tgindex
Hammasi kitob haqida

Hammasi kitob haqida

Статистика
@kitoblarhaqidaКнигиузбекский

Kanalda diniy nashrlarga oid yangiliklar, kitoblar tavsifi, kitoblardan iqtiboslar, o'qishga rag'batlantiruvchi so'zlar, o'zbek tili imlosi va turli mavzularga oid shaxsiy mulohazalar berib boriladi.

Последний пост
16 авг.
Последнее чтение
06:02
Постов за неделю
3
Всего постов
54
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
736
+57 за 4 дн.
Сутки
+56
+8,24%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 002
40 постов
Вовлечённость
136,1%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 54
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
651
1/48двое суток
746
1/72трое суток
804

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 16 авг.1 5345739

    #shukr Quduqdaman, lekin Yusuf emasman. Ammo Yusufning Robbi mening ham Robbim.

  • Rabiul avval oyi - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug’ilgan oy muborak bo’lsin!🕌

  • #manhaj Insonning yaqin kishisi yoki biror tanishi vafot etadigan bo’lsa, avvalo, u bilan bo’lgan eng oxirgi muloqoti, eng oxirgi chiroyli lahzalarni eslaydi. Shundan kelib chiqib, Payg’ambarimiz alayhissalomning har bir namozni eng oxirgisidek o’qishni nasihat qilganlari kabi har bir kishi bilan ham oxirgi marta muloqot qilayotgandek munosabatda bo’lish hayotning ma’no-mazmunini tubdan o’zgartiradi, kimdandir ayrilganda ham kishi qalbida nadomat qoldirmaydi.

  • 9 авг.427596

    #tavsiya😅 Agar senga kimdir ozor beruvchi so’z otsa, sen unga atirgullarni otgin… …vazasi bilan albatta… …stolni ham unutma😌

  • 6 авг.1 0853113

    #qoida Ta’til - ilmdan dam oladigan emas, balki ilmda ziyodalik hosil qiladigan fursat. Ilm talabida yuradigan yigitlardan biri qachon ta’til yoki dam olish kuni beriladigan bo’lsa, kitob javonining oldiga kelar, agar dam olish kuni ikki kun bo’lsa, shu muddatda o’qib chiqishi mumkin bo’lgan kichik risola tanlardi. Agar ta’til uzoqroq davom etsa, shunga yarasha kitob tanlar edi. Ta’tilning o’ziga xosligi shundaki, unda kishi o’zi xohlagan ilmdan, o’zi qiziqqan mavzularda o’qib-o’rgana oladi. Shunday ekan, o’zini ilm yo’lida deb bilgan har bir kishi ta’tilni g’animat bilishi lozim.

  • 1 авг.1 5042610

    #voqelik Hozirgi zamonda o’zimizni qo’rishga va Allohdan panoh tilashga har doimgidan ham muhtojroqmiz. Zero, qalblarda Alloh taolodan rozilik hissi ozaydi, moddiyat uchun adovat qilish va unga kuchli xohish ommalashdi. Mol-mulkda boshqalarga qarab yashash, yaqinlar bilan ham, begonalar bilan ham o’zini solishtirish kuchaydi. Turli ijtimoiy tarmoq vositalaridagi holatlar voqelik deb qabul qilinmoqda. Bugun odamlar o’zlaridan ko’ra boshqalar bilan mashg’ullar. Ko’z tegishi haq, hasad esa shiddatlidir. O’zingizni, ahlingizni, Alloh bergan ne’matlarni mustahkam qo’rg’onga oling. Eshigingizni zikr va Allohga iltijo bilan yoping. Bilingki, ne’matlarni saqlab qolishning dastlabki yo’li uning Allohdan ekaniga iqror bo’lish va shukr qilishda. Inson gohida o’zining ne’mat ahlidan ekanini anglamaydi, oxiri ne’mat undan olib qo’yiladi. t.me/hanafiw

  • #tajriba Odam har safar buyuklarning huzuriga borganida, buyuk manzillarda bo’lganida ko’proq o’qib-o’rganmagani, ilm izlamay o’tkazgan vaqtlari uchun nadomat chekadi. Qani endi shu inson yoki makon yoxud hodisa haqida ko’proq bilganimda, maza qilib ziyorat qilgan bo’lardim, his-tuyg’ularim yanada ko’tarinki bo’lardi, deydi o’ziga o’zi. Xullas, vaqtida qadrlanmagan ne’matning kemtigi albatta kelajakda bo’y ko’rsatadi. Hech bir narsa - yaxshisi ham, yomoni ham - beiz ketmaydi.

  • 24 июл.1 156502

    Bugun Payg’ambarimiz alayhissalomga nechta salavot aytdingiz?

  • 22 июл.1 257336

    #himmat Buyuk tobeiy Masruq (vaf. hij. 62) Qur’onning birgina oyati tafsirini o’rganish uchun Basraga safar qildi. Basraga yetib kelgach, u kishi izlab kelgan olimning Shomga safar qilganini xabar berdilar. Masruq darhol narsalarini hozirlab, Shomga yo’l oldi. _____________________ Ular va bizning davrimizdagi ne’matlar tafovuti ajoyib-a?! Hozir hamma oyat tafsiri ma’lum, kitoblar to’lib-toshib yotibdi. Biz esa olis yurtlarga safar qilish u yoqda tursin, hatto kitob ochish uchun orta olmayapmiz.😢

  • 20 июл.9797410

    #araz Osh qiling, deb aytmadi, lekin guruchning yaxshi navidan uyga olib bordi. Buni tushundi va tuxum solib, osh qildi. Uyda go'sht yo'q edi, demadi. Xulosa: Gaplashmasdan yashash mumkin, lekin go'shtsiz osh yeyishga ham tayyor turish kerak.😅

  • 18 июл.1 21410

    без подписи

  • 18 июл.1 42010

    без подписи

  • 18 июл.1 1055110

    #تنبيه Ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli so'zlar yozilgan rasmlar yoki chiroyli gaplar aytilgan videolarda er va ayol yonma-yon, er imom bo'lib namoz o'qiyotgan holatlar ko'zga tushib turadi. Aslida erkak va ayolning bunday shaklda namoz o'qishlari durustmi? Hanafiy fiqhiga ko'ra, agar namozda erkak kishi bitta yoki bir necha ayollarga imomlik qilsa, ayollar safi to'liq bir saf orqada bo'lishi lozim. Ya'ni erkakning qadami turadigan joydan keyin ayolning sajda qiladigan joyi boshlanadi. Fatvo hay'ati fatvosi Shunga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarda ko'p kuzatayotganimiz erkak va ayol yonma-yon, ya'ni ayolning joynamozi biroz orqada holatda (suratdagidek) jamoat bo'lib namoz o'qishlari durust bo'lmaydi. Garchi ular dunyodagi eng baxtli juftlik bo'lsalar ham.🙂

  • Kim birinchi o’qib, ma’no tarjimasini yozadi?

  • #dialog - Dada, sizga dam olish berildimi? - Ha. - Qanchaga? - 1 oy, bo’ladimi? - Haa, 1 yil berilsayam mayliydi. - 😅😘

  • 13 июл.9156510

    #boʻlajak_kuyovlarga_lifehack Biror ishga baho berishda “yaxshi” so’zini ishlata ko’rmang, chunki ularning istilohida “yaxshi” so’zi “chidasa bo’ladi”, “o’rtacha” kabi ma’nolarni anglatadi. Sizga “qanaqa chiqibdi?” degan savol berilganida har doim “zo’r”, “gap yo’q” so’zlari bilan javob berishni unutmang.😊 Bir istiloh turli ilmlarda har xil ma’no anglatishi mumkin bo’lgani kabi oilada ham bunday so’zlar uchrab turadi. t.me/kitoblarhaqida

  • 11 июл.1 070356

    #manhaj Hozirgi zamon yoshlariga oson emas. Fikrlar qorishgan, to’g’rini noto’g’ridan ayirish mushkul bir zamon. Hozir ustoz va ilmning ahamiyati har qachongidan ham dolzarb. Baxtli va osonroq yashashning birdan bir yo’li ilmga, olimlarga, kitoblarga muhabbat qo’yish, o’rganish va o’rgatishda mujassam. ©️ t.me/kitoblarhaqida

  • Samarqand. Imom Buxoriy masjidi. Dunyo ulamolari jamlangan juma namozi. t.me/kitoblarhaqida

  • 8 июл.8612711

    Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi davom etadi. Ikkinchi kun. t.me/kitoblarhaqida

  • 7 июл.843277

    Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida kechki madaniy dastur. t.me/kitoblarhaqida