Khurshid Urokov
Статистика⚡️Yoshlarimizga kuchli ilm ulashamiz va 🇺🇿O'zbekistonni cho'qqilarga birgalikda olib chiqamiz!🏔🚀 Loyihalar: ▫️ @everestofficial ▫️ @everest_kids ▫️ @everestgoglobal ▫️ @everest_multilevel ▫️ @everestuzbekistan Murojaat uchun: @shahboz_ok
- Последний пост
- 29 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Языки (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 185
- 1/48двое суток
- 3 650
- 1/72трое суток
- 3 936
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
🎧Find music
🎯 Muvaffaqiyatsizliklarim muvaffaqiyatimga sabab bo‘ldi! | Rixsitilla Shukrullayev Bugunga qadar 400 dan ortiq 7.0+ natija chiqargan ustoz o‘qitishda qanday metodlarni qo‘llaydi? O‘quvchilariga nisbatan qattiqqo‘lmi yoki qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyada? 👀 Qolaversa, kandidatlarga reading, speaking, writing, speaking‘dagi muammolarga qanday yechim taklif qiladi? Barcha savolga javob — intervyuda! KO‘RAMIZ: 📱 https://youtu.be/lFsBy2cbwg4?si=uv6RM41pbtHlGGB6
без подписи
Tik-tak... ⏳
Haligacha "Ispaniya chiroyli shaxar, Afrika katta davlat!" deb yurgan bo'lsangiz tabriklaymiz siz dunyoqarashi nihoyatda tor inson ekansiz sababi Ispaniya shaxar emas, Afrikayam davlat emas va aynan mana shu reel siz uchun! Bugundan e'tiboran dunyoqarashni kengaytirish uchun kerak bo'lgan oddiy vazifalar haqida instagramda qisqa video darslar o'tmoqchiman! Sizda bu muammo bo'lmasa yaxshi lekin siz taniydigan boshqa inson boyagiday QO'YLANIB yurgan bo'lsa, darslarni ulashib qo'ying, yordam bersa savobga sherik bo'lasiz, Xudo xohlasa! Demak, birinchi dars - dunyoning siyosiy haritasi va undagi mamlakatlar ma'lumotlarini yaxshilab o'rganing! Haritadagi har bir qit'adagi mamlakat joylashuvi, uning potaxti, davlat tili, aholisi soni, aholi asosan qaysi dinga e'tiqod qilishi va iloji bo'sa u chegaradosh bo'lgan mamlakatlar ro'yhati kabi ma'lumotlarni o'rganib chiqing! Ishoning, bu o'ta muhim masala! Yevropani yuragida joylashgan musulmon mamlakati - Albaniya haqida deyarli ma'lumot yo'q sizda, masalan! Vakuumda yashayapsiz, dunyodan umuman oriyentir olishni bilmagan inson uyalishi kerak deb o'ylayman! Millat o'sishi uchun biz har bir inson darajasida bunga erishishib olishimiz kerak deb hisoblayman! Harita sotib oling, eng ko'p vaqt sarflaydigan xonangizga uni ilib qo'ying va xaritani o'rganish uchun alohida daftar tuting! Daftarda yuqoridagi ma'lumotlarni har bir mamlakat uchun alohida yozib chiqing, ularni yaxshilab o'rganganing, keyin esa kimdir sizni savol-javob ko'rinishida imtihon qilsin! Ukam - Shuxrat akalaring bilan pul yig'ib eng birinchi sotib olgan narsamiz dunyoning siyosiy haritasi bo'gan! Adashmasam, men beshinchi sinf, ukam uchinchi sinfda o'qir edi o'shanda, haliyam esimda Sherobodda eski ostanovka yonidagi kontselyariya do'konidan 800 so'mga olganmiz! Uni uydagi devorga osganmiz, alohida daftarlar tutib, har bir davlat profileini yaratganmiz va bir-birimizni imtihon qilganmiz! O'sha eski daftarlar haligacha uyda turipti, xohlasalaring ko'rsataman! Yaqinda ikkinchi va to'rtinchi sinfda o'qiydigan qizlarimga harita oberdimda shu topshiriqni berdim! "Agar haritadagi davlatlar ma'lumotlarini yaxshilab o'rgansalaring va meni imtihonimdan o'ta olsalaring Dubaiga olib boraman!" deb va'da berdim! Qizlarim topshiriqni bir oyda bajarishdi va va'daga vafo oilaviy Dubaiga borib keldik! Huddi shu topshiriqni xozirda EVEREST managerlari va solution jamoasi a'zolariga berganman, ularni shaxsan o'zim imtihon qilyapman, ko'pchiligi uje imtihonimdan o'tibam bo'lishdi! Avgust oyi oxirlarida ularni o'z hisobimdan Dubaiga olib borib kelaman, gdeto 30 kishi haqida gap ketyapti bu yerda! Aslida bu boshlanishi! Keyingi bosqich o'sha mamlakatlar aholisi tarkibi, iqtisodiyoti xususiyatlari, asosiy sanoatlari, dengizga dostupi bor yoki yo'qligi, umumiy tarixi va ayni damda dunyodagi mavqeini o'rganib chiqishdan iborat bo'ladi! Bu birinchi dars edi, ishoning, keyingi darslar ham nihoyatda muhim va sizga kerak, ularda nima haqida gapirishim esa syurpriz bo'lib qolsin! Kamina bu kontentlarni millatga ijtimoiy hissam qo'shilishi uchun qilyapman, instagramda obuna bo'lib kuzating va podderjkada bo'ling, katta rahmat! ✊️ Postni instagramda video ko'rinishda joylaganman, o'tib u yerda ham podderjkada bo'ling, azizlar: https://www.instagram.com/reel/DZ95T0Tgha4/?igsh=OGloMGUzZ2hhYWE3 P.S. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman, haqqimizga duo qilib qo'ying! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
EVEREST KPI TOP TEN IELTS INSTRUCTORS - NAMANGAN TEAM TRAININGS! 🔥 Toshkentdan Namangan manzillarimizga tashrif buyurgan har bir tajribali ustozimiz traininglari va mahorat darslaridan video lavha ko'rsata olmayapmiz lekin ularning har birlari jamoaga bebaho qiymat qo'shmoqdalar, azizlar! 🏔🚀 P.S. Butun EVEREST TEAM nomidan qimmatli vaqtini ayamasdan Namanganga kelib mahorat darslari tashkil qilayotgan barcha ustozlarimizga katta rahmat aytmoqchiman! Alloh sizlardan rozi bo'lsin! 💬 Telegram | 📹 Instagram
$ 80 000 dollar investitsiya qilingan EVEREST NAMANGAN SARDOBA manizili bilan tanishing, azizlar! 🏔🚀 💬 Telegram | 📹 Instagram
EVEREST KPI TOP TEN IELTS INSTRUCTORS - NAMANGAN TEAM TRAININGS! P.S. Soat 23.00dan o'tib ketgan bo'sayam traininglar avjida, xullas! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
EVEREST KPI TOP TEN IELTS INSTRUCTORS - NAMANGAN TEAM TRAININGS! P.S. Qiymat qo'shishga keldik, xullas! ✊️🏔🚀 💬 Telegram | 📹 Instagram
Yigit kishi oila qurishga tayyor ekanligining beshta muhim alomati mavjud! Ular quyidagilar: 1️⃣ Yigit kishi ayoli va farzandlariga ustoz bo'la oladigan darajada hayotiy tajriba orttirishi kerak! Ishoning, bu judayam muhim faktor, oilada ayolingiz va farzandlaringiz sizdan ko'p narsani o'rganishlari kerak! Oilada ota avtoriteti shunday shakllanadi! Ammo teskarisi bo'lsa, ya'ni ular sizga farosat va hayotdan dars berib o'tirsalar vaqti-soati bilan oilada "o'zi bor lekin yo'q" bo'lgan nominal personajga aylanib qolasiz! Buni esingizdan chiqarmang! 2️⃣ Yigit kishi to'liq moliyaviy mustaqil bo'lib pul jamg'arishni boshlagan bo'lishi kerak! Uylanish bo'ydoqlik davridagi bir oylik xarajatni 3-4 karra oshiradi odatda, xarajatlaringizda o'shancha orttira olyapsizmi demak tayyorsiz! Bundan oldingi videoda ta'kidlaganimiz kabi - otam boqadi, qaynatam boqadi deb fikr qilmang, unaqa tuban bo'lmang, iltimos! 3️⃣ Yigit kishi o'z emotsiyalarini nazorat qila oladigan nuqtaga kelgan bo'lishi kerak! Ya'ni, har xil hayotiy vaziyatlarda tez tutaqib ketmaydigan, og'irlik, vazminlik va sovuqqonlik bilan reakciya qiladigan darajada mukammal xarakter shakllantirishi kerak! Aks holda, turmushda bo'ladigan har xil ziddiyatli vaziyatlardan to'g'ri chiqib keta olmaydi! 4️⃣ Yigit kishi mas’uliyatni zimmasiga olishga odatlangan bo‘lishi kerak! Oila qurish — romantik his-tuyg‘ularning o‘zi emas, bu har kuni qabul qilinadigan qarorlar va bajariladigan majburiyatlardir. O‘z hayotini tartibga sola olmagan inson boshqa insonlarning hayoti uchun ham mas’ul bo‘lishga qiynaladi. Va’dasida turish, muammolardan qochmaslik, xatolarini tan olib tuzata olish — bular oilaning mustahkamligi uchun juda muhim fazilatlardandir. 5️⃣ Yigit kishi kimligini va hayotdan nimani istashini yaxshi tushunadigan darajaga yetgan bo‘lishi kerak! Chunki oilani ikki insonning vaqtinchalik hissiyotlari emas, balki umumiy qadriyatlari, maqsadlari va dunyoqarashi ushlab turadi. O‘zi nima xohlashini bilmagan odam ertaga turmush o‘rtog‘idan ham nimani kutayotganini aniq tushuntira olmaydi. P.S. Xullas, uylanishning asosiy me'zoni yosh emas, balki tayyorgarlik darajasi bo‘ladi. 20 yoshda bunga tayyor bo‘lganlar ham bor, 35 yoshda ham tayyor bo‘lmaganlar uchraydi. Oila qurish uchun pasportdagi raqamdan ko‘ra, insonning xarakteri, mas’uliyati va dunyoqarashi muhimroq. Postni instagramda video ko'rinishda joylaganman, o'tib u yerda ham podderjkada bo'ling, azizlar: https://www.instagram.com/reel/DZsKHOUMMbJ/?igsh=MWg2cXFrcmNqcHFrNw== P.S. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman, haqqimizga duo qilib qo'ying! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
Uylanish mavzusida yaqinda bir inson juda kulguli teoriyani aytib qoldi! Sizlarga ham ulashib qo'yay dedim! Xullas, teoriyani ahvolini qarang: "Vahli uylanaman, 40 yoshgacha dadam boqadi, 40 yoshdan keyin o'g'lim boqadi!" E'tibor bering nima deyilyapti: Yigit kishi iloji boricha tez uylanishi kerak, iloji bo'sa 20 yoshga to'lgunigacha uylansa va tezroq o'g'il farzandli bo'lsa, uni 40 yoshgacha dadasi boqadi, 40 yoshdan keyin 20 yoshga to'lgan o'g'li boqadi degan teoriya aytilmoqda bu yerda! To'g'ri, bu gapni menga hazilomus tarzda aytishdi lekin, uni eshitib miyyam portladi, to'g'risi! Bu kabi qo'shtirnoq ichidagi "nazariyalarni" jiddiy qabul qiladigan yigitlar kam emas ichimizda! Shunaqalarga videoni ulashib qo'ysangiz ham mayli! Maslahatim, hayotingizdagi eng muhim qarorni bunaqa tuban nazariyalarga asoslanib qilmang! Biz hech qachon bunaqa mayda fikrlaydigan millat bo'lmaganmiz! Ota-bobolarimiz dunyoqarashi bu darajada tor bo'lmagan, ilmi, zehni va aqli bilan dunyoni titratadigan insonlar bo'lgan, bizga yarashmaydi, xullas! Yigit kishi bir oila tizginini to'liq qo'lga olishiga amin bo'lganidagina uylanishga qaror qilishi kerak! Uni oila qurishga tayyor ekanligini esa meni nazdidmdagi beshta muhim alomati mavjud! Ularni batafsil tasvirlashim uchun bu video kamlik qiladi! Keyingi videoda ular haqida batafsil gapiraman, profilimga o'tib albatta eshting, siz uchun manfaatli bo'ladi, Xudo xohlasa! Videolarni qayerda va qachon olyabsiz deb so'rashdi mendan! Moshinani zaryadkaga qo'yib, kutayotib content ovoraman odatda! Xozir Bunyodkor Stadioni oldidagi parkovkadaman, masalan! Postni instagramda video ko'rinishda joylaganman, o'tib u yerda ham podderjkada bo'ling, azizlar: https://www.instagram.com/reel/DZsIP2GMr_8/?igsh=MXVjZHphejU3eGpucQ== P.S. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman, haqqimizga duo qilib qo'ying! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
Demak, Toshkent, Samarqand yoki Respublikamizning boshqa katta shaxarlarida birinchi uyini olish arafasida yurgan, xozirda ijarada yoki ota uyida yashayotgan yosh oilalar uchun 3️⃣, 4️⃣ va 5️⃣ - muhim maslahat, birinchi va ikkinchi maslahatlarni bundan oldingi postda aytib o'tganman! 3️⃣ Uchinchidan, siz sotib oladigan uy iloji boricha tayyor kadastrli yoki sizgacha kimdir yashagan uy bo'lsin! Ko'pam novostroykalar va bozordagi turli xil "jozibador" takliflarga qiziqmang! Novostroykalarga to'liq uy summasini to'lov qilib to'rt yildan buyon hali uyi bitmagan odamlarni taniyman! Siz uchun qiyinchilik tug'dirsa ham, qimmatroqqa tushsa ham "to'lov qildim - kalitni oldim" principi bilan uy sotib oling iloji boricha! Lavzsiz insonlar yoki firibgar tashkilotlar qurboniga aylanib qolmang! Sizku mayli ota-onanggiz va oilangiz uchun ortiqcha bosh og'rig'i, asabbuzarlik va umrni qisqartiruvchi bir baloga uchrab qolishingiz hech gap emas! 4️⃣ To'rtinchidan, iloji boricha uy uchun yetarli pulingiz yig'ilganida uni sotib olish payidan bo'ling! Kreditga olingan uy umringizni yeydi va eng kamida bozor narxidan 70-80%ga qimmatroqqa tushadi sizga! Bundan tashqari, o'zini qurivchi deb tanishtirayotgan lekin qurilish maydoniga hattoki bormagan "o'rtakash" kredit tashkilotlari ko'paygan xozir, ko'pchiligini ishlash principi Axmad boyniki bilan bir xil ya'ni qulashi aniq bo'lgan "piramida" bo'b yotibdi, unaqa tashkilotlar tuzog'iga ham tushmang! Hattoki bo'lib to'lash variantini ham o'ylab ko'rmang, vaqti-soati bilan to'lovni to'liq qilgan taqdiringizda ham uyni sizni nomingizga oformleniye qilish jarayoni muammo bo'lishi mumkin, eng yaxshi bo'lgan holatda ham uyni bozor narxidan ancha qimmatga olasiz, buni yodda tuting! 5️⃣ Beshinchidan, uy qidirish jarayonini oldinroqdan, o'zingizga mos keladigan uy qiymatining yarmicha pulni yiqqaningizda boshlang! "To'liq pulni yig'ib olay keyin qidiramanda!" degan hayol bo'lmasin sizda! Har taraflama to'g'ri uyni tanlab, sotib olish bu uzoq jarayon, u o'ziga yarasha bilim, mahorat va ma'suliyatni talab qiladi! Bo'sh vaqtlaringizda ko'chaga chiqing o'zingizga ma'qul hududlarga borib e'lonlar qidiring, online platformalardan foydalaning, uy sotayotganlar va quruvchilar bilan muloqot qiling, shartnomalar olib ularni yaxshilab o'rganib chiqing, sizni yo'lingizni bosib o'tgan insonlar bilan muloqotda bo'ling! Vaqti-soati bilan qarabsizki umuman aldab bo'lmaydigan "shustriy" mijozga aylanasiz va bozorni besh qo'lingizday tushunadigan bo'lasiz! Aynan o'sha momentiga kelganingizda sizda uyni sotib olish uchun yetarlicha mablag' ham yig'ilib turgan bo'ladi, Xudo xohlasa! Ishoning barcha qiyinchiliklaringiz o'tkinchi, hali uchinchi va to'rtinchi uylarga ham yetqazadi Xudo! Jarayonga jiddiy yondashib harakat qilsangiz bo'ldi, azizlar! Postni instagramda video ko'rinishda joylaganman, o'tib u yerda ham podderjkada bo'ling, azizlar: https://www.instagram.com/reel/DZm8ogOA29h/?igsh=MTR2YTNhdm91d3Fi P.S. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman, haqqimizga duo qilib qo'ying! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
Toshkent, Samarqand yoki Respublikamizning boshqa katta shaxarlarida birinchi uyini olish arafasida yurgan, xozirda ijarada yoki ota uyida yashayotgan yosh oilalar uchun beshta muhim maslahat bermoqchiman: 1️⃣ Birinchidan, sotib oladigan uyingizni shaxarlarning markaziy hududlaridan olishim kerak deb o'zingizni qiynamang! Yosh oilalar uchun birinchi masala tezroq uy sotib olib ijara yukidan qutilish va ko'proq pul jamg'arishni boshlash bo'lishi kerak, uyni shaxarni markazidan olish emas! Sal chekkaroqdan bo'sayam, kichkina, bir xonali bo'sayam tezlashtirib Vatanli bo'lib olishingiz zarur, xullas! Yosh oilalar dastlabki oladigan uylarida uzoq muddat yashamaydilar, odatda! Bitta yoki ikkita farzandli bo'lganingizdan keyin baribir kattaroq uyga ko'chishga majbur bo'lasiz! O'shanda shaxarni eng markaziy qismidan o'zingiz orzu qilgan, har taraflama qulay uyni olasiz! 2️⃣ Ikkichidan, uy sotib olish jarayoni bitta yosh oilani qo'lidan keladigan jarayon emas! Jarayonda kattaroq guruh ishtirok etishi kerak! Ota-onangiz, aka-ukangiz va opa-singillaringiz bilan birgalikda pul to'plashingiz kerak, azizlar! Eng zo'r va oson yo'li oila davrasida kichik kelishuv qilish va unga rioya etish bo'ladi! Ya'ni, butun oila pul yig'ib oldin uy eng kerak bo'lgan farzandga olib beradi va jarayonda aynan kimlar qancha pul qo'shganini aniq hisob-kitob qilib boradi! Birinchi uy olinganidan so'ng ikkinchi uyga harakat ham huddi shu ko'rinishda bo'ladi va birinchi bo'lib uy olgan oila a'zosi eng kamida o'ziga berilgan miqdorda pul qo'shadi! Toshkentdan birinchi uyimizni 2011- yilda olganmiz, aslida uni 2005-yillarda olishimiz kerak bo'lgan lekin o'sha davrlarda uylar narxi har safar karraga oshib ketavergan va 2011-yilga kelib, Toshkentdagi 3 000 dollarlik uylar 20 000 dollarga chiqib ketgan! O'shanda ikki xonali, 39 kvadratli kichkina uyni 19 800 dollarga olganmiz va u pulni dadam, onam, men va katta ukam birgalikda ishlab yiqqanmiz! Kichkina ukam bilan singlim hali maktabda o'qishardi o'shanda, ularni ishlab hissa qo'shishlari ilojsiz edi, xullas! Toshkentdagi keyingi uy ham huddi shunaqa tartibda ya'ni ko'pchilikni harakati bilan olingan! Postni instagramda video ko'rinishda joylaganman, o'tib u yerda ham podderjkada bo'ling, azizlar: https://www.instagram.com/reel/DZm69B2gUql/?igsh=MXEwMGRhcGFubmNwcw== P.S. Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman, haqqimizga duo qilib qo'ying! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
без подписи
Qarshi va umuman olganda Qashqadaryo ahli bizni o'zgacha mehmondo'stlik va iliqlik bilan kutib oldi, azizlar! Siz rasmda ko'rib turgan inson Qarshi shaxridagi Global Education in Karshi o'quv markazi hamda Iqtidor Xalqaro Maktabi asoschisi Sardorbek Sodiqov bo'ladilar! @sardorsodikov Qarshiga borgan kunimizni ertasiyoq Sardorbek biz bilan uchrashuv tashkil qilib butun jamoamizni mehmon qildilar va o'quv markazlariga office tour tashkil qilib berdilar! Kollegadan Qarshi va Qashqadaryo o'quv markazlari bozori o'ziga xosliklari va umuman olganda bizni qiziqtirgan barcha savollarga to'liq javoblar oldik! Sardorbek juda samimiy, dinyoqarashi keng va haqiqiy Vatanparvar inson ekanlar! Ko'p jihatdan fikrimiz bir joydan chiqdi! Kelgusida EVEREST va GLOBAL o'quv markazlari o'rtasida yanada keng qamrovli hamkorlik qilish va tajriba almashish tadbirlarini tashkil etishga kelishib oldik! ✊️ https://www.instagram.com/p/DZiFFdCjAZ1/?igsh=MWpkYWdlNnN6YWY5Zg== P.S. Qarshi shaxriga borib Sardorbek kabi do'st orttirib kelganligimiz eng katta yutuqlarimizdan biri bo'ldi deb hisoblayman! P.S.S. Mehmondo'stlik uchun katta rahmat, do'stim! Hammamiz uchun Qarshi safari o'zgacha iliqlik bilan yodda qoldi! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
Bugun Qarshi shaxrida 28 564 qadam yuribmiz, sal kam 21 kilometr bo'lar ekan! Shaxarni eng asosiy, aholi gavjum bo'lgan, Everest Qarshi manzilimizni ochishimiz uchun ma'qul bo'lgan qismlarini aylanib chiqdik! Kaminagacha EVEREST EXPANSION TEAM bir guruh a'zolari kelib shaxardagi bozorni yaxshilab o'rganib ketishgan edi! Bozor o'rganilgan bo'sayam, mavjud hot spotlar va tavsiya etilayotgan binolarni ko'rib chiqishimiz uchun uzoq vaqt yurdik! Shaxar hellishly hot bo'lsa ham, vaqt qanday o'tganini sezmay qolibmiz! Qarshi men tasavvur qilganimdan ancha kattaroq va obod shaxar ekan, o'quv markazlari bozori ham ancha shakllangan ekan! Bu yerda universitet talabalari va umuman olganda ilmga chanqoq yoshlar juda ko'p ekan! Xullas, Qarshiga EVEREST kerak ekan, duo qilib turingizlar, har taraflama qulay va ko'pchilikka manfaatli bo'ladigan manzil ochib qaytaylik! Kilometrlab yurishga keladigan bo'lsak, bu kamina uchun oddiy holat! Jamoa bilan shogirdlarim yaxshi biladi, Toshkentda ham 15-20 kilometrlab yuraman! Sizga ham ko'proq piyoda yurishni tavsiya qilaman, azizlar! P.S. Qarshida bizga mos keladigan bino egalarini tanisalaringiz va ularda bo'sh turgan joylar bo'lsa albatta xabar qilingizlar! Shaxsiy nomerimni berib yuborsalaringiz ham bo'ladi: +998935445145 💬 Telegram | 📹 Instagram
Assalomu Alaykum, qadrli EVERESTER shogirdlarimiz va faoliyatimizni kuzatib boruvchi O'zbekistonimiz ahli! EVEREST jamoasining bir guruh a'zosi Qarshi shaxriga yetib keldik! Ayni damda shaxardagi bozorni o'rganish va yangi EVEREST QARSHI manzilimiz uchun munosib bino tanlash bilan shug'ullanmoqdamiz! Biz bino va o'quv markazi egalari bilan hamkorlik masalasida uchrashuvlar tashkil qilishga ochiqmiz va aynan shu uchun Qarshiga kelganmiz! 1️⃣ O'quv markazlari egalari bilan hamkorlik, ular faoliyatini EVEREST tizimiga integratsiya qilish yoki biznesni sotib olish masalalarida muzokara olib borishni rejalashtirmoqdamiz! 2️⃣ Bino egalari bilan esa ijara masalalarini ko'rib chiqishni maqsad qilganmiz! EVEREST QARSHI manzilini Qarshi shaxrining markaziy qismlarida ochishni reja qilganmiz! Manzil uchun mos binosi bor siz tanigan insonlarga yangilikni yetqazing! Qolaversa o'quv markazlari egalari va boshqaruvchilariga ham xabar bering! Biz yaqin 4 kun mobaynida Qarshi shaxrida bo'lamiz! 🏔🚀 Kaminaga to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqaverishsin! O'zimam ayni damda Qarshidaman! ;) +998935445145 @urokovkhurshid EVEREST QARSHI manzili ochilishida ko'maklashgan barchaga jamoa nomidan katta rahmat aytib qolamiz! ✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
2️⃣ Siz uylanmoqchi bo'lgan ayol sizni oilangizga nisbatan haddan ziyod boyroq bo'lgan oila farzandi bo'lmasin iloji boricha! Sababi oilani baxtli bo'lishi uchun kerak bo'lgan eng asosiy jihatlardan biri bu er va uning ayoli birgalikda orzulariga erishishlaridir! Ya'ni, ayolingizni chet ellarga sayohatga olib borgan, unga birinchi moshinasini olib bergan va umuman olganda turmushigacha qilingan u yoki bu orzularini amalga oshirgan inson aynan siz bo'lishingiz kerak! Hamma narsasi bor, o'ta boy oilada o'sgan ayolni hayratda qoldirish qiyin, odatda, siz nima qilib bersangiz ham sizga mehr qo'ymasligi mumkin! Bu yerda umuman boy oila farzandlariga uylanish kerakmas ekan degan xulosa qilish noto'g'ri, kelajakdagi u yoki bu talabga javob berishga duxingiz yetsa bosish kerak! Prosto, agar qo'lingiz u yoki bu vaziyatda kaltalik qilib qolsa, keyinchalik o'zingizni chmo his qilib yurishingiz mumkin, shuni hisobga oling! 3️⃣ Siz uylanmoqchi bo'lgan qizning oilasida ota birinchi raqamli, avtoritet shaxs bo'lishi kerak iloji boricha! Oilada asosiy qarorlarni ota qilsa, oilaning qolgan a'zolari otani hurmat qilsa va umuman olganda ota oilada birinchi raqamli shaxs bo'lsa siz ham bo'lajak oilangizda birinchi raqamli shaxs bo'lasiz! Lekin, siz uylanmoqchi bo'lgan qiz oilasida ota nominal personaj ya'ni bor yoki yo'qligi ahamiyatsiz a'zo bo'lsa, oilada dama ko'zir bo'ladigan bo'lsa, iloji boricha unday muhitdan chiqqan qizga uylanmang! Uni tarbiya qilaman deb sochingiz oqaradi yoki siz ham nominal personajga aylanishga majbur bo'lasiz! Bu yerda fikrlar subyektiv ya'ni faqat kaminani shaxsiy fikri ekanligini hisobga oling va agarda sizda yaxshiroq argument bor deb hisoblasangiz albatta comment qismida yozing! Kamina o'qib chiqib fikr bildiraman! Katta rahmat, e'tibor uchun! https://www.instagram.com/reel/DZNQRMusfFt/?igsh=MTNlMmMweWh4NHR4OQ== P.S. Postni video ko'rinishida instagram sahifamga joyladim! Podderjkada bo'layotganlarga katta rahmat, yureydasizlar! ❤️✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram
Yuqoridagi va'da qilganim kabi, oila qurayotganda va jufti halol tanlanayotganda qaror to'g'ri qilinishi uchun men muhim deb hisoblagan uch faktorni sanab o'tmoqchiman! Aslida to'g'ri umr yo'ldoshi uchun talab qilinadigan sifatlar juda ko'p! Siz hayotingizni bog'lamoqchi bo'lgan ayol eng avvalo kuchli iymonli, ilmli, farosatli va tejamkor bo'lishi kerak! Kamina bu yerda yuqoridagi sifatlar haqida emas balki erkak kishi qaror qilayotganida hisobga olishi kerak bo'lgan uch muhim faktorni sanab ketmoqchiman! Demak, ular quyidagilardan iborat: 1️⃣ Imkon qadar o'zingiz tug'ilib o'sgan viloyat, tuman, shaxar yoki kerak bo'lsa mahallangizdan uylaning! Kamina milllatchi odam emasman, meni noto'g'ri tushunmang, Respublika bo'ylab yuradigan odam sifatida men yaxshi bilaman, dunyoqarashlar bir viloyatdan ikkinchisiga, hattoki tumanlar orasida ham farqlanadi va bu farq muammolar keltirib chiqarishi mumkin! Sizku mayli, ayolingiz bilan kelishib ketishingiz mumkin lekin ota-onalar va umuman olganda oilalar o'rtasidagi tushunmovchilikni hal qila olmaysiz, ishoning bu sizni oilangiz baxtining 50%i hisoblanadi, boshingiz janjallardan chiqmay qolishi mumkin! Masalan, Surxondaryolik oila bilan Andijonlik oilani quda bo'lishi ko'p taraflama mantiqqa to'g'ri kelmaydi, buni to'g'ri tushuning! Birinchidian dunyoqarashlar mutlaqo boshqacha, bundan tashqari, elementar to'y-ma'raka, bordi-keldilar ham muammo bo'ladi, har ikki tarafdan uzoqlashib qolishingiz mumkin! Kamina uylanish niyyatida 10dan oshiq kandidatlar bilan gaplashib ko'rganman, ular orasida Toshkent, Qashqadaryo va bo'shqa viloyatlarimizdan qizlar bo'lgan lekin taqdir taqozosi bilan Sheroboddagi uyimizdan besh minut uzoqda yashaydigan mahallamdagi qizga uylanganman, va xozir pushaymon qilmayman! Surxondaryoga borsam, ham yangalaringni va ham o'zimizni qarindoshlarni yo'qlab chiqamiz! Quda taraf ham oldindan biri-birlarini tanigan va yaxshi chiqishadigan oilalar bo'lgan! Ehtirosga ko'p berilmang, ota-onangizniyam o'ylang, ular boshqa viloyatlarga borib kimlargadir yalinib yurishmasin, ko'p holatlarda uzoqqa qizlarni berishmaydi baribir! Ota-onanggizni ovvora qilganingiz qoladi, xolos! Ularga ham rahmingiz kelsin, sizha yo'q deya olishmaydi, prosto! Ehtimol men noto'g'ri fikrlayotgan bo'lishim mumkin lekin, ishoning, sizga ancha avzali bo'ladi o'zingizni viloyatingizdan yoki tumaningizdan uylansangiz! https://www.instagram.com/reel/DZNLofdMqcF/?igsh=ZXc2aTdob3J1MDcw P.S. Postni video ko'rinishida instagram sahifamga joyladim! Podderjkada bo'layotganlarga katta rahmat, yureydasizlar! ❤️✊️ 💬 Telegram | 📹 Instagram