Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktab
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: +998915626055 +998914608483
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 39
- Всего постов
- 200
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 258
- 1/48двое суток
- 295
- 1/72трое суток
- 318
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
без подписи
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sogʻliq. Tinchlik. Doʻstni xoʻrlash – gunoh. Umr yoʻldoshini xoʻrlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xoʻrlash – ming hissa gunoh. Goʻdakni xoʻrlash – cheksiz gunoh... Ish koʻpligi-yu, vaqt yoʻqligidan nolimang. Vaqt koʻpligi-yu, ish yoʻqligidan qoʻrqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik. Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi. Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering ogʻrimasa shuning oʻzi baxt! Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib boʻlmaydi. Dunyoda mukammal narsa yoʻq. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuygʻuda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, oʻsha koʻproq iztirob chekadi. Insonning bahosi bu dunyoda oʻzi olgani bilan emas, oʻzidan qolgani bilan belgilanadi. ✍️Oʻtkir Hoshimov
без подписи
без подписи
без подписи
#Qarshi_tuman_IM #Mustaqillik_35 #Ibrat_farzandlari 📘 Maktabimizda ingliz tili fani o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan fan to‘garaklari samarali faoliyat olib bormoqda. To‘garak mashg‘ulotlariga o‘quvchilar faol jalb etilib, ularning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. ⚡️ Ingliz tili fani o‘qituvchisi Adilova Dilnoza tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning amaliy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 🌍 Shuningdek, mashg‘ulotlar “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan uyg‘un holda tashkil etilib, o‘quvchilarga ingliz tilini zamonaviy va samarali usullar orqali o‘rganishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta egallashlari, bilimlarini boyitishlari va kelajakdagi maqsadlari sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilmoqda. 📲Bizni kuzatib boring:https://t.me/ptmaQarshit
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Qarshi_tuman_IM #Davra_suhbati #Mutolaa Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi H. Xudoyberdiyeva tomonidan “Mutolaa” loyihasi doirasida buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Jaloliddin Rumiy asarlarida falsafiy va axloqiy g‘oyalarning yoritilishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda buyuk mutasavvuf va shoirning “Masnaviy”, "Ichindaki ichindadir" asarlaridagi inson kamoloti, sabr-qanoat, mehr-muruvvat, ilm-u hikmat haqidagi falsafiy qarashlari yoshlar nigohida yangicha talqin qilindi. Suhbati nafaqat ijodiy muloqot, balki yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Zero, Rumiy merosi — bu barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan ma’naviyat va axloqiy poklikning betakror maktabidir. 📲Bizni kuzatib boring:https://t.me/ptmaQarshituman
#Qarshi_tuman_IM #Davra_suhbati Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi H. Xudoyberdiyeva rahbarligida buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Jaloliddin Rumiy asarlarida falsafiy va axloqiy g‘oyalarning yoritilishi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda buyuk mutasavvuf va shoirning “Masnaviy” asaridagi inson kamoloti, sabr-qanoat, mehr-muruvvat, ilm-u hikmat haqidagi falsafiy qarashlari yoshlar nigohida yangicha talqin qilindi. O‘quvchilar Rumiyning “Sen yugursang, orzuing ham senga yetishish uchun yuguradi” degan hikmatli so‘zlari asosida maqsad sari intilish, o‘z ustida ishlash haqida fikr almashdilar. Davra suhbati nafaqat ijodiy muloqot, balki yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Zero, Rumiy merosi — bu barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan ma’naviyat va axloqiy poklikning betakror maktabidir. 📲Bizni kuzatib boring:https://t.me/ptmaQarshituman
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Qarshi_tuman_IM #Mustaqillik_35 #Shaxmat Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o`qituvchilar va o`quvchilar ishtirokida strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ommaviy shaxmat-shashka turniri o‘tkazildi. Aql va tafakkur sinoviga aylangan ushbu bahsda ustoz va shogird o‘z bilim va mahoratlarini namoyon qilishdi. 🏆Musobaqa natijalariga ko‘ra: Sportning shaxmat turidan: 🥇 Qo‘ziboyev Siroj – matematika fani o‘qituvchisi 1-o‘rinni, 🥈 Abdijamilov Azizbek – 10-“B” sinf o‘quvchisi 2-o‘rinni, 🥉 Qurbonov Asadbek – 10-“A” sinf o‘quvchisi 3-o‘rinni egalladi. Sportning shashka turidan: 🥇 Pardayeva Muxlisa – fizika fani o‘qituvchisi faxrli 1-o‘rinni, 🥈 Xudoyberdiyea Hafiza – ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 2-o‘rinni, 🥉 Berdiyeva Charos – ingliz tili o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada g‘oliblikka erishgan va faol qatnashgan barcha o‘qituvchi va yoshlarni samimiy tabriklaymiz. 📲Bizni kuzatib boring:https://t.me/ptmaQarshituman