Bilimkent
СтатистикаO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti "Bilimkent" seminari. Ilmiy-metodologik seminar Aloqa uchun: @tilmoc va @Karimov789
- Последний пост
- 12 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📌 2026-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Seminarda Indiana universiteti professori, Markaziy Osiyo va Temuriylar davri tarixi boʻyicha taniqli amerikalik olim Ron Sela “Before Kingship: Temur, Akbar, and the Improvisation of Sovereignty” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Amir Temur va Akbarshoh davridagi siyosiy hokimiyat, hukmdorlik legitimatsiyasi, suverenitet tushunchasi hamda ularning tarixiy talqinlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, musulmon dunyosida siyosiy hokimiyat va tarixnavislik masalalariga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi. @sharqinstituti
📢 «BILIMKENT» ILMIY SEMINARI Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sizlarni «Bilimkent»ning navbatdagi xalqaro ilmiy seminariga taklif etadi. 🎓 Ma’ruzachi: Ron Sela — Indiana universiteti professori, Markaziy Osiyo va Temuriylar davri tarixi boʻyicha taniqli amerikalik olim. U musulmon dunyosida siyosiy hokimiyat, tarixnavislik, etnik identiklik va Amir Temur obrazining tarixiy talqinlari boʻyicha tadqiqotlari bilan mashhur. 📝 Mavzu: Before Kingship: Temur, Akbar, and the Improvisation of Sovereignty 📅 Sana: 2026-yil 12-may 🕒 Vaqt: 15:00 📍 Manzil: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek ko‘chasi 79. Seminarda Amir Temur va Akbar davridagi siyosiy hokimiyat, hukmdorlik legitimatsiyasi hamda suverenitet masalalarining tarixiy talqinlari muhokama qilinadi. Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637
International Seminar Codicology of Oriental Manuscripts We cordially invite you to an international academic seminar on Oriental manuscript heritage, its structure, preservation, and restoration practices. Speakers: Dr. Marie Efthymiou A codicological analysis of the BNF’s collection of Armenian manuscripts Prof. Francis Richard The collection of Islamic manuscripts at the Bulac Library in Paris Nodira Saidova Conservation and restoration practices carried out on the manuscript of the work “Chahār Darvesh” preserved in the collection of the al-Biruni Institute of Oriental Studies Islomjon Rahimov Restoration practices being carried out on a rare manuscript copy of Imam al-Bukhari’s work “Al-Jāmiʿ al-Ṣaḥīḥ” This seminar provides an academic platform for sharing international experience on Oriental manuscripts, codicology, and restoration methods. 📅 23 April 2026, 10:00. 📍al-Biruni Institute of Oriental Studies ZOOM link https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1
Xalqaro seminar Sharq qo‘lyozmalari kodikologiyasi Sharq qo‘lyozma merosini o‘rganish, saqlanish holati va restavratsiya tajribalari bo‘yicha xalqaro ilmiy uchrashuvga taklif etamiz! Ma'ruzachilar: Dr. Mariye Eftimiu Fransiya Milliy kutubxonasidagi arman qo‘lyozmalari to‘plamining kodikologik tahlili Prof. Fransis Richard Parijdagi Bulak kutubxonasining musulmon qo‘lyozmalar to‘plami Nodira Saidova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan “Chor darvesh” asari qo‘lyozmasi ustida olib borilgan konservatsiya va restavratsiya amaliyotlari. Islomjon Rahimov Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as-sahih” asarining noyob qo‘lyozma nusxasi ustida olib borilayotgan restavratsiya amaliyotlari. 📅 Sana: 2026-yil 23-aprel, 10:00 📍 Manzil: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637
2026-yil 7-may kuni TDSHU hamda O‘zR FA Sharqshunoslik instituti hamkorligida O‘zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, professor Suyima G‘aniyeva xotirasiga bag‘ishlangan anʼanaviy VII “Yosh navoiyshunoslar” anjumani bo‘lib o‘tadi. 📌 Maqolalar 25-aprelga qadar qabul qilinadi. ✉️ yoshnavoiyshunos@gmail.com 📝 Batafsil ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube 📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Sizni "Bilimkent" seminarining navbatdagi ilmiy uchrashuviga taklif etamiz. Bu galgi mehmon — Eron filologiyasi bo‘yicha falsafa doktori, professor Orif Navshohiy. Mavzu: “Rashahot ayn al-hayot” asarining O‘zbekiston tasavvufi tarixidagi o‘rni Prof. Orif Navshohiy Eron filologiyasi sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, ilmiy faoliyati asosan fors tilidagi qo‘lyozma manbalar va ularni kataloglashtirish, matnshunoslik, bibliografiya hamda tasavvuf manbalarini o‘rganishga qaratilgan. U, ayniqsa, xojagon–naqshbandiya tariqati manbalarini tadqiq etish bilan tanilgan. Prof. O. Navshohiy Eronning Fors tili va adabiyoti akademiyasi faxriy a'zosi hisoblanadi. 📅 Sana: 22.04.2026, soat 14:00 📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 79 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Barcha qiziquvchilarni ushbu ilmiy uchrashuvga taklif etamiz. 🔗 Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637 @sharqinstituti
#Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️ Нуфузли хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олган мутахассисларга ипотека кредити берилади Ҳукумат қарори (159-сон, 09.04.2026 й.) билан “Нуфузли халқаро рейтинг ташкилотларининг рўйхатига киритилган хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олган ёш мутахассисларга уй-жой сотиб олиш учун ипотека кредити ажратиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди. 💸 Низомга кўра, Ўзбекистон ҳудудида бирламчи уй-жой бозоридан уй-жой сотиб олиш учун БҲМнинг 2 150 бараваригача 10 йил муддатга ҳар ойда қайтариш шарти билан кредит ажратилади. 📉 Кредит тижорат банки ҳисобидан йиллик 14 фоиз ставкада ажратилади. 📝 Кредит олувчи ЯИДХП (my.gov.uz) орқали давлат хизматидан электрон шаклда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтади. ✅ Кредит олувчига кредит, у қуйидаги шартларнинг барчасига жавоб берганда ажратилади: ▫️ Ўзбекистон фуқароси бўлганда; ▫️ кредит олиш учун ариза билан мурожаат қилган кунда 35 ёшдан ошмаганда; ▫️ кредит олувчи ушбу халқаро рейтинг ташкилотлари томонидан эълон қилинган рейтингда юқори 100 талик рўйхатга киритилган хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олганда; ▫️ кредит олувчининг хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олганлиги ҳақидаги дипломи белгиланган тартибда нострификация қилинганда. ✍️ Кредит олувчи ипотека кредити ажратиш бўйича ЯИДХП орқали қуйидагиларни илова қилган ҳолда мурожаат қилади: ➖ кредит олиш тўғрисида ариза; ➖ кредит олувчи томонидан сотиб олинадиган уй-жой бўйича қурилиш ташкилоти билан тузилган шартнома. ⏭️ Тижорат банки 3 иш куни ичида унинг тўловга лаёқатини ўрганиб, уй-жой сотиб олиш учун унга ажратилиши мумкин бўлган кредит миқдори тўғрисида банк хулосасини Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига тақдим этади. ⚠️ Бунда кредит сотиб олинадиган уй-жой қийматининг 80 фоизидан ошмаслиги лозим. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
“Sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasi” TAKLIFNOMA VA DASTURI INVITATION AND PROGRAM of the "21st International Scientific Conference for Orientalists named after Academician Ubaydulla Karimov"
📢 ANNOUNCEMENT | International Scientific Conference You are cordially invited to the "21st International Scientific Conference for Orientalists named after Academician Ubaydulla Karimov", organized by the al-Biruni Institute of Oriental Studies, Uzbekistan Academy of Sciences in cooperation with the Research Centre for Islamic History, Art and Culture (IRCICA). 📅 Date: April 15, 2026 🕙 Time: 10:00 AM 📍 Address: 79 Mirza Ulugh Bek Street, Tashkent al-Biruni Institute of Oriental Studies We kindly invite all interested participants to take part in this prestigious academic event! 🔗 Zoom link for online participation 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637 @sharqinstituti
📢 E’LON | Xalqaro ilmiy konferensiya Sizni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Islom tarixi, san'ati va madaniyati bo'yicha tadqiqotlar markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasi”ga taklif etamiz! 📅 Sana: 2026-yil 15-aprel 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 79 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Barcha qiziquvchilarni mazkur nufuzli ilmiy anjumanda ishtirok etishga chorlaymiz! 🔗 Konferensiyada onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637 @sharqinstituti
📢 E’LON | Akademik seminar Hurmatli ilmiy jamoa vakillari! 2026-yil 3-aprel kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida taniqli tarixchi olim Aleksander Morrison ishtirokida akademik seminar bo‘lib o‘tadi. 🗂 Seminar mavzusi: Russian Turkestan and the First World War 👨🏫 Ma’ruzachi haqida qisqacha: Aleksander Morrison – Oksford universiteti tarkibidagi 'New College'da faoliyat yurituvchi tarixchi bo‘lib, Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasi davridagi tarixi bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biridir. U, ayniqsa, "The Russian Conquest of Central Asia (1814–1914)" asari bilan keng tanilgan. 📍 Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Barcha qiziquvchilarni seminarimizga taklif etamiz! Seminarda onlayn ishtirok etuvchilar uchun ZOOM havolasi 👇👇👇 https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1 955 9310 1768 210637
без подписи