tgindex
Klinika_SamMU
@klinika_samdtuрусский

Республиканская больница (Многопрофильная клиника Самаркандского государственного медицинского университета)

Последний пост
30 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
русский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
133
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
133
20 постов
Вовлечённость
100,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
86
1/48двое суток
98
1/72трое суток
106

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi 2026-yil 28-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko’p tarmoqli klinikasida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari Rabbimov Elbek Bahodirovich xamda Melikov Sipehr Siddikovichlar so‘zga chiqishdi. Ular O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonuni hamda Prezidentning 2026-yil 10-martdagi PF–38-son Farmoni bilan tasdiqlangan Kiberxavfsizlik strategiyasi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shu bilan birga Internet va raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, axborot tizimlarini himoya qilish, (phishing va firibgarlik), kibertahdidlardan himoyalanish hamda xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berishdi va amalda uchragan kiberjinoyatlarga tegishli xodisalarni misol keltirishdi. Yig‘ilish ishtirokchilarning savollariga javob berishdi. Tadbir yakunida xodimlarga axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, xizmat ma’lumotlarini ishonchli himoya qilish va kiberxavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasi — sog‘ligingiz yo‘lida xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuv. 📱telegram | 📱 #fecebook | 📱instagram |📱web-site

  • XALQARO MUTAXASSIS SamDTU KO‘P TARMOQLI KLINIKASIDA FAOLIYAT BOSHLADI 🇰🇷 🇰🇷 Koreya Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan professor Lee Cha Bum SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasida faoliyat olib bormoqda. Professor Lee Cha Bum xalq tabobati metodlari asosida tashxis qo‘yish va davolash yo‘nalishida bemorlarni qabul qilmoqda. Ko‘p yillik tajribasi hamda xalqaro amaliyoti asosida u zamonaviy va an’anaviy tibbiyot usullarini uyg‘unlashtirgan holda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Barcha fuqarolarni professor Lee Cha Bum qabuliga taklif etamiz. 📍 Manzil: SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasi, Xirurgik korpusda joylashgan, Yuz-jag‘ jarrohligi va rekonstruktiv plastik xirurgiya bo‘limi. SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasi — sog‘ligingiz yo‘lida xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuv. 📱telegram | 📱 #fecebook | 📱instagram |📱web-site

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • SSV: Vazir Samarqandda xususiy tibbiyot vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi Sog‘lom raqobat har sohada kerak. Jumladan, tibbiyotda ham! Shu bois bugun sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ulushini yildan yilga oshirish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish imkonini berayotir. Biroq soha vakillarini qiynayotgan masalalar ham yo‘q emas. Samarqand shahrida Prezident Administratsiyasi mas’ullari va Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ayni shu muammolar atroflicha tahlil qilindi. Qayd etilganidek, yaqin yillargacha mamlakatimizdagi xususiy klinikalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoni bo‘lmagan. Bugun esa ko‘plab yuqori texnologiyali muolaja usullari ushbu tibbiyot muassasalarida muvaffaqiyatli bajarilyapti. Jumladan, yurtimizda xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash va soha faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan e’tibor natijasida 2017 yilda qariyb 3,3 mingtani tashkil etgan nodavlat shifoxonalar soni bugungi kunda 9 mingga yaqinlashdi. Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi tegishli farmoni bilan 2030 yilga qadar xususiy sektorning tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdagi ulushini 30 foizga yetkazish belgilangan. Shuningdek, milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2027-yil 1-maydan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda transplantatsiya amaliyotini bajarishga ruxsat berilishi, ushbu sektor salohiyatini yaqqol namoyon etishi, shubhasiz. Ochiq muloqotda xususiy tibbiyot muassasalari vakillari va farmatsevtika yo‘nalishida ishlayotgan tadbirkorlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar bo‘yicha bildirilgan barcha fikr va takliflar atroflicha tahlil qilindi. Qolaversa, ularni bartaraf etish, tizimda yanada qulay va shaffof biznes muhitini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati 📱telegram | 📱 #fecebook | 📱instagram |📱web-site

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Klinika_SamMU — tgindex