Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti | al-Biruni Institute of Oriental Studies
СтатистикаUshbu kanalda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti faoliyatiga doir rasmiy xabarlar berib boriladi. Biz bilan bog'lanish: tel.: +(998-71)-262-54-61 e-mail: beruni1@academy.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 41
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 66
- 1/48двое суток
- 75
- 1/72трое суток
- 81
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔴Live Buxoro viloyati hokimligi va Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi… Manfaatli va amaliy sheriklikning yangi bosqichi! #Buxoro #science
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔴 LIVE Ayni paytda Buxoro viloyatida akademiklar va olimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, akademiklar va olimlar, tadbirkorlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda. Uchrashuvda ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
https://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/1116-karimov.html
https://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/1115-usmanov.html
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Biz yagona Vatan farzandlarimiz” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Fanlar akademiyasi rahbariyati, taniqli olimlar, ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilar, shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari doktori, professor Saodat Davlatova ishtirok etdi. Davra suhbati “Ilm-fan — do‘stlik ko‘prigi” shiori ostida o‘tkazilgani tadbirning alohida ahamiyatini belgiladi. Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Toshkent shahar kengashi deputati Bahrom Abduhalimov o‘z nutqida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ilm-fan namoyandalari jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy kuch ekani qayd etildi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuv yakunida yurtimizdagi tinchlik, hamjihatlik va millatlararo do‘stlik muhitini asrab-avaylash har bir fuqaroning muhim burchi ekani yana bir bor ta’kidlandi.
без подписи
🏛 Tarixiy voqea 🇺🇿 Oʻzbekiston uchun yana bir tarixiy yutuq! Bugun Pusan shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Butunjahon merosi qoʻmitasining 48-sessiyasida Toshkentning modernizm meʼmorchiligi obyektlari rasman YUNESKOning nufuzli Xalqaro meros roʻyxatiga kiritildi. 📜 Eʼtiborlisi, bu — soʻnggi 25 yil ichida Oʻzbekiston taqdim etgan milliy nominatsiyaning YUNESKO roʻyxatiga ilk bor kiritilishi hisoblanadi. 🏙 Bu nafaqat bir nechta binolarning, balki zilziladan keyin qayta qad rostlagan Toshkentning butun boshli tarixiy davri xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini anglatadi. Bu mamlakatimiz madaniy merosini asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi yana bir ulkan qadamdir. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
#BUGUN TUG’ILGAN KUN Akademik Dilorom Yusupova 85 yoshni qarshiladi Taniqli manbashunos olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna 85 yoshni qarshiladi. Dilorom Yusupova oʻrta asrlarning yirik tarixchisi va davlat arbobi Fasih Xavofiyning Amir Temur hokimiyatga kelish arafasidan to Temuriylargacha boʻlgan 140 yillik davrni qamrab olgan "Mujmali Fasixiy" nomli asarni fors tilidan rus tiliga oʻgirib, unga mukammal ilmiy izohlar berib, 1980-yil nashr etdi, 2018-yilda esa, bu noyob manbaning toʻldirilgan tarjimasini oʻzbek tiliga chop qildi. U ushbu yirik asarning tarjimasini amalga oshiribgina qolmay, uning ustida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy ishlarining natijalari sifatida 1974-yilda “Mujmali Fasixiy” – Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq tarixi va madaniyati tarixi manbasi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa Xondamir ijodi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dilorom Yusupova hali sharqshunoslikda nomaʼlum boʻlgan qimmatli maʼlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil etib, fanni boyitdi va shu davri boʻyicha tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Dilorom Yusupova koʻp yillik mehnatlari natijasida 2011-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2021-yilda “Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Akademik Dilorom Yunusovnani bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ilm atalmish bu mashaqqatli yo’lda yana uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o’z hissalarini qo’shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram