KLINIK FIKRLASH
Статистика“Klinik fikrlay olmaydigan tibbiyot oliygohi talabasi, hech qachon yaxshi vrach bo‘la olmaydi”. 👨⚕Doctor Muxtorov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Здоровье (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❓Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz? ❓O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi? Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz. MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi. Kanalimiz manzili quyida👇👇👇 https://t.me/+cHx0i4CGMq0wMWZi
Ko'krak qafasi rentgenogrammasidagi patologiyalar 👨⚕👩⚕KLINIK FIKRLASH KANALI
Pellagra - bu B guruhga kiruvchi vitaminlari va nikotinat kislota (vitamin PP) yetishmasligi natijasida rivojlanadigan kasallik. Rivojlangan davlatlarda nikotinat kislotaning ozuqa tarkibida yetishmovchiligi kam uchraydi. Klinik ko'rinishi "3 D" ko'rinishda: 1. Dermatit - mahalliy pigmentli toshmalar. 2. Diareya - gastroenterit natijasida. 3. Demensiya - ko'plab nevrologik kasalliklar qatorida kognitiv funktsiyaning pasayishi. Davolashni, asosan, zarur vitaminlarga boy ozuqaviy qo'shimchalar (peroral, zarur bo'lsa mushak ichiga inyeksiya shaklida) qabul qilish orqali amalga oshirilish mumkin. 🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
Polikoriya — tug‘ma kasallik bo‘lib, qorachiqning birnechta bo‘lishi bilan farqlanadi. 2 turga bo‘linadi: haqiqiy polikoriya va soxta polikoriya. Haqiqiy polikoriyada barcha qorachiqchalar (Qorachiqcha degan atama borligini bilmayman. Qorachiqlar ko‘pligiga ishora) o‘zining sfinkteriga ega. Barcha qorachiqchalar o‘zining nur o‘tkazish jihatidan alohida vazifasiga ega. Soxta polikoriya qorachiqchalar alohida mushaklariga ega emas. Soxta turi haqiqiysiga nisbatan ko‘proq uchraydi. Kasallik sabablari haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Shuning uchun olimlar va shifokorlar nazariyani ilgari surishga majbur. Bu nazariyalardan biri: embrional rivojlanish jarayonining buzilishi. Operativ va simptomatik usul bilan davolash mumkin. Opertiv davolash o‘z nomi bilan operativ davolash. Simptomatik davolash esa bemor operatsiyani rad etganda qo‘llaniladi. Simptomatik davolashga kontakt yoki kosmetik linzalar qo‘llash kiradi. Do‘stlarga tarqating😊. Kanalga ulanish uchun👇👇👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg
Dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloq: tibbiyot mo‘jizasi AQShning Ayova shtatida tug‘ilgan Nash Kin nomli chaqaloq tibbiyot tarixiga kirdi. U atigi 21 haftalik homiladorlik davrida — ya’ni normal 40 haftalik muddatdan 133 kun oldin dunyoga kelgan. 2024-yil 5-iyulda tug‘ilgan Nashning vazni bor-yo‘g‘i 283 gramm bo‘lgan. Shunga qaramay, u yashab qolib, Guinness World Records tomonidan “dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan tirik qolgan chaqaloq” sifatida rasman e’tirof etildi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 22 haftadan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish ehtimoli juda past hisoblanadi. Chunki bu bosqichda o‘pka, miya va boshqa hayotiy organlar hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. U Ayova universiteti Stead Family bolalar shifoxonasida qariyb 6 oy NICU (yangi tug‘ilganlar reanimatsiyasi)da parvarish qilindi. Hozir Nash uyda ota-onasi bilan, ayrim tibbiy qo‘llab-quvvatlash vositalari bilan yashamoqda. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bayram kunlari yonimizda qanday dorilar bo‘lishi kerak? Hammaga ma’lum biz mehmondo‘st xalqmiz. Bayram kuni oling-oling avjida bo‘ladi va bir-biridan mazali ovqatlarni koʻrib, nafsimiz hakalak otib ko‘proq yeyishga majbur bo‘lamiz. Bu holatni hazm tizimiga tushuntirib boʻlmaydi, isteʼmol qilingan ortiqcha ovqat esa hazm jarayoni uchun qo‘shimcha yuk. Noxush holatlarni oldini olish uchun choʻntagingizda pankreatin(kreon, mezim) tabletkasini olib yurishni tavsiya qilaman. Ovqatlangandan keyin preparatni ichib, hazm jarayoniga anchagina koʻmak bergan boʻlasiz. Yuborilgan "madad kuchlari" uchun fermentativ bezlar rahmat aytishi aniq. Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
без подписи
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi. Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi. Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi. Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
без подписи
без подписи
Ksantelazma — bu ko‘z qovoqlarida, asosan ichki burchak atrofida paydo bo‘ladigan, yumshoq, sarg‘ish rangli blyashkalar. U xolesterin va lipidlar to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Ko'pincha ayollarda uchraydi. 📌 Asosiy sabablari: ▪️Dislipidemiya (qonda xolesterin va triglitseridlarning yuqoriligi) ▪️Metabolik sindrom, qandli diabet ▪️Jigarning ayrim kasalliklari ▪️Ba’zida normal lipid profili fonida ham uchrashi mumkin ⚕️ Tibbiy ahamiyati: Ksantelazma o‘zi xavfli emas, ammo yurak-qon tomir kasalliklari xavf belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun lipid profilini tekshirtirish va asosiy sababni davolash muhim. Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Alport sindromi Ilk bor o'zbek tilida Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Mustaqillik bayramingiz muborak bo'lsin! Mustaqillik – xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kutgan, erk va ozodlikka intilib yashagan umidlari va kurashlarining samarasidir. Aziz yurtdoshlar, “@PEDIATRIC_UZ” jamoasi Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etadi. Xurligimiz, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! Yurtimizni tinchiligiga hech qachon ko‘z tegmasin! Huramat bilan Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
без подписи
Ilk bor cho‘chqa o‘pkasi insonga ko‘chirib o‘tkazildi Nature Medicine da e’lon qilingan maqolaga ko‘ra xitoylik olimlar 39 yoshli miya faoliyati to‘xtagan bemorga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa o‘pkasini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tqazishdi. Bu o‘pka 216 soat davomida ishlagan va bu ksenotransplantatsiya rivojlanishida muhim qadam hisoblanadi. Bir kundan so‘ng va keyinroq yuzaga kelgan shish va rad etish bilan bog‘liq dastlabki muammolarga qaramay, operatsiya hayvon a’zolarini ko‘chirib o‘tqazish imkoniyatini namoyish qildi. Shu bilan birga, rad etish va infeksiyalarni oldini olish sohasidagi muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
ENG OMMABOP KITOB SAYTLARI Sizga qulaylik yaratish maqsadida dunyo bo'yicha eng ommabop kitob saytlarini bitta postga jamladim. Uydan chiqmasdan oromkursiga o'tirib, bemalol mutolaa qilsamgiz bo'ladi. 1. ManyBooks.net 2. ebooks.nypl.org 3. bibliomania.com 4. bartleby.com 5. openlibrary.org 6. onlinebooks.library.upenn.edu 7. books.google.com 8. gutenberg.org 9. archive.org 10. pdfdrive.com Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
⚡️Neyrobiologlar TikTok va Reels'larni tomosha qilish miya uchun alkogolga qaraganda besh baravar xavfliroq ekanligini aniqlashdi. Miya dofamin chiqarishning ushbu oson usuliga o’rganib qoladi va tez qaramlik hosil qiladi — bu qaramlik spirtli ichimliklardan ancha kuchli. Doimiy lentani aylantirish miyamizning prefrontal bo’lagini zo’riqishiga sabab bo’ladi, ya’ni u dam olmaydi. Natijada, biz o’qish, darslar yoki ishlashdan zavqlanishni to’xtatamiz, sabrni talab qiladigan ishlarda esa jahldor bo’lib qolamiz. Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Chaqaloqlarda marmar teri (Cutis marmorata) Sovuqda chaqaloq terisida to‘q qizil-ko‘k “marmar” naqsh paydo bo‘lishi cutis marmorata deyiladi. Bu chaqaloqlarda qon tomirlarining issiqlik nazorati tizimi yetilmaganligi sabab yuz beradi. Iliqlashganda odatda yo‘qoladi va xavfli emas. 🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
Gibbus deformatsiyasi — bu qisqa segmentli struktural torakolyumbal kifoz (orqa umurtqa egilishi). Bir yoki bir nechta umurtqa tanalarining old tomondan qulash juda o'tkir burchakli kifozga olib keladi, bu rasmda ko'rinib turibdi. 🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash
FGDS Fibrogastroduodenoskopiya - bu shifokor yumshoq ingichka naycha va videokamera (endoskop) yordamida qizilo'ngach, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yuqori qismini tekshiradigan tibbiy muolajadir. Ushbu muolaja oshqozon-ichak tizimining yaralar, yallig'lanishlar, o'smalar va boshqa patologiyalar kabi turli kasallik va holatlarni tashxislash imkonini beradi. FGDS vaqtida endoskop bemorning og'iz va qizilo'ngachidan kiritilib, keyin oshqozon orqali o'n ikki barmoqli ichakka o'tkaziladi. 🩻Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash