TSTU.UZ | NEWS
СтатистикаUshbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi • instagram.com/tstu.news • facebook.com/tstu.news • twitter.com/tstu_news
- Последний пост
- 14:12
- Последнее чтение
- 10:38
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 58
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 660
- 1/48двое суток
- 4 194
- 1/72трое суток
- 4 523
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎓 Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari! ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. 🏛 Toshkent davlat transport universiteti oʻqishga tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni samimiy muborakbod etadi! 📌 Quyidagilarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz: 📄 Universitetga hujjatlarni olib kelishga shoshilmang! Kerakli hujjatlar yangi oʻquv yili avvalida(sentabr oyida) qabul qilinadi. Ta’lim shakllari kesimida hujjatlarni qabul qilish sanalari universitetimizning rasmiy sahifalari orqali qoʻshimcha e’lon qilinadi. (Hozirdan yoʻl taraddudini koʻrishga hojat yoʻq). ⌨️ Barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtirilgan! Talabalar turar joyi (yotoqxona) ga joylashish uchun arizalar faqat onlayn shaklda my.gov.uz portalining “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmati orqali qabul qilinadi. Hech qanday ovoragarchilik va navbatlarsiz, uydan turib elektron platformalar orqali ariza topshirishingiz va arizangiz holatini kuzatib turishingiz mumkin. Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi
🇸🇰 Xorijda ta’lim olish imkoniyati: Slovakiyaning NSP dasturiga qabul jarayonlari davom etmoqda 1–2 semestr davomida xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishni rejalashtirgan nomzodlar uchun Slovakiyaning Milliy stipendiyalar dasturi (NSP) doirasida qabul ochiq deb e’lon qilinadi. Ushbu dastur xalqaro tajriba almashish va Yevropa ta’lim muhitida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun qulay imkoniyat sanaladi. 🎓 Dastur doirasida belgilangan oylik stipendiya miqdorlari: ➖Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun — 620 yevro; ➖PhD (tayanch doktorantura) tadqiqotchilari uchun — 1020 yevro. ⏳ Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 20-avgust. 📝 Muhim eslatma: Dastur bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni cheklangan hamda qabul jarayoni muddatidan avval yakunlanish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan, nomzodlardan arizalarni kechiktirmasdan topshirishlari so‘raladi. 📲Murojaat uchun: +998914117437 Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |💬Facebook | 📹YouTube | ✈️News
✈️ “O‘zaeronavigatsiya markazi” MChJ stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli boshlandi! Toshkent davlat transport universitetining “Havodagi harakatni boshqarish” hamda “Radioelektron qurilmalar va vositalar” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo'ljallangan “O‘zaeronavigatsiya markazi” MChJ stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi. 📝 Tanlovda ishtirok etish shartlari: ➖ Kunduzgi ta’lim shaklida (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida) o'qiyotgan bo'lish; ➖ Bakalavriatning 3- va 4-bosqich yoxud magistraturaning 2-bosqich talabasi bo‘lish. (Ma'lumot oʻrnida: Stipendiya jami 5 nafar talabaga — 4 nafar bakalavriat va 1 nafar magistratura bosqichi uchun ajratiladi). 📍 Hujjatlarni qabul qilish manzili: Asosiy bino, 451-xona 📅 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 20-avgustga qadar 📲 Batafsil ma'lumot Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News
😀 Toshkent davlat transport universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul boshlandi! 🛡 2026–2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga faol, mas’uliyatli, intizomli hamda universitet hayotida faol ishtirok etishni istovchi talabalar taklif etiladi. “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zosi sifatida siz: ➡️ Universitet hududida tartib-intizomni ta’minlashga ko‘maklashasiz; ➡️ Talabalar xavfsizligi va osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shasiz; ➡️Ma’naviy-ma’rifiy, sport va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etasiz; ➡️ Jamoada ishlash, liderlik va mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirasiz. ✅ Agar siz vatanparvar, mas’uliyatli, faol va tashabbuskor talaba bo‘lsangiz, “Qalqon” jamoatchilik guruhi safida o‘z o‘rningizni egallang! 📌 Qabul boshlandi! Murojaat uchun: @Alisher_Mukhammadiyev Birgalikda xavfsiz, tartibli va ahil universitet muhitini yaratamiz! 🇺🇿 ✍️Yoshlar ittifoqi axborot xizmati Sahifalarimizni kuzatib boring
Toshkent davlat transport universiteti – yangi imkoniyatlar, amaliy tajriba, muvaffaqiyatli karyera maskani ➡️ @TSTU_NEWS
Toshkent davlat transport universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! Transport, logistika va muhandislik yo‘nalishlari bugungi kunda jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Agar siz ushbu yo‘nalishlarda sifatli ta’lim olib, kelajak kasbini egallashni istasangiz, Toshkent davlat transport universitetiga hujjat topshiring. Ta’lim yo‘nalishlari: Kunduzgi Kechki Masofaviy Qo’shma ta’lim Murojaat uchun: 1318 | +998 88 733 45 44 TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube Reklama
💧 “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” uchun hujjatlar qabuli boshlandi! Toshkent davlat transport universitetida suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’sis etilgan “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ga hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi. 📝 Stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari: ➖ Suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan bakalavriatning 3- va 4-bosqich talabalari bo‘lish; ➖ O‘quv hamda ilmiy-innovatsion faoliyatda yuqori natijalarga erishgan bo‘lish. 📍 Hujjatlarni qabul qilish manzili: Asosiy bino, 451-xona 📅 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-avgustga qadar 📲 Nizom bilan tanishing
❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi. 🔵 Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o’zgardi? 🏢 Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! 👉 Ariza topshirish uchun: ⏺ my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. 💰 Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. 🔔 Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. 📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Toshkent davlat transport universiteti haqida maʼlumot #tstu_fakt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-sonli qaroriga muvofiq, Transport vazirining 2020-yil 5-maydagi 96-sonli buyrugʻi bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining Aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilingan. Universitetda 9 ta fakultet mavjud: Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakulteti Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti Qurilish muhandisligi fakulteti Temir yoʻl transporti muhandisligi fakulteti Iqtisodiyot fakulteti Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti Batafsil ma’lumotni tstu.uz saytida topishingiz mumkin. @TSTU_NEWS
Тошкент давлат транспорт университети Жанубий Корея республикасининг Корея Аэрокосмик университети билан ҳамкорликдаги “Ҳаво кемаларининг парвоз эксплуатацияси” (учувчилик), “Авиация менежменти” ва “Авиация логистикаси” таълим йўналишлари учун қабул давом этмоқда. 🔗 Рўйхатдан ўтиш учун ҳавола ☎️ Мурожаат учун: +998934960699 +998911639591 Реклама
Toshkent davlat transport universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! Zamonaviy dunyoni transport, logistika va innovatsiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agar siz ham kelajakning eng talabgir, daromadli va zamoniy kasb egalaridan biri bo‘lishni istasangiz, bizning katta oilamizga qo‘shiling! Ta’lim yo‘nalishlari: Kunduzgi Kechki Masofaviy Qo’shma ta’lim 📲 1318 qisqa raqami 📲 +998 88 733 45 44 TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube Reklama
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugundan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Talabalar shaharchasi Talabalar kengashiga qabul boshlandi! ⚡️2026–2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasi Talabalar kengashi o‘z safiga faol, tashabbuskor va mas’uliyatli talabalarni taklif etadi. ⭐️Talabalar kengashi a’zolari: ✅Liderlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi; ✅Turli seminar, trening va loyihalarda ishtirok etadi; ✅Faoliyati davomida moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. 📝Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali ariza topshiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSckpIcSLh4zwbjxrCZzTiKxDT7jwo3WYFRzgb9G5o463WDM2w/viewform?usp=publish-editor ⏳Shoshiling! O‘z jamoangizning faol a’zosiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 🚀Kelajakni bugundan birga quramiz! Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring 🕊 Telegram 📱Instagram
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. Magistratura kvotasi bu yerda: 👉 KUNDUZGI 👉 KECHKI 👉 MASOFAVIY Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔊Kvotalar tasdiqlanishidan avval ariza bergan va "grant o'rinlari topilmadi" degan sabab bilan arizalari tozimda rad etilganlar bo'lsa qaytadan ariza beringlar, hozirda kvotalar tasdiqlangan
Eslatib o'tamiz! Grantga ariza berish muddati bugun soat 23:59 gacha. Barcha grantga ariza beruvchi talabalarni vaqtni inobatga olib, imkon qadar tezroq ariza berishingizni so'raymiz!
Muhim eslatma! 1. Tizimga kiritilgan ballar tasdiqlangan boʻlsa, ularni tahrirlab (oʻzgartirib) boʻlmaydi. 2. Hozirda yuborilgan arizalar tizimda “yaratilgan” statusida turadi. Grant kvotalari tasdiqlangandan soʻnggina ularni yuborish kerak. 3. Kvotalar tasdiqlanib, ariza yuborganingizdan keyin tizimda arizani rad etish imkoniyati boʻladi. Shunda ariza asosli sabablarga koʻra rad etilgandan soʻng, talaba tizimga hujjatlarni qaytadan yuklashi, tyutor uni baholashi hamda talaba arizani yana yuborishi kerak boʻladi (20-iyul kunning oʻzida).
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas.