ТАҒО ТАЙМ
СтатистикаҚўрқсанг айтма! Айтсанг қўрқма! Tijoriy hamkorlik uchun @Venkonpr Murojaat uchun @tago_gapbor_bot
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 284
- 1/48двое суток
- 325
- 1/72трое суток
- 351
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
"Love is..." saqichi ortidagi sir... "Love is..." saqichi, uning ichidagi samimiy rasmlar va muhabbat haqidagi sodda ta'riflar bilan butun dunyoga, jumladan, 1990-yillarda MDH mamlakatlariga ham juda mashhur bo'lgan. Biroq, bu yoqimtoy va beg'ubor rasmlar ortida g'amgin va ayanchli sevgi qissasi yotadi. 1960-yillarning oxirida yangi zelandiyalik rassom va multplikator Kim Kelli (Kim Casali) Los-Anjelesga ko'chib o'tadi. U yerda u italiyalik moliyachi Stefano Kasali (Stefano Casali) bilan tanishib, uni sevib qoladi. Kim o'z tuyg'ularini so'z bilan ifodalashga tortinardi. Shuning uchun u Stefano uchun kichik salfetkalar va qog'oz bo'laklariga qora-sochli yigitcha va jingalak sochli qizchaning sarguzashtlari aks etgan kichik rasmlar (komikslar) chiza boshlaydi. Har bir rasm ostida u "Love is..." (Sevgi bu...) deb boshlanadigan va sevgining kichik daqiqalarini tasvirlaydigan iboralarni yozib qo'yardi (masalan: "Sevgi bu — u pishirgan ovqatni yoqmasa ham yeyish", "Sevgi bu — birga qarish"). Stefano bu sovg'alarni juda qadrlaydi va ularni asrab qo'yadi. 1971-yilda ular turmush qurishadi. Stefano rafiqasining iqtidorini ko'rib, bu rasmlarni gazetalarda nashr etishni taklif qiladi. Komikslar birpasda mashhur bo'lib ketadi va Los Angeles Times gazetasida chop etila boshlaydi. Keyinchalik bu rasmlar futbolkalar, krujkalar, sochiqlar va oxir-oqibat Turkiyaning "Kent" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan saqichlar ichidagi stikerlarga aylandi. Er-xotin baxtli hayot kechirib, ikki nafar farzandli bo'lishadi. Biroq, 1975-yilda oilaga og'ir musibat tushadi: Stefano Kasaliga saraton (rak) kasalligi tashxisi qo'yiladi. Kim eriga qarash va uning yonida bo'lish uchun komikslar chizishni to'xtatadi. U komikslarni davom ettirish uchun britaniyalik rassom Bill Aspreyni (Bill Asprey) yollaydi. Afsuski, barcha harakatlarga qaramay, Stefano 1976-yilda, bor-yo'g'i 31 yoshida vafot etadi. Eri vafot etganidan keyin Kim boshqa hech qachon turmush qurmadi. U butun umrini bolalarini tarbiya qilishga va erining xotirasiga bag'ishladi. 1996-yilda Kim Kellining o'ziga ham saraton tashxisi qo'yildi va u 55 yoshida vafot etdi. Bugungi kunda biz saqichlar ichida ko'rib yurgan "Love is..." rasmlari shunchaki sotuv uchun o'ylab topilgan marketing loyihasi emas, balki bir ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz va samimiy muhabbatining abadiylashgan timsolidir. @hamzajumayev
Mustaqillik bayramida 5 kun ishlaydiganlar 4 kun (29-avgustdan 2- sentabrgacha), 6 kun ishlaydiganlar 3 kun (30-avgustdan 2- sentabrgacha) dam oladilar. 2.09.2026 hamma uchun ish kuni. Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Eng qimmat suv Suzishga boradiganlar yaxshi biladi. Odam tinimsiz suzgan sari og'zi quriydi, chanqaydi. Buning ustiga ertalab tura solib bir qoshiq zaytun yog'iga bitta vitamin D3 ni "zakuska" qilmaganmanmi, bir hovuz suv ichra biram suvsasam deng. Sezgandek, qirg'oqqa kelishim bilan murabbiyim Farrux stakanda suv tutib turibdi ku. Buncha malades bu bola devordim. O'zi 3 qultum suv, lekin har borib qaytishimda bir ho'plamdan 3 martada tugatdim. Natija ajoyib! 50 daqiqada 2000 metr. Nega buni yozyapman? Bugun menga shunchaki yo‘l-yo‘riq emas, qiymat berildi. O‘z vaqtida odamini topib berilgan qiymat esa yuqori baholanadi doim. Xuddi men 150 gramm suv uchun murabbiyimga 200 ming so‘m bilan javob qaytarganim kabi. 😉 Efirda "Tag‘o taym" @hamzajumayev
Охирги ойларда солиқ мавзусидаги таклифлар кетма-кет келяпти. Омонат фоизларига солиқ. Дивиденд ставкасини кўтариш. Даромадга қараб даражали шкала. Ҳар бир таклифнинг ортида битта жумла турибди: бюджетга пул керак. Ман бир неча ойдан бери Австрия иқтисодиёт мактабини ўқияпман. Ва ўқиган сари битта фикр аниқроқ бўляпти: асосий савол солиқ ставкасида эмас. Асосий савол харажатда. Рақамлар билан кўрсатай. 30 июль куни Фискал таҳлил институти жисмоний шахсларнинг банк омонатлари фоизига 5 фоизли солиқ солиш ғоясини илгари сурди. Ҳисоб-китобга кўра, бу бюджетга йилига тахминан 1,4 трлн сўм келтириши мумкин. Рақам катта эшитилади. (Аниқлик учун: бу ҳали қонун лойиҳаси эмас, таҳлилий таклиф холос.) Энди ёнига иккинчи рақамни қўяйлик. Шу йилнинг июлида 2026 йил учун консолидациялашган бюджет харажатлари прогнози 567,7 трлн сўмдан 638,4 трлн сўмгача оширилди. Битта тузатишда — 70,7 трлн сўм. Яъни омонатчилардан йиғилиши кутилаётган бутун бошли янги солиқ, харажатларнинг битта қайта кўрилишидан тахминан эллик марта кичик. Ўша тузатишни қоплаш учун эллик йил давомида омонат фоизидан ушлаб қолиш керак бўлади. Ман таклиф муаллифларини айбламоқчи эмасман — уларнинг иши ҳисоблаш. Ман бошқа нарсани айтмоқчиман: идишга сув қуйиш тезлигини ошириш ўрнига, аввал тешикни қидириш керак. Австрия мактаби айнан шу нуқтада қатъий туради. Мизеснинг фикри содда: давлатнинг ўз пули йўқ. У кимгадир бермоқчи бўлган ҳар бир сўмни аввал бошқа биров дан олиши шарт. Демак давлатнинг ҳақиқий оғирлиги — у қанча солиқ йиғгани эмас, қанча сарфлагани. Солиқ ставкаси эса шунчаки ҳисобни ким тўлашини тақсимлайди. Ҳисобнинг ўзини эмас. Ҳайек «Эркинлик конституцияси»да прогрессив солиққа бутун бир боб ажратган. Унинг хулосаси кутилмаган: прогрессив шкала бюджетга ваъда қилинганидан анча кам пул келтиради, чунки юқори ставкага тушадиганлар доим оз сонли бўлади. Лекин у бир нарсани кафолатлайди — кўпчилик озчилик учун ставка белгилаш ҳуқуқини қўлга киритади. Ва бу ҳуқуқни чеклайдиган ҳеч қандай принцип қолмайди. 30 фоизми, 45 фоизми, 60 фоизми — жавоб фақат овоз бериш билан аниқланади, ҳисоб-китоб билан эмас. Омонатга солиқ масаласида эса капитал назарияси ишлайди. Ҳар қандай ишлаб чиқариш занжири жамғармадан бошланади: кимдир бугун истеъмол қилмайди, пулини қолдиради, ўша пул завод, склад, дастур ва иш ўрнига айланади. Жамғармага солиқ солиш — занжирнинг бошига солиқ солиш. Беҳзод Ҳошимов буни жуда аниқ айтган: уруғликни эмас, ҳосилни солиққа тортиш керак. Бизда эса уруғликнинг ўзи етишмайди. Июнь ҳолатига аҳоли омонатлари 178 трлн сўм — ЯИМнинг атиги 9 фоизи. Қозоғистонда бу кўрсаткич 17 фоиз, Арманистонда 29, Чехияда 50. Биз жамғармаси ортиқча мамлакат эмасмиз. Ва етишмайдиган нарсага солиқ солиш — ғалати стратегия. Бу ҳолат манга таниш, чунки бизнесда деярли ҳар йили шу танлов олдида тураман. Asaxiy'да маржа сиқилганда икки йўл бўлади: нархни кўтариш ёки харажатни камайтириш. Биринчи йўл осон кўринади — таблицада битта катакни ўзгартирасан, натижа дарҳол чиқади. Лекин у фақат таблицада ишлайди. Реалда харидор нархни кўради, саватни ташлаб кетади ва рақобатчига ўтади. Буни ўз тажрибамизда бир неча марта кўрганмиз. Шунинг учун иккинчи йўлга қайтамиз: логистика, ижара, харид шартлари, ортиқча жараёнлар. Узоқ, зерикарли ва ноқулай иш. Ҳеч ким уни ёқтирмайди. Лекин компанияни ўшагина сақлаб қолади. Давлат билан бизнес ўртасидаги асосий фарқ ҳам шу ерда. Бизнесни бозор мажбурлайди. Давлатни ҳеч ким мажбурламайди — у нархни қонун билан кўтара олади ва харидор кетиб қола олмайди. Тўғрироғи, кетиб қолади, фақат бошқа йўл билан: нақд пулга, долларга, олтинга, кўчмас мулкка, кўланка иқтисодиётга. Бозорни қонун билан мажбурлаб бўлмаслигини биз аллақачон бир неча марта кўрганмиз. Ман солиқ керак эмас демаяпман. Мактаб, шифохона, йўл — буларнинг ҳаммаси пул талаб қилади. Ман фақат саволнинг тартиби нотўғри деб ўйлайман. Ҳозирги савол: «Яна қаердан, қанча олсак бўлади?» Тўғри савол: «Бу пулнинг ҳаммаси ҳақиқатан ҳам керакми?» Иккинчи саволга ҳалол жавоб берилса, биринчи савол кўп ҳолларда ўз-ўзидан ортиқча бўлиб қолади.
"DOD" karta Istanbul taksilarida yo‘lovchilar eshigining har birida shunaqa yorliq yopishtirish majburiy ekan. Bu sog‘lom va ko‘rishi cheklangan fuqarolarga safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar, favqulodda holatlar, haydovchi bilan nizolar haqida murojaat qilish imkoniyatini berar ekan. Taksichidan so‘radim, mabodo chet ellik qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lsa yu, unda mahalliy aloqa kartasi bo‘lmasachi? Uning aytishicha bu raqamlar istalgan mobil qurilmadan terilsa ulanar ekan. Xuddi "SOS" tugmasi kabi. Bu raqamlar yana do‘konda sizdan ko‘proq haq olishsa, mehmonxonada xizmatdan ko‘nglingiz to‘lmasa, xullas isteʼmolchi sifatida har qanday huquqingizni himoya qilish uchun joriy qilingan ekan. Xuddi bizdagi monopoliyaga qarshi kurashish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti singari. Kasbim taqozosi, yana qiziqdim, shuni ham sotib olgan bo‘lsanglar kerak-a? Yo‘q, taksini ro‘yxatdan o‘tkazgani hokimiyatga borganda tekinga berishadi, degan javob oldim. Mabodo, bizda ham kimdir shundan soqqa qilsam bo‘ladi, chet el tajribasi deb sekin yedirvoraman, deb o‘ylasa, bilib qo‘ysin, chet elda bu tekin! Efirda "Tag‘o taym" @hamzajumayev
Xavotirim. Bir narsa haqida ko‘p o‘ylayapman. Bugun biz yoshlar ongiga, birov emas o‘zini o‘ylash mafkurasini singdiryapmiz. Yaʼni, sen hech kimga majbur emassan, birovning qosh-qovog‘iga qarab ishlashing shartmas, o‘zingni o‘yla, o‘zingni sev, va hokazo... Bundan tashqi olamdan izolatsiyaning hidi kelmoqda. Tasavvur qiling, bizning ota-onamiz xuddi shu g‘oya bilan yashaganida biz hozir qanday odam bo‘lardik? Hamma o‘z "ego" sini birinchi o‘ringa qo‘ysa, hammayoqni alg‘ov dalg‘ovi chiqardi. Bu kabi taʼsirlar yoshlarni masʼulaiyatdan qochishga undaydi, jamiyat, yaqinlar oldidagi burchlarini bajarishga to‘sqinlik qiladi. Balki alohida holatlarda bu qoidalar ish berar, lekin umumiy maʼnoda men bunday "ultramodern" tarbiya usullariga qarshiman. Siz chi? Efirda "Tag‘o taym" @hamzajumayev
без подписи
"Istanbulcha" manipulyatsiya Kecha oqshom piyoda sayrga chiqqanimizda bir ahmoq bola samokatda uchib yonimizdan o‘tayotganda sababsiz signal chaldi. Tabiiy, ki cho‘chib tushdik. Uzoqlashdi, qaytib kelib bu safar bezlarcha ko‘zimizga qarab signal chaldi. O‘g‘illar qiziqqon emasmi, yo‘lini to‘sib adabini beramiz, deb chog‘landi. Men shoshmanglar chi, deb yana kelganida to‘xtatdim. Nima gap, deb so‘radim, u esa o‘g‘limni ko‘rsatib, manga qaradi, dedi. Kuldim, ko‘z bo‘lganidan keyin qaraydi da, shunga asabga tegib signal chalyapsanmi, dedim. Bezori bola ya uzoqlashdi va qaytib kelib yana signal chaldi. Endi meniki qo‘zidi. Kel buyoqqa dedim. Borsam nima qilasan urasanmi meni, dedi. Kel, ko‘rasan, dedim. Hozir pastga tush, ko‘raman seni dedi va biz yurayotgan tomonga qochib qoldi. Ketayotib bir nimalar, deb so‘kindi. Sal naridan biz tomonga kelayotgan turistlar oldiga borgach yana signal chaldi. Bu safar, ulardan dakki eshitdi. Shunda sezib qoldim ki, bu yerdan manipulyatsiya hidi kelyapti. Chet elliklarni tuzoqqa tushirib, tor qorong‘u yo‘lakda bor-budini shilishga harakat degan xulosaga keldim. Bo‘lmasa, hali voyaga yetmagan, boz ustiga umuman hech balodan hayiqmaydigan bola bu ishni birinchi marta qilmayotgani aniq sezilib turardi. O‘zi ham yo qaysidir viloyatli, kurd yoki suriyalik edi. Shevasidan sezdim. Xullas, biz bilan jiddiy nizo qila olmagan bola ko‘zdan yo‘qoldi. Biz esa eson omon mehmonxonaga yetib oldik. Istanbulga kelganda "yo‘q joydan muammo" chiqsa hushyor bo‘ling! Bu tuzoq! Efirda "Tag‘o taym" @hamzajumayev
Kreativ marketing Bugun yana kemadaman. Adalar sayriga ketmoqdamiz. Navbat ijodiy marketingga. Mana bu odam oddiy oshxona jihozi sotyapti. Sabzavot artishga ishlatiladigan moslama. Hamma joyda bor. Bu esa "Made in Turkiye" deb taʼkidlayapti va bu bilan unga "suvenir" sifatida qiymat qo‘shyapti. Oddiy savzavot artishni katta bir ishni qoyil qilgandek, o-o-o-oooo deb nishonlayapti. Odamlar zavq bilan kulib tomosha qilyapti bu shouni. Va... 200 TL (5$) ga shu matohni sotib olganini bilmay qolyapti. Ko‘zimni oldida 30 tacha sotdi. Halol bo‘lsin! Efirda "Tag‘o taym" @hamzajumayev
Marketing "tuzog‘i" Istanbulda oilam bilan Bosfor oqshomidaman. Kemada sayr, kechki ovqat, shou dastur, Istanbul manzarasi — odam boshiga 35$. Lekin narxidan ko‘proq zavq bera oladi. Hozir gap unda ham emas. Kirdik, joylashdik. Forograf qiz keldi.…
Marketing "tuzog‘i" Istanbulda oilam bilan Bosfor oqshomidaman. Kemada sayr, kechki ovqat, shou dastur, Istanbul manzarasi — odam boshiga 35$. Lekin narxidan ko‘proq zavq bera oladi. Hozir gap unda ham emas. Kirdik, joylashdik. Forograf qiz keldi. O‘zimizdagi to‘yxonalarda bo‘lganidek. Men xushlamadim. Qiz, men kema fotografiman, hammani olaman, siz sotib olishga majbur emassiz dedi va har birimizni alohida shakllarda rasmga olib ketti. Bir ozdan keyin sherigi 3 ta albom ko‘tarib keldi. Birida men va ayolim, ikkitasida ikki o‘g‘limning rasmlari. Endi haligi rasmlarni ko‘ryapman, o‘zimni bunaqa chiroyli ko‘rmaganman shu paytgacha. Vinetkaday ishlagan o‘ziyam. O‘zimni befarqqina tutib narxini so‘radim. 100$ dan keldi 3 ta albomga. Taxminan chamalasam bariga 10 dollar ham xarajat bo‘lmagan. Lekin, fotograf men uchun rasm emas, qiymat yaratgan edi. Shartta belidan chopdim va 50$ beraman, mehnating uchun, dedim. Xuddi o‘zimizni to‘yxonalardagidek. 😊 Suratchi ko‘nmadi. Albomlarni qo‘ltiqlab ketti. Men esa bularni yo‘li shunaqa, hali ketayotganda bervoradi deb, haligi rasmlarning alamiga siz ko‘rayotgan rasmni tushdim. Efirda "Tag‘o taym" 27.07.2026 Istanbul @hamzajumayev
Vegeterian do‘sting tushlikka taklif qilganda... 🤣 @hamzajumayev
Bola, o‘smir, yigit, erkak, qariya... rahmatli Umr shu 5 so‘zda. Oltinchisi duo! @hamzajumayev
Uy olma qo‘shni ol! 🥹 @hamzajumayev
Шахсан менга терма жамоамиз ўйинидан кўра, унинг ҳиссиётларини кузатиш қизиқ бўлиб қолди... Дўстим Бектошга ўғли Исфандиёрга инстаграм очиш таклифини бердим. 10 дақиқада ҳаволасини жўнатди. Тўғри да, беғубор қалби билан бир кунда дунё ижтимоий тармоқ юлдузига айланган болажонга ҳаммамизнинг меҳримиз тушди. Ҳатто кеча "дам солиб қўйинг, кўз тегмасин" деб ҳам хабар жўнатдим. Шу бола мундиалда бор экан, мен у ерда эмаслигим учун заррача афсус қилмайман. У ҳаммамиз номимиздан мухлисликни боплаяпти. Бундай реакция учун давлатлар миллиардлар сарфлайди. Лекин бола қалби ҳар қандай пиардан юқори. Келганида алоҳида кўрсатув қилиш ниятидаман, албатта, кўпроқ гонорар таклиф қилганларга кетиб қолмаса. 😉 Ўзи ку масаланинг кўламини унча тушунмаяпти, лекин отасига кафолат йўқ... @hamzajumayev
Asaxiy Qurbon hayitiga katta yarmarka boshlabdi. Yarmarkaga 50000 donadan ortiq kitoblar tayyorlangan. Orasida hatto 1000 so'mga ham kitob topsa bo'ladi deyishmoqda. Yarmarka Asaxiyning Toshkent City filialida bo'ladi. Shuningdek kitoblarning katta bir qismini online buyurtma qilsa ham bo'ladi: asaxiy.uz/u/yarmarka2605 23-24-25-may kunlari ro'yxat va kitoblar doimiy yangilanib boradi. Foydalanib qoling.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи