tgindex
Doctor Muxtorov

Doctor Muxtorov

Статистика
@Dr_Muxtorovузбекский

Shifokor, o'qituvchi va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Shaxsiy fikr-mulohazalar, tahlil va qiziqishlarim bilan o‘rtoqlashib boraman!

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
252
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
435
20 постов
Вовлечённость
172,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
51
1/48двое суток
58
1/72трое суток
63

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi? 1952-yilda amerikalik shifokor Virjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. U yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash va reanimatsion muolalajalarga ehtiyoj bor yoki yo'qligini aniqlash tizimini taklif etgan. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi: A (appearance) - chaqaloqning teri rangi; P (pulse) - pulsi; G (grimace) - yuz ifodasi; A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi; R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari. Shkala 5 ta ko'rsatkich (har biri 0 dan 2 ballgacha, jami — maksimal 10 ball) tahlilini o'z ichiga oladi. U bola tug'ilishi bilanoq 1-5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Agar jami ball 3 dan past bo'lsa, chaqaloqning ahvoli og'ir deb baholanadi. 7 balldan yuqorisi esa yaxshi degani. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).  Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • Semizlikni qanday aniqlash mumkin? Buni tana-massa indeksi orqali quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. TMI=m/(l*l) m-tana vazni l-bo‘y uzunligi Masalan, bo‘yi 160 sm(1,6m) va vazni 85 kg bo‘lgan odam 85/(1,6*1,6)=33,2 Semizlik darajalari: Norma - 18,5-24,9 Ortiqcha vazn - 25-30 1-daraja - 30-35 2-daraja - 35-40 3-daraja - 40 dan yuqori Demak yuqoridagi odamda 1-darajali semizlik bor! Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari TOP-1000 ligida Times Higher Education (THE) agentligi e’lon qilgan Sustainability Impact Ratings 2026 natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilk bor dunyoning top-1000 universiteti qatoridan joy oldi. Universitet «Sog‘liq va farovonlik» (SDG 3) yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda TOP-100 oligohlari orasida joy olib jahonda 81-o‘rinni, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida esa birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija 2030 yilga mo‘ljallangan strategik maqsadlardan biri rejalashtirilgan muddatdan avval bajarilganini ko‘rsatdi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • ⚡️Olimlar saraton hujayralarining 99 foizini operatsiya va kimyoterapiyasiz yo‘q qilishni o‘rganishdi — hozirda bu usulni odamlarda sinab ko‘rishga tayyorlanishmoqda. Molekulalar saraton hujayrasiga yopishadi, infraqizil nur ta’sirida bir soniyada 40 trillion marta tebranib, hujayrani nobud qiladi. Shu tariqa, melanoma bilan kasallangan sichqonlarning yarmida o‘simta butunlay yo‘qolib ketdi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • ⚡️Tillarni o‘rganish miyani «yoshartiradi»: qancha ko‘p til o‘rganilsa, insonning kognitiv qobiliyatlari tengdoshlarinikiga qaraganda shuncha yuqori bo‘ladi. Tadqiqotchilar 700 dan ortiq kishining MRT natijalarini o‘rganishdi. Ikki tilni biladigan odamlarning miyasi suratlarda o‘z yoshidan 6 yoshga, to‘rtta tilni egallaganlarniki esa naq 13 yoshga yoshroq ko‘ringan. Agar tillarni yoshlikdan o‘rganish boshlansa, samara yanada yuqoriroq bo‘ladi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • 13 июл.1 940218

    #AFSONA_VA_HAQIQAT ❓Qora sedana ming dardga davo bo'ladimi? 🗯Afsona Koʻpchilik qora sedanani ming dardni davolovchi moʻjizaviy dori sifatida e'tirof etadi. Uni muntazam isteʼmol qilish saraton, diabet, gipertoniya, infeksiyalar va boshqa koʻplab kasalliklarni butunlay yoʻqotadi, degan fikrlar ham keng tarqalgan. ✅Haqiqat: Qora sedana tarkibida timoxinon, antioksidantlar va biologik faol moddalar mavjud. Tadqiqotlar uning yalligʻlanishga qarshi, antioksidant va ayrim hollarda qondagi lipidlarni biroz yaxshilashi mumkinligini koʻrsatadi. Ammo mavjud ilmiy dalillar qora sedananing biror kasallikni mustaqil davolashi yoki "ming dardga davo" ekanini tasdiqlamaydi. Hozirgi kunda Xalqaro tibbiy tashkilotlar(WHO, FDA, NIH, AAP, ADA, ESC, GINA) qora sedanani klinik standartlar yoki rasmiy davolash protokollariga tavsiya etilgan dori vositasi sifatida kiritgan emas. Saraton, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, infeksiyalar yoki boshqa surunkali kasalliklarda qora sedana asosiy davolash usulining oʻrnini bosa olmaydi. Uni asosiy davoga qo'shimcha sifatida qo'llash mumkin. Qora sedana moyi kapsulasini dori vositalari oʻrnida qoʻllash kasallikning ogʻirlashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim odamlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi ehtimoli ham bor. ❗️Xulosamiz shunday: Qora sedana foydali biologik faol qoʻshimcha boʻlishi mumkin, ammo u na ming va na biror bir dardga davo emas. Qora sedanani kim(qo'shiqchi, masalchi) va qanday usulda(odamlarning hissiyotlari bilan o'ynashib) reklama qilishidan qat'iy nazar afsona haqiqatga aylanib qolmaydi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • Brend firmalarning tovar belgisi va dizaynidan foydalanib soqqa qilish, “Merrymed farm” uchun begona emasligi hammaga ma’lum. Bunday xatti-harakatlar uchun arzimagan 669000 so‘m jarima qilish, bunday holatlarni yanada ko‘payishiga sabab bo‘lmasmikan. Yurtdoshlar dori sotib olayaotganda nomiga yaxshilab e’tibor bering. Preparatning haqiqiy nomi “TURMOL” emas, balki “TRIMOL” dir. So‘z borib-borib yana “tibbiy madaniyat”ga taqaladi. Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 29 мар.2022из Maqsud_Muxtor

    "Tahlil" nashriyotidan yangi kitob! “Sotilayotgan kasalliklar” — jurnalistlar Ray Moynihan va Alan Kassels tomonidan 2005-yilda yozilgan ilmiy-tahliliy asar. Kitob farmatsevtika sanoatida uchraydigan “disease mongering” — ya’ni oddiy holat yoki xavf omillarini kasallik sifatida targ‘ib qilish amaliyotini ochib beradi. Mualliflar ilmiy maqolalar, marketing hujjatlari va sog‘liqni saqlash statistikalariga tayangan holda, ayrim kompaniyalar kasallik mezonlarini kengaytirish orqali bozorni oshirishini ko‘rsatadi. Masalan, xolesterin me’yorlari pasaytirilishi yoki ruhiy holatlarning patologiya sifatida taqdim etilishi millionlab sog‘lom odamlarni “bemorga” aylantirishi mumkin. Tadqiqotlar ortiqcha tashxis va keraksiz dori qo‘llash iqtisodiy va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishini tasdiqlaydi. Kitob sog‘liqni saqlash tizimida manfaatlar to‘qnashuvi, reklama ta’siri va klinik mezonlarning tijoratlashuvi haqida tanqidiy fikr yuritadi. @Maqsud_Muxtor

  • 28 мар.1 83124

    🧠 Neyrobiologiyada inqilob: olimlar ilk bor inson miyasining rivojlanish atlasini tuzishdi. Olimlar 30 million hujayraning genetik ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi — bu o‘nlab kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Jon Hopkins universiteti olimlari autizm, shizofreniya va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarga olib keluvchi genlardagi o‘zgarishlarni kuzatishni o‘rganishdi. Endi ularni miyaning shakllanish bosqichidayoq aniqlash rejalashtirilmoqda. Barcha ma’lumotlar ochiq manbaga joylashtirildi. Endi butun dunyodagi mustaqil tadqiqotchilar Altsgeymer kasalligiga davo izlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • 22 февр.2466из Maqsud_Muxtor

    Odamlarni ko'pi 25 yoshgacha o'ladi, lekin 75 yoshgacha ko'milmaydi. Benjamin Hardy Kanalimiz👉@Maqsud_Muxtor

  • Dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloq: tibbiyot mo‘jizasi AQShning Ayova shtatida tug‘ilgan Nash Kin nomli chaqaloq tibbiyot tarixiga kirdi. U atigi 21 haftalik homiladorlik davrida — ya’ni normal 40 haftalik muddatdan 133 kun oldin dunyoga kelgan. 2024-yil 5-iyulda tug‘ilgan Nashning vazni bor-yo‘g‘i 283 gramm bo‘lgan. Shunga qaramay, u yashab qolib, Guinness World Records tomonidan “dunyodagi eng muddatidan oldin tug‘ilgan tirik qolgan chaqaloq” sifatida rasman e’tirof etildi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 22 haftadan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish ehtimoli juda past hisoblanadi. Chunki bu bosqichda o‘pka, miya va boshqa hayotiy organlar hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. U Ayova universiteti Stead Family bolalar shifoxonasida qariyb 6 oy NICU (yangi tug‘ilganlar reanimatsiyasi)da parvarish qilindi. Hozir Nash uyda ota-onasi bilan, ayrim tibbiy qo‘llab-quvvatlash vositalari bilan yashamoqda. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • 📚 Tadqiqot: Kitob o‘qish umringizni uzaytiradi — muntazam ravishda kitob o‘qisangiz, miya qarishi sekinlashadi. Tadqiqotchilar 50 yosh va undan katta bo‘lgan 3635 nafar insonlarni 12 yil davomida kuzatib borishdi hamda o‘qish odatlarining umr ko‘rish bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishdi. Ular muntazam ravishda kitob o‘qiydigan odamlar umuman kitob o‘qimaydigan kishilarga qaraganda o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashini aniqlashdi. Bu natija hatto ta’lim, daromad, sog‘liq holati, tushkunlik va aqliy qobiliyat kabi omillarni hisobga olgan holda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi. • O‘qish paytida miyangiz meditatsiya holatiga tushadi, asab tizimingiz tinchlanadi va stress darajasi minimal darajaga tushadi. • Miyangiz bir necha barobar sekinroq qariydi, demensiya va aqli zaiflik paydo bo’lishi xavflari esa minimallashadi! • Kuniga kamida 20 daqiqa o‘qing. Bunga hatto audiokitoblar ham to‘g‘ri keladi, eng muhimi, e’tiborni videolar va boshqa keraksiz narsalarga emas, balki asarlarga qaratishdir. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov

  • Bu fotoni ko'rib men ham shokdaman. Odamlarni aldab "soqqa" qilish oddiy holga aylanib qoldi. Bundaylar afsonaviy gaplar bilan xalqimizning soddaligidan foydalanishyapti. Bunda yagona yechim tibbiy va raqamli madaniyatni rivojlantirish. Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov