- Последний пост
- 24 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
😆😆😆
без подписи
https://t.me/English_Asliddin/64
https://t.me/English_Asliddin/64
let's fast for Gaza!
Termizdagi shogirdlarimizni taklif etamiz. Kelingiz savdo markazimizning ochilish konsertiga!
без подписи
Bir imom: "Qiyomatga yaqin Dajjol chiqib, ko'p odamlar unga ergashib ketarkan. Uni peshonasiga "kofir" deb yozilgan bo'larkan", deb ma'ruza qilayotsa, o'tirganlardan bir kashanda kishi: "Iye, qiziq bo'ldi-ku, peshonasiga "kofir" deb yozib qo'ysa ham odamlar ergashib ketaveradimi?!" deb ajablanibdi. Shunda haligi imom: "Ustiga "o'ldiradi" deb yozib qo'ysa ham sigaret olib chekyapsiz-ku, shunga o'xshaydi-da", degan ekan. t.me/kitoblarhaqida
ФАЛСАФИЙ ЛАТИФА Бир йигит донишманднинг олдига келиб: – Мен Оксфорд университети магистриман, Гарвард университети фахрий докториман, дунё фалсафаси бўйича номзодлик даражасига, қолаверса, мантиқ фани бўйича докторлик даражасига эгаман. Билимларимда мабодо “оқ доғ”лар қолган бўлса, ўшаларни ҳам тўлдириш учун сиздан бирор нарса ўрганмоқчиман , – дебди. Шунда донишманд: – Сенга бирор нарса ўргатиш бефойда. ~ Бефойдами ёки ўргатишга илмингиз етишмайдими? – кулибди йигит. – Майли, сенга мантиқ бўйича битта савол бераман, агар унга тўғри жавоб берсанг, сени шогирд сифатида биринчи синфга оламан, – дебди донишманд. – Эшит ўғлим, мантиқ бўйича савол: икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради? Йигитнинг жаҳли чиқибди: – Шу ҳам саволми, шу ҳам мантиқми, ахир буни оми одам ҳам билади-ку, албатта бети қора бўлганида! – Йўқ, сен адашдинг, – дебди донишманд. – Мана, мантиқан ўйлаб қара. Иккаласи мўридан тушди ва бири бирини бетига қарадилар. Бети қора шеригини бетига қараса, у тоза, ўзини ҳам бетини тоза деб ўйлайди. Иккинчиси эса шеригини бетини қоралигини кўриб, ўзини ҳам шундай ўйлаб, бетини ювгани боради-да. Бети тозаси боради. – Ҳа, бу томонини ўйламабман. Майли, яна бир савол беринг-чи. – дебди йигит шашти тушиб. – Майли, эшит, яна битта мантиқий савол, – дебди донишманд. – Икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради? – Вой, устимдан кулаяпсизми, ҳозир аниқлаб олдик-ку, албатта бети тозасида. – Йўқ, яна адашдинг, – дебди донишманд. – Мана, ўзинг мантиқан ўйлаб қара. Бети тоза инсон шеригини бетини кўриб ювингани боради. Иккинчиси эса ўзининг ҳам бетини қоралигини сезиб у ҳам ювингани боради. Иккаласи ҳам ювингани боради – Ҳа, мен яна бунисини ўйламабман. Яна битта савол мумкинми? – дебди йигит секингина. – Майли, эшит: икки киши бир мўридан тушишди. Бирининг бети қора бўлди, иккинчисиники эса тоза. Қани айт-чи, қайси бири бетини ювгани боради? – Ахир аниқладик-ку, иккаласи ҳам боради-да! – дебди йигит асабийлашиб. – Йўқ, яна топа олмадинг. Мантиқан ўйламаяпсан! Бети қораси шеригини бетини тозалигини кўриб, ювгани бормайди. Иккинчиси эса бундан ўзининг бетини тозалигини билиб, у ҳам бормайди. Демак, иккаласи ҳам бормайди. – Хўп майли, мен енгилдим. – деб таслим бўлибди профессор. – Лекин мен сизга шогирд бўлиб, ўргатаётганингизни ўзлаштира оламан. Бошқа бирор нарса сўранг. Донишманд: – Икки киши мўридан... – Бўлди, бўлди ахир билдик-ку, мантиқан иккаласи ҳам бормайди-да. – Йўқ, сен мантиқан адашдинг. – Сенинг “Мен ҳамма нарсани биламан” деган фикринг, сени кўр қилган. Сен оддий ҳақиқатни кўрмаяпсан. Сен устозингни эшитмаяпсан. Ахир ўзинг мантиқан ўйлаб қара, қандай қилиб бир мўридан тушган икки инсоннинг бирини бети тоза, иккинчисиники эса қора бўлиши мумкин. Ушбу саволнинг ўзиёқ мантиқсиз эди. Сен шундай мантиқсиз саволларга жавоб қидирсанг, ҳаётингда мантиқ қолмайди. Сен бошиданоқ хато йўлда эдинг. Ўрганиш учун келдингми, ўрганишга тайёр бўл. Асосийси, мақсадни кўздан қочирма. Мантиқсиз, кераксиз нарсани изидан қувма. Тўла идишга сув қуйиб бўлмайди. Сен ўзингча тўласан, сенга билим қуйиб бўлмайди, тўкилиб кетади. Сен аввало идишингни бўшат, билим олиш учун, ўрганиш учун тайёр бўл. Ўзингдан олдин ушбу йўлни босиб ўтган, сен бормоқчи бўлган манзилга борган инсонни эшитишни, уни сўзсиз қабул қилишни ўрган.
🙂Shayx Alijon Qori Sizga ham bir kuni shunday qo’ng’iroq nasib qilsin. 📹🌐✅@AbdulHadiyHafiz
O’zbekistonda mashina ishlab chiqarilsa - mashinalar qimmatlashadi, maishiy texnika ishlab chiqarilsa - maishiy texnika qimmatlashadi, telefon ishlab chiqarilsa - telefon qimmatlashadi va uni olib kirishga suniy monopoliya Uzimei yaratilib fuqaro va bojxona ishchilariga ortiqcha ish ko’paytiriladi. Bularni hammasi samarasiz ishlab chiqruvchilarni - iqtisodiyotga zarari bo’lsa ham moliyalashtirish uchun qilinadi. https://t.me/the_bakiroo/9738
Aytish joizki, O'zbekiston hali ham JST a'zosi emas, JSTga kirgunimizcha tashkilot ham yo'q bo'lib ketishi hech gap emas. Boz ustiga ko'pgina savdo masalalarida eng yopiq, eng qiyin mamlakatlar qatoridamiz, savdo va investitsiyalar bundan ham qiyin bo'lishni xohlayotganlarni tushunishim qiyin bo'lyapti. Normal mamlakatlar ichida, bizdan xalqaro savdoga yopiqroq joylar bormi o'zi? Shundoq ham, tabiatan dengizlardan uzoqmiz, tabiatan katta iqtisodiy markazlardan uzoqda joylashganmiz, bizni undan ham chetroq burchakda bo'lishimiz - katta muammo bo'ladiku. Odatda, savdo va investitsiyalarni cheklash bu bir jazo - "sanksiya" deyiladi. Agar deylik AQSh yoki Xitoy o'z tadbirkorlariga O'zbekistonda tijorat qilishga yoki investitsiya kiritishga taqiq qo'ysa - bu yomon narsa bo'lar edi. Rossiya urush qilgani uchun, unga qarshi bu chorani jazo tariqasida ayrim mamlakatlar qo'llashdi. Biz esa, o'zimiz o'zimizga sanksiya kiritmoqchi bo'lganlardek gapirmoqdamiz. Ya'ni "kelmasin xorijlik tadbirkorlar" deb. Shundoq ham chetdan keladigan investitsiyalar boʻyicha orqada qolgan davlatlardanmiz. Shundoq ham turli sabablarga koʻra Oʻzbekistonda katta xorijiy korxonalar faoliyat yuritishga ham, sarmoya kiritishga ham unchalik qiziqmaydi. Texnologik taraqqiyot bobida ham ancha kechikkanmiz, shu bois rivojlangan o‘lkalardan texnologiya yoki investitsiya kirsa xursand bo‘lishimiz kerak. Agar oʻz qozonimizda oʻzimizni qaynatib, chegaralarni berkitsak va proteksionizm ko'lmagimizda qolib ketaversak - xavfsizlik nuqtai nazaridan ham juda qiyin ahvolda bo'lib qolamiz. Irqchilik esa har holda yomon narsa. Dunyo juda keng va u nol-summa oʻyini emas: kimdir foyda koʻrsa, boshqasi zarar koʻrishi shart emas. Dunyodagi qiymat cheklanmagan. https://t.me/uzbekonomics/1149
Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida yashaganim uchun boʻlsa kerak, shu mavzu haqida bir oz oʻylab qoldim. Amirliklar aholisining 90 foizdan ortigʻi – kelgindilar. Oʻzbekiston esa xorijliklarga deyarli vaqtincha yashash huquqini bermaydi (amalda deyarli imkonsiz), Amirliklar esa buni osonlikcha taqdim etadi. Shu bois, Amirliklardagi aksar biznes egalari, kutilganidek, chet elliklar; mahalliy aholining asosiy qismi esa ko‘proq davlat idoralarida faoliyat yuritadi. Dunyoning har turli burchagidan kelgan odamlar oʻz biznesi va tijoratini rivojlantirib, Amirliklarni boyitishga hissa qoʻshib kelishyapti. Ular orasida eng koʻp migrantlar Janubiy Osiyodan – masalan, Hindiston, Bangladesh, Pokistondan. Baʼzan tijoriy muassasalarda oʻz tillarida ham yozishmalarini koʻrish mumkin. Masalan, doʻkon peshlavhasida arabcha va hindcha, yoki koʻpincha arabcha va inglizcha kombinatsiyasi. Doʻkonga yoki korxonaga kirsangiz, oʻsha yerda arabcha bilmaydigan odam bo‘lishi hech gap emas (qaysi turdagi biznes yoki ishlab chiqarish ekaniga bogʻliq). Xitoy tilida yozuvlar ham uchrab turadi. Masalan, bir safar o‘zbek oshxonasiga kirganimda menyu rus va ingliz tillarida edi, arabcha versiyasi koʻzga tashlanmadi (balki bordir, lekin men koʻrgan paytda faqat shu ikki tilda edi). Shahar koʻchalarida har bir millat, irq va din vakillari hech qanday cheklovsiz, oddiy tijoriy faoliyatda qatnashayotganini koʻrasiz. Koreyscha taomxonada ham, Efiopcha taomxonada ham boʻldim – ikkisida ham asosan oʻsha millatning vakillari ishlaydi, oʻsha millat vakillari ovqatlanadi, mahalliylar deyarli uchramaydi. Qarasangiz, hammasi mamnun, tinch va farovon. Singapur va AQSh kabi rivojlangan boshqa davlatlarda ham chet ellik biznesmenlar, ishchilar va mehnat muhojirlari yaxshi qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim mulohazalarni koʻrib esa, rosti, buni ruslarning oʻzbeklarga qilgan ayrim kamsitishlariga oʻxshatib yubordim. Masalan, biz ham xitoylik yoki hindistonlik ishchilar va tadbirkorlarga qarshi xuddi oʻzimizga nisbatan qilinadigan munosabatni qilayotgan emasmizmi? Rossiyada oʻzbeklar uy-joyni ijaraga olish yoki sotib olishda diskriminatsiyaga uchrayotgani, “faqat slavyanlarga” kabi eʼlonlar borligi aniq. Shunga oʻxshash chaqiriqlarni men yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham koʻrdim: “chet ellik, masalan, xitoyliklarga mol sotmang, ijaraga bermang,” kabi. Bunday xatti-harakat nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki axloqiy jihatdan ham xunuk ish. Bu diskriminatsiyaga undayotganlarning mantiqini tushunmayman. Nimadan qoʻrqishyapti, nima asosga tayanyapti oʻzi? Xitoyning tashqi siyosatini tanqid qilishga ehtiyoj bordir – bu yerda ham Uygʻurlar bilan bogʻliq juda ayanchli masalalar haqida bir necha bor yozganman. Albatta, bu hukumat darajasida qilingan yomon ishlar. Ammo xitoylik tadbirkorlar yoki ishchilar Oʻzbekistonga kelishidan tahdid koʻrayotganlar, menimcha, Oʻzbekiston xavfsizligi haqida jiddiy o‘ylamayapti. Mamlakat qanchalik qoloq va kambagʻal boʻlsa, uni bosib olish shunchalik oson. Xitoy oʻzi ham oʻrta asrlardan keyin yopiqlik siyosatini yuritib, portlarini yopganidan keyin, ancha kichik Yevropa davlatlari tezda uni bosib olishga muvaffaq boʻlgan. Agar vatan kelajagi va uning xavfsizligi haqida qaygʻursak, birinchi navbatda iqtisodiy va texnologik qoloqlik ustida ishlashimiz kerak. Qoloqlikning sabablarini aniqlab, ularga barham berish yoʻllarini izlashingiz lozim. Xitoy ham Maoning oʻlimidan soʻng dunyoga yuz tutdi; har tarafdan tijoratchilar kelib, uni rivojlantirishdi.
Агар инглиз тилида гапиришни тўғридан-тўғри браузерда машқ қилмоқчи бўлсангиз, мана сизга AI суҳбатдош. Қиммат репетитор ҳам тез орада кераксиз бўлиб қолади. Гаплашиши жуда табиий. https://www.sesame.com/research/crossing_the_uncanny_valley_of_voice
Ko'p o'rinlarda qulog'imizga chalinib qoladigan iboralardan misol keltirmoqchiman. "Vaqt juda tez o'tmoqda, hech narsaga ulgurmayapman", "hech kitob o'qiy olmayman, nega ekan-a?" kabi gaplarni ehtimol siz ham aytgandirsiz. Shaxsan men o'z mehnatim samarasizligidan…
Ko'p o'rinlarda qulog'imizga chalinib qoladigan iboralardan misol keltirmoqchiman. "Vaqt juda tez o'tmoqda, hech narsaga ulgurmayapman", "hech kitob o'qiy olmayman, nega ekan-a?" kabi gaplarni ehtimol siz ham aytgandirsiz. Shaxsan men o'z mehnatim samarasizligidan ko'p noliyman. Aslida bunga sabab bo'luvchi omillar ko'p bo'lsada Ustozation tomonidan tayyorlangan RAQAMLI EPIDEMIYA nomli video meni xuddi elektroshocker bilan urgandek uyg'otdi. Sizlarni ham voqelikdan xabardor qilish uchun, agar siz ham "asir" bo'lsangiz, birga qutilish uchun jahd qildim. Gap nimada ekanligini videoni to'liq ko'rgach anglaysiz. Bitta vazifa: videoni bir o'tirishda ko'rib tugatishga urinib ko'ring, agar uddalay olmasangiz necha marta uzilishlar bilan ko'rganingizni qayd etib qo'ying. Ertaga iftorlikdan keyin bu haqda chuqurroq gaplashamiz! Video: https://youtu.be/itkUJSYrg1U?si=uFFx07pW1UISBzaK
Assalomu alaykum hammaga, so'nggi kunlarda Ustozation tomonidan tayyorlangan propaganda nomi ostidagi videolarni ko'rish va izchil tahlil qilish bilan bandman. Kanalimni kuzatadigan va shu bilan birga instagramni faol foydalanuvchisi hisoblangan siz yoshlar bilan bir kichik survey qilmoqchiman. Xohlovchilar + qo'ysin.
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=vuSDfdtyhXZn7IkC
Davlat idoralariga ayniqsa Gayiga borsam, o'zimni migrant, kelgindidek his qilaman. Tovba qildim 🤕
💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠 Assalomu alaykum guys! Online 0 dan gurux ochayapman! Dars xaftada 3 kun 21:00 da bo’ladi! ⏰Oylik to’lov 200.000 so’m! 🌐 Guruxga maximum 20 kishi olinadi! ❗️ har biringizga individual yondashilinadi (offline darslardek) ❗️ O’tilgan mavzulardan doimiy testlar! ❗️ Ishlaysizmi? Kurslarga borishga vaqtingiz yo’qmi unda bu siz uchun Ingliz tilini o’rganib maqsadlaringizga erishishingiz uchun ajoyib imkoniyat! Murojaat uchun: @sirojiddin_044 tell: +998888100747