tgindex
BeEngineer

Savol va takliflar uchun: @engineer_iroad

Последний пост
6 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
140
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
389
20 постов
Вовлечённость
277,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
996
1/48двое суток
1 141
1/72трое суток
1 231

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 6 авг.1 12315

    SMART ROAD: yo'l qoplamasi nuqsonlarini sun'iy intellekt aniqlaydi 📝Yo'l muhandisligi va telematikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari va Mohirdev online ta'lim platformasi bitiruvchilaridan iborat ilmiy jamoa tomonidan SMART ROAD loyihasi amalga oshirildi. SMART ROAD bu - yo'l tasvirlaridan yo'l qoplamasi nuqsonlarini avtomatik aniqlab, xalqaro ASTM D6433 standarti asosida Pavement Condition Index (PCI) hisoblab beruvchi sun'iy intellekt tizimi. 📰Tizim nima qiladi: Aniqlaydi — YOLO11 modeli 8 turdagi nuqsonni (yoriq, o'yiq, yoriqlari to'ri yorig'i va h.k.) ASTM D6433 tasnifiga mos aniqlaydi O'lchaydi — teskari perspektiv proyeksiya yordamida nuqsonlar kv.metrda o'lchanadi Baholaydi — ASTM formulalari asosida 0–100 balli PCI hisoblanadi Hisobot beradi — har bir yo'l kesmasi bo'yicha batafsil hisobot tayyorlaydi ℹModel Toshkentdagi Yangizamon ko'chasining 1810 metrlik qismida (12 kesma, 9 turdagi nuqson) qo'lda o'tkazilgan real o'lchovlar bilan tekshirildi. 🔗Loyiha ochiq manba sifatida e'lon qilindi: 💻 Kod: github.com/uzbtrust/smart-road 🤖 Model: huggingface.co/uzbtrust/smart-road-pci-yolo11 📊 Dataset: kaggle.com/datasets/uzbtrust/smartroad-yolo (44,5 ming rasm, 113,6 ming belgilangan nuqson) 👥Ilmiy jamoa: dots. R.R.Soataliyev (Mohirdev), SI muhandisi D.Abduraxmonov (Mohirdev), dots. S.N.Yadgarov, magistrantlar B.Nizamov, F.Jumayev, D.U.G'ulomov #SmartRoad #SuniyIntellekt #ASTM #YolQurilishi 🕊Kuzatib boring: @iroaduzb

  • 14 апр.1 76510

    Avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq. #Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.10.2007 yildagi O‘RQ-117-son Avtomobil yo'llari davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida qanday o'rin tutadi? Yuqoridagi savolning javobi bilan qiziqsangiz ushbu havola ustiga bosing

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 апр.2462из Avtoyol_uz

    Urganch-Xiva pullik yoʻli: Ilm va amaliyot integratsiyasi 😀Toshkent davlat transport universiteti "Yoʻl muhandisligi va telematikasi" kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda doktorantlari Urganch va Xiva shaharlarini bogʻlovchi yangi pullik avtomobil yoʻli qurilish obyektiga tashrif buyurdilar. ⚡️Tashrif davomida soha mutaxassislari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar: 🟢Loyiha yechimlari: Yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati va xavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan zamonaviy muhandislik yechimlari; 🟢 Yoʻl toʻshamasi: Yuqori yuklamalarga chidamli koʻp qatlamli toʻshama konstruksiyasining oʻziga xosligi; 🟢 Innovatsion materiallar: Iqlim sharoitiga moslashtirilgan modifikatsiyalangan asfalbeton qoplamasi; 🟢 Sunʼiy inshootlar: Murakkab muhandislik yechimi asosida barpo etilayotgan koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar; 🟢 Texnologik jarayon: Qurilishda qoʻllanilayotgan eng soʻnggi texnikalar va sifat nazorati tizimi. 🌎Mazkur obyekt nafaqat hudud turizmini rivojlantirishga, balki yosh olimlar va doktorantlarimiz uchun "laboratoriya" vazifasini oʻtab, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga xizmat qiladi. 🗞Ma'lumot uchun: Mazkur yo‘nalish Urganch aeroportidan Xivagacha bo‘lgan vaqtni 1 soatdan 17 daqiqaga tushirishi kutilmoqda. Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz 🚀Telegram 📷Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 8 апр.2032из Avtoyol_uz

    Surxondaryoda yo‘lsozlar uchun ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Surxondaryo viloyatida yo‘l qurilishi sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir Toshkent davlat transport universiteti “Yo‘l muhandisligi va telematikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi. 👨‍🏫 Seminar davomida tajribali mutaxassislar — R. Soataliyev va B. Qurbonov quyidagi dolzarb mavzular yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar: 🔹 Sifatli material tanlash — hudud iqlimiga mos, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiluvchi materiallardan foydalanish 🔹 Zamonaviy texnologiyalar — yo‘l poyi va asosini qurishda ilg‘or uslublarni joriy etish 🔹 Sifat nazorati — asfaltbetonning fizik va mexanik ko‘rsatkichlarini chuqur ilmiy tahlil qilish 💬 Tadbir davomida faol savol-javoblar, fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu esa ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🚀 Asosiy maqsad — viloyat yo‘llarining sifati va chidamliligini ilmiy yondashuv asosida oshirish, zamonaviy yechimlarni amaliyotga keng joriy etish. ✨ Seminar yakunida taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, kelgusidagi samarali hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratildi. Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz 🚀Telegram 📷Instagram

  • 6 апр.1 0004из engineer_iroad

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 28 мар.182из tstu_official

    Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari Southwest Jiaotong University'da amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasining Xitoyning Chengdu shahrida joylashgan Southwest Jiaotong University'ga amalga oshirgan ilmiy-pedagogik tashrifi amaliy natijalarga boy tarzda yakunlandi. Amaliyotning so‘nggi kunida universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limida delegatsiya a’zolariga dasturda ishtirok etganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Amaliyot davomida professor-o‘qituvchilar transport sohasining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Jumladan, temir yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, logistika jarayonlarini samarali tashkil etish, raqamlashtirish yechimlarini joriy etish hamda innovatsion muhandislik ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur amaliyot Bir makon, bir yo‘l tashabbusi doirasida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasini samarali amalga oshirish uchun zarur ilmiy va texnologik yondashuvlarni o‘rganishga xizmat qildi. Shu bilan birga, Xitoyning transport va logistika sohasidagi ilg‘or tajribalarini milliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun muhim asos yaratildi. Tashrif davomida amaliyot rejasiga muvofiq barcha uchrashuvlar, ilmiy muloqotlar va amaliy mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Delegatsiya a’zolari Southwest Jiaotong University'ning ilmiy maktablari, zamonaviy laboratoriyalari hamda tadqiqot markazlari faoliyati bilan atroflicha tanishib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan mazmunli muzokaralar olib bordilar. Tashrif yakunida Toshkent davlat transport universiteti va Southwest Jiaotong University o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik mobillikni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazish hamda tajriba almashishni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Mazkur amaliyot Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish bilan birga, Southwest Jiaotong University bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu tashrif kelgusida ilmiy seminarlar, qo‘shma loyihalar, xalqaro konferensiyalar hamda yangi amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam asos yaratdi. Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи