Qahramon Omonov | Business blog
СтатистикаIT (AyTi) biznesmen, biznesni tizimlashtirish va avtomatlashtirish bo'yicha mutaxassisman - ERP - CRM - Konsalting Biznesingizdagi jarayonlarni optimallashtirish va raqamlarda ko'rishga yordam beraman Murojaat uchun: @kahero_unical
- Последний пост
- 11 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 18
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hamma narsaga (uchrashuvga, ishga va hkz.) vaqtida ulgurishni odatini shakllantirmasdan turib ko'p pul topish haqida o'ylaydiganlaram bor.
Muvaffaqiyat faqat mehnat va aqlga bog‘liqmi? "Zukkolar va landavurlar" kitobidan asosiy xulosalarim Ko‘pchilik muvaffaqiyatni faqat insonning aqli va tinimsiz mehnati natijasi deb o‘ylaydi. Ammo Malkolm Gladuell o‘zining mashhur asarida bu fikrni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Xo‘sh, dunyodagi eng boy va mashhur insonlarning siri nimada? Kitobdan 3 ta asosiy xulosalarim: 1. 10 000 soat qoidasi: Har qanday sohada (sport, musiqa, dasturlash) haqiqiy usta bo‘lish uchun tug‘ma iste’dodning o‘zi yetarli emas. Buning uchun taxminan 10 000 soatlik amaliyot kerak. Masalan, "The Beatles" mashhur bo‘lishdan oldin minglab soatlab jonli ijroda qatnashgan, Bill Geyts esa maktab davridayoq kompyuterda ishlash imkoniga ega bo‘lgan. 2. Tug‘ilgan vaqt va omad (Matto effekti): Qachon va qayerda tug‘ilganingiz taqdiringizni hal qilishi mumkin. Gladuell nega professional xokkeychilarning ko‘pi yil boshida (yanvar-fevral) tug‘ilganini yoki nega Silikon vodiysi milliarderlari aynan 1955-yil atrofida dunyoga kelganini isbotlab beradi. Bu — "omadli vaqt" omilidir. 3. Madaniy meros va tug'ilgan joy Bizning kelib chiqishimiz fe’l-atvorimizni belgilaydi. Masalan, osiyolik o‘quvchilarning matematikadagi yutuqlari ularning madaniyatidagi sabr-toqat va mehnatkashlik (guruch yetishtirish madaniyati) bilan bog‘liq. Xulosa: "Self-made man" (o‘z kuchi bilan ko‘tarilgan inson) tushunchasi — shunchaki afsona. Muvaffaqiyat — bu qobiliyat + qulay fursat + berilgan imkoniyatlar yig‘indisidir. Daholar shunchaki aqlli bo‘lgani uchun emas, balki qulay imkoniyat paydo bo‘lganda, undan foydalana olgani uchun g‘olib bo‘lishadi. O'zbekisonda ham ayni shu vaziyat keldi menimcha. Batafsil ushbu postda o'qib chiqishingiz mumkin. O'zbekistonda bo'lajak milliarderlar qatlami 2020-2030-yilda startup boshlaganlar bo'lsa ajab emas @kahero_business
Bugun "The Social Network" filmini ko'rib bir narsaga amin bo'ldim: Tezlik muhim. Ba'zan ma'lum tajribasi bor mutaxassislar bilan gaplashganimizda bir narsa ustida tortishamiz. Ular menga savol berishadi: "Sifat muhimmi yoki tezlik muhimmi?" Men aytaman: "Ikkalasi ham" - Men sifatli ish qilaman lekin bu vaqt talab etadi. - Xo'sh demak siz sifatli ish qilishni bilasiz, nega shuni tezlashtirish haqida o'ylab ko'rmagansiz? - Jimlik - Siz sifatli ish qilishga majbursiz, bu narsasiz siz bozordan chiqib ketasiz. Tezlik esa sizga bozorda ustunlik beruvchi narsa bo'lishi mumkin. Faraz qiling: siz bir mahsulot chiqarmoqchisiz va sizga o'xshagan 10 ta odamga shu g'oya keldi va ular ham bu narsa ustida ishlashni boshladi. Bir raqobatchingiz esa MVP qildi va bozorga chiqarib, yaxshi daromad qilib, product ustida ishlab, sifatni ham rostlab qo'ydi. Bozorda uni mahsuloti yaxshigina tarqaldiki, deyarli hamma uni bilib bo'ldi. Siz sifatli mahsulot chiqarmoqchisiz va 10 oyda tayyorladingiz. Xo'sh endi nima qilasiz? Mahsulotingiz sifatli ekanini jar solasizmi, endi bunga yaxshigina pul ham sarflashingiz kerak chunki oldin bozor bo'sh bo'lgan bo'lsa, endi unda sizga o'xshagan sifatli raqobatchilar bor. Eng muhimi ularda 9 oylik mijozlar bilan tajriba ham bor. Aytganim hamma sohaga ham to'g'ri kelmasligi mumkin, lekin ko'p sohalarda to'g'ri kelishini guvohi bo'lyapman. Tez degani sifatsiz degani emas. @kahero_business
Ishga yondashuvda ikki xil odamni koʻrdim. Birinchi toifa qabul qiluvchi rozi boʻladigan darajada ishini bitiradi. Qabul qiluvchi menejer, rahbar, mijoz, xalq boʻlishi mumkin. Ikkinchi toifa oʻz vijdoni rozi boʻladigan darajada ishini bitiradi. Bu perfektionism emas. Qila oladiganining maksimumini qilish. Istagining emas. Birinchi toifa ishni yuzaki bajaradi. Gap eshitmaydigan darajada qiladi. Haydalmaslik darajasida topshiradi. Ikkinchi toifa qabul qiluvchidan uncha qoʻrqmaydi. Chunki oʻz vijdoni koʻproq qiynaydi. Uning belgisi – ishdan tashqarida ham rivojlanayotgan, izlanayotgan boʻladi. Birinchi toifaning ancha vaqti ortib qoladi. Faqat, oʻsha vaqtini serial, reels va oʻyinlarga sarf qilib yuboradi baribir. Mayli. Ozgina vaqt oʻtadi. Ikkinchi toifa sohasidagi eng kerakli odamga aylanadi. Oʻzi mutaxassislar kam. Vijdonlisi esa qishdagi qulupnay kabi boʻladi. Qidirib topa olmaymiz. Topsak ham, pulimiz yetmaydi.
💸 Har qanday pul – yaxshi pul emas! Startaplar uchun investitsiya — o‘sish dvigateli hisoblanadi. Lekin noto‘g‘ri tanlangan investor — sizni sekin va qiyin halokatga yetaklashi mumkin. ❗ “Yomon investor” — yomon kod yoki yomon xodimdan ham yomon. Investitsiya olishdan avval, kimdan olayotganingizni o‘ylang. 🚫 Tajribasiz investorlar — bu “safsata pul”. 🚫 Og‘zaki va’dalarini qog‘ozga tushirishdan qochadigan — bu va’dabozligini bildiradi 🚫 Kontrollni olishni istaydigan investor – siz endi CEO emassiz. 🚫 Faqat pul, lekin qo‘llab-quvvatlash yo‘q – "aqlli pul" emas. 🚫 Og‘ir shartlar – kelajakdagi raundlaringizni yo‘q qiladi. 🚫 Aslida reputatsiyasiz fondlar – xavfli sherik. 🚫 Sizni tushunmaydigan investor – sizning missiyangizni ham tushunmaydi. 👉 Investor – sherik, sarmoya – sheriklik. Yomon investordan pul olgandan ko‘ra umuman pul olmaganingiz yaxshiroq. Founder sifatida sizda tanlash huquqi bor. Har qanday pulga yo‘q deyish — bu yetarlicha qudratli ekanligingiz belgisi. @kahero_business
Как Bito.uz вырос из подвала в ERP с оценкой 5 миллионов. Учкун Тулавов История Bito — одной из самых амбициозных ERP-платформ в Центральной Азии. С чего всё начиналось в 2020 году в подвале, как без технического образования и инвестиций построили IT-компанию с оценкой $5M, и почему 1000+ бизнесов в Узбекистане автоматизируют процессы через Bito. Разработка, продажи, рынок, первые ошибки и планы на $100M — рассказывают основатели и команда внутри офиса. https://youtu.be/4VJWSZlGlx4 @umedschannel
Diversity (xilma-xillik) kerak! Ko'p ishxonalarda ishchilar rahbar bilan bir xil fikrlaydigan bo'lishadi yoki rahbar bilan bitta viloyatdan(qarindosh-urug') bo'lishadi. Yaxshi tomoni: Munosabatlarda bir birini tushunish osonroq bo'ladi. Yomon tomonlari: Bir xil fikr, dunyoqarash bilan cheklanib qolish va oxir-oqibat o'sish bir xilda sekin bo'lishi yoki umuman to'xtab qolishi mumkin. Biznesda juda kerakli va ko'p insonlar e'tiborga olmaydigan jihat bu diversity ya'ni xilma-xillik. 1. Milliy/etnik: Turli millat va kelib chiqishga ega odamlarning birgalikda ishlashi. 2. Yosh: Yoshlar va tajribali avlod bir jamoada samarali ishlashi. 3. Nogironligi bor insonlar: Imkoniyatlar cheklangan bo‘lsa ham, ular uchun ish muhiti yaratilgan bo‘lishi. 4. Fikr va tajriba: har kimning o‘ziga xos yondashuvi, ta’limi va tajribasiga ochiq bo‘lish. Foydalari: Yangi g‘oyalar va kreativlik: Har xil tajriba va qarashga ega odamlar biznesga turlicha yondashadi. Bu yangiliklar, kreativ yechimlar va innovatsiyalarni paydo qiladi. Bozorga yaxshiroq moslashuv: Jamoa turli auditoriyalarni yaxshi tushunadi. Bu mahsulot yoki xizmatni kengroq mijozlar guruhiga moslashtirish imkonini beradi. Yaxshi reputatsiya: Zamonaviy jamoatchilik, ayniqsa yoshlar, adolatli va inkluziv ish joylarini afzal ko‘radi. Bu esa iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishga yordam beradi. Muammolarga kompleks yondashuv: Turli yondashuvlar orqali murakkab masalalar chuqurroq tahlil qilinadi va yaxshi qarorlar qabul qilinadi. Qiyinchiliklar: Muloqotdagi farqlar: Turli madaniy yoki til foniga ega odamlar orasida noto‘g‘ri tushunishlar bo‘lishi mumkin. Bu esa ziddiyatga olib kelishi mumkin. Integratsiya qiyin: Har xil fikrlarga ega odamlarni yagona jamoa sifatida uyg‘unlashtirish oson emas. Bunga vaqt va to‘g‘ri liderlik kerak. Qarorlar qabul qilish sekinlashishi mumkin: Har xil nuqtai nazarlarni inobatga olish kerak bo‘lganda, qarorlar qabul qilish ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Ichki siyosat: Diversityni qo‘llab-quvvatlash uchun kompaniya ichki siyosat va qonunchilikni chuqur tushunishi va amal qilishi kerak. Umuman olganda qiyinchiliklarni hal qilib xilma-xillik yaxshi yo'lga qo'yilgan kompaniyada o'sish yaxshiroq bo'ladi. @kahero_business
Ikkinchi ajoyib yangilik Bugun rasman, 4 yildan beri rivojlantirib kelayotgan loyihamiz Bito ERP Aloqa Ventures tomonidan 200,000$ investitsiya oldi. Bu investitsiya qo'shni bozorlarga chiqishga sarflanadi. @kahero
This is how great ideas come to life Bu video ajoyib g'oyalar qanday qilib dunyoga kelishi haqida @kahero_business
🔥 Mijozlar sotib olishni xohlaydi! Har bir inson aslida biror narsani sotib olishni xohlaydi, faqat unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kerak! 💡Agar siz yaxshi sotuvchi bo'lmoqchi bo'lsangiz, mijozlarga sotib olishga yordam bering. Ko‘pchilik sotuvchilar mijozlarni majburlash yoki ularga bosim o‘tkazish kerak deb o‘ylaydi. Lekin aslida, odamlar o‘z muammolarini hal qilish uchun mahsulot yoki xizmat qidiradi. Sizning vazifangiz – ularga eng yaxshi yechimni topishga yordam berish! 🔑 Mijozlar sotib olishdan qo‘rqadi, lekin har doim nimanidir sotib oladi. ✔️ Ular noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan qo‘rqishadi. ✔️ Pullarini noto‘g‘ri sarflashni istashmaydi. ✔️ Ularga kimdir yo‘l ko‘rsatishini kutishadi. Agar siz mijozga o‘z mahsulotingiz yoki xizmatingiz ularning muammosini qanday hal qilishini tushuntira olsangiz, ular sizdan sotib olishdan faqatgina mamnun bo‘lishadi. 🚀 Muvaffaqiyatli sotuvchi nima qiladi? ✅ Mijozning ehtiyojini tushunadi. ✅ Mahsulot yoki xizmatni to‘g‘ri taqdim qiladi. ✅ Mijozning shubhalarini yo‘qotadi va ishonch hosil qilishiga yordam beradi. 🎯 Xulosa: Sotish – bu mijozlarga kerakli narsani topishga yordam berish san’ati. Agar siz mijozlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz va ularning muammosini hal qila olsangiz, ular har doim sotib olishadi. @kahero_business
🚀 Sotuvdagi eng muhim omil Bundan oldingi postda muvaffaqiyatda eng muhim omil sotuv ekanligi haqida yozgan edim. Bugun sotuvdagi eng muhim omil haqida aytmoqchiman: ishonch! Agar siz o‘zingiz sotayotgan mahsulot yoki xizmatga to‘liq ishonmasangiz, boshqalarni ham ishontira olmaysiz. 💡 Siz ishonmasangiz, xaridor ham ishonmaydi Ko‘pchilik sotuvchilar o‘z mahsuloti yoki xizmati haqida shubhalanib gapiradi, lekin bu eng katta xato! Xaridor sizning ishonchingizni his qiladi va shunga qarab qaror qabul qiladi. Agar siz o‘zingiz ishonchsiz bo‘lsangiz, xaridorga ham ishonchsizlik yuqtirasiz. 🔑 Sotishda 4 ta ishonch muhim: O‘zingizga ishonch – Agar o‘zingizni muvaffaqiyatli sotuvchi deb bilmasangiz, hech kim sizdan sotib olmaydi. Mahsulot/Xizmatga ishonch – Mahsulotingiz yoki xizmatingiz eng zo‘r ekaniga ishonchingiz komil bo‘lishi kerak. Kompaniyangizga ishonch – Ishlayotgan kompaniyangiz yoki biznesingizga ishonchingiz baland bo‘lishi kerak. Iqtisodiyotga ishonch – Mijozlar sotib olishni istaydi, shunchaki ularga ishonch bilan yo‘l ko‘rsatish kerak. 🎯 Haqiqiy sotuvchilar hech qachon bahona qilmaydi! Ba’zi odamlar iqtisod yomon, mijozlarning puli yo‘q yoki bozorda raqobat kuchli deb shikoyat qiladi. Aslida, bu faqat bahona! Agar siz ishonch bilan sotishni bilsangiz, har qanday sharoitda ham muvaffaqiyat qozonasiz. Sizning ishonchingiz mijozlarning qarorini o‘zgartiradi. Muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Unda sotishni jiddiy o‘rganing va har doim ishonch bilan harakat qiling! @kahero_business
🚀 Sotuv – hayotning ajralmas qismi! Hayotda muvaffaqiyatga erishishda muhim bir qobiliyat haqida gaplashsak. Bu qobiliyat sotuv qobiliyati hisoblanadi. Avvalambor sotuv nima ekanligini tushunib olsak. Sotuv shunchaki tovar yoki xizmatni sotish emas, balki o‘z g‘oyangizni, fikringizni va qarashlaringizni ham sotishdir. Sotuv – hayotning barcha jabhalarida mavjud. 💡 Sotuvsiz muvaffaqiyat bo‘lmaydi Agar siz o‘z mahsulot yoki xizmatingizni odamlarga taqdim eta olmasangiz, raqobatchilaringiz buni qiladi. Hayotda har doim ikki tomondan biri g‘olib bo‘ladi: ✔️ Siz sotasiz yoki ❌ Sizga sotishadi Misol uchun, agar siz biror ishga kirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni ish beruvchiga "sotasiz" – ya’ni, o‘z qobiliyatlaringizni, tajribangizni va loyiq ekanligingizni isbotlaysiz. Agar buning uddasidan chiqa olmasangiz, boshqa nomzod ish beruvchini o‘ziga ishontiradi. 🎯 Muvaffaqiyat kaliti – sotishni o‘rganish! Sotish san’atini o‘rganmagan odam biznesda, ishda va hatto shaxsiy hayotda ham orqada qoladi. Chunki har qanday muvaffaqiyatning asosi – o‘z fikrini yetkazish va boshqalarni ishontira olish qobiliyatidir. Dunyo sotuv qonunlariga binoan ikki turdagi odamlarga bo‘linadi: sotadiganlar va sotib oladiganlar. Siz qaysi tomonda bo‘lishni xohlaysiz? @kahero_business
Biznes va shahmat Biznes bilan shahmat o'rtasida bog'liqlikni ko'raman. ♟ Shahmatda shahmat taxtasi, siz va raqibingiz toshlari bo'lsa ularni biznesda sizning resurslaringiz, siz ishlaydigan bozor hamda raqobatchilarga o'xshatsak bo'ladi. 📌 Faqat birgina jihat bor: Shahmatda tizim aniq, qaysi tosh qay tartibda yuradi va siz buning evaziga o'zingiz va raqibingizni keyingi harakatlaringizni rejalashtirishingiz mumkin. ⚠️ Biznesda esa raqibingizni yurishlarini kuzatish esa bir muncha qiyinroq hisoblanadi. ✅ Siz qila oladigan eng samarali ish esa o'zingizni yurishlaringizni tizimli ravishda boshqarish. Resurslaringiz bo'lmish xodimlar, pul va hokazolarni har birini yo'lini aniq tartib bilan boshqarish. Buning uchun siz biznesingizdagi har bir resurs qayerdan olinyapti va qayerga sarflanyotganini aniq kuzatib turishingiz zarur. ❗️ Shahmatda qancha ko'p qadamlarni oldindan ko'ra bilish hamda to'g'ri strategiya bilan harakatlanish muhim. Biznesda ham @kahero_business
Ba'zan kibrga berilib "Hammasiga o'zim erishdim" - deb bilmay aytib yuboramiz. "Hozirgi bilimim va erishgan natijalarim faqatgina o'z harakatim bilan erishdim, men zo'rman" - deymiz. Lekin shu darajaga chiqishimizda yordam bergan insonlar, shu jumladan, ustozlarimizni esdan chiqarib qo'yamiz. Birinchi ustozimiz o'zi mehribon bo'lsa ham bizni yaxshi o'qisin deb qattiqqo'llik ham qilardi. Undan keyingi ustozlarimiz ham mehribon va o'z o'rnida talabchan bo'lganligi tufayli balki shu yergacha yetib kelgandurmiz. To'g'ri, hammasi taqdir, taqdirimizga shunday ustozlar yozilganidan xursand bo'lishimiz kerak. Balki bu ustozlar bo'lmaganida hozirgi darajamizga hech qachon yetib kelmasmidik. Ustozlarimiz sizlarga rahmat. Bayramingiz muborak bo'lsin.
Multitasking foydalimi? Multitasking - ikki va undan ortiq topshiriqlar bir vaqtda qilish yoki topshiriqlarni tez-tez almashtirish. Ko'p insonlar (asosan tizimsiz biznes egalari/ishchilari) men bir nechta ishni bir vaqtda qila olaman va ko'p ishga ulguraman deya maqtanganini eshitib qolaman. Aslida ham shundaymi? Ko'p ishlarni bir vaqtda qilish haqiqatdan ham foydalimi? Aslida esa, multitasking ko'pincha foydasiz, samarali strategiya emas. Tadqiqotlar bu holat odatda samaradorlikni pasaytirishi va xatolarni ko'paytirishini aniqlagan. Bizning miyamiz asosan bir vaqtning o'zida bitta narsaga e'tibor berishga mo'ljallangan, oddiy misol: sizning miyangiz bir vaqtning o'zida ikki kishi bo'lib o'ylay olmaydi. Shuning kelib chiqib vazifalarni o'zgartirish kognitiv charchoqqa olib kelishi va umumiy samaradorlikni kamaytirishi mumkin. Ba'zi oddiy yoki muntazam vazifalarni birga bajarish osondek tuyulishi mumkin, masalan, mashq qilayotgan paytda musiqa tinglash. Muhimi, o'z chegaralaringizni tushunish va sizga mos keladigan muvozanatni topishdir. Qiyin yoki talabchan ishlar uchun bir vaqtning o'zida bitta vazifaga diqqatni jamlash ko'pincha eng samarali yondashuvdir. @kahero
Ishchi tanlashda men ishlatadigan prinsiplardan biri. Sizning fikringiz qanday? Bu yerda nega bu ayolni tanladi? @kahero_business
Ismim Qahramon. TATU Axborot Xavfsizligi yo'nalishini tugatganman 4 yildan beri kompaniyalarga dasturiy yechimlar o’rnatish bilan shug’ullanaman. Bu dasturlar orasiga: ERP - Korxonaning resurslarini rejalashtirish CRM - Mijozlarni boshqarish tizimi WMS - Omborni boshqarish tizimi Task / Project management - loyihalar va vazifalarni boshqarish tizimlari kiradi. Oxirgi 1 yildan beri korxonalarni tizimlashtirish va biznes jarayonlarni samaradorligini oshirish bo'yicha izlanishlar qilyapman Tajribalar tarixi: - 1 yil android va backend dasturchi bo'lib ishladim. - 2021-yil Uchqun Tulavov bilan Unical kompaniyasini ochdim va hozirgacha shu yerda Direktor (CEO) lavozimida ishlab kelmoqdaman - Hozirda kompaniyamizdagi loyihalar orqali boshqa kompaniyalarni tizimlashtirish va avtomatlashtirishda yordam berishga fokus qaratganman Hozirgacha 4 ta loyihani yo'lga qo'yganman. Bular: 1. Bito - ERP sistema, O'rta Osiyoda 1,000 dan ortiq kompaniyalar ishlatadi. 2. EduTizim - LMS&CRM sistema, O'rta Osiyoda 200 dan ortiq o'quv markazlar (eng kattalari) ishlatadi 3. Unical Taxi - taksi platformasi, biz buni taxi kompaniyalariga sotamiz. O'rta Osiyoda 20 dan ortiq kompaniyalar ishlatadi. 4. Unical Market - onlayn market, tovarlar dostavkasini yo'lga qo'yish uchun yordam beradi. O'rta Osiyoda 5 ga yaqin kompaniya ishlatadi. 5. EduSchool - Maktablar uchun LMS va CRM platformasi, 20 dan ortiq maktablar ishlatadi Bundan tashqari buyurtma asosida ham 50 dan ortiq loyihalar qilib berganmiz. 🎯 Bu kanaldan maqsadimiz Biznes egalari, top menejerlar yoki jamoa a’zolari kundalik ishlarini yengillashtirish uchun qanday IT yechimlar ishlatishlari mumkinligi bo’yicha tajribani ulashish. Shaxsiy qarashlarim: @kahero Murojaat uchun: @kahero_unical
Channel created