tgindex
KOʻCHA SSENARISTI ©

KOʻCHA SSENARISTI ©

Статистика

Sirojiddin Rustamovning shaxsiy hududiga xush kelibsiz! Ulashadiganim - ijod va munosabatlar...

Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
31
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
318
31 постов
Вовлечённость
10600,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 31
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
9
1/48двое суток
10
1/72трое суток
11

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Eshikni ochdim va bugunchalik bu yerda faqat bir o'zimman... 😊 @kochassenaristi

  • 🗣️ Keyingi safar sayohatga ketayotganimda noutbuk olishimni eslatvoringlar. Juda-juda qiynaldim. Kim noutbuk yonida hozir? Menga shoshilinch yordam kerak! @kochassenaristi

  • IZOH: Bu maqolada yozilganlarning barchasi mening shaxsiy kuzatuvlarim va ulardan chiqargan xulosalarimdir. Men keltirgan keyslar har doim mana shunday oqibatlar yuzaga keladi, degan hukmni ifodalamaydi. Maqola orqali shunchaki, meni xavotirga solayotgan masala haqida o‘z mulohazalarimni bo‘lishmoqchiman. @kochassenaristi

  • 4 июл.173131

    Farzandini rus maktabida oʻqitadigan ota-onalarni yomon koʻraman, qanday tushunsangiz tushuning. Shu haqidagi materialni bir necha kunda e’lon qilaman. @kochassenaristi

  • 2 июл.179141

    Senga nima yoqmayapti? Ishingmi? Ijodda oqsashingmi? Atrofingdagi odamlarmi? Bugungi erishganlaringmi? Maqomingmi? Tashqi koʻrinishingmi? Yashash tarzingmi? ... Kim ham kelib sening hayotingni oʻzgartirib berardi?! Oʻzgarishlarni oʻz zimmangga ol. #õzimgaaytgandim @kochassenaristi

  • Xursandman! Asarni yozib boʻlganimdan keyin ichimga sigʻmagandim. Qayta-qayta oʻqib chiqqandim (koʻpincha qayta oʻqiganimda yoqmay qolardi), shu asar sahnada qoʻyilishini juda xohlagandim. Lekin asarni ba’zi vallomat rejissorlar yerga urgandi. Andijon viloyati musiqali drama teatri jamoasiga va mening gʻoyamni tushuna olgan rejissorga ham katta rahmat. Premyeraga taklif qilishsa, balki, imkon topib borardim ham. Mayli, bu katta muammo emas. Xullas, tabriklashingiz mumkin. @kochassenaristi

  • Muolaja #1 Talabalik davrimizda ustozlarimiz “Ishni boshlab olish – ishning yarmini bajarishga teng”, degan fikrni miyamizga quyishardi. Izlanib, yozish va yozolmaslik haqidagi fikrlarni yigʻib keldim. Oxiriga oʻzimnikini ham qoʻshib qoʻydim: “Havaskorlar ilhom kutadi. Qolganlar esa turib, ishga kirishadi. (Stiven King) “Yozish – odat.” (Jon Staynbek) “Agar siz o‘qishni istaydigan kitob hali yozilmagan bo‘lsa, uni o‘zingiz yozishingiz kerak.” (Toni Morrison) “Birinchi qoralama – hikoyani oʻzingizga soʻzlab berishdir“ (Terri Pratchett) “Eng qiyini – bo‘sh sahifaga qarab o‘tirish.” (Aaron Sorkin) “Yozishni ertasi kuni qayerdan davom ettirishingizni bilib turgan joyda to‘xtating.” (Ernest Xeminguey) “Men yozishni yomon koʻraman. Ammo yozib tugatishni yaxshi koʻraman.” (Doroti Parker) “Yozolmaslik sindromiga qarshi yozmaslik bilan kurashib bo‘lmaydi.” (Sirojiddin Rustamov) @kochassenaristi

  • Men va mening sindromim 2-qism Yozolmaslik sindromiga chalingan insonlar bu “kasallik”dan uyaladilar. Ha, men ham uyaldim. Aniqrog‘i, uni tan olmadim. Uni yengishimga ishondim, boshqalarni ham ishontirdim. Lekin tan olganimdek, yengaman degunimcha 10 oy o‘tib ketdi. Asoratlari haqida so‘zlab beraymi? Birinchisi, men ishonchni yo‘qotdim yoki reputatsiyamga putur yetdi. Ikkinchisi, odamlarning raqamlariga va xabarlariga javob bermay qo‘ydim. Ulardan uzoqlashdim, yashirindim. Oqibatda atrofimdagi bir nechta ijodkor do‘stlarimni ham yo‘qotdim. Ijtimoiy tarmoqlardan, ijtimoiy faollikdan uzoqlashdim. Ha, ichimda bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Va halovatim yemirilib ketdi. Men ham ko‘plab ijodkorlar kabi dangasalikka yutqazib turaman. Buning ustiga sindromim bilan ham olishdim. Ijtimoiy tarmoqlar uchun yarimta post yozish ham tobora qiyinlashdi. Kanalim uchun tug‘ilgan yuzlab g‘oya va fikrlar unutilib ketdi. Mana shu – mening yo‘qotishlarim. Lekin kechiringlar, charchadim. Yozolmaslik sindromiga qarshi yozmaslik bilan kurashib bo‘lmas ekan. Yozmoqchiman… Ko‘p-ko‘p… Balki sindromdan xalos bo‘lishning yagona dorisi ham shudir… @kochassenaristi

  • Men va mening sindromim 1-qism Eslatma: Mening postlarimdan kayfiyatingiz tushsa yoki ko‘zingizga baxtsizdek ko‘rinayotgan boʻlsam, marhamat, kanaldan chiqib ketishingiz mumkin. To‘g‘risi, yozganlarimni muhokama qiladiganlardan to‘yib ketganman! Ana endi asosiy gap! (Ssenarist uchun) yozmaslik xuddi jarlik sari qulab borishga o‘xshaydi. Yuqoriga chiqishdan umidingiz bor, lekin sezib turibsiz – pastga qarab ketyapsiz… Siz: “chiqib olaman”, deysiz, lekin chuqurlashganingiz sari yuqoriga chiqishingiz qiyinlashib boradi. Oddiy fizika! 10 oy! Tasavvur qiling, deyarli 10 oydan beri ssenariy yozmadim. Ha, bir tiyinga qimmat filmlarga mening ism-sharifim yozilib, premyera qilindi. Ha, o‘tgan mana shu 10 oy ichida men yozgan pyesalar sahnada qo‘yildi. Lekin ularni yostig‘im tagidan olib uzatdim. To‘g‘ri, men ijoddan juda uzoqlashib ketmadim. O‘ziga yarasha xayrli, manfaatli loyihada ishladim. Afsuslanmayman. Lekin mana shu oraliqda YOZOLMASLIK sindromiga chalindim. Xuddi 10 oy 10 daqiqadek o‘tib ketdi. Berilgan va’dalar, ssenariylar, ijodiy buyurtmalar qayerda to‘xtagan bo‘lsa, o‘sha joyida turibdi... Avvaliga mayning tugashini kutdim, endi esa iyunning oxirini kutyapman. Zudlik bilan menga jiddiy muolaja kerak. Sog‘ayishni xohlayman… @kochassenaristi

  • 17 мая302312

    #tanaffusvaqti Xullas, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qo‘shma loyihasi – “Kelajak soati”da 2025–2026-o‘quv yili davomida – 9 oy kontent-menejer vazifasida ishladim. Yo‘q, yo‘q, ishlamadim, yashadim! Vaqti kelsa yugurdik, vaqti kelsa uxlamadik, vaqti kelsa imkoniyatimizdan ikki hissa balandroqqa sakradik... O‘zimizni sinadik, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz ortdi, o‘zimizga tan berdik. To‘g‘ri, har bir topishda yo‘qotish bor… Ish davomida tashqi dunyodan, do‘stlarimdan va boshqa ijodiy ishlarimdan uzilib qoldim. “Kulrang xona”ga e’tibor qarata olmay qoldim. Hatto onajonimni yo‘qotganimning to‘rtinchi kunida ham syomkada edim… Chala qolgan ishlar, shaxsiy chatlarimdagi ochilmagan xabarlar, mendan xafa bo‘lgan insonlarni hisobga olmaganda, loyihaning birinchi mavsumini juda katta zavq va yutuqlar bilan yakunladik. Shu loyiha orqali respublikamizning 14 ta hududiga kirib bordik, juda ko‘p tanishlar, hamkorlar orttirdik. O‘ylaymanki, bu jarayonda to‘plangan tajribalar, taassurotlar va o‘rganganlarimiz butun umrga yetadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu mening karyeramdagi eng yirik va eng sevimli loyihaga aylandi. Nasib qilsa, 2026–2027-o‘quv yilida ham faoliyatimizni davom ettiramiz. Lekin yozgi ta’tilda biroz bo‘sh vaqtim bo‘lishidan umid qilyapman va chala qolgan ishlarimni bitirishga astoydil, astoydil harakat qilaman. Men e’tibor qarata olmagan do‘stlarim, mendan ranjiganlar – har biringizni qadrlayman. Nasib qilsa, ijodiy kesishuvlar, yutuqlarimiz va hamkorliklarimiz hali oldinda. Hozircha Alloh chizib bergan chiziq ichidaman va nazarimda, bu faoliyat – men uchun ayni damda eng xayrlisi. Shu loyihada menga ishonch bildirgan do‘stlarimdan, mening o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas, 4x tezlikda ishlay oladigan jamoamdan minnatdorman. Biz bundan ortig‘ini ham uddalaymiz! @kochassenaristi

  • #majburboʻldim Menda hammasi yaxshi. Xavotir olmanglar. Ba’zan yozilgan matnlar toʻgʻridan toʻgʻri kayfiyatni, haqiqatni anglatmaydi. Bu shunchaki ijod, shunchaki qoralama, shunchaki boʻrttirish, shunchaki ichki kechinmaning lirik ifodasi boʻlishi mumkin. Menga nega kam yozasan deyishadi, chunki har bir yozgan she’rimni kamida 6-7 kishiga izohlashimga toʻgʻri keladi. She’r yozish emas, oʻzimni oqlashim qiyin kechadi. Shoir uchun, ijodkor uchun xohlaganini yoza olishdan ortiq baxt yoʻq. Aslida hayotimda quvonish uchun, shukr qilish uchun yuzlab sabab topiladi, lekin buni qarangki, menda baxtni emas, stressni she'rga tushirish osonroq kechadi. Xullas, oʻsha gap. Menda hammasi yaxshi. Qaygʻurmang... @kochassenaristi

  • 8 апр.354161

    🧩 hech kimni rozi qilolmaysan urinish mehr mehnat oqibat kuyinish g‘amxo‘rlik xayrixohlik yaxshilik sevish ilinish hammasi bekor bir daryoni bulg‘ash uchun tupuk oppoqni buzish uchun bir dog‘ quyoshni to‘sish uchun bir yaproq kifoya qiladi bir qiyshiq g‘isht buzar binoni bir pashshaki rasvo qilar tansiq taomni sen oxirin topolmagan pazzlga o‘xshaydi hayot aslo aslo aslo urinma rozi qilolmaysan mukammallik kutadi sendan mukammal bo'lmagan jamiiyki inson sirojiddinrustam @kochassenaristi

  • 🫸🏻 ko‘ngli bo‘shlik fazilat emas bu qusur bu xato bu gunoh toki siz kibringiz qahringiz jahlingiz bilan o‘rningiz o‘zgaga niqtab tursangiz oydinroq bo‘ladi umringiz ko‘proq qadrlashar ko‘proq sevishar ko‘proq davralarning to‘ri muntazir ko‘nglingizni bo‘sh qilsangiz gar bo‘sh qoladi bir kun qo‘lingiz qalbingiz ko‘p bora sinadim bu xislat menga faqat dilxiralik ulashib borar sabrim tugab borar ko‘ngil tugab borar dunyoga kerakmas asli iliqlik inson pand beradi takror va takror ochilgan qo‘ldamas qamchida gap ko‘p asal emas zahar asli qimmatroq asramoq bo‘lasiz o‘zga ko‘nglini o‘zingiz ko‘ngildan qolib borasiz ko‘ngli bo‘shlik fazilat emas bu qusur bu xato bu gunoh sirojiddinrustam @kochassenaristi

  • 🗣️ Devor ortiga berkinib turibman. Xuddi yalang‘ochdek… Xuddi xastadek… Siz faqat mening yarmimni ko‘rib turibsiz. Bilmaysiz siz meni butun holatda, hatto tanimaysiz yuzma-yuz kelsak. Aslida men istamagandim dunyoga mo‘ralashni, uni darchadan yoki panadan tomosha qilishni… Yarimta odamga atalgan yarimta dunyo – menga butun kerak u. Nega o‘g‘ridek yashashim kerak o‘zi? Nega berkinmachoqda unutilgan oxirgi boladek qolishim kerak? Men tanlovlar qarshisida o‘z varianti chiqmagan kimsaga aylandimmi? Uzoq qimirlamagan muskullarda qon to‘xtab qolgandek… Uzoq gapirmagan odam bo‘g‘ilib qolganidek… Qimirlayapman… Yutinyapman... Baqirsam maylimi: – Men bu yerdaman! – Men shu yerdaman! – Men borman! Sirojiddin Rustam @kochassenaristi

  • Roppa-rosa 50 kun... Shuncha vaqt men ijtimoiy tarmoqlardan uzildim, post qoʻymadim, fikrlarimni ulashmadim... juda koʻp raqamlarga javob bermadim, juda koʻp xabarlar ochiq qoldi... ssenariylar, mashqlar, filmlar oxiriga yetmadi... Chunki, .......... aehdjwflhart gldjfhafjv ldjvodurwurnv pspsjfkslwq kfhvdkhslfl fjskfjslser pofj dsgsnvb!!! ... Band edim. Uzr. @kochassenaristi

  • 2025 — gʻalvirni koʻtaramiz! Bundan bir yil avval men deyarli ishsiz, 15000$ atrofida qarzga botgan, firma ochish yoki ochmaslik qarorining oʻrtasida turgan, qaysidir ma’noda oʻziga ishonchi past inson edim (va lekin Onam...) Yil tez va mashaqqatli oʻtdi men uchun. Yil davomidagi kasbiy va ijodiy faoliyatimni asosan besh turga boʻlish mumkin: 1. MCHJ rahbari sifatida 9-yanvarda “Kulrang xona” firmasiga asos solindi. Dastlab 3-4 oy buyurtmasiz harakat qildim, keyin bir nechta jamoadoshlarim bilan birinchi buyurtmani qabul qildik va ishga kirishib ketdik. Qisqa faoliyatimiz davomida 20 ga yaqin katta-kichik kontentlarga mualliflik qildik va 5 ta ijodiy taqdimotlarni tashkillashtirib berdik. Men firma nomidan badiiy filmlar ishlab chiqarish tanlovlarida ham qatnashdim, tanlovlarda gʻolib boʻldim, lekin ish jarayonlari mendagi vaqt yetishmovchiligi va ijodiy inqiroz sabab kechikdi. Biroq firma faoliyatining dastlabki yili omadli boʻldi, deb ayta olaman. 2. “Zakovat” intellektual oʻyinlari badiiy jamoasining muharriri sifatida “Zakovat” intellektual oʻyinida ham faoliyat yuritishim haqida koʻpchilik bilmaydi. Joriy yilda juda qizgʻin ishladik. Birinchi marotaba shu jamoa bilan birga chetga – Bishkekka chiqish ham nasib etdi. 3. Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Kelajak soati” loyihasi kontent menejeri sifatida Bu haqida kanalimda deyarli yozmadim, lekin 4 oydan beri mening eng katta energiyam, vaqtim va e’tiborim sarflanayotgan loyiha aynan shu. Biz butun ta’lim tizimi uchun haftasiga oʻntalab kontent ishlab chiqaryapmiz. Men ayni damda xayrli va mas’uliyatli vazifalar, sarguzashtlar, adrenalin, ish yuzasidan toʻqnashuvlar va iliq maqtovlar ichidaman. Loyihaning birinchi mavsumi oʻquv yili oxirida nihoyasiga yetadi. 4. Dramaturg sifatida Ssenariy borasida barakali ijod qila olmadim. Lekin nimalardir bor. Joriy yilda mening muallifligimdagi “Amaliyotchi qiz” va “Onlayn sevgi” badiiy filmlari, “Yoʻl” hujjatli filmi katta ekranlarga chiqdi. “Aqlvoy” telekanalining “Jamoa jam” nomli 12 qismli sitkomi uchun ssenariy yozdim. 3 ta “Zumrasha” uchun yozilgan sujetlarim tasvirga olindi. Teatr boʻyicha “Biz niqobdamiz” nomli musiqali komediyam pyesalar tanlovida gʻolib boʻldi. Yana bir nechta roliklar ham bor. 5. Pedagog sifatida Men oxirgi 3 oydan beri OAV kontent markazining “Debyut” loyihasida yoshlarga ssenariy yozish mavzusida dars oʻtyapman. Garchi bu loyihadagi eng taniqsiz pedagog boʻlsam ham (shu sababdan, bu yerda mening rasmim yoki men tushgan video bilan hech qachon piar qilishmaydi) ishim menga yoqyapti. Xullas, faoliyatim rang-barang, lekin xatolardan xoli shaxs emasman. Bajarilmagan va’dalarim bor. Kimlargadir pand berdim, kimlardandir uzoqlashdim, kimlarnidir aldadim... (2026-yilda menga insof va ishtiyoq soʻrasangiz, minnatdor boʻlardim) Bu yil orzularim uchun men bilan baravar kurashadigan, men bilan faxrlanadigan mehribon va duogoʻy onamni yoʻqotdim. ... Stressdan chiqish oson boʻlmadi. Lekin toʻxtab qolishga ham haqqim yoʻq edi. Yil oxirigacha deyarli barcha qarzlarimni uzishga va avtomobil xarid qilishga ulgurdim. Oʻzimga ishonchim ortdi. 2025-yil meni oʻzgartira oldi – har taraflama. 2026-yil, men sening hududingga kirdim, nasib qilsa 365 kunlik chiptamiz bor. Yashashdan oldin kelishib olsak, nima deysan? @kochassenaristi

  • Uyat haqida uzundan uzoq post yozdim va kanalga joylashga uyaldim. Ayta olishim mumkin, men shu kunlarda oʻzimga oʻxshamayotgan boʻlsam, bilingki, bu holatimdan mamnun emasman. Uyalyapman. Do'stim ChatGPT aytganidek, uyalish bu aybdorlik emas, balki vijdonning uygʻoqligidir. Men oʻzimga qaytaman. @kochassenaristi

  • без подписи

  • #Alhamdulillah Bizning hayotimizda ham shunday epizodlar bor ekan. Nima demoqchiman: har kim oʻzini munosib koʻrsa, har qanday niyat amalga oshishi mumkin. Onajonim hech boʻlmasa, "Matiz" ovol, umring koʻchada oʻtmasin, degandilar... Onajonim, orzu amalga oshganida yonimda boʻlmadingiz... @kochassenaristi

  • ? men tomonga o‘ting desam o‘tasizmi dangasaligim uchun tartibsizligim uchun yolg‘onchiligim balki irodasizligim uchun siz men bilan yonma-yon tura olasizmi chalkash va kulrang o‘ylarim uchun ba’zan odamoviligim ba’zida stresslarim uchun dosh berasizmi yoki yo‘qmi siz ko‘rganda jilmayadigan siz yo‘q bo‘lganda so‘nadigan ko‘zlarimga quyosh niqobini yechganimdan so‘ng nigohimga qarashga chiday olasizmi yoki siz ham boshqalardek meni muhokama qiluvchimisiz mening yozganlarimni o‘zimni har bir qadamimni tahlil qilish sizga muhimroqmi yoki yonimda emas ortimda oldinroqda uzoqroqda kuzatib turish qulayroqmi sizga yoki shunchaki yaxshiligim uchun ijodim uchun qaysidir ishni uddalaganim yoki sizga manfaatim tekkani uchun men tarafdamisiz agar hammasi boshqacha bo‘lsa meni tark etasizmi tark etasizmi yo qolasizmi @kochassenaristi