Yugurik xayollar
СтатистикаTuyqus kelgan fikrlar, xayollar va yengilroq postlarimni shu yerda ulashaman. Soyalar g‘oyadan ko‘proq bo‘ladi. Asosiy kanal: G‘oyalar va soyalar — https://t.me/khurshidyuldosh
- Последний пост
- 14 апр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“All the world’s a stage..” Hayotni sahnaga o’xshatish Shekspirdan boshlanmagan. Stoiklar ham uni sahnaga o’xshatishgan. Seneka: Hayot spektakl kabidir: uning qancha davom etishi emas, balki qanchalik yaxshi ijro etilgani muhim. Qayerda undan chiqib ketishing ahamiyatsiz. Istagan joyingda to‘xta, faqat yakuni xayrli bo‘lsin. Sahnadan tushmasam bo‘lgani deb, unda eshak rolini ijro etish ham mumkin.
Aqlli odam, aqli qayerda ojizlik qilishini ham biladi va tan oladi. Tanqidiy tafakkur esa taxminning to‘g‘ri chiqishi ehtimolini emas, xato chiqishi ehtimolini baholashdan boshlanadi.
Maktabga birinchi sinfga borganimda (1993) sinfxonadagi doska tepasida Navoiyning ramkaga solingan surati turardi. Suratda kirill va eski o’zbek yozuvida “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur…” bayti bor edi. Eski o‘zbek yozuvidagisi juda sirli tuyulardi. O‘zimcha chamalab harflarni topmoqchi bo’lardim. U vaqtda bu yozuv o‘ngdan chapga o’qilishini bilmasdim, so’zlarning harfini harfiga moslolmay tikilib o’tiraverardim. Keyin, Rahimboy Jumaniyozovning “Eski o‘zbek yozuvi” qo’llanmasini rahmatli dodam qayerdandir topib kelib bergandi. O‘sha kitobdan shu yozuvni mustaqil o‘zim o‘rganganman. O’sha doska tepasidagi surat tufayli. Shu yozuvni ko’rsam nostalgiya his qilaman.
Instagramda bittasi 40 ming so‘mlik kitobni ko’rsatib, sifatidan noliyapti: qog’ozi unaqa, illustratsiyasi bunaqa… Qancha to‘lasangiz, shunga yarasha sifat bo‘ladi. O’sha kitob qo‘lingizga yetib kelguncha noshirdan distributerga, undan do‘kondorga o‘tadi, hammasi o‘z haqini ustiga qo‘shadi. Kamiga soliqlar bor. Noshirga hech narsa qolmaydi. Shu turishda kitob qo‘lingizga 40 ming bo‘lib kelganining o‘zi mo‘jiza yoki kimnindir fidoiyligi. Sovet davridagi kitobni ko‘rsatib, sifati zo‘r bo‘lgan ekan deb laqillash kerak emas, u davrda kitoblar yaxshigina davlat mablag‘iga chiqarilgan. Xullas, kitob qimmatroq bo‘lsa voy-dod, arzon bo‘lsa yana voy-dod. Kitobdan pul ayamaydigan darajaga yetsak, ana o‘shanda ko‘rasiz, o‘zgarishni.
Даркнетда нималар тарқалди? Давлатнинг асосий OAuth аутентификация сервери бузилиши оқибатида Ҳукумат тизимларидан камида 15 миллион Ўзбекистон фуқаросининг шахсий маълумотлари даркнетга чиқиб кетгани айтилмоқда. Шунингдек, фуқароларнинг тиббий маълумотлари сақланган Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги (ИҲМА) тизими ҳам тўлиқ бузилган. Ички ишлар органларига тегишли шахсий маълумотларнинг тарқалиши ҳам электрон ҳукумат OAuth сервери бузилгани билан боғлиқ бўлиши мумкин. Яъни, оддий паспорт маълумотларидан тортиб, иш жойи ва тиббий тарихгача бўлган махфий ахборотлар ҳакерлар қўлига тушгани тахмин қилинмоқда. Даркнетда тарқагалгани айтилган файллар орасида бир қанча расмлар ҳам бор. Улардан бирида банкирлар — Ҳасан Раҳматов, Аюбхон Камолов ва рақамли технологиялар вазирининг биринчи ўринбосари Олег Пекос акс этган. @pressuzb
O’zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari O’zbekistondagi serverlarda saqlanishi kerak deb qonun chiqargan shularmidi?
Juda bir serma’no “multik” ekan: https://youtu.be/HTDdIO74BuA?si=_KOh8VRzGFaHF95Y
Issiq havo zichligi pastroq va yengilroq bo’lishini bugun maktabni bitirayotganlarning necha foizi biladi deb o’ylaysiz? (Yetarlicha ko’pchiligi bilishiga jiddiy shubham bor.) Ana shu birgina oddiy, elementar farq atmosferadagi aksar o’zgarishlarda namoyon bo’ladi. Butun hayotimizda, har joyda va har vaqt namoyon bo’ladi. Aytmoqchimanki, maktabda eng oddiy fizik, biologik yoki kimyoviy faktlarni o’rganmagan, tushunmagan odam hayoti davomida juda-juda ko’p hodisalarni tushunmay o’tadi. Har bir ilmning o’z fundamental sanoqli asoslari bor, ana shularni hamma bilishi kerak aslida, shunchaki, hayotimizning har qadamida yo’liqamiz ularga. Men formulalar, murakkab hisob-kitoblar haqida aytmayapman, hodisaning nimaligi, qanday kechishini tushunish, ma’lum darajada tasavvur qila olishni nazarda tutyapman.
Qishni, qorni, sovuqni yaxshi ko‘rardim. Hozir undaymas. Sovuq tushishi bilan elektr uzila boshlaydi, gaz pasayadi, yomg’ir yog’sa, suv toshib ketadi, shamol tursa, chang ko’tariladi, havo ifloslanishi karra-karrasiga oshadi… Kasalliklar haqida-ku… Har yil noyabrdan to aprelgacha oylarni yurtimizda “Urush mavsumi” deb atashni taklif qilaman. Urushdan eson-omon o’tvolilar, azizlar!
Ayni damda jonajon poytaxtimiz. Teparoqdan qarasa, ko’proq seziladi.
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining saraton bo‘yicha ixtisoslashgan agentligi — Xalqaro Saraton Tadqiqotlari Agentligi (IARC) havo ifloslanishi va uning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan zarracha — PM2.5 ni inson uchun kanserogen deb tasniflagan ekan. Ya’ni PM2.5 odamda ayrim turdagi saratonlar xavfini oshiradi, xuddi tamaki tutuni va asbest kabi. Xullas, jonajon hukumatimiz, havoni tozalash chorasini jiddiyroq ko’rmog’i darkor.
Sizlar ham Telegram’da shunaqa guruhlarga a’zomisizlar, unda bitta odam nimadir yozsa, hamma 👍🏻 bosadi, rahmat, bajariladi… kabi javoblar, tasannolar qatooor yoziladi. O’sha odam kim 👍🏻 bosmaganini, javob yozmaganini bilsa, uning ishida muammo boshlanadi. Shunaqa kasal odamlar va jamoalar bor.
Eslayapman, demak mavjudman! Behazil 😊
Vijdonli odamning nozik joyi vijdoni bo‘ladi.
Subyektiv fikr, subyektiv fikr… Fikr bo‘lgandan keyin subyektiv bo‘ladida. Agar obyektiv bo‘lganida “fikr” emas, “fakt” yoki “bilim” deb atalardi. “Obyektiv fikr” oksyumoron.
Qish bilan bog‘liq nostalgiyam: tong kech otadi. Uyg’onganingda ko‘chada qorni g’irchillatib bosib o‘tayotgan odamlarning qadam tovushi eshitiladi. Biroz o’tib qor suradigan traktor yo’l ochadi. Chetga surilgan qor darvoza oldini to‘sib qo’yadi. Hovliga chiqsang, ikki qarich qor qoplagan. Saharlab qor kuraysan…
Yarim tunda ko'chada mototsikl yo sport mashinasini tarillatib o'tadiganlar yo befarosat yo kimningdir arzandasi yoki ikkisi ham. Bular yo'l yoqasida yashaydigan minglab xonadonlardagi odamlar uyqusini buzadi, endi zo'rg'a uxlatilgan chaqaloqlar qo'rqib uyg'onadi, uxlashga qiynalib, arang ko'zi ilingan qariyalarning uyqusi qochadiyu tonggacha mijja qoqmaydi. Yo'l to'la kamera, shularni ham tiyib qo'yadigan mard bormikan bu yurtda? Shovqini ma'lum darajadan baland mashinalarni aholi yashaydigan joyda tunda haydashni taqiqlash kerak o'zi.
Badgumon odamning hatto tushlari ham gumonini tasdiqlayveradi. Nimaga ishongimiz kelsa, har yerda shuning tasdig’ini ko’raveramiz. Istaklarimiz, hislarimiz, manfaatlarimiz aqlimizni o‘zimizga sezdirmay boshqaradi. Fikrimizga “dalil” keltirsak, mana, aql bilan asoslayapman, dalillayapman-ku deymiz. Lekin nega aynan shu “dalil”ning vazni bor deb o‘ylaymiz, nega boshqasi emas? Dalillar ba‘zan haqiqatni emas, boshqa narsani ko‘zlab saralanadi. Buni anglashimiz ham, anglamasligimiz ham mumkin. Ayrim bahslarda aqllar emas, manfaat va istaklar bellashadi. Shuning uchun ham hadeb bahslashavermasdan, odam o‘zini vaqti-vaqti bilan taftish qilib turgani ham yaxshi.
без подписи
Agar seni millating sababli kamsitishsa, millatingni himoya qilish orqali aslida o‘zingni himoya qilasan. Bu aslo millatchilik emas. O‘zni himoya qilish egoizm bo‘lmagani kabi.