tgindex
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

Статистика

O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 35, artacademy@exat.uz, info@art-academy.uz facebook.com/badiiy.akademiya instagram.com/badiiy.akademiya art-academy.uz youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
20:13
Постов за неделю
27
Всего постов
295
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 389
+29 за 5 дн.
Сутки
+24
+0,71%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 123
40 постов
Вовлечённость
33,1%
к подписчикам
Постов в день
3,9
всего 295
Упоминаний
49
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
493
1/48двое суток
564
1/72трое суток
609

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Axborot24 | 14.08.2026 Юбилейная выставка «Наше наследие» 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • #uzb_vaqti_bilan | 13.08.2026 ❄️ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, dotsent Dilafruz Qurbonova bilan jonli suhbat 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎨 O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda! O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida “Qayta tayyorlash” kurslariga jalb etilgan Rangtasvir (turlari bo‘yicha) guruhi tinglovchilari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 📚 Fan yo‘nalishi: “San’at estetikasi” 🎓 Mashg‘ulotni olib boruvchi: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent — Feruza Abidjonova Mashg‘ulot davomida tinglovchilar san’atning nazariy va estetik asoslari, milliy san’atning estetik mezonlari hamda badiiy asarni baholashning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan bilimlarini boyitdilar.

  • Муҳаммадиёр Тошмуродов: Ғилон мўжизаси - Рассом устахонаси Қарийб 45 йилдан буён тасвирий санъатга фидокорона хизмат қилиб келаётган, ўзининг бетакрор бадиий услубини шакллантирган, академик йўналишда самарали ижод қилиб, юзлаб шогирдлар тарбиялаган истеъдодли мусаввир Муҳаммадиёр Тошмуродов билан самимий ва мазмунли суҳбат қурдик. Муҳаммадиёр Тошмуродов ижодининг муҳим хусусиятларидан бири — миллий ҳаётни ташқи этнографик белгилар орқали эмас, балки унинг ички руҳияти ва табиий муҳити орқали ифодалашга интилишидир. 🎥 https://youtu.be/cD6nR-cVwfw Батафсил: https://uza.uz/posts/894098 Телеграм каналларимиз

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎨 Abduqahhor Majidovning “Ona yurt ufqlarining nuri” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi 📍 12-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Abduqahhor Majidovning 60 yilligiga bag‘ishlangan “Ona yurt ufqlarining nuri” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🖼 Ko‘rgazmadan rassomning turli yillarda ijodiy safarlar va xalqaro plenerlar davomida yaratgan 40 ga yaqin asari o‘rin olgan. Ekspozitsiya muallifning ko‘p yillik ijodiy izlanishlari, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati va ona yurt manzaralariga sadoqatini yaqqol namoyon etadi. 🌄 Ko‘rgazma nomi rassomning badiiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etgan. Abduqahhor Majidov asarlarida ona yurt manzaralari ranglarning boyligi, yorug‘likning o‘zgaruvchanligi va kenglik hissi orqali talqin etiladi. Nur esa tabiatning turli holatlari va kayfiyatini ochib beruvchi muhim badiiy ifoda vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 🏡 Ekspozitsiyaning asosini tog‘ manzaralari, qishloq uylari, shinam hovlilar, dala yo‘llari va gullagan bog‘lar tashkil etadi. Rassom sodda va hayotiy mavzular orqali kundalik hayotdagi o‘ziga xos joziba hamda badiiy nafosatni kashf etishga intiladi. Shu bois uning asarlarida tantanavor manzaralardan ko‘ra, fasllar almashinuvi, tabiatning turli holatlari va tabiiy yorug‘lik jilosi bilan boyigan sokin hayot manzaralari ustuvorlik qiladi. 📝 Abduqahhor Majidovning ijodiy uslubi erkin mo‘yqalam zarblari, rang-barang faktura va nozik koloristik did bilan ajralib turadi. Rassom asosan ochiq havoda ijod qilib, ilk taassurotning tabiiyligini saqlab qolishga intiladi. Uning asarlarida rang va ohanglarning mutanosibligi tasvirning hissiy ta’sirchanligini kuchaytirib, makon chuqurligi hamda havo muhitini ishonarli aks ettiradi. 🏛 Ko‘rgazmada Samarqand va Buxoroning me’moriy obidalariga bag‘ishlangan asarlar ham namoyish etildi. Ushbu kartinalarda tarixiy me’morchilik atrofdagi manzara bilan uyg‘unlashib, makonning o‘ziga xos ruhi va muhitini ifodalaydi. ✨ Yubiley ko‘rgazmasi tomoshabinlarga Abduqahhor Majidov ijodining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, uning tabiat qo‘ynida olib borgan ko‘p yillik ijodiy izlanishlari, naturaga sadoqati va ona yurt manzaralarini chuqur his etish qobiliyatini kashf etish imkonini beradi. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

  • 12 авг.12,3 тыс3163

    ⏰ ESLATMA! “Uzbek Gift Contest” tanloviga arizalar topshirish uchun 4 KUN QOLDI! O‘zbekistonning yangi va o‘ziga xos milliy suvenirini yaratish bo‘yicha o‘z g‘oyangizni taqdim etishga hali imkon bor. 🎨 Agar siz dizayner, rassom, hunarmand yoki ijodkor bo‘lsangiz, tanlovning 1-bosqichida ishtirok etishingiz mumkin. 🏆 25 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir g‘olib 5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📅 Arizalar 16-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ⏳ 4 kun qoldi — g‘oyangizni taqdim etishni unutmang! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8 Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

  • без подписи

  • без подписи