Ochilboyev.uz
СтатистикаNomussiz hayotdan, nomusli o‘lim yaxshi. Amir Temur Kasbiy ta'im agentligining Ish beruvchilar bilan hamkorlik va bandlik bo'limi boshlig'i.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 186
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 100
- 1/48двое суток
- 114
- 1/72трое суток
- 123
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⁉️Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentabr) dam oladi. 🔴 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🔴 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🔴 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🔴1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. 🔹 @ochilboyev_uz
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirdim. Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi. Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi. Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi. — Сегодня в комплексе «Humo Arena» состоялась церемония награждения впервые проведенного в нашей стране Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» на приз Президента. На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева победителям конкурса. В районном и городском этапе конкурса свои способности проявили более 124 тысяч молодых людей. Конкурс открыл новую страницу в жизни многих выпускников школ – у 22 тысяч юношей и девушек появилась возможность получить работу, образование или обрести свое место на рынке труда. По итогам состязаний по десяти профессиям 120 участников, показавших лучшие результаты, признаны победителями и призерами. В поздравлении отмечена необходимость сформировать из числа победителей конкурса и его участников, показавших высокие результаты, сборную команду Узбекистана и уже сейчас начать ее подготовку к достойному выступлению на международном конкурсе профессий «WorldSkills International». Для этого предусматривается привлечение опытных отечественных и зарубежных специалистов, обеспечение команды современным оборудованием и создание необходимой учебно-тренировочной базы. В поздравлении главы нашего государства прозвучал призыв ко всей молодежи Узбекистана оправдывать высокое доверие народа, быть всегда в поиске, осваивать новые знания и технологии, изучать иностранные языки и становиться лучшими в своей профессии. Выражена уверенность, что они своим трудом, знаниями и навыками внесут достойный вклад в развитие нашей страны и станут золотым поколением созидателей Нового Узбекистана. Facebook|Instagram|X
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrik — Поздравление победителям Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅ Texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik Kasbiy ta’lim agentligi direktori va “Ro‘zmetov Z.M.” MChJ rahbariyati o‘rtasida o'tkazilgan uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi. ➡️ Memorandum o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek: ⚫️iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash: ⚫️texnikum o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish; ⚫️bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini ish beruvchilar ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. #hamkorlik #kasbiytalim #bandlik #dual 🔹 @ochilboyev_uz
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✅ Kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida yana bir muhim qadam ✔️ Kasbiy ta’lim agentligi direktori A.Xusanov hamda “Ro‘zmetov Z.M.” MChJ rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📝 Muloqot davomida iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash, texnikum o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini ish beruvchilar ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. ➡️ Shuningdek, korxonaning mavjud ishlab chiqarish salohiyati va ilg‘or tajribasidan kasbiy ta’lim tizimida keng foydalanish, dual ta’limni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga mos ravishda takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. ➡️ Uchrashuv yakunida Kasbiy ta’lim agentligi va “Ro‘zmetov Z.M.” MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ➡️ Mazkur memorandum o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. #hamkorlik #kasbiytalim #bandlik #dual 🔹 @ochilboyev_uz
без подписи
без подписи