladi 📄 Talab qilinadigan hujjatlar: • pasport formatidagi foto (3.5 × 4.5 sm, ko‘k fon) • ingliz tilidagi akademik transkript • pasport nusxasi • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat • universitet tomonidan beriladigan tasdiqlov xati • akademik mobillik dasturida ishtirok etish uchun tavsiyanoma • talabaning universitetda tahsil olayotganligini tasdiqlovchi hujjat • stipendiya yoki homiylik haqida ma’lumot (mavjud bo‘lsa) 📩 Dasturda ishtirok etishni istagan talabalar **xalqaro hamkorlik bo‘limi yoki fakultetdagi akademik mobillik koordinatori**ga murojaat qilishlari so‘raladi. ℹ️ Universitet tomonidan nomzod tasdiqlangandan so‘ng talabaga onlayn ariza topshirish uchun rasmiy taklif yuboriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Osiyoning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

  • Ассалому алейкум хурматли талабалар! Кейинги эълонларга эътибор килишизни сўраб қоламан!

  • ✅Erasmus+ dasturining EMINReM loyihasi doirasida anjuman o'tkazildi. Joriy yilning 20-24-oktabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida joylashgan Haen universitetida Erasmus+ dasturining "Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish bo'yicha magistrlik dasturi (EMINReM)" loyihasi doirasida 5-yillik hisobot anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda O'zbekistan, Qozog'iston, Ukraina, Turkiya hamda Ispaniya davlatlarining bir qator oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurishgan professor-o'qituvchilar qatnashdi. Mazkur anjumanda O'zbekistondan vakil sifatida universiteti Karyera markazi boshlig'i S. Matkarimov ham qatnashib, ma'ruza qildi. Loyiha doirasida buguni kungacha amalaga oshirilgan ishlar, ilmiy-tadqiqot hamda o'quv-amaliy mashg'ulotlarini bajarish uchun olingan laboratoriya qurilmalari va o'quv-uslubiy meyyoriy hujjatlar holati asosiy muhokama mavzusi bo'ldi. ©️Akademik mobillik bo'limi: https://interdep.tdtu.uz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ✅Erasmus+ dasturining EMINReM loyihasi doirasida anjuman o'tkazildi. Joriy yilning 20-24-oktabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida joylashgan Haen universitetida Erasmus+ dasturining "Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish bo'yicha magistrlik dasturi (EMINReM)" loyihasi doirasida 5-yillik hisobot anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda O'zbekistan, Qozog'iston, Ukraina, Turkiya hamda Ispaniya davlatlarining bir qator oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurishgan professor-o'qituvchilar qatnashdi. Mazkur anjumanda O'zbekistondan vakil sifatida universiteti Karyera markazi boshlig'i S. Matkarimov ham qatnashib, ma'ruza qildi. Loyiha doirasida buguni kungacha amalaga oshirilgan ishlar, ilmiy-tadqiqot hamda o'quv-amaliy mashg'ulotlarini bajarish uchun olingan laboratoriya qurilmalari va o'quv-uslubiy meyyoriy hujjatlar holati asosiy muhokama mavzusi bo'ldi. ©️Akademik mobillik bo'limi: https://interdep.tdtu.uz

  • 📎Akademik mobillik bo'limi: https://interdep.tdtu.uz