Ubaydulla ORIPOV| RASMIY
СтатистикаMaktabgacha va maktab ta'limi tizimiga oid xabarlar yoritib boriladi. Murojaat: @QashVMMTBbot
- Последний пост
- 18 июл. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 38
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#xushxabar IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda: 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing: Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal), Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention). Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi: 2-oʻrin uchun: ➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar); 3-oʻrin uchun: ➖ oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar). Eslatib o‘tamiz: Terma jamoa a’zolari joriy yil davomida Qirg‘iziston hamda Xitoyda tashkil qilingan qo‘shma o‘quv yig‘in mashg’ulotlarida ishtirok etdi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishonamiz, yoshlarimizning kelasi safar natijalari bugungidan ham yuqori boʻladi! @hilola_umarova
#imtihon_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! 🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣📣📣 DIQQAT, TANLOV! ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi eʼlon qilinadi. Tanlov shartlari quyidagilardan iborat: ➖ jadid maʼrifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qoʻlda yozilgan boʻlishi shart); ➖ shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi koʻrsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20-iyundan 20-avgustga qadar qabul qilinadi. ➖ Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Koʻchirilgan yoki sunʼiy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi. ✅ Tanlov gʻoliblari Diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar toʻplami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi: 📍 1 ta birinchi oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm; 📍 2 ta ikkinchi oʻrin – har biri 4 000 000 (toʻrt million) soʻmdan; 📍 3 ta uchinchi oʻrin – har biri 3 000 000 (uch million) soʻmdan; 📍 10 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – har biri 1 000 000 (bir million) soʻmdan. ➡️ Tanlov gʻolib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi. 👉 Shuningdek, birinchi oʻrin gʻolibi oʻqiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul #infografika ✅ Xabaringiz bor, ayni vaqtda 2025-2026-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari davom etmoqda. 🔹 Joriy yil 2-iyulga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 470 297 nafar bola (63 %) qabul qilindi. 👉 Eslatib oʻtamiz: mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari 1-avgustga qadar davom etadi. 1-avgustdan 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📰📰📰📰📰📰📰 ✈️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya korxonalarida amaliyot o‘tashadi ⚡️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 📍 Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, mazkur universitet faxriy Prezidenti Wolfgang A.Herrmann va kengash a’zolari ishtirok etdi. 💫 Yangi tashabbus O‘zbekiston hamda Germaniyaning yirik sanoat tarmoqlari vakillari o‘rtasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va talabalarimizni nemis kompaniyalariga amaliyotga yuborishni nazarda tutadi. ➖ Shuningdek, tadbir doirasida kengash a’zolari esdalik nishoni bilan taqdirlandi. ✅ Kengashga Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi kabi yirik tashkilotlar vakillari a'zo hisoblanadi. 🔹 Shuningdek, Germaniyaning nufuzli korxonalari – “DaimlerChrysler AG”, “BOSCH”, “STADA Arzneimittel AG”, “TAL Group” va “Siemens Energy” rahbarlari ham kengash qatnashchisi sifatida e'tirof etildi. 💥 Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” universitetida ushbu kompaniyalarning laboratoriya va ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish yuzasidan ham fikr almashildi. 🌐 INGLIZ TILIDA Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
https://uza.uz/uz/posts/maktablar-ligasi-goliblari-aniqlandi_735756
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи