Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |
СтатистикаKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy
- Последний пост
- 17:02
- Последнее чтение
- 17 авг.
- Постов за неделю
- 30
- Всего постов
- 166
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 705
- 1/48двое суток
- 1 953
- 1/72трое суток
- 2 107
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
🎉🎉🎉🎉🎉 🏛 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi uzoq yillardan beri ushbu dargohda xizmat qilayotgan Xo'jalik bo'limi xodimi Muhabbat Xusanovani qutlug' 70 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan qutlaydi! 🕊 Hurmatli Muhabbat opa, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan samimiyat hech qachon arimasin. Farzandlar, nabiralar hamda Sizni chin dildan e’zozlaydigan ahil jamoamiz ardog‘ida hamisha sog‘-salomat bo‘ling! ✨ Muborak 70 yoshingiz qutlug‘ bo‘lsin! 🗄 Hurmat bilan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi ▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏛 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktoranti xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bordi 🎓 Institutimiz doktoranti Nargiza Turayeva ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida xizmat safarida bo‘ldi. ✅ Ilmiy-tadqiqot davomida doktorant “Siyosiy qatag‘onlar muzeyi” hamda “Azret Sulton” davlat tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar va foto-negativlar bilan tanishib, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi. 💬 Tadqiqot materiallari doktorantning “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi foto-negativlar kolleksiyasini tasniflash masalalari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr)” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida tahlil qilinib, qiyosiy-tarixiy ma’lumotlar bilan boyitildi. ✅ Tashrif davomida Qozog‘istonlik muzeyshunos va san’atshunos mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, muzey fondlarini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha tajriba almashildi. ✅ Mazkur xalqaro ilmiy safar noyob foto-manbalarni tadqiq etish, ilmiy muomalaga kiritish hamda ikki mamlakatning mushtarak tarixiy-madaniy merosini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. ▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi; 📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi; 📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi; 📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak; 📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi; 📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi; 📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi; 📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. ☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏛 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Yakkasaroy tumani "Kelajak" markazi oʻrtasida Memorandum imzolandi! 🫡 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Kelajak" markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi. ✅ Yurtimizda yoshlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda madaniy-ma'rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim qadam tashlandi. ✅ Ushbu hamkorlik shartnomasi kelgusida yosh avlodning san'at va dizayn olamida oʻz oʻrnini topishi, ularning iste'dodini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi! ▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring! 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
без подписи
без подписи