tgindex
YO‘LSOZ (Дорожник)

YO‘LSOZ (Дорожник)

Статистика

Bu kanal obunachilarni sohaga oid qonunchilik hujjatlari, meʼyoriy standart hujjatlar, soha olimlari va mutaxassislarning fikrlari, ilmiy tadqiqot, oʻquv-uslubiy ishlar hamda sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida faoliyat koʻrsatmoqda

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
100
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 119
−8 за 5 дн.
Сутки
−2
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
902
40 постов
Вовлечённость
42,6%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 100
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
561
1/48двое суток
642
1/72трое суток
693

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.22535из yolsoz

    #Video_qoʻllanma 📹Ushbu videomaterialda “Sement bilan mustahkamlangan chaqiqtosh-shagʻal-qum qorishmalaridan avtomobil yoʻllari toʻshamasi asosini qurish texnologik jarayonlari” real obyekt sharoitida bosqichma-bosqich va amaliy misollar asosida yoritib berilgan. ✅Videoda materiallarni tayyorlash, sementni yuzaga taqsimlash, resaykler yordamida aralashtirish, tekislash, zichlash, namlik rejimini taʼminlash hamda qatlam sifatini nazorat qilish kabi muhim texnologik jarayonlarga alohida eʼtibor qaratilgan. ✔️Mazkur video qoʻllanma avtomobil yoʻllari sohasiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, magistrantlar, pedagoglar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari hamda yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik mutaxassislar uchun foydali amaliy manba boʻlib xizmat qiladi degan umiddamiz. https://t.me/yolsoz

  • 14 авг.36533из AYITI_TG_RASMIY

    🦋 Kapalak shaklidagi muhandislik moʻjizasi Sharqiy Xitoydagi eng baland estakadalardan biri — Tayxu avenyusi (Taihu Avenue) transport chorrahasining tungi koʻrinishini tomosha qiling. Yuqoridan qaraganda kapalak qanotlarini eslatuvchi ushbu murakkab yoʻl oʻtkazgichi nafaqat harakat xavfsizligini taʼminlaydi, balki shahrning tungi koʻrkiga alohida goʻzallik bagʻishlaydi. 🚧  Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti— Yo'l sohasidagi muhim va foydali ma'lumotlar! 📲 Telegram:  @ayiti_uz_rasmiy_bot ☎️ Tel: (55) 514-11-15 ✅Telegram | 🗳Facebook |📹You Tube |🌐  Website |🌐 Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • Пулли йўллар: Марказий Осиё ва Россияда вазият қандай? Охирги вақтларда Ўзбекистонда пулли йўл қурилиши муҳокама марказида. Бизда бундай йўллар йўқ, шу сабаб қайсидир йўлдан пул тўлаб ўтиш аксар ўзбекистонликлар учун янги тушунча. Бироқ дунёнинг 100 га яқин давлатида 1700 га яқин пулли йўллар борлиги маълум. Бу тажриба Англияда XIV асрдаёқ мавжуд бўлган. 👉 https://kun.uz/kr/02786956 Kun.uz расмий канали

  • 11 авг.7291022

    #Бетон лаборатория китоби (Туркия) ✅Бетон мустаҳкамлиги, чидамлилиги, иқтисодий самарадорлиги ва маҳаллий шароитда тайёрлаш имконияти туфайли замонавий йўл қурилишида энг кенг қўлланиладиган материаллардан биридир. Автомобиль йўллари, кўприклар, виадуклар, туннеллар, сув ўтказгичлар ва бошқа муҳандислик иншоотларининг ишончлилиги кўп жиҳатдан бетон сифатига боғлиқ. Сифатли ва узоқ муддат хизмат қилувчи бетон тайёрлашда хомашё, бетон қоришмаси ва қотган бетон хоссаларини стандарт талаблари асосида лаборатория назоратидан ўтказиш алоҳида аҳамиятга эга. 📚Мазкур «Бетон лаборатория китоби» бетон ва уни ташкил этувчи материалларни синаш, асосий сифат кўрсаткичларини аниқлаш ҳамда лаборатория назоратини тўғри ташкил этиш бўйича амалий-услубий манба сифатида тайёрланган. Қўлланма йўл қурилиши соҳасида фаолият юритувчи муҳандислар, лаборатория мутахассислари, техник ходимлар, тадқиқотчилар ва талабалар учун мўлжалланган. ✔️Ушбу китоб лаборатория синовларини ягона услубда ташкил этиш, натижаларнинг ишончлилигини ошириш ва йўл қурилишида сифатли бетондан фойдаланишга хизмат қилади.   http://t.me/yolsoz

  • 10 авг.1 18343

    без подписи

  • 10 авг.1 14643

    без подписи

  • #Лойиҳа олди геологик ва геотехник қидирув ишлари http://t.me/yolsoz

  • #Videorolik 📌"Barakalla,yo‘lsozlar” 📹 Bobur Bobomurod she’ri ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

  • 9 авг.1 6661035

    http://t.me/yolsoz

  • #videorolik 🛣Mehnatidan hurmat, baraka topgan yo‘l odamlariga bag‘ishlangan qasida. ✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram

  • без подписи

  • 8 авг.1 37054

    без подписи

  • 8 авг.1 20563

    без подписи

  • O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi — Праздничное поздравление строителям Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 8 авг.1 225312

    #Бетон_йўл_қопламалари_техник шартномаси (техник ҳужжат) 📚Туркияда цементбетон йўл қопламаларини лойиҳалаш, қуриш ва сифат назоратини ягона талаблар асосида амалга ошириш мақсадида «Бетон йўл қопламалари техник шартномаси» ишлаб чиқилган. Ушбу ҳужжат бетон йўлларни қуришда қўлланиладиган материалларга қўйиладиган талаблар, бетон қоришмасини тайёрлаш ва ётқизиш технологияси, чокларни лойиҳалаш ва кесиш, арматура ҳамда штир элементларини жойлаштириш, бетон юзасини пардозлаш, парвариш қилиш, герметиклаш, сифат назорати ва қабул қилиш тартибларини қамраб олади. Бетон йўл қопламасининг узоқ муддатли мустаҳкамлиги ва хизмат қилиш даври қурилиш жараёнининг ҳар бир босқичи талаб даражасида бажарилишига бевосита боғлиқ. Хусусан, қурилишда ишлатиладиган материалларнинг сифати, бетон қоришмасининг таркиби ва консистенцияси, чокларнинг тўғри лойиҳаланиши ва ўз вақтида очилиши, штир ва арматураларнинг аниқ жойлаштирилиши, бетон юзасини парвариш қилиш ва чокларни чокларни герметиклаш ишлари, шунингдек қурилиш вақтидаги ҳарорат, шамол, ёғингарчилик ва бошқа иқлим омилларини ҳисобга олиш юқори аниқлик ва технологик интизомни талаб этади. Шу сабабли, мазкур техник шартномада белгиланган барча меъёр ва талабларга қурилишнинг ҳар бир босқичида қатъий риоя қилиш бетон қопламанинг узоқ муддатли эксплуатацион ишончлилигини таъминлашнинг асосий шарти ҳисобланади. Техник шартнома талабларига амал қилиш бетон йўл қопламаларининг хизмат муддатини ошириш, таъмирлаш харажатларини камайтириш ва ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда муҳим аҳамият касб этади. http://t.me/yolsoz

  • #Innovatsion_loyiha 🌱 Eko-asfalt: Kelajak yo‘llarining ilmiy inqilobi 🚗 Bugungi kunda yurtimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yangi yo‘llar qurish va mavjudlarini taʼmirlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Biroq, anʼanaviy asfalt qoplamalari vaqt o‘tishi bilan tashqi muhit va transport yuklamalari sababli yorilib, yaroqsiz holga kelishi yo‘l xo‘jaligidagi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. ♻️ Ana shu muammoga innovatsion yechim topish maqsadida o‘zbek va turk olimlari hamkorligida mutlaqo yangi turdagi, o‘zini-o‘zi tiklay oladigan eko-asfalt yaratish loyihasiga start berildi. Ushbu xalqaro ilmiy loyiha Samarqand davlat texnika universiteti hamda Turkiyaning Adana shahridagi nufuzli Chukurova universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekistonda, ham Turkiyada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Turkiyaning TÜBİTAK (Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi) tashkiloti tomonidan birgalikda moliyalashtirilmoqda. 🤩 Loyiha umumiy moliyaviy qiymati: 2 824 995 800 (ikki milliard sakkiz yuz yigirma to‘rt million to‘qqiz yuz to‘qson besh ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil etadi. 🤩 Amalga oshirilishi muddati: Loyiha 2 yil davomida izchil ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 🚀 Ushbu loyihaning eng o‘ziga xos va qiziqarli jihati — yangi asfalt formulasi uchun xomashyo sifatida paxta g‘o‘zapoyasi chiqindilaridan foydalanilishidir. Olimlar har yili katta miqdorda yig‘iladigan, ammo to‘liq qayta ishlanmaydigan ushbu qishloq xo‘jaligi chiqindisini piroliz usuli bilan qayta ishlab, undan Bioyog‘ va Bioko‘mir mahsulotini olmoqdalar. 🏠 Ushbu mahsulotlar anʼanaviy neft bitumining o‘rnini bosishga qaratilgan bo‘lib, asfalt sanoatining neft mahsulotlariga bo‘lgan qaramligini sezilarli darajada kamaytiradi. Loyiha muvaffaqiyatli yakunlangach, quyidagi ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish ko‘zda tutilgan: 🤩 Neft mahsulotlarini almashtirish ko‘rsatkichi: Anʼanaviy neft bitumi o‘rnini bosish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 🤩 Dastlab 15%; 🤩 Keyinchalik 30%; 🤩 Yakuniy bosqichda esa 45% nisbatda bio-mahsulotlar bilan almashtiriladi. 🤩 Chiqindilarni kamaytirish: Dalalarda shunchaki yoqib yuboriladigan va atrof-muhitni ifloslantiradigan tonnalab g‘o‘zapoya chiqindilari foydali xomashyoga aylanadi. 🤩 Yo‘llarning chidamliligi: Harorat o‘zgarishi va transport yuklamasi sababli hosil bo‘ladigan mikro yoriqlar eko-asfalt tarkibidagi “aqlli” funksional to‘ldiruvchilar yordamida o‘z-o‘zidan tiklanadi. Bu esa yo‘llarning xizmat muddatini uzaytiradi. 🤩 Iqtisodiy samadorlik: Yo‘llarni tez-tez taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin kamayadi. Xulosa: Mazkur xalqaro loyiha nafaqat ilm-fan taraqqiyoti, balki kundalik hayotimiz va ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Loyiha natijasida kelgusida ilmiy maqolalar, patentlar, magistrlik va PhD dissertatsiyalari uchun mustahkam zamin yaratiladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 7 авг.1 209524

    ✅Автомобиль йўллари тўғрисидаги қонуннинг янги таҳрири Қонунчилик палатаси томонидан 2025 йил 23 сентябрда қабул қилинган ✔️Сенат томонидан 2026 йил 7 апрелда маъқулланган http://t.me/yolsoz

  • 7 авг.1 375527

    #Автомобиль йўлларининг узунлиги ✅ Ўзбекистонда жами йўлларнинг узунлиги 184 596 км ни ташкил этади. Шундан 42371 километри умумий фойдаланишдаги йўллар, 142 225 километри ички йўллар ҳисобланади. http://t.me/yolsoz