tgindex
Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog

Статистика

Full-stack dasturchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Turapov Jonibek Shaxsiy IT blogi. Bu yerda sizlar bilan dasturlashga oid tekin darslar, foydali ma'lumotlarni va o'z tajribamni baham ko'raman insha'Alloh. 👉 @shaxsiy_loyihalar

Последний пост
15 июл.
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
60
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 781
−16 за 5 дн.
Сутки
−2
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 141
40 постов
Вовлечённость
56,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 60
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Eski kodni yamashmi yoki boshidan yozish? Assalomu alaykum! Dasturlashda hammamiz bir holatga ko'p duch kelamiz: o'zimiz yoki boshqalar yozgan, logikasi murakkablashib ketgan ESKI kodlar. Ba'zida muddat oz qolgani yoki shunchaki eringanimiz uchun o'sha eski yondashuvni "yamab" ketgimiz keladi. Lekin tajribamdan kelib chiqib aytamanki, ESKI yondashuvni yamashdan ko'ra, ma'lumotlar bazasi arxitekturasi to'g'rilab, boshidan refaktor qilish kelajakda ancha vaqtni va asabni tejaydi. Agar poydevor (ya'ni baza arxitekturasi) xato qurilgan bo'lsa, ustiga qurilgan Laravel kontrollerlari va Vue.js komponentlarida qancha vaqtinchalik yechimlar qo'llamaylik, tizim baribir og'irlashib boraveradi. Shunday paytda qo'rqmasdan kodning muammoli qismini asl holatiga qaytarib, toza arxitektura bilan qayta yozish eng to'g'ri qarordir. — @jonibek_turapov

  • Kod to'g'ri, lekin ishlamayapti... Aybdor kim? Dasturlashda shunday asabbuzar holatlar bo'ladiki, kodingiz 100% to'g'ri, mantiq joyida, lekin brauzerda natija umuman xato chiqadi. Ko'pincha bunday paytda aybdor bizning kodimiz emas, balki ish muhitimiz bo'lib chiqadi. Muammo nimada bo'lishi mumkin? 1️⃣Kesh (Cache) qurboni: Laravel'da, ayniqsa Vue.js bilan ishlaganda eski keshlar qolib ketishi ko'p pand beradi. Birinchi navbatda loyihani va brauzerni keshdan tozalab turish kerak. 2️⃣Kengaytmalar (Extensions) xalaqiti: Ba'zan brauzerdagi qandaydir plagin kodingiz ishlashiga to'sqinlik qilayotgan bo'ladi. Ularni tekshirish uchun Chrome'dagi Kengaytmalar (Расширения) bo'limiga kirish kerak. O'sha yerdan vaqtincha barchasini o'chirib, loyihani toza muhitda sinab ko'ring. 3️⃣Hammasini noldan boshlash: Agar brauzer yoki tahrirlovchingiz tushunarsiz xatoliklar beraversa, ularning sozlamalarini boshlang'ich sozlamalariga qaytarib, noldan ishga tushirish eng tezkor yechimdir. — @jonibek_turapov

  • Dasturlashda ish unumdorligini oshiruvchi shaxsiy odatlarim Assalomu alaykum! Bugun Laravel va Vue.js loyihalarida ishlayotganda vaqtni tejash va diqqatni jamlash uchun o'zim doim amal qiladigan ba'zi odatlar bilan bo'lishmoqchiman. Kodni yangilashga erinmaslik: Ko'pincha loyihalarda ESKI kodlarni va kontrollerdagi murakkablashib ketgan logikalarni ko'rib qolamiz. Shunday paytda o'sha ESKI yondashuvni yamashdan ko'ra, ma'lumotlar bazasi arxitekturasini to'g'rilab, boshidan refaktor qilish kelajakda ancha vaqtni va asabni tejaydi. Fokusni saqlash: Kod yozayotganda chalg'imaslik uchun brauzer yoki tahrirlovchida ish stolini toza saqlash muhim. Kerakli qo'shimcha hujjatlar yoki API'larni tekshirish uchun doim Yangi oynani ochish orqali alohida ish muhiti yarataman. Bu asosiy kodni yo'qotib qo'ymaslikka yordam beradi. Tezkor tugmalar (Shortcuts): Klaviatura yorliqlari — dasturchining eng yaqin do'sti. Sichqonchadan kamroq foydalanish ish tezligini sezilarli oshiradi.

  • 16 июн.3 545942

    O'zbekiston sun'iy intellekt startaplari uchun $200,000 mukofotli prezident tanlovini e'lon qildi Vazirlar Mahkamasi №288-son qaror bilan President AI Award nizomini tasdiqladi. Tanlov uch yo'nalishni qamrab oladi: Eng yaxshi startap, Akseleratsiya va Inkubatsiya. G'oliblar IT Park Ventures tomonidan ulush evaziga investitsiya oladi — 1-o'rin $100,000, 2-o'rin $60,000, 3-o'rin $40,000. Mablag' ikki bosqichda ajratiladi: yarmi shartnoma tuzilishi bilan, qolgan qismi esa bir yil ichida KPI bajarilishiga qarab. 👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing Instagram | LinkedIn | Facebook | YouTube @jonibek_turapov

  • 27 мая1 398161

    Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Ushbu ulug' ayyom xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik va hayotingizga baraka olib kirsin. Yaqinlaringiz bilan birga sog'lik, baxt va quvonchda hayitni o'tkazishingizni tilayman. Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!

  • 9 мая1 85991

    9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin! Bugun yurtimizda tinchlik va osoyishtalik qadrini teran anglaydigan, o'tganlar xotirasini yod etib, keksalarimizga ehtirom ko'rsatadigan ulug' ayyom. Bugungi dorilomon kunlar, musaffo osmon va erkin hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati hech qachon unutilmaydi. Aynan mana shu tinchlik sharofati bilan biz bugun xotirjamlikda o'z sevimli ishimiz bilan shug'ullanib, yangi loyihalar ustida ishlayapmiz, texnologiyalarni o'rganyapmiz va kelajak sari dadil qadam tashlayapmiz. Tinchlik va xotirjamlik bor joydagina chinakam rivojlanish bo'ladi. Barcha faxriylarimizga mustahkam sog'liq, uzoq umr va xotirjamlik tilayman. O'tganlarning xotirasi hamisha qalbimizda barhayot. Yurtimiz osmoni doimo musaffo bo'lsin, tinchligimizga ko'z tegmasin! 🕊

  • 7 апр.4 955142

    https://www.instagram.com/reel/DWy6cvjjCQL/?igsh=ZnJkaDN0bGpsenA0

  • 28 февр.6 2472224

    Web dasturlashni boshlash kerakmi? AI saytlarni o‘zi qilib berayotgan bo‘lsa ham? So'nggi paytlarda menga ko'p berilayotgan savollardan biri: Web dasturlashni boshlashni maslahat berasizmi? Hozir sun'iy intellekt saytlarni o'zi qilib berayapti-ku…" To'g'risini aytsam, bu savol mantiqli. Chunki bugun AI oddiy landing page, blog, hatto kichik CRM loyihani ham bir necha daqiqada generatsiya qilib bera oladi. ⚠️ Lekin muhim savol boshqa: AI kod yozayaptimi — yoki tizim qurayaptimi? AI sizga kod beradi. Lekin: — Biznes logikani kim tushunadi? — Loyihaning arxitekturasini kim o'ylaydi? — Kengaytiriladigan, xavfsiz tizimni kim quradi? — Muammo chiqqanda mas'uliyatni kim oladi? AI — bu tezkor yordamchi. Dasturchi — bu qaror qabul qiluvchi. Bugun oddiy sayt qilish osonlashdi. Lekin real loyihalar oddiy emas. Startup'lar, SaaS platformalar, korporativ tizimlar — bular shunchaki "kod generatsiya" bilan bitmaydi. Bu yerda fikrlash, tajriba va muhandislik kerak. Shuning uchun web yo'nalishi o'lgan emas. Shunchaki talab o'zgaryapti. Oldin: "Kod yozishni bilsa bo'ldi." Hozir: "Tizim fikrlay oladimi?" Agar hozir web'ni boshlamoqchi bo'lsangiz: — Faqat kod yozishni emas, qanday ishlashini tushuning. — Frontend yoki backend tanlang — lekin chuqur kiring. — Git, database, deploy, xavfsizlikni o'rganing. — AI'dan foydalanishni o'rganing — lekin unga to'liq suyanmang. Kelajakda yutadigan odam — AI bilan raqobat qiladigan emas, AI'ni boshqara oladigan dasturchi bo‘ladi. Shaxsan mening fikrim, web'ni boshlash hali kech emas. Lekin oddiy "kod yozuvchi" bo'lish davri tugayapti. Endi muhandis bo'lish kerak. 👉 @jonibek_turapov

  • 26 февр.1 893237

    Nega dasturlashni tanlaganman? Bu sohani tanlashim tasodif emas edi. Menga natijasi ko'rinadigan ish yoqadi. Kod yozasan, natija chiqadi. Xato qilasan, sababi bor. Tuzatasan, ishlaydi. Dasturlashda hamma narsa mantiqqa bog'liq. Bahona yo'q. "Omad kelmadi" degan tushuncha yo'q. Ishlamasa, demak nimadir noto'g'ri yozilgan. Yana bir sabab — o'sish chegarasiz. Bugun oddiy CRUD qilasan. Ertaga arxitektura o'ylaysan. Keyin tizimlarni optimallashtirasan. Bu sohada zerikish qiyin. Chunki har doim yangi muammo bor. Har bir muammo esa yangi tajriba. Dasturlash menga faqat kasb bermadi. U fikrlash uslubimni o'zgartirdi. Muammoni ko'rsam — qochmayman. Tahlil qilaman. Yechaman. Shu sababli tanlaganman. #dasturlash #programmerlife 👉 @jonibek_turapov

  • 19 февр.1 920232

    Assalomu alaykum! Ramazon oyi hammaga muborak bo'lsin! Bu muborak oy hammamizga sabr-toqat, rahm-shafqat va ruhiy tozalashni nasib etsin. Allohning rahmati va barakasi doimo bizning yonimizda bo'lsin.

  • 11 февр.2 5362020

    Izoh o‘zingizdan...

  • 14 янв.2 748151

    14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak! Bugun men uchun Vatan himoyasi faqat harbiy xizmat emas, balki har kimning o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, halol yashashi va yurtiga foyda keltirishga intilishidir. Kim qayerda bo'lishidan qat'i nazar, Vatan uchun xizmat qilayotgan har bir inson — hurmatga loyiq. Yurtimiz tinchligi, oilalarimiz osoyishtaligi va kelajagimiz barqarorligi doimo saqlanib qolsin. Barcha himoyachilarga kuch, sog'lik va mustahkam irodа tilayman. Bayramingiz muborak!

  • 31 дек.2 936144

    🧑‍🎄 Yangi yil muborak! 🎉 Yangi yil sizga sog‘lik, tinchlik va omad olib kelsin. 2026-yilda ham blogimiz orqali foydali, qiziqarli va sifatli kontent bilan siz bilan birga bo‘lamiz. Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yutuqlarga boy bo‘lsin. Yangi yil — yangilanishlar va rivojlanish yili bo‘lsin! ✨ Biz bilan qoling, eng yaxshilari hali oldinda.

  • 27 дек.2 710173

    Assalomu alaykum Ertaga tongda bayram munosabati bilan Jizzaxga yo‘l olaman. Shu sababli darslar va yangi materiallar joylanishi qisman kechikishi mumkin. Ba’zan ozgina tanaffus ham kerak — odam o‘ziga dam berib turishi kerak 😄 Bu vaqtni esa foydasiz o‘tkazmaymiz: yangi g‘oyalar, rejalangan darslar va yanada sifatli kontent bilan qaytaman. Barcha darslar va rejadagi ishlar o‘z o‘rnida davom etadi. Tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat 🙌 Bayram kayfiyati barchamizga hamroh bo‘lsin! 🎉

  • 27 дек.2 0991123

    🖥 25 KUNLIK JAVASCRIPT MARAFON — TO‘LIQ DARS REJA 🔥 Boshlang‘ich daraja (1–7-kun) 1. JavaScript nima? Va nima uchun uni o‘rganishimiz kerak? 2. Ma’lumot turlari (Data Types) 3. O‘zgaruvchilar, oddiy interaktivlik va funksiyalar 4. Shartli konstruksiyalar (if, else if, else, ternary) 5. Tsikllar (for, while) 6. Array va Object — JavaScript’da real ma’lumotlar bilan ishlash 7. Funksiyalarni chuqurroq o‘rganish (callback, arrow, real misollar) 🚀 O‘rta daraja (8–15-kun) 8. Array’lar bilan chuqur ishlash (map, filter, forEach) 9. Object’larni chuqurroq o‘rganish (destructuring, spread) 10. String va Number metodlari (real misollar bilan) 11. DOM bilan ishlash (element tanlash, o‘zgartirish) 12. Event’lar (click, input, submit) 13. Forma bilan ishlash va validatsiya 14. LocalStorage va SessionStorage 15. Mini loyiha: Interaktiv Todo / Notes App 🧠 Yuqori daraja (16–25-kun) 16. Asinxron JavaScript (setTimeout, setInterval) 17. Promise nima? .then() va .catch() 18. async / await — zamonaviy yondashuv 19. API bilan ishlash (fetch) 20. JSON va real API misollar 21. Xatolar bilan ishlash (try / catch) 22. JavaScript modullar (import / export) 23. JavaScript’da loyiha strukturasini tuzish 24. Mini loyiha: API asosida blog / weather / news app 25. React / Vue / Angular’ga o‘tish: keyingi qadamlar 🎯 Yakuniy natija 25 kun oxirida siz: ⏺️JavaScript’ni ishlatib kod yoza olasiz ⏺️Real loyihalarni tushunasiz ⏺️Framework’larni o‘rganishga tayyor bo‘lasiz Agar JavaScript o‘rganmoqchi bo‘lgan do‘stlaringiz bo‘lsa, shu postni ulashib qo‘ying. Balki aynan siz kimningdir IT’dagi ilk qadamiga sababchi bo‘larsiz 🚀 #JavaScript #JavaScriptMarafon #WebDasturlash #Frontend #Dasturlash #ITdarslar #React #Vue #Angular ➡️ @jonibek_turapov

  • 25 дек.1 370113

    👨‍💻 JavaScript’da eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha oldinda! Agar siz: ⏺️ko‘p ma’lumot bilan ishlashni ⏺️ro‘yxatlar, kartalar, postlar chiqarishni ⏺️real saytlar qanday ishlashini bilmoqchi bo‘lsangiz — keyingi dars siz uchun Chunki React, Vue va Angular’da: ⏺️postlar ro‘yxati ⏺️foydalanuvchilar ⏺️mahsulotlar ⏺️kommentlar barchasi **bitta tushuncha asosida quriladi. 🔜 Bu tushuncha — Array (Massivlar) 👉 8-darsdan keyin siz: ⏺️ma’lumotlarni tartib bilan saqlaysiz ⏺️map, filter kabi kuchli metodlarga tayyor bo‘lasiz ⏺️real loyihalarga bir qadam yaqinlashasiz ⏳ 8-dars juda yaqin. Blogni o‘tkazib yubormang 😉

  • 24 дек.1 292103

    5️⃣ Arrow + Callback birga (React uslubida) const postYukla = (nomi, callback) => { console.log(nomi + " yuklanmoqda..."); callback(); }; postYukla("JavaScript darsi", () => { console.log("Tayyor"); }); 📌 Mana shu yozuv — React/Vue logikasining asosi. ❗ Amaliy mashq (majburiy!) 1. Foydalanuvchi ismini qabul qiladigan funksiya yozing 2. Arrow function’dan foydalaning 3. Callback orqali “Xush kelibsiz” xabarini chiqaring 💡 Maslahat: Avval oddiy qilib yozing, keyin arrow va callback qo‘shing. ❓ Savollaringiz bormi? Agar amaliy vazifa yoki kod bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa — 👉 shu dars izohida yozib qoldiring, albatta javob beraman. 🔜 Keyingi darsda: 8-dars: Massivlar (Array) — real loyihalarda ishlatilishi Aynan massivlarsiz React ham, Vue ham yo‘q 😉

  • 24 дек.1 11653

    4️⃣ Real hayotga yaqin misol (Blog uchun) function postYukla(nomi, callback) { console.log(nomi + " blogga yuklanmoqda..."); callback(); } postYukla("7-dars: Funksiyalar", function () { console.log("Post muvaffaqiyatli joylandi"); }); 👉 React’da: ⏺️onClick ⏺️onSubmit ⏺️useEffect — barchasi callback asosida ishlaydi. Davomi keyingi postda... ↘️

  • 3️⃣ Callback Function — funksiya ichida funksiya Callback — bu boshqa funksiyaga parametr sifatida uzatilgan funksiya. Oddiy misol: function xabarBer() { console.log("Amal bajarildi"); } function ishBajar(callback) { callback(); } ishBajar(xabarBer); 📌 Bu qayerda kerak? ⏺️Tugma bosilganda ⏺️Ma’lumot yuklanganda ⏺️Hodisa (event) bo‘lganda Davomi keyingi postda... ↘️

  • 2️⃣ Arrow Function (=>) — zamonaviy yozuv React va Vue’da siz ko‘pincha arrow function ko‘rasiz. Oddiy funksiya: function yigindi(a, b) { return a + b; } Arrow function: const yigindi = (a, b) => { return a + b; }; Yana qisqa yozuvi: const yigindi = (a, b) => a + b; ☑️ React komponentlarida aynan shu usul ishlatiladi. Davomi keyingi postda... ↘️