Kitob O‘qi
СтатистикаUshbu kanal Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etildi. Bu yerda eng sara asarlar elektron shaklda yuklab boriladi. @kitoboqiuz Aloqa uchun: @infonatlib_bot
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 49
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 152
- 1/48двое суток
- 1 320
- 1/72трое суток
- 1 423
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Yurtim_tarixini_organaman 🕌 Mavlaviy Namangoniy maqbarasi 📜 Bu yodgorlik Namangan shahrining «Labbay-tog'a» dahasida, shimoliy Farg'ona kanalining o'ng qirg'og'ida taxminan XVIII asrda bunyod etilgan. U xalq orasida Mavlaviy Namangoniy, ensiklopediya va ba'zi tadqiqotlarda Mavlon buva, Mavlono bobo, Xasti Mavlono makbarasi, Gumbaz deb yuritiladi. Maqbara shoir va mutasavvif Mavlaviy Namangoniyga bag'ishlab qurilgan. 📜 Maqbaraning qurilish sanasi haqida ham turli fikrlar mavjud. Jumladan, Markaziy Osiyo me'morchiligi bilan shug'ullangan olima L. Mankovskaya rivoyatlar hamda obidaning me'moriy qurilmasi jihatlariga ko'ra maqbaraning XVI asrga mansubligini, gumbazning qurilish usuli, shakli jihatidan XVIII arga xosligini e'tirof etgan. Ba'zi nashrlarda o'sha paytda (1970-1972) maqbaraning kirish peshtoqida saqlangan «hijriy 1221 sana»ni L. Mankov-skaya uning qurilgan yili (1806) sifatida talqin etgan, deb keltirilgan. 📚 Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar: Namangan. T., 2015.- 360 b. 97- sahifa
#YKF2026 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin? 🎬 18–35 yoshdamisiz? Sizda kutubxona sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan innovatsion g’oya bormi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 📌 Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2026-yil 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumi o’tkaziladi. Forum doirasida “Innovatsion loyihalar” tanlovi ham bo’lib o’tadi. Tanlovda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar, qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar, ishtirok etishi mumkin. Muhimi — sizning loyihangiz axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Eng yaxshi loyihalar Gran-pri hamda I, II va III o’rinlar bilan taqdirlanadi. 🗓 Forum: 29–31-iyul 📍 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://yoshlar.miku.uz “Kutubxona sohasining kelajagini birgalikda yarataylik! Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun — https://yoshlar.miku.uz Arizalar qabuli 22-iyulga qadar davom etadi! 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🌐 O‘rta asr Sharq olimlari ilk mexanik avtomat-robotlarni qanday yaratganlar? 1. Oltin davr robototexnikasi: Kompyuterdan avvalgi kibernetika IX–XIII asrlarda Sharqda “aqlli qurilmalar” (hiyal) ilmi gullab-yashnadi. Qadimgi muhandislar biz bugun foydalanayotgan avtomatik boshqaruv tizimlariga asos solganlar. Banu Muso aka-ukalari (IX asr): Avtomatika ustalari ▪️Bag‘doddagi “Bayt ul-Hikma” (“Donishmandlar uyi”)da faoliyat yuritgan uch aka-uka olim “Ajoyib qurilmalar kitobi”ni yozgan. Ularning yuzlab ixtirolari orasida avtomatik naychi ham bo‘lgan. ▪️Uning ichida hozirgi zamon musiqa qutichalaridagidek qoziqchalari bor aylanuvchi baraban joylashgan edi. ▪️Qoziqchalar nay klapanlarini ochib-yopuvchi richaglarga bosim o‘tkazgan, havo esa gidravlik tizim yordamida uzatilgan. Bu dunyodagi birinchi dasturlashtiriladigan musiqiy avtomat edi. Al-Jazariy (XII asr): Robototexnika otasi Agar Banu Muso aka-ukalari dasturlashni yaratgan bo‘lsa, Ismoil al-Jazariy avtomatlar dizaynini mukammallikka yetkazdi. Uning gigiyena uchun yaratgan eng asosiy ixtirosi — qo‘l yuvish avtomatidir. 🔹U qanday ishlagan: Mehmon qo‘lida ko‘za ushlab turgan xizmatkor haykali yoniga kelgan. Yashirin richag bosilganda ko‘zadan suv oqa boshlagan. 🔹Harakatlar silsilasi: Suv tugagach, robot ichidagi suzgichlar va ag‘dariluvchi idishlardan iborat murakkab tizim ishga tushgan. Qisqa tanaffusdan so‘ng (mehmon qo‘lini sovunlab olishga ulgurishi uchun) xizmatkor unga avtomatik tarzda sochiq va ko‘zgu “uzatgan”. 🔹Tirsakli val: Aynan Al-Jazariy o‘z mashinalariga birinchi bo‘lib aylanma harakatni ilgarilanma harakatga o‘zgartiruvchi detal — tirsakli valni o‘rnatgan. Bugungi kunda birorta ham ichki yonuv dvigateli ushbu uskunasisiz ishlay olmaydi. 2. Yangi yo‘nalish: “Kipu” — Inklar “tugunli interneti”ning siri Sharqda siyoh bilan risolalar yozilayotgan bir paytda, Inklar imperiyasi dunyoda yagona so‘zsiz va harfsiz yozuv — Kxipu (kipu)ni yaratdi. 🔸Tizim tuzilishi: Kipu asosiy ipdan iborat bo‘lib, unga lama yungi yoki paxtadan to‘qilgan yuzlab rang-barang tolalar bog‘langan. Bu tolalarga turli shakllarda va bir-biridan har xil masofada tugunlar tushirilgan. 🔸Qadimgi uchlik kod: Uzoq vaqt davomida kipular hosil yoki soliqlarni sanash uchun oddiygina hisoblagich (cho‘t) deb hisoblab kelingan. Biroq zamonaviy tadqiqotchilar (kompyuter tahlilidan foydalanib) bu ma’lumotlarni kodlashning to‘laqonli uch o‘lchamli tizimi ekanini aniqladilar. 🔸Unda hamma narsa muhim edi: ipning rangi (24 dan ortiq tus), arqonning eshilish yo‘nalishi (chapga yoki o‘ngga), tugun turi (“sakkizlik”, oddiy yoki murakkab) va uning asosiy ipdagi joylashuvi. 🔸Imperiya ma’lumotlar tarmog‘i: Maxsus choparlar (chaskilar) And tog‘laridagi inklar yo‘llari bo‘ylab yugurib, kipuni estafeta tayoqchasidek qo‘ldan-qo‘lga uzatishardi. Poytaxt Kusko shahridagi hukmdor sanoqli kunlar ichida aholining aniq statistikasini, olis viloyatlardagi oziq-ovqat zaxiralarini yoki qo‘shin uchun buyruqlarni bilib olishi mumkin edi. Bu jundan yasalgan XV asrning haqiqiy “optik tolali interneti” edi. Bog‘lovchi rishta Al-Jazariy barabanidagi qoziqchalar va inklar ipidagi tugunlar XX asrda birinchi raqamli kompyuterlarni ishga tushirgan ikkilik kod va perfokartalarning ilk ajdodlaridir.
#YKF2026 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI ARIZALAR QABULI TUGASHIGA 3 kun qoldi! Shoshiling! Fikrlaringizni loyihaga aylantiring, kelajakka qadam qo‘ying! YOSH KUTUBXONACHILAR VI FORUMI 📅 29–31 IYUL, 2026 Ariza topshirish uchun: https://yoshlar.miku.uz G‘oyangiz – kelajakka hissa! 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#diqqat_javob ❗️Statistika ma’lumotlariga ko’ra, Fransiyada u transport eng ko’p ishlatiladigan harakat vositasi hisoblanadi va kuniga 60 mln kishi uning yo’lovchisiga aylanadi. ⁉️ Diqqat savol: ushbu transport vositasining nomi nima? 👍 To’g’ri javob: LIFT @kitoboqiuz ✅ Kanalga obuna bo‘lishni va yaqinlaringizga ulashishni unutmang
#fifa_2026 ❗️Bugungi uchrashuvda qaysi jamoa g’alaba qozonadi? ✍️ Javobingizni izohlarda yozib qoldiring 1. ENGLAND 🏴 ❤️ 2. ARGENTINA 🇦🇷 👍 @kitoboqiuz ✅ Kanalga obuna bo‘lishni va yaqinlaringizga ulashishni unutmang
Kitob O‘qi pinned a photo
#diqqat_savol ❗️Statistika ma’lumotlariga ko’ra, Fransiyada u transport eng ko’p ishlatiladigan harakat vositasi hisoblanadi va kuniga 60 mln kishi uning yo’lovchisiga aylanadi. ⁉️ Diqqat savol: ushbu transport vositasining nomi nima? ✍️ Javobingizni izohlarda yozib qoldiring @kitoboqiuz ✅ Kanalga obuna bo‘lishni va yaqinlaringizga ulashishni unutmang
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📚 YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 29-31-iyul kunlari Yosh kutubxonachilar forumi tashkil etilmoqda. Forum kutubxona sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: seminar-treninglar; soha ekspertlari bilan uchrashuvlar; madaniy-ma’rifiy tadbirlar; sport va intellektual o‘yinlar. “Innovatsion loyihalar” tanlovi Forum doirasida kutubxona sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oya va loyihalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish hamda amaliyotga joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida “Innovatsion loyihalar” tanlovi o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish: Forumda ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish asosida amalga oshiriladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. yoshlar.miku.uz Ushbu sayt orqali, Ishtirok etish tartibi, forum dasturi, tanlov nizomi hamda boshqa batafsil ma’lumotlarga ega boʻlishingiz mumkin! Barcha yosh kutubxonachilarni forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
Bizni kuzatib boring! #YKF2026 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Top_10 📊Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida 2026-yil iyun oyida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar top 10 taligi bilan tanishing. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! ✅Telegram l🌐 Instagram l 📹YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
видео или голосовое, без подписи