tgindex
Artacademykr

Ózbekstan kórkem-óner akademiyası Qaraqalpaqstan bólimi telegram kanalı

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
21
Всего постов
71
Тип
открытый
Язык
jv
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
304
0 за 5 дн.
Сутки
+1
+0,33%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
63
40 постов
Вовлечённость
20,7%
к подписчикам
Постов в день
3,0
всего 71
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
50
1/48двое суток
57
1/72трое суток
61

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⏰ ESLATMA! “Uzbek Gift Contest” tanloviga arizalar topshirish uchun 4 KUN QOLDI! O‘zbekistonning yangi va o‘ziga xos milliy suvenirini yaratish bo‘yicha o‘z g‘oyangizni taqdim etishga hali imkon bor. 🎨 Agar siz dizayner, rassom, hunarmand yoki ijodkor bo‘lsangiz, tanlovning 1-bosqichida ishtirok etishingiz mumkin. 🏆 25 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir g‘olib 5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📅 Arizalar 16-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ⏳ 4 kun qoldi — g‘oyangizni taqdim etishni unutmang! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8 Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi 12-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesini tayyorgarlik ko'rish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchilik qildi. Unda joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesiga tayyorgarlik jarayonining borishi, bo‘lajak tadbirning mazmun-mohiyati, tashkiliy jihatlari hamda uni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida biennalening ko‘rgazma dasturini shakllantirish, xorijiy ishtirokchilarni jalb etish, ijodiy ishlarni saralash va ekspozitsiyani tashkil etish, tadbirlar dasturini ishlab chiqish jarayonlarni muvofiqlashtirish hamda mehmonlar va ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalar yakunida biennaleni tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿🇮🇷 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Eron o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 📆 2026-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya raisi Akmal Nuridinov hamda Eron Islom Respublikasi Elchixonasining Madaniyat maslahatchisi janob Hasan Safarxoniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝 Uchrashuv davomida tomonlar madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Akmal Nuridinov Eron tomonini O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyati, xalqaro loyihalari va asosiy ish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida ko‘rgazmalar va professional almashinuvni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🇮🇷 Janob Hasan Safarxoniy avval o‘tkazilgan onlayn ko‘rgazmani tashkil etishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. 🖼 Uchrashuvda qo‘shma badiiy ko‘rgazmalar tashkil etish, rassomlar va akademiyalar vakillarining ijodiy, ilmiy hamda ta’limiy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash, shuningdek, almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 📄 Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Eron Badiiy akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash imkoniyati ko‘rib chiqildi. 🎨 Eron tomoni O‘zbekistonda onlayn ko‘rgazma tashkil etish uchun eronlik rassomlarning asarlari fotosuratlarini taqdim etishga tayyorligini bildirdi. 🌍 Bundan tashqari, eronlik rassomlarning Xalqaro zamonaviy san’at biennalesi hamda «Toshkent quvonchlari» xalqaro bolalar rasmlari biyennalesida ishtirok etishiga qiziqish bildirildi. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda yangi madaniy va badiiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • ✅ Akmal Nur: “Odamlar boshqalarning tashqi ko‘rinishi, lavozimi, mashinasiga qarab muomala qiladigan bo‘lishyapti” To‘liq intervyuni tez kunda 📱 YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • ПРИГЛАШЕНИЕ НА УЧАСТИЕ Академия художеств Узбекистана приглашает вас принять участие в ХI Ташкентской Международной биеннале современного искусства, которая будет проходить с 12 по 16 октября 2026 года в городе Ташкенте (Узбекистан). В биеннале могут принять участие художники различных направлений современного искусства и представить свои работы по тематике «Горизонт событий». Помимо основной выставки, на биеннале пройдет ряд художественных и культурных мероприятий, таких как выставки, лекции и мастер-классы, международная конференция, тур по городам Узбекистана. Все расходы зарубежных участников по пребыванию (питание, проживание, внутренний трансфер) в Ташкенте кроме перелетов, будут покрываться за счёт узбекской стороны. Заявки на участие в биеннале принимаются до 15 августа 2026 года через Google форму: https://forms.gle/aUEMyfrsyQUsrp7b7 *Организаторы вправе вносить изменения программу мероприятий

  • XI TOSHKENT XALQARO ZAMONAVIY SAN’AT BIENNALESI KONSEPSIYASI “VOQEALAR GORIZONTI” Toshkent, oktabr 2026 yil   Bugungi kunda insoniyat keng ko‘lamli madaniy va texnologik o‘zgarishlar ostonasida turibdi. Biz o‘tish davrini — aniq o‘tmish va algoritmik kelajak, insoniy tajriba va sun’iy intellekt, reallik va simulyatsiya o‘rtasidagi holatni boshdan kechirmoqdamiz. Ushbu holatni voqealar ufqi — ortga qaytib bo‘lmaydigan, ortda qolgan dunyoga qaytish imkonsiz bo‘lgan nuqta bilan qiyoslash mumkin. San’at uchun bu obraz sivilizatsiyaviy burilishning, ya’ni odatiy fikrlash va ijod shakllari transformatsiyaga uchrab, o‘z o‘rnini yangicha idrok etish hamda yaratish usullariga bo‘shatib berayotgan lahzaning metaforasiga aylanadi. Toshkent zamonaviy san’at biennalesi ushbu holatni jamiyat texnologik va madaniy o‘zgarishlar ufqi poyida turgan intizorlik lahzasi sifatida ko‘rib chiqishni taklif etadi. Biz najot, ma’no yoki yangi uyg‘unlik ramzi sari harakat qilyapmiz — biroq bu maqsadga eltuvchi yo‘lning o‘zi cheksiz noaniqlik hududiga aylanib bormoqda. Biz ikki dunyo o‘rtasida, inson va algoritm, reallik va simulyatsiya, o‘tmish va kelajak oralig‘idagi lahzada yashayapmiz. Ushbu lahza — voqealar ufqidir. Tarixiy sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan Toshkentning bugungi kunda «voqealar gorizonti»ni kuzatish uchun ideal nuqtaga aylanayotgani ramziy ma’noga ega. Asriy an’analar megapolis sur’ati bilan tutashgan bu shahar o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi o‘ziga xos portalga aylanmoqda. Agar ilgari bu yerda insonlar boshpana, suv va soya izlab kelgan bo‘lsalar, bugungi davrlar tutashgan pallada biz inson mavjudligining yangi ma’no-mazmunlarini izlamoqdamiz va bu sivilizatsiyani noma’lum davr ostonasida o‘z harakat yo‘nalishini belgilab olishga undamoqda. Bugungi kunda insoniyat haddan tashqari ko‘p tasvirlar, cheksiz ma’lumotlar va algoritmik akslar dunyosida yashamoqda. Milliardlab tasvirlar mashinalar tomonidan inson ularni his qilishga ulgurmasidan ham tezroq ishlab chiqarilmoqda. Ushbu shiddatli oqimda zamonaviy san’atning o‘rni qayerda? Bugungi kunda ijodkor endi shaklning yagona yaratuvchisi emas. Insoniyat madaniyati arxivlari asosida o‘rgatilgan algoritmlar yangi tasvirlar, matnlar va tovushlarni yaratmoqda. Muallifning yangi qiyofasi — inson va mashina gibridi paydo bo‘lmoqda. Biennaleda ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan yakka tartibdagi mualliflar va ijodiy jamoalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etiladi: Modern art (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik); Contemporary art (installatsiyalar, video va foto art, konseptual san’at). Biennale doirasida, shuningdek, butun dunyodan zamonaviy san’at sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar ishtirokida «Voqealar gorizonti» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.   Aloqa uchun: biennale kuratori — Zuxra Zaynutdinova, san’atshunoslik fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tel.: +998990006906 E-mail: zuxrazaynutdinova90@gmail.com 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • 📣DIQQAT📣 ISHTIROK ETISH UCHUN TAKLIFNOMA   O‘zbekiston Badiiy akademiyasi sizni 2026-yilning 12–16-oktabr kunlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadigan XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesida ishtirok etishga taklif etadi. Biennaleda zamonaviy san’atning turli yo‘nalishlarida ijod qiluvchi rassom va san’atkorlar ishtirok etishlari hamda «Voqealar gorizonti» mavzusidagi o‘z asarlarini taqdim etishlari mumkin. Asosiy ko‘rgazmadan tashqari, biennale doirasida qator badiiy va madaniy tadbirlar, xususan: ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va mahorat darslari, xalqaro konferensiya hamda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab madaniy sayohat o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xorijlik ishtirokchilarning Toshkentda bo‘lishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar (ovqatlanish, turar joy, ichki transfer), aviachiptalardan tashqari, O‘zbekiston tomoni hisobidan qoplanadi.   Biennaleda ishtirok etish uchun arizalar 2026-yilning 15-avgustiga qadar quyidagi Google-forma orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/aUEMyfrsyQUsrp7b7  (batafsil ma’lumot ushbu xatga ilova qilingan)   *Tashkilotchilar tadbirlar dasturiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • 🏆 Búgin tańlaw jeńimpazları anıqlanıp, olar Diplom menen sıylıqlandı. Sonday-aq, jeńimpazlar tańlawdıń keyingi basqıshına jollama aldı. 🔹 7–13 jas aralıǵında: 🥇 Maratova Araylım 🥈 Sultamuratova Gulxumar 🥉 Ómirbekova Nargiza 🔹 14–17 jas aralıǵında: 🥇 Kewnimjaeva Ulbibi 🥈 Esengeldieva Alina 🥉 Qurbaniyazov Dilshadbek 🔹 18–30 jas aralıǵında: 🥇 Jartıbaev Oralbay 🥈 Qazaqbaev Elaman 🥉 Nawrızbaeva Rayxan ✨ Jeńimpazlardı shın júrekten qutlıqlaymız! Keyingi basqıshlarda da áwmet yar bolıp, jańa jetiskenlikler tileymiz! 🏆🎨 ✅ Jańalıqlardı sociallıq tarmaqlarımız arqalı baqlap barıń! Telegram | 💻 Instagram

  • 🎨 JAS DÓRETIWSHILER TAŃLAWÍ! «Ana diyar – reńler jılwasında» súwretlew tańlawı 🇺🇿Ózbekstan Respublikasınıń Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı múnásibeti menen jaslar arasında dástúriy «Ana diyar – reńler jılwasında» súwretlew tańlawınıń aymaqlıq basqıshı Jollıbay Izentaev atındaǵı Qaraqalpaqstan Respublikası qánigelestirilgen kórkem óner mektep-internatında bolıp ótti. Tańlawǵa kelip túsken dóretpeler tóreshiler tárepinen kórip shıǵılıp, eń jaqsı jumıslar anıqlanıldı. 📌 Maǵlıwmat ornında: ✔️ Tańlaw 3 jas kategoriyası boyınsha: 7–13 jas 14–17 jas 18–30 jas Eki basqıshta — aymaqlıq hám respublikalıq basqıshlarda ótkeriledi. ✅ Jańalıqlardı sociallıq tarmaqlarımız arqalı baqlap barıń! Telegram | 💻 Instagram

  • без подписи