Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi
СтатистикаQashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi Web-sahifa: https://qashstat.uz/uz/ You tube: www.youtube.com/@qashstat Facebook: facebook.com/statkashkadarya
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 827
- 1/48двое суток
- 3 239
- 1/72трое суток
- 3 494
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️🤩 Ўзбекистонга электромобиллар импорти 2,6 баробарга ошди 🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-июнь ойларида Ўзбекистонга хориждан қиймати 447,7 млн АҚШ долларига тенг бўлган 37 874 дона электромобиль импорт қилинган. 📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 23,5 минг донага ёки 2,6 баробарга ошган. 🌍 Мазкур даврда Ўзбекистонга энг кўп электромобиль етказиб берган давлатлар: Хитой – 37 560 дона Гонконг (Хитойнинг махсус маъмурий ҳудуди) – 141 дона Корея – 80 дона Германия – 42 дона АҚШ – 21 дона Бошқа давлатлар – 30 дона 📌 Аввалроқ, Ўзбекистондаги электромобиллар сони бўйича маълумот берилган эди.
🍎 Qashqadaryoda meva eksporti qiymati 28,2 mln AQSH dollariga yetdi 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatdan 70 867,5 tonna meva eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 28 176,5 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 📊 2025-yilning mos davrida esa 75 926,3 tonna meva eksport qilinib, uning qiymati 21 308,4 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan. 📈 Natijada meva eksporti qiymati bir yil davomida qariyb 6,9 mln AQSH dollariga oshdi. ✅ Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo meva mahsulotlarining tashqi bozorlardagi iqtisodiy salohiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi. ✅Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📊 Ўзбекистонда ЯТТлар сони 375 мингдан ошди: қайси ҳудудлар етакчи? 🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йил 1 июль ҳолатига Ўзбекистонда фаолият юритаётган якка тартибдаги тадбиркорлар (ЯТТ) сони 375 071 нафарни ташкил этган. 🇺🇿 Ҳудудлар кесимида ЯТТлар сони: Тошкент шаҳри — 58 088 нафар; Фарғона вилояти — 40 259 нафар; Самарқанд вилояти — 37 365 нафар; Тошкент вилояти — 35 173 нафар; Андижон вилояти — 31 683 нафар; Қашқадарё вилояти — 27 542 нафар; Наманган вилояти — 27 003 нафар; Бухоро вилояти — 22 383 нафар; Қорақалпоғистон Республикаси — 22 053 нафар; Сурхондарё вилояти — 20 302 нафар; Хоразм вилояти — 18 965 нафар; Жиззах вилояти — 14 339 нафар; Сирдарё вилояти — 10 286 нафар; Навоий вилояти — 9 630 нафар.
🌿 Qashqadaryoda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi xizmatlari barqaror o‘smoqda! 🏢Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlari) hajmi 28 591,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 105,4 foizga yetdi. 📊 Soha tarkibi, o‘sish ko‘rsatkichlari hamda tumanlar kesimidagi batafsil ma’lumotlarni infografika orqali kuzatishingiz mumkin. ✅Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📚 Qashqadaryoda ta’lim xizmatlari hajmi qariyb 878 mlrd so‘mga yetdi 🏢Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 877,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilga nisbatan 15,7 foizga o‘sdi. Bir yil davomida ta’lim xizmatlari hajmi 122,1 mlrd so‘mga ko‘paydi. ✅Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📊 Qashqadaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlarda oshmoqda 2026-yilda viloyatda jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 47 788,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 4,4 barobarga oshgan. Shuningdek, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 12 992,6 ming so‘mga yetdi. Hududlar kesimida sanoat hajmi ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar: 🔹 Nishon tumani – 25,4% 🔹 Qarshi shahri – 11,2% 🔹 G‘uzor tumani – 10,1% 📌Infografika orqali sanoat tarmoqlari, hududlar ulushi va asosiy statistik ko‘rsatkichlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Izoh: ma’lumotlar 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra shakllantirilgan. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
🍒 Ўзбекистон гилос экспорти бўйича дунёда 6-ўринда 🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь–июнь ойларида Ўзбекистон 11 та хорижий давлатга қиймати 57,9 млн АҚШ доллари бўлган 23,3 минг тонна гилос экспорт қилган. 🇺🇳 БМТнинг Comtrade халқаро савдо маълумотлар базасига кўра, 2024 йилда Ўзбекистон 32,2 минг тонна янги узилган гилос экспорт қилган. Экспорт қиймати 70,4 млн АҚШ долларини ташкил этган. 🤩 Мазкур натижа билан Ўзбекистон гилос экспорти ҳажми бўйича дунёда 6-ўринни эгаллаган. 📈 Ўзбекистоннинг 2016–2025 йиллардаги гилос экспорти ҳажми: 2016 йил — 29,2 минг тонна; 2017 йил — 30,6 минг тонна; 2018 йил — 33,8 минг тонна; 2019 йил — 16,8 минг тонна; 2020 йил — 31,3 минг тонна; 2021 йил — 60,8 минг тонна; 2022 йил — 25,4 минг тонна; 2023 йил — 45,0 минг тонна; 2024 йил — 32,2 минг тонна; 2025 йил — 31,7 минг тонна. 🌍 2024 йилда гилос экспорти ҳажми бўйича етакчи давлат ва ҳудудлар: Чили — 529,5 минг тонна; Гонконг (Хитойнинг махсус маъмурий ҳудуди) — 168,4 минг тонна; АҚШ — 84,2 минг тонна; Туркия — 66,5 минг тонна; Испания — 34,1 минг тонна; Ўзбекистон — 32,2 минг тонна; Греция — 28,0 минг тонна; Озарбайжон — 25,8 минг тонна; Австрия — 18,1 минг тонна; Молдова — 10,1 минг тонна.
📈 Qashqadaryoda tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2017-yildagi 14 347 tadan 2026-yilda 32 838 taga yetib, 2,3 barobarga oshdi. Shuningdek, korxonalar soni 18 491 taga ko‘payib, 129 foizga oshgan. Hududlar va faoliyat turlari kesimidagi asosiy ko‘rsatkichlar infografikada aks ettirilgan. Izoh: ma’lumotlar 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra shakllantirilgan. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📊 Qashqadaryoda xizmatlar hajmi 5,1 barobarga oshdi Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 10 698,0 mlrd so‘mdan 54 118,0 mlrd so‘mga yetib, 43 420,0 mlrd so‘mga ko‘paydi. 📌 Yetakchi hududlar va xizmat turlari bo‘yicha batafsil ma’lumot — infografikada. Izoh: ma’lumotlar 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra shakllantirilgan. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
🌍 Qashqadaryoda xorijiy korxonalar soni 200 tadan oshdi Viloyatda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 57 tadan 263 taga yetib, 4,6 barobarga oshdi. Bugungi kunda ular 34 ta davlat bilan hamkorlik qilmoqda. 📊 Hamkor davlatlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot infografikada. Izoh: ma’lumotlar 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra shakllantirilgan. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
без подписи
🏙 QASHQADARYO VILOYATIDA XIZMATLAR SOHASINING ASOSIY TURLARI BO'YICHA KO'RSATKICHLAR 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko'ra, 📊 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda 31 302,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 5 904,8 mlrd so‘mga ko‘p, o‘sish sur’ati esa 115,8 % ni tashkil etdi. ✨ E’tiborga molik jihatlar: 🍽 Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 10 473,3 mlrd so‘m 🔹 Umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi — 33,5 % 🔝 Eng yuqori o‘sish sur’ati me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinov va tahlil xizmatlarida qayd etildi — 143,7 % 🚘 Avtotransport xizmatlari hajmi — 3 924,8 mlrd so‘m 🔔Xizmat turlari bo‘yicha batafsil ko‘rsatkichlar bilan infografikada tanishing. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
❓Xizmatlar hajmi bo‘yicha qaysi hudud yetakchi? 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko'ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida 31 302,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Viloyat bo‘yicha o‘sish sur’ati 115,8 % ni tashkil etdi. 🏙 Eng katta hajm: Qarshi shahri — 5 076,9 mlrd so‘m 🚀 Eng yuqori o‘sish: Shahrisabz shahri — 126,3 % 📈 Tumanlar yetakchisi: Qarshi tumani — 1 263,6 mlrd so‘m Demak, xizmatlar hajmida Qarshi shahri, o‘sish sur’atida esa Shahrisabz shahri yetakchilik qilmoqda. 🔎 Qolgan hududlar ko‘rsatkichlarini infografikadan kuzating. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📈 QASHQADARYODA XIZMATLAR HAJMI 31,3 TRLN SO‘MDAN OSHDI 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 31 302,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 115,8 % ga yetdi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 389,1 ming so‘mga yetib, bir yil davomida 13,5 % ga oshdi. ✅ Batafsil ko‘rsatkichlar bilan infografikada tanishing. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
📊 Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni oshdi 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 27 419 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2 761 taga ko‘payib, o‘sish sur’ati 111,2 % bo‘ldi. 💡 Qiziqarli fakt: viloyatdagi har uchta kichik korxona va mikrofirmaning deyarli bittasi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda 10 281 ta subyekt faoliyat yuritib, jami sonning 37,5 % ini tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qarshi shahrida — 5 584 ta, eng yuqori o‘sish esa Ko‘kdala tumanida — 139,0 % qayd etildi. 📌 Batafsil ma’lumotlar — infografikada. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
🌱 🏭 QASHQADARYODA INVESTITSIYALARNING HAR IKKI SO‘MIDAN BIRI IKKI YETAKCHI YO‘NALISHGA YO‘NALTIRILDI 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda asosiy kapitalga 15 996,1 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi. ☝️ Qiziqarli fakt: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hamda ishlab chiqarish sanoatiga jami 8 001,1 mlrd so‘m, ya’ni barcha investitsiyalarning 50 foizi yo‘naltirilgan. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi bir yil davomida 16,2 foizdan 26,5 foizga oshdi. 📊 Yo‘nalishlar kesimidagi batafsil ma’lumotlar — infografikada. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
🏗 QURILISH ISHLARINING QARIYB 74 FOIZI — KICHIK BIZNES VA NORASMIY SEKTOR HISSASIGA 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida 9 432,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga jami 6 970,2 mlrd so‘m yoki 73,9 % to‘g‘ri keldi. 💡 Qiziqarli fakt: kichik korxona va mikrofirmalar bajargan qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari ko‘rsatkichidan qariyb 1,8 baravar ko‘p bo‘ldi. 📈 Yirik qurilish tashkilotlarida eng yuqori o‘sish Mirishkor tumanida qayd etilib, ko‘rsatkich 12,1 baravarni tashkil etdi. 📊 Batafsil ma’lumotlar bilan infografikada tanishing. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
🏗 QASHQADARYODA QURILISH ISHLARINING 75,3 FOIZI BINO VA INSHOOTLAR HISSASIGA TO‘G‘RI KELDI 🏢 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2026-yil yanvar–iyun oylarida bino va inshootlar qurilishi hajmi 7 099,9 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 121,1 % ni tashkil etdi. Fuqarolik obyektlarini qurish hajmi — 1 334,0 mlrd so‘m, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari — 999,1 mlrd so‘m. ⚡️ Batafsil ko‘rsatkichlar bilan infografikada tanishing. ✅ Bizni kuzatib boring 📱 Web-sahifa 📱 You tube 📱 Facebook 📱 Telegram
без подписи
без подписи