tgindex
Abror Ahmedov

©️ Shaxsiy blog Axmedov Abror Qosimovich - Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifimiz: https://myurls.co/abrorahmedov 📝 @hamroyev90

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
17:56
Постов за неделю
29
Всего постов
70
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 849
−9 за 3 дн.
Сутки
−3
−0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 289
40 постов
Вовлечённость
123,8%
к подписчикам
Постов в день
4,1
всего 70
Упоминаний
12
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
303
1/48двое суток
347
1/72трое суток
374

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

  • “Оdamlar bilan ko‘proq uchrashmasak, oyog‘imiz yerdan uzilib qolishi mumkin” — Murotjon Azimov

  • “Qashqadaryo xom ashyo bazasiga aylangan viloyatlardan biri edi” — Murotjon Azimov Telegram | Instagram | Facebook

  • 13 авг.39,4 тыс28

    🇺🇿Qashqadaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarning 856 nafar farzandi uchun oliy ta’lim kontrakt mablag‘lari qoplab berilmoqda. 🇺🇿Bu — davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va kasb egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasidir. 🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov imzolagan qarorga asosan, mahalliy budjetning ortirib bajarilgan qismidan 3 milliard 780 million 600 ming so‘m ajratilib, to‘lovini amalga oshirishda qiynalayotgan talabalarning ta’limni davom ettirishi uchun ko‘mak ko‘rsatildi. 🔍 Bu kabi ezgu ishlar Qashqadaryoda davom etmoqda. #Mustaqillik35 #UZB35 #yoshlar

  • Qashqadaryoda 856 nafar talabaning 3 milliard 780 million 600 ming so‘mlik kontrakt mablag‘lari to‘lab berilmoqda Prezidentimiz tashabbuslari amalda: yoshlar ta’limi faol qo‘llab-quvvatlanmoqda Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va o‘qitishga qurbi yo‘q oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bu boradagi ezgu tashabbuslar Qashqadaryo viloyatida izchil davom ettirilmoqda. Viloyat hokimi Muratjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatidagi 856 nafar talaba-yoshning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun jami qariyb 3 milliard 780 million 600 ming so‘m miqdoridagi kontrakt mablag‘lari ajratildi. Mazkur amaliy yordam, avvalo, ta’lim olish istagida bo‘lgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt mablag‘larini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlarning kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun dunyoda bilim va inson kapitali taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylanayotgan bir paytda yoshlar ta’limiga qaratilgan har bir ko‘mak mamlakatning ertangi taraqqiyotiga kiritilayotgan katta sarmoyadir. #Mustaqillik35 #UZB35 #yoshlar

  • ⚡️Qashqadaryoning kelajagi qanday bo‘ladi? Murodjon Azimov bilan eksklyuziv suhbat Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorovning maxsus intervyusi. To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/BE5zaVjxG9I

  • #OGOHLIK 🛑 Bank SMS kod so'ramaydi 📲 Ulashing va yaqinlaringizni ham xabardor qiling.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Qashqadaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Muratjon Azimov rahbarligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman va shahar hokimlari, banklar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, “Dolzarb 40 kunlik” jarayonlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, tadbirkorlik, turizm, xotin-qizlar masalalari, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi murojaatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirish, yirik korxonalar faoliyatini yaxshilash va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan hududlarda o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida har bir rahbardan aniq natija, mas’uliyat va tashabbus talab qilinishi, asosiy mezon esa qog‘ozdagi hisobot emas, balki amaliy natija va aholi roziligi bo‘lishi ta’kidlandi.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Abror Ahmedov — tgindex