tgindex
Qashqadaryo DavAktiv hududiy boshqarmasi

Qashqadaryo DavAktiv hududiy boshqarmasi

Статистика
@kashdavaktivузбекский

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi Murojaat uchun: @Kashdavaktivbot

Последний пост
09:14
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
263
+5 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
196
25 постов
Вовлечённость
74,5%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 28
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
67
1/48двое суток
76
1/72трое суток
82

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

  • Arzon narxdagi davlat aktivlarini E-auksion.uz saytidan sotib oling! 🔸 G'uzor tumanidan 🔸 Dehqonobod tumanidan 🔸 Qamashi tumanidan 🔸 Qarshi tumanidan 🔸 Koson tumanidan 🔸 Kitob tumanidan 🔸 Mirishkor tumanidan 🔸 Muborak tumanidan 🔸 Nishon tumanidan 🔸 Kasbi tumanidan 🔸 Ko'kdala tumanidan 🔸 Chiroqchi tumanidan 🔸 Shahrisabz tumanidan 🔸 Yakkabog' tumanidan 🔸 Qarshi shahridan 🔸 Shahrisabz shahridan Barchasini ko'rish ☎️: +998712022111 @kashdavaktiv

  • 14 авг.47из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 13 авг.76из DAVAKTIVUZ

    12-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi 704 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 10,1 mlrd so'm bo'lgan 227 ta lot 12 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. ✅ davlat mulki ijarasi: - soni 22 ta - boshlang‘ich narxi 0,3 mlrd so‘m - sotilgan narxi 1 mlrd so‘m 📍Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida boshlang‘ich yillik ijara narxi 72 mln so‘m bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasining bo‘sh turgan maydoni 361 mln so‘mga ijaraga berildi. ✅ davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: - soni 7 ta - boshlang‘ich narxi 6,7 mlrd so‘m - sotilgan narxi 6,8 mlrd so‘m 📍Yangi Toshkent hududidan boshlang‘ich narxi 0,9 mlrd so‘m bo‘lgan “Sharq Bahori” loyihasidagi ko‘p qavatli uylaridan xonadon sotib olish uchun investitsiya kiritish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi 1 mlrd so‘mga sotildi. ✅ qishloq xo'jaligi yer uchastkalari: - soni 161 ta - boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m - sotilgan narxi 4 mlrd so‘m - yer maydoni 1491,3 ga ✅ boshqalar: - soni 37 ta - boshlang‘ich narxi 0,1 mlrd so‘m - sotilgan narxi 0,2 mlrd so‘m ⏺️O'tkazilgan savdolarda 374 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. ✍️Hozirda, narxi 34,4 trln so'm bo'lgan 118 514 ta lot savdoga qo'yilgan. ⏺️Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram |  🌐 Facebook 🌐 Instagram |  🌐 Youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🔥"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari amalda: Qashqadaryoda manzilli ishlar jadal davom etmoqda! 🌟Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan aholi farovonligini oshirish, bandligini ta'minlash, turmush darajasini yaxshilash va kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy ishlar hududlar bo'ylab izchil olib borilmoqda. ✅Xususan, "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari Alisher Zokirov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Asliddin Rustamov va boshqa mas'ul tashkilotlar rahbarlari Chiroqchi tumani "Pakandi" MFYda bo‘lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazmoqda. 📍Maqsad aniq — har bir oilaning barqaror daromad manbayiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish! ✅Jarayonda xonadonma-xonadon yurilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalar holati o'rganilib, ularga quyidagi yo‘nalishlarda manzilli amaliy yordam ko‘rsatilmoqda: ⚪️ Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga o'qitish; ⚪️ O‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlar ajratish; ⚪️ Daromad keltiruvchi faoliyatini kengaytirish uchun foizsiz ssudalar taklif etish; 📝Ushbu amaliy choralar natijasida hududdagi oilalarning moddiy ahvoli yaxshilanib, daromadi oshishi hamda ular ijtimoiy reyestr va ko‘mak ro‘yxatlaridan bosqichma-bosqich chiqarilishi ta’minlanmoqda. 📌Tashrif yakunida mahalladagi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va infratuzilmani yanada yaxshilash bo'yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. ❤@kashdavaktiv

  • E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Qashqadaryo viloyatidan (Ko'rish) 3 109 ta lotlardagi 451 ga (gektar) Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer maydonlari huquqlarini sotib oling! ▶️ Qarshi shahridan 78 ta 26 ga (Ko'rish)         ▶️ Qarshi tumanidan 129 ta 56 ga (Ko'rish)         ▶️ G'uzor tumanida 671 ta 26 ga (Ko'rish) ▶️ Dehqonobod tumanida 292 ta 4 ga (Ko'rish) ▶️ Koson tumanidan  130 ta 45 ga (Ko'rish) ▶️ Ko'kdala tumanidan 125 ta 26 ga (Ko'rish) ▶️ Mirishkor tumanidan 374 ta 17 ga (Ko'rish) ▶️ Muborak tumanidan 140 ta 27 ga (Ko'rish) ▶️ Kasbi tumanidan 50 ta 2 ga (Ko'rish)              ▶️ Chiroqchi tumanidan 145 ta 126 ga (Ko'rish)  ▶️ Yakkabog' tumanidan 243 ta 14 ga (Ko'rish) ▶️ Nishon tumanidan 320 ta 12 ga (Ko'rish)

  • 7-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi 718 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 70,9 mlrd so'm bo'lgan 292 ta lot 138,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. ✅ davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: - soni 18 ta - boshlang‘ich narxi 10,4 mlrd so‘m - sotilgan narxi 10,5 mlrd so‘m ✅ yer uchastkalari: - soni 75 ta - boshlang'ich narxi 56,2 mlrd so‘m - sotilgan narxi 123 mlrd so‘m - yer maydoni 60,2 ga 📍Yangi Toshkent shahridan boshlang'ich narxi 12,8 mlrd so‘m bo‘lgan turar va noturar joylar qurish uchun 1,27 gektar yеr uchastkasi 54,9 mlrd so‘mga sotildi. 📍Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 21,2 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun yеr uchastkasi 22,3 mlrd so‘mga sotildi. ✅ Qishloq xo'jaligi yer uchastkalari: - soni 159 ta - boshlang‘ich narxi 3 mlrd so‘m - sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m ✅ boshqalar: - soni 40 ta - boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m - sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m 📍Sirdaryo viloyati Guliston shahridan boshlang'ich narxi 0,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Golden Stroy Systems” MChJ balansidagi ko‘p qavatli uydagi xonadon 0,6 mlrd so‘mga sotildi. ⏺️O'tkazilgan savdolarda 486 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. ✍️Hozirda, narxi 32,1 trln so'm bo'lgan 114 123 ta lot savdoga qo'yilgan. ⏺️Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram |  🌐 Facebook 🌐 Instagram |  🌐 Youtube

  • 2-iyul O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. @kashdavaktiv

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🚨 Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz! Kelajagimizni, sog‘lig‘imizni va oilamiz tinchligini asrash har birimizning burchimizdir. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ham ushbu dolzarb masalaga befarq bo‘lmagan holda, giyohvandlikka qarshi o‘tkazilayotgan ommaviy chellenjga qo‘shildilar. Unutmang: Bir lahzalik adashish butun umrlik pushaymonlikka sabab bo‘lishi mumkin. Biz sog‘lom kelajak, yorug‘ ertangi kun va kuchli intellektual jamiyat tarafdorimiz! Biz sog‘lom turmush tarzini tanladik! Siz-chi? Chellenjni davom ettiring va safimizga qo‘shiling! #GiyohvandlikkaQarshi #SoglomTurmushTarzi #OgohBol #BizSoglomHayotTarafdorimiz @kashdavaktiv