tgindex
OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti mediamarkazi/FAN VA TURMUSH

OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti mediamarkazi/FAN VA TURMUSH

Статистика

ILM - INSONIYAT MANFAATI UCHUN! ILM-FAN TARGʻIBOTI MARKAZI: “FAN VA TURMUSH” jurnali tahririyati ART&SCIENCE loyihasi Ishonch telefon: 712339867 iftm@academy.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61561284429096&mibextid=LQQJ4d

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
89
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Познавательное
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
306
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
121
40 постов
Вовлечённость
39,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 89
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
39
1/48двое суток
44
1/72трое суток
48

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.452из ilmiy_darajali_kadrlar

    ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

  • 9 авг.6281из Fanlar_akademiyasi

    #Bugun_tugʻilgan_kun            Bugun atoqli san’atshunos olim, O‘zR FA va O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Hakimov Akbar Abdullayevich tavallud topgan kun!   Hakimov Akbar Abdullayevich 1949-yil 9-avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1968-1972-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil olib, o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatini 1970-yilda San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida laborant lavozimida boshlagan. 1977-yilda nomzodlik, 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan. A. Hakimov ilmiy rahbarligida 5 nafar fan doktori va 28 nafar fan nomzodi va falsafa doktori  tayyorlangan. 1996-yilda Parijda YUNЕSKOning Bosh Idorasida “Temuriylar davri madaniyati” hamda 1998-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2700 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalari muallifidir.  AISA, Parij Xalqaro badiiy tanqidchilar Assotsiatsiyasi a’zosi (1986), shu Assotsiatsiyaning O‘zbekiston badiiy tanqidchilari seksiyasi raisi (1986), 2000-yilda Tokiodagi Soka universiteti (Yaponiya) faxriy doktori etib saylangan. 50 ga yaqin xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. Akademik Akbar Abdullayevichni bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog’liq, kuch-g’ayrat, o’zbek ilm-fani va san'ati rivoji yo’lida sobitqadamlik tilaymiz! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

  • 5 авг.10792из science_innovations

    #Taniqli_olimlar Xakimov Akbar Abdullayevich ✅ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Soka (Yaponiya) universiteti faxriy doktori. Akbar Abdullayevich Xakimov 1949-yil 9-avgust kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1968–1972-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. 😐 1977-yilda Moskva shahrida professor L.I. Rempel ilmiy rahbarligida “IX–XIII asrlar O‘rta Osiyo hunarmandchiligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. A. Xakimov 1972–2005-yillarda San’atshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, aspirant, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, direktor o‘rinbosari va direktor kabi turli ilmiy hamda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1982–1998-yillarda institutning “Amaliy bezak san’ati” bo‘limiga rahbarlik qilgan. 1997–2005-yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi, 1998–2000-yillarda “San’at” jurnali Bosh muharriri, 2000–2005-yillarda esa San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 😐 A. Hakimov O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab monografiya va ilmiy asarlar muallifi. Uning “The art of Central Asia”, “Искусство Узбекистана: история и современность”, “O‘zbekiston san’ati tarixi”, “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kabi yirik ilmiy ishlari milliy san’at va madaniyat tadqiqiga salmoqli hissa qo‘shgan. Olimning ilmiy rahbarligida 5 nafar fan doktori hamda 28 nafar fan nomzodi va falsafa doktori tayyorlangan. 😐 1996-yilda Parij shahrida YUNЕSKO Bosh qarorgohida “Temuriylar davri madaniyati”, 1998-yilda esa Buxoro va Xiva shaharlarining 2700 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalar muallifi sifatida faoliyat yuritgan. ⭐O'zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2026 🕊Telegram  |📺YouTube 📱Instagram | 📱Facebook

  • 5 авг.91из Fanlar_akademiyasi

    #OAV_biz_haqimizda Fanlar akademiyasida "Biz - yagona Vatan farzandlarimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

  • 1 авг.1351из oyinauz

    Oʻzbekistonning toʻrt ming yillik tarixiga sayohat Oʻzbek meʼmorchiligining anʼanaviy va zamonaviy elementlarini geometrik shakllar bilan uygʻunlashtirgan ushbu manzil tashrif buyuruvchilarga Oʻzbekistonning toʻrt ming yillik tarixi haqida soʻzlaydi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4921 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

  • 31 июл.131из Bugun_lavhalar

    30.07.2026 | Toshkent MADANIY BOYLIKLAR QANDAY HIMOYA QILINADI? Muxbir:Dildora Do’stmurodov @Bugun_lavhalar✅

  • 30 июл.911из shmirziyoyev

    O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 29 июл.93из Fanlar_akademiyasi

    #dolzarb "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunni takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda Ayni paytda amaldagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qоnunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan olimlar, mutaxassislar va ilmiy jamoatchilik vakillarini Qonunni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga taklif etamiz. ❗Taklif va mulohazalaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: analytic@academy.uz

  • без подписи

  • 27 июл.1292из Fanlar_akademiyasi

    🏛 Tarixiy voqea 🇺🇿 Oʻzbekiston uchun yana bir tarixiy yutuq! Bugun Pusan shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Butunjahon merosi qoʻmitasining 48-sessiyasida Toshkentning modernizm meʼmorchiligi obyektlari rasman YUNESKOning nufuzli Xalqaro meros roʻyxatiga kiritildi. 📜 Eʼtiborlisi, bu — soʻnggi 25 yil ichida Oʻzbekiston taqdim etgan milliy nominatsiyaning YUNESKO roʻyxatiga ilk bor kiritilishi hisoblanadi. 🏙 Bu nafaqat bir nechta binolarning, balki zilziladan keyin qayta qad rostlagan Toshkentning butun boshli tarixiy davri xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini anglatadi. Bu mamlakatimiz madaniy merosini asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi yana bir ulkan qadamdir. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

  • 26 июл.104из uzbekistan24_tvnews

    #Renessans_yo‘li | 26.07.2026 mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)

  • 24 июл.108из Fanlar_akademiyasi

    #PresidentUZ #XalqPrezidenti 🇺🇿 Hurmatli Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Bugun mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bosh-qosh boʻlib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Sizning tashabbusingiz va boshchiligingizda yurtimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor, soha xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar olimlarimiz uchun beqiyos ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish borasida tub burilishlar yasaldi. O‘zbekiston ilm-fani erishayotgan har bir yutuq va marra bevosita Sizning doimiy g‘amxo‘rligingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz mahsulidir. Fan namoyandalari hamisha yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va jamiyatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida bor bilim va salohiyatini safarbar etishga tayyordir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz shijoat hamda mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. #Mirziyoyev #xalqyetakchisi #PresidentUZ #XalqPrezidenti Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

  • 22 июл.12712из tarix_muzeyi

    ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛 📢O'zbekiston tarixi davlat muzeyi qayta ochilmoqda!!! 🏛Qariyb 2 yil davom etgan rekonstruksiya jarayonlaridan so'ng O'zbekiston tarixi davlat muzeyi yana tashrifchilarni qabul qilishni boshlaydi O'zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda tashkil etilgan bo'lib, bu yil o'zining 150 yillik yubileyini nishonlash arafasida. Ushbu muzey yurtimiz tarixini ko'ptarmoqli sohalararo keng yorituvchi yurtimizdagi yagona muzey hisoblanadi. O'zining uchyuz ellik mingdan ziyod tarixiy buyumlardan iborat xazinasi bilan O'zbekiston tarixi davlat muzeyi nafaqat yurtimiz balki Markaziy Osiyodagi eng boy madaniy maskanlardan biri hisoblanadi. ⏰Ochilish marosimi 2026-yil 24-iyul kuni 10:00da bo'lib o'tadi. Shuningdek, 24-25-26-iyul kunlari O'zbekiston tarixi davlat muzeyida "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari doirasida yurtimiz fuqarolari uchun bepul tashriflar tashkil etiladi. 💞💞💞Barchangizni O'zbekiston tarixi davlat muzeyida kutib qolamiz!! 📞 Murojaat uchun: +998 (71) 239 17 79 📱 history-museum.uz 😎 Telegram\ 😎 Instagram\ 😎 Facebook \ 😎 You Tube

  • 19 июл.149из Seysmik_mustahkamlik

    #Ilm_fan_targ'iboti_yo'lidamiz 📚 "Fan elchilari" targ'ibot aksiyasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada "Fan elchilari" interaktiv sampling tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar va kitobxonlarga "Fan va turmush" jurnali yaqindan tanishtirilib, uning yangi sonlari taqdim etildi. Ilmni ommalashtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish yo'lidagi bu tashabbus davom etadi! Ilm-fan targ'ibotida birlashamiz! https://t.me/Seysmik_mustahkamlik

  • 17 июл.17232из fanturmush

    "Fan elchilari" Milliy kutubxonani qanday yondirdi? 🔥 Biz buni uddaladik! 17-iyul kuni Milliy kutubxonada "Fan elchilari" loyihasining katta targ‘ibot va sampling aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 🚀Quruq ma’ruzalardan voz kechib, ilm-fanni yoshlarbop brendga aylantirdik, "Fan va turmush" jurnallarini tarqatdik va kutubxonada haqiqiy intellektual energiya ulashdik! Aksiyaga kelgan, savollarga javob topgan va ilm-fan elchisiga aylangan har bir yoshga rahmat! ✨Biz hali endi boshladik, ilm-fanni birgalikda trendga chiqaramiz! Videoni ko‘ring va muhitni his qiling!  #uzscience #iftm2026 #fan_turmush #fanelchilari #natlib #FanElchilari #ScienceInTrend #ToshkentYoshlar ✅Telegram |🌐Websayt ✅Facebook |📹YouTube |🌐Instagram|🕊 Threads|🕊 x.com

  • https://www.instagram.com/reel/Da5uy3wic3D/?utm_source=ig_web_button_native_share&igsh=MzRlODBiNWFlZA%3D%3D

  • 15 июл.1993из fanturmush

    🚀 Ilm-fanga befarq emasmisiz? Unda ushbu tadbir aynan siz uchun! 🧠✨Sizni "Fan va turmush" jurnalining keng ko‘lamli targ‘ibot tadbiri hamda sampling aksiyasiga taklif etamiz! Eng so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan tanishing, nashr mutaxassislari bilan fikr almashing va ilm-fan jozibasini biz bilan his qiling. 🗓️ Sana: 17-iyul ⏰Vaqt: 11:00📍 📍Joy: Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona O‘z kelajagini ilm bilan bog‘laganlar shu yerda jam bo‘lishadi, siz ham safimizga qo'shiling! 🤝#fanlarakademiyasi #fanturmush #iftm2026 #IlmTargiboti #MilliyKutubxona #IntellektUz #ZukkoAvlod #VaraqlaVaKashfEt #UzScience #IntellektualMuhit #toshkenttadbirlari✅Telegram |🌐Websayt ✅Facebook |📹YouTube |🌐Instagram|🕊 Threads|🕊 x.com

  • Channel name was changed to «OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti mediamarkazi/FAN VA TURMUSH»

  • 13 июл.1491из Fanlar_akademiyasi

    #mobil_reportaj Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti taniqli matematik olim va jamoat arbobi Toshmuhammad Qori-Niyoziy uy muzeyi Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

  • без подписи