TYTM | official
СтатистикаTemir yo'l transporti muhandisligi fakultetining rasmiy sahifalari: @tytm_kredit Instagram.com/tytm_official facebook.com/share/1A6sA2VAd4 Savol va takliflar uchun👇 @OnlaynjavobBot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 198
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 752
- 1/48двое суток
- 861
- 1/72трое суток
- 929
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Universitetimizda Zakovat xonasi tayyorlanayapti
#kun_hikmati 🎤Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi. 🪶 Brayan Treysi
Ushbu talabalar modul kriditdan qarzdor talabalar. belgilangan muddatda tolovni amalga oshirmasa kursdan kursga o'tkazilmaydi. Tolov amalga oshirgan talabalar lichkaga yuboring kvitansiya. 71.299-01-77 ga telefon qilib yana aniqlik kiritishingiz mumkin. ish vaqti 9-30 dan 16-30 gacha
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash 🚫 Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz! 💸 Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan illatdir. ✔️ Unga qarshi kurashish faqatgina davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Halollik, vijdon, qonunlarga hurmat va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat — sog‘lom jamiyatning muhim asoslaridir. 👨💻 Bugungi raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish, xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish va jarayonlarning shaffofligini ta’minlash korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🖐 Halollik — taraqqiyot poydevori! 📣 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
###E'LON!!! (3-kurs talabalari uchun) Assalomu alaykum. Shu hafta (8-avgust) yozgi amaliyotning ohirgi kuni. Yozgi amaliyot hisobotlarini 2026-yil 14-avgustga qadar kafedradan biriktirilgan amaliyot rahbarlariga topshirib amaliyot uchun baho olishingiz zarur.…
❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi. 🔵 Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o’zgardi? 🏢 Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! 👉 Ariza topshirish uchun: ⏺ my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. 💰 Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. 🔔 Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. 📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |💬Facebook | 📹YouTube | ✈️News
Talabalar turar joylariga joylashtirishda yangi avtomatlashtirish tizim joriy etilayapti
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#kun_hikmati 🎤Dangasalarning ish kuni “ertaga”dir. 🪶 Aziz Nesin
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг!
###E'LON!!! (3-kurs talabalari uchun) Assalomu alaykum. Shu hafta (8-avgust) yozgi amaliyotning ohirgi kuni. Yozgi amaliyot hisobotlarini 2026-yil 14-avgustga qadar kafedradan biriktirilgan amaliyot rahbarlariga topshirib amaliyot uchun baho olishingiz zarur. Amaliyotda ishtirok etmagan yoki amaliyot hisobotidan qoniqarsiz baho olgan talabalar Vazirlar Mahkamasining 578-qarori asosida kursdan kursga qoldiriladi.
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga…
#TYTM #ELON Joriy o'quv yili (2025-2026)ning yakuniy natijalariga ko'ra GPA bali 2.6 dan kam bo'lganligi uchun kursdan-kursga qolgan talabalar diqqatiga! 🔊Ushbu videoqo'llanma bilan tanishib chiqing va shu tartibda "O'qishni 2026-2027 o'quv yilidan davom ettirish" yuzasidan universitetning 👉tstu.uz sayti orqali onlayn ariza shakllantiring! 📌Muddat: 05-avgust, 2026-yil
Toshkent davlat transport universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! Transport, logistika va muhandislik yo‘nalishlari bugungi kunda jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Agar siz ushbu yo‘nalishlarda sifatli ta’lim olib, kelajak kasbini egallashni istasangiz, Toshkent davlat transport universitetiga hujjat topshiring. Ta’lim yo‘nalishlari: Kunduzgi Kechki Masofaviy Qo’shma ta’lim Murojaat uchun: 1318 | +998 88 733 45 44 TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube Reklama
Qadrli temir yoʻl transporti sohasi xodimlari, soha faxriylari, muhtaram ustozlar va aziz talabalar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — “Temir yoʻl transporti xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etaman. Bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy qon tomiri boʻlgan transport-kommunikatsiya tizimini izchil rivojlantirish, yangi xalqaro yoʻlaklarni barpo etish va xalqimizga zamonaviy xizmatlar koʻrsatishda Siz, aziz temiryoʻlchilarning zahmatli mehnatingiz hamda munosib hissangiz beqiyosdir. Davlatimiz rahbari oʻzlarining bayram tabriklarida soha vakillarining fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etib: “Biz sizlar kabi minglab zahmatkash temiryoʻlchilar bilan, sizlarning kasbiy mahoratingiz, boy bilim va tajribangiz, vatanparvarlik fazilatlaringiz bilan bunday yuksak marralarga albatta erishamiz” — deb taʼkidlaganlari barchamizga ulkan gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Prezidentimizning ushbu yuksak ishonchi Toshkent davlat transport universiteti xodimlari va professor-oʻqituvchilari zimmasiga ham ulkan masʼuliyat yuklaydi. Tarmoqni yanada zamonaviy, innovatsion va xalqaro miqyosda raqobatbardosh qilish maqsadida, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qila oladigan, zamon talablariga toʻla javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda biz doimo Siz, azizlarning boy amaliy tajribangiz va koʻmagingizga tayanamiz. Ushbu qutlugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin! __ Дорогие работники железнодорожного транспорта, уважаемые ветераны отрасли, почтенные наставники и дорогие студенты! От всей души поздравляю вас с профессиональным праздником - Днём работников железнодорожного транспорта. Сегодня железнодорожная отрасль играет ключевую роль в развитии транспортно-коммуникационной системы нашей страны, являющейся одной из важнейших основ национальной экономики. В строительстве новых международных транспортных коридоров, модернизации инфраструктуры и обеспечении населения современными транспортными услугами ваш самоотверженный и добросовестный труд, дорогие железнодорожники, имеет поистине неоценимое значение. В своём праздничном поздравлении Глава нашего государства особо отметил преданность и высокий профессионализм работников отрасли, подчеркнув: «Именно вместе с такими тысячами самоотверженных железнодорожников, как вы, благодаря вашему профессиональному мастерству, глубоким знаниям, богатому опыту и искреннему патриотизму мы непременно достигнем самых высоких рубежей». Эти слова наполняют всех нас чувством гордости и вдохновения. Высокое доверие Президента возлагает большую ответственность и на коллектив Ташкентского государственного транспортного университета, его преподавателей и сотрудников. В целях дальнейшего развития железнодорожной отрасли, её модернизации, внедрения инноваций и укрепления международной конкурентоспособности мы неизменно опираемся на ваш богатый практический опыт и поддержку в подготовке нового поколения высококвалифицированных специалистов, способных эффективно внедрять цифровые технологии и отвечать самым современным требованиям. В этот светлый праздничный день искренне желаем всем вам крепкого здоровья, семейного благополучия, счастья, неиссякаемой энергии и больших успехов в вашей нелёгкой, ответственной и благородной деятельности. С праздником! С Днём работников железнодорожного транспорта! Facebook | Instagram | Telegram
❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi. 🔵 Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o’zgardi? 🏢 Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! 👉 Ariza topshirish uchun: ⏺ my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. 💰 Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. 🔔 Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. 📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |💬Facebook | 📹YouTube | ✈️News
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Magistraturaga qabul yakunlandi #abituriyent Talabgorlar tomonidan jami 64 ming 365 ta ariza kelib tushdi. ☑️ Bakalavr bosqichi test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliygohlar va ta’lim yo’nalishlarini tanlash davom etmoqda. Jarayon 8-avgustga qadar davom etadi. Qabul jarayoniga oid barcha muddatlar haqida ma’lumot bu yerda; 2️⃣ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgacha 17 ming 896 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi; 🔄 O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha ham arizalar qabul qilinmoqda. Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈
📢 DIQQAT! MUHIM E'LON! Hurmatli talabalar! Agar Sizning GPA ko'rsatkichi 2.6 balldan past bo'lib, kursdan kursga o'tish talabini bajara olmagan bo'lsangiz, zudlik bilan fakultet dekanatiga murojaat qilishingiz o'qishni quyi kursdan davom ettirish uchun ariza topshirishingiz zarur. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-son qaroriga muvofiq, kursda qolgan talaba o'qishni davom ettirish istagini 15-iyuldan 5-avgustgacha ariza orqali bildirishi shart. ⚠️ Muhim! Belgilangan muddatdan kech topshirilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi. Qaror talablariga muvofiq, ariza topshirmagan talabalar o'qishdan chetlashtiriladi. ❗ "Ertaga qilaman" demang! Arizani bugunoq topshiring. Vaqtida bajarilgan ish ortiqcha tashvishlarning oldini oladi.
#kun_hikmati 🎤 Hurmat qil, shunda hurmat topasan. 🪶 Erkin Vohidov