Umida ssenarist
СтатистикаShunchaki kreativ inson Savol va takliflar uchun: @umidasadmin Shogirdlar uchun: @umida_ssenaristdan O'quvchilar natijasi: @umidaning_oquvchilari Portfolio: https://t.me/ssenarii_umi Qizlar uchun : https://t.me/+HnqtSkB91l5jM2Uy Reklama olinmaydi
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 952
- 1/48двое суток
- 1 090
- 1/72трое суток
- 1 176
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ishda barakani uchirish 1 oydan buyon qat’iy parhezdaman. Shakar, unli, sho‘r va achchiq narsalar mumkin emas Tabiiyki, xaridlarim yanada daqiqlashdi. Va 5–6 ta joyda bir ssenariy takrorlandi: — Shakarsizmi? — Ha, opajon, shakarsiz. — Aniqmi? Davolanyapman, hozir mumkin emas-da — A, yo‘q, ozgina shakari bor. Lekin unaqa bilinmaydi Qachondan beri “yolg‘on” oddiy holatga aylanib qoldi? “Kam” \ “yo‘q” teng emas-ku O‘quvchilarimgayam har bir so‘zda ehtiyotkorlikni tayinlayman. Maqsadimiz - sotish emas. Avvalo, insonlarga foyda berish Yolg‘on aralashyaptimi, brend baribir ishonchni yo‘qotadi. Odamlar aziyat chekadi. Siz esa jimjimador yozaman deb yomonlikka sherik bo‘lasiz Zotan, tarix taqiqlangan ko‘chadan yurish oqibatini aytib turibdi Boshlang‘ich nuqtani bir eslaylik: “Mevali daraxtdan yema” deyilmadi. “Mevali daraxtga yaqinlashmaslik” tayinlandi @umida_ssenaristdan
Kecha tongda g‘oyasi kelib, o‘sha kunning o‘zida bu kanal dunyoga keldi Bugun esa bittada qariyb 80 ga chiqdik. Demak, "shogirdim", sizga ilk maslahatim - g‘oyalaringizni ortga surmang. Xiyonat qilmang ularga Bilmaysizki, Yuqoridan ilhom qilib berilgan kichik bir uchqun ertaga minglab qalblarni yoritadigan kuchga aylanishi mumkin Bu post qanday bo‘lishi, nimalar yozishim haqida tayyorlanmoqchi bo‘ldim. Lekin unday qilmadim. Qilolmadim. (Ayniqsa, hozir buni na kuch, na sog‘liq ko‘taradi) Har bir o‘qiyotganingiz so‘z hozirgi onda quyilib kelyapti. Bir ustozning gaplari yodimga tushdi: tildan chiqqani quloqqa, qalbdan chiqqani qalbga boradi Men taqillatdim, sizniki ochiqmi? Kanallarim orasida chalkashib ketdim. Birida qizlarga oid mavzularni yozsam, ikkinchisida bugun sohadan gap ochaman, ertaga falsafadan Har bir kitobning o‘z o‘quvchisi bo‘lgandek. Insholarimni ham tartiblashga ilk urinish bu Bu maskanda esa faqat va faqat sohamiz haqida gaplashsak. Natija emas, unga olib borgan jarayon haqida yozaman. Ba’zan yutuq/xatolar ham bo‘ladi, albatta. O‘zim o‘tgan yo‘l va shogirdlar uchun xulosalar bilan bo‘lishaman "Sizga bu nega kerak?" degan savol tug‘ilishi mumkin o‘quvchilarimiz orasida Simmetrik va assimetrik ishlar haqida eshitib qolgandim Simmetrik ish: Shogirdimga 2 soat vaqt ajratib, xatolarini tushuntirdim Assimetrik ish: Shu suhbatni yozib olib, blogimda bo‘lishdim. Undan endi 1 dona emas, 1000 ta odam foyda ko‘rdi Endi ikkinchi savol kelib chiqadi: Nega aynan "Shogirdimga" deb ataldi? Necha yillardirki bozorni kuzataman. Ba’zi kurslar nima deb sotilyapti? "Menda o‘qigin, falonchi narsalarni o‘rgataman, 3 oyda bir kasbni egallab... pul topasan" Buni YouTubeda o‘rgansa bo‘lmasmidi? Kitoblar yo‘qmidi axir? Unda ustoz nega kerak? Niyatim robot mutaxassisni chiqarish emas Fidoiy, vijdonli, qo‘l uchida ish qilmaydigan, boshqalar vaqtiga zulm qilmaydigan, ustoz-shogirdlik haqlariga rioya qiladigan, gapirgan gapida turadigan, ozgina "prosmotr" uchun yolg‘on ishlatishga rozi bo'lmaydigan, loyihani pul uchun emas, qadriyat jihatdan tanlaydigan, o‘z prinsiplariga xiyonat qilmaydigan shogirdlarni chiqarish. Va avvalo o'zim namuna o'laroq shunday inson bo'lish Birgina so‘z bilan aytganda esa: ishingizni ehsonli qiling. Talabim shu) "Shunaqayam qiyin talab bo‘ladimi?" dersiz. Ha, oson emas, lekin halovatli Buni qanday qilamiz? U haqida esa vaqti vaqti bilan keyingi postlarda yozib boraman @umida_ssenaristdan
Maktabimiz direktori bilan suhbatlashib qoldim O‘quvchilarning o‘zlashtirish jadvalini ko‘zdan kechirayotgan edik Unda bolalarning matematika fanidagi har bir mavzu bo‘yicha bilim darajasi o‘lchangan edi Qiziq bir narsa e’tiborimni tortdi — Umida, qarang. Bu o‘quvchi eng qiyin mavzularni ham ishlagan, lekin eng oson mavzuni ishlay olmagan. Nima deb o‘ylaysiz, nega? — Bilmadim, ustoz — Bu o‘quvchi o‘sha oson mavzu o‘tilgan kuni darsga kelmagan Xulosa Tashqaridan qarasak, bu oddiy maktabdagi holatdek tuyulishi mumkin. Lekin men buni hayotdagi boshqa holatlar bilan bog‘lab ko‘rdim Ba’zan insonlarga qarab: “Kap-katta odam-ku, nahotki bu ishni qilgan bo‘lsa?”, yoki “Shunaqa aqlli inson bu gapni qanday qilib aytdi?”, deb hayron qolamiz Aslida esa bunda hayron qoladigan joy yo‘q. Maktabdagi o‘quvchi ham aqlli edi, shunchaki o‘sha darsda qatnashmagan, xolos Xuddi shuningdek, biz “Nega bu oddiy narsada xato qildi?” deb o‘ylaydigan insonlar ham ba’zan hayotning o‘sha kichik darsini hali olishmagan bo‘lishadi @umida_ssenarist
16 kundirki, shu insho haqida o‘ylayman Yelkamda ikki yuk bor. Birinchisi - bajarmaganim. Ikkinchisi - vijdonim ovozi Siqilganim uchun siqilayotgan inson kabiman. Qarzini to‘lash uchun qarz olayotgandekman Keyin qomusiylikdagi g‘oya esimga tushib qoldi: Faollashtiruvchi energiya (Activation energy) Ya’ni moddalarning reaksiyaga kirishib olishi uchun kerak bo‘ladigan quvvat. Barcha ishlarda og‘iri - boshlab olish. Qolgani oson. Gugurt uchqungacha qiynalib yonadi. Mashina qo‘zg‘alishda eng ko‘p benzin yo‘qotadi. Suv muzlashida ilk kristall qiyin shakllanadi Ssenariyda ham shunday. 80% kuchim kompyuterni ochishga ketadi. Inshoda esa asosiy quvvatim sarlavhaga sarflanadi 10 soatlik ishning 50% qiyinchiligi birinchi 5 soatida emas, ilk 5 daqiqasida Bularni nega yozdim? "Ssenarist Daftarchasi" loyihasini ham 3 yil cho‘zib, va nihoyat boshladim. Birpasda 4 oy o‘tibdi Iyunda shuncha mavzu gaplashibmiz: Sotuv va marketing: • To‘lashga tayyor mijozlar qayerda o‘tiradi? • Nega reklama ishlamaydi? • Keys tahlili Trafik: • Targetga sarflamasdan obunachi yig‘ishning 6 ta yo‘li • O‘zga kanal va voronkalardan tekinga mijoz olib kelish Ssenariy va kontent: • Men qanday ssenariy yozaman? • "Resayz" haqida • Boshqa mutaxassislardan o‘tib ketishning yo‘li • Atigi ... ta qadamda progrev yozish Sohada yangilarga: • Qalb kasbini topish • Noldan boshlayotganlarga yo‘l xaritasi • Jamoa yig‘ish Agar bularni o‘qib, loyihamizga bir mo‘ralash istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, ilk qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang. Aktivatsiya qonuniyatiga ko‘ra, @umidasadmin ga yozib qo‘shilganingizdan keyin, qolgani osonroq kechadi) @umida_ssenarist
Ilk marketing loyihamdan bo’shatilganman Holatdan qanday dars chiqarish mumkin: 1. Ketish doim ham mag’lubiyatni anglatmaydi. Ba’zan u yangi daraja uchun imkon bo’lib berishi mumkin. Ehtimol berib mahrum qilgandir, balki mahrum qilib bergandir. Biz bilmaymiz 2. Vaziyatga: "Nega bunday bo’ldi?" emas, "Endi nima qilishim mumkin?" savoli bilan qarash yuqoridagi imkonni ko’rishga ko’mak beradi. Shunday savollar otridan Rahimov Schoolga kelib qolganman desa ham bo'ladi 3. Sulaymon alayhissalomning uzuklarida yozuv bor edi: "Bu ham o‘tib ketadi". Hatto tanamiz o’zimizniki emas, vaqt kelib topshiramiz omonatni. Kursi haqida gapirmasa ham bo’ladi 4. Quruvchi bo’ladi. Ish faoliyati davomida bir-biridan yaxshi uylarni topshiradi. Pensiyaga chiqish oldi, oxirgi uyini qurish navbati keladi. "So’nggisi-ku", deya sifatsiz quradi. Keyin aynan shu uy kalitini "shuncha yillik mehnatingiz" deya topshirishadi. Bu hikoyani eshitganimga ancha bo’lgan, lekin unutilmas saboq bergan. Ishdan ketishimni 1 oy oldin aytishgan bo’lsa-da, eng so’nggi kun ham xuddi ketmayotgandek ishlab berishimga eslatma bo’lib bergan Yuqoridagi xulosalar tort ustidagi bezak edi. Endi insondan asosiy maqsadga o’tsam Bir loyihadan chiqib ketar ekanman, ichimda noto’g’ri tushuncha bo’lardi. Hozir ishdan ketaman, qiynalishadi, o’rnim bilinadi, shunda qaytib ishga chaqirishadi. Yomon xodim bo’lsam shunaqa qilisharmidi, derdim Ya’ni mendagi o’lchov quyidagicha bo'lgan: kuchli mutaxassis = ishdan ketganda kompaniya qiynalishi Yaqinda marketing bo’yicha ustozim bilan fikr almashib, buni insho qilib yozish shart deb o’ylab qoldim O’zim ta’tilga chiqqanimda jamoam xuddi men bordek ishlab ketishlari uchun yillarki harakat qilib kelaman. Hozircha xatolar talaygina. Muhimi shu yo'ldamiz Mustaqillikka o’rgataman, muammoning javobini bilsam ham ba’zida sukut saqlayman, Google Docs'da esa qilayotgan har bir ishimni hujjatlashtirib, katta baza yig’yapman Endilikdagi qarashim o’zgardi: kuchli mutaxassis = ketsa ham ish bemalol davom etadigan kuchli tizim Xullas, ish odamlarga emas, tizimga qurilgani yaxshi ekan. Ishingizni ana shunga qarab o'lchang. Yalinib qilingan qo'ng'iroqlarga ko'ra emas @umida_ssenarist
Hayotimiz sobit, ya'ni o’zgarmas qonunlar bilan o’ralgan Temir qattiq, suv pastga qarab oqadi, shamol esadi, yer aylanadi, kun-tun almashadi Endi tasavvur qiling, sement yaxshiligimizda qattiq, yomon bo’lganimizda yumshab qolganida holimiz ne kechardi? Lekin ikki qonuniyat borki, bizni fe’limizga qarab o’zgarib turadi: rizq va sog’liq 1969-yilda Fransiya atom qurolini sinovdan o’tkazadi Olimlar voqea joyiga borib, chayonlar tirik yurganini ko’rishgan. Shundan keyin 10 yillik tadqiqot ishlari olib borildi Chayon 3 yil ovqat-suvsiz yashay olarkan. 3 kun suvga cho’ktirsangiz ham o’lib qolmaydi. Inson bolasidan 300 barobar ko’proq atom nurlarini ko’tara oladi. 60 gradus issiq sahrodan -10 gradus sovuqqa olib borsangiz, yashab ketaveradi Endi savol tug’iladi. Bitta zaharli hashorotga shuncha quvvat bergan U, odamga berishga qodir emasmidi? Qodir edi Agar tanamizdagi quvvatning shunday zaxirasi bo’lganida, balki betob bo’lmasdik. Kasal bo’lmasak, rizqimiz o’zgarib turmasa, sinovlar kelmasa, Uni eslamay qo’yardik Keyingi misolga o’taylik. Misol ham ilmdek gap, qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi Biri o’zi xohlamagan hodimni ishga oldi va ogohlantirdi Agar ... xato qilsa, ishdan ketkazishini aytdi. Olib qolmoqchi bo’lmagani uchun ham endi u xato sanab kun o’tkazadi Biri farzandini ishga oldi. Qolishini xohlayapti. Har safar xato qilganida dakki beradi, yo’nalish ko’rsatadi. Chunki farzandiga muhabbatli U ham bizni yaxshi ko’rganidandir, balki. Adashsak, bizdan xato o’tsa, bilib-bilmay noto’g’ri ish qilib qo’ysak, bitta “dard” berib qo’yadi Zotan, kasallik insonni tarbiya qiladigan eng katta sabablardan. Shifo ber, deydi, tunda joni og’riganda yolg’iz qolib yolvoradi. Sog’ bo’lganda tush ko’rayotgan bo’larmidi? Tarixda qolgan dialogga bir qaraylik: U meni yaratdi, hidoyat qiladi. U meni qornimni to’ydiradi, chanqog’imni qondiradi. Va agar kasal bo’lsam, U menga shifo beradi. Diqqat bilan qayta o'qiymiz. Kasal qilib, shifo beradi, deyilmadi. “Kasal bo'lSAM, shifo beradi”, deyildi Anaaaa. Demak, kimdan ko’rish kerak ekan? Oynaga boqqanda qarshimizda turgandan) Lekin har yerda istisno holatlar bo’lishi sir emas. Bizga yetadigan dard ham 2 xil bo’ladi: qadardagi, o’zimizni fe’limiz sababli kelgani Endi o'tirib tafakkur qil, dedim o’zimga @umida_ssenarist
Qiyin davrlar kuchli insonlarni yetishtiradi. Kuchli insonlar yaxshi davrlarni yaratadi. Yaxshi davrlar zaif insonlarni yetishtiradi. Zaif insonlar esa qiyin kunlarni keltirib chiqaradi Yuqoridagi iqtibos odatda avlodlar oʻrtasidagi holatlarga ishlatilinar edi. Bugungi kunga kelib esa deyarli barcha yengil yashay oladi Ya’ni, har qachongidan oson hayot kechirishimiz uchun aynan qiyin davrdan oʻtishingiz shart boʻlmay qoldi. 21 kun vaqtli tura olgan insonga qarsak chalib, lol qolayotgan zamondamiz Natijada esa notoʻgʻri qoʻrquvlar ichida yashayotgan avlodga aylanib qoldik Imom Gʻazzoliy Bosh mudarrislik lavozimidan kechib, hech narsasiz shaharni tark etganlar. Biz ishxonamizdagi kecha erishgan kursimizdan ayrilishdan qoʻrqamiz. Muhosibiy otalaridan qolgan 70 ming dirhamni shubha sababli yemay, nochor hayot kechirganlar. Biz oylik ikki kun kechiksa, siqiladigan avlodmiz Hazratimizning onalari haqida yozilgan satrlardan parcha: «Ha, onam haqiqatda sabrli inson edilar. Akamga betahorat sut bermaganlar. Tasavvur qiling, yarim tun, chaqaloq yigʻlab turibdi. Onam esa uni taomlantirish uchun tahorat olyaptilar» Biz esa tahorat ketmasligi uchun suv ichmay yuradigan avlodmiz Avvalgi shogirdlar darsdan tashqari ham ustozning xizmatida boʻlib: «Men sendek farzandni tarbiya qilgan ota-onangni ziyorat qilmoqchiman», degan gapni eshitish orzusi boʻlgan. Biz yakshanba kuni dars qoʻyilsa, malollanadigan avlodmiz Roʻza nasib qilmasligidan qoʻrqishgan. Biz esa och qolishdan qoʻrqib, saharlik bilan oshqozonni pufak kabi toʻldirishga intiladigan avlodmiz Va yana nolib qoʻyishga sabab topib bera oladigan avlodmiz Mavliono Jaloliddin Rumiy aytganlaridek: "Chiroq boʻlish oson emas, buning uchun avval yonmoq kerak" Oson davrda tugʻilish - bizning aybimiz emas, lekin shu qulaylikka asir boʻlib, zaiflashish - tanlovimiz Zotan, kurashsiz erishilgan yorugʻlik hech qachon qorongʻulikni yengishga qodir shaxslarni yetishtirmaydi) @umida_ssenarist
Moliyaviy muvaffaqiyatsizlik, tajribaviy muvaffaqiyat 2024-yil oxirlarida ustoz “Parallel Muhit” loyihasini boshladilar. O‘shanda menda ham shunday yopiq kanal ochish maqsadi paydo bo‘lgandi Eng katta to‘sqinlik - intizom yetmasligi va oqibatda sharmanda bo‘lish qo‘rquvi edi Har safar kirishaman deyman-u, yana tarvuzim qo‘limdan tushadi. “Mengamas, hali vaqtli, kasal bo‘lib qolsam-chi, vaqtim yetmasa-chi, uyga mehmon kelib qolsa-chi, safarga chiqsam-chi, baribir o‘xshamaydi”, kabi ichki dushman ovozi hech ham tinmasdi Yillar yillarga ulandi, maqsadim faqat qog‘ozda qolaverdi. Yetmaganidek, o‘zimga bo‘lgan ishonchimni ham tushirib yubordi Kunlardan bir kun ommaga “1 hafta har kuni insho” challenge’ini e’lon qildim. Ishonasizmi, 7 kun ketma-ket insho yozib, qachon bu qadar yozib qiynalganimni eslay olmayman. Soat millari tungi 12 ga yaqinlashgani sari sizni qattiq bosim qamrab oladi. Tajriba o‘xshamadi. Ilk fail’ga yuzlandim. Oradan yana vaqt o‘tdi. Yopiq kanal yuritish bo‘yicha darsliklar ko‘rdim, voronkalar tuzdim, intizomim ustida ishladim. Lekin qadam bosishga qo‘rqayotgandim. Shunda nafsimni tinchlantirish uchun: “Bir oy sinov muddatida qilib ko‘rasan, agar o‘xshamasa to‘xtatamiz”, dedim. O‘zim bilan o‘zim sulh tuzildi. 2026-yil, mart oyida “Ssenarist daftarchasi” nomli kanalim faoliyatini boshladi. Bir vaqtlar orzuyim bo‘lmish loyiham bugun 3 oylik bo‘libdi. Bu yil hisobida qilingan va hech ham afsuslanmaydigan ishlarimdan biri shu deb ayta olaman May oyida yopiq kanalimizda nimalarni o‘tkazib yubordingiz? • AI va YouTube: Sun’iy intellekt yordamida mijoz keltiradigan lead-magnet ssenariylarini yozish. • 8 xil reklama tahlili: Bozordagi real reklamalarning ichki tizimi tahlili. • Mutaxassislar o‘sishi: “Nima uchun marketingda ishlab o‘smayapman?” savoliga aniq javob (Bonus dars) • Universal formula: Har qanday insonga maqsad qo'yishda yordam beradigan qadamlar • Kurslarda aytilmaydigan mavzu • Jadvallar bilan ishlash • Vizual kontent: Rasm ustidagi matnlar siri, logotiplar va memlar orqali ommalashish • Lead-magnet voronkasi: Shunchaki yuklab olinadigan emas, sota oladigan lead-magnetlar tayyorlash. • Reels orqali faqat "ko'rishlar" emas, maqsadli obunachi va daromad strategiyasi. • Tomoshabinni ushlab qoladigan formatlar tahlili Endi sizda savol paydo bo‘lishi mumkin: “Sarlavhada muvaffaqiyatsiz degan edingiz, qani?” Bu kabi obunali kanal loyihalari eng kamida 10k qamrovli bloglarda qilinishi kerak. Shunda moliyaviy tomondan o‘zini qoplaydi. Ommaviy sotuv to‘g‘ri yondashuv bilan u qadar qiyin kechmaydi. Menga esa ko‘rib turganingizdek yana 9k yetmayapti Daromad jihatdan loyiha o‘zini oqlamagan bo‘lsa-da, u boshlanganidan beri ustimda ishlashim, bilganimni amalda qo‘llash uchun yelkamdagi mas’uliyatim turtki bo‘lyapti. Hozircha audio-podcast va video-darsliklar ko‘rinishida yurityapman. Sinov tariqasida faqat ayol-qizlarga qo‘shilish imkoniyati bor. Matn ko‘rinishiga keltirsak, ommaga taqdim etishni reja qildik. Ba'zan eng katta yutuqlar hamyonimizda emas, shaxsiyatimizda sodir bo‘ladi. Moliyaviy muvaffaqiyatsizlikdek ko‘ringan bu yo‘l - aslida intizomni, tinimsiz o‘qishni va qo‘rquvni yengib qadam bosishni o‘rgatgan haqiqiy muvaffaqiyat bo‘ldi. Shunaqa gaplar hurmatlilar @umida_ssenarist
Hayitlik o‘rniga insho “Qancha umrlar borki, muddatlari keng bo‘lib, madadlari kam bo‘ldi. Qancha umrlar borki, muddatlari kam bo‘lib, madadlari ko‘p bo‘ldi” Ibn Atoulloh Sakandariy Madad nima? Madad - biz insonlarga berilgan lutfu karam. “Madad so‘radi” deganda ishlari oson kechishini, yo‘llari ochilishini, og‘iri yengil bo‘lishini nazarda tutamiz Birgina kitobchilik ishini misol qilib olaylik. Qachonlardir dunyoning hech bir joyida o‘qish-yozish bo‘lmaganda, musulmon yurtlarida aksar insonlar yozishni bilishgan Bag‘dod xalifasi xalqqa arzirlik biror hadya qilish haqida o‘z vazirlariga maslahat solganida, hammalari bir ovozdan yaxshi kutubxona barpo etishga to‘xtalishgan Bu kutubxona hadya etilgach, “Dorul hikma” nomini olgan va keyinchalik dunyodagi birinchi fanlar akademiyasiga aylangan. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Najaf shahrining kutubxonasi o‘sha paytda kichkina hisoblangan. Ammo o‘sha “kichkina” kutubxonada qirq ming nusxa kitob bo‘lgan Ray shahrining kutubxonasidagi kitoblar ro‘yxatining o‘zi o‘n jildli kitob bo‘lgan Buning ustiga, avvallari masjid va shifoxonaga o‘xshash har bitta muassasaning o‘z kutubxonalari bo‘lgan Milodiy 963-yilda vafot etgan Muhallabiy ismli vazir bir yuz o‘n sakkiz ming jild kitobni meros qoldirgan O‘sha vaqtning boshqa bir vaziri: “Muhallabiyning yosh do‘sti Ibn Abbodning kutubxonasida ikki yuz oltmish ming dona kitob bor edi”, deb xabar beradi Uning qozilaridan biri esa bir million ellik ming dona kitobga ega bo‘lgan Buxoroning amiri bir tabibni o‘z huzuriga chorlaganda, tabib: “Yangi maskanga ko‘chayotgan edim, kitoblarimni to‘rt yuz tuyaga ortib qo‘ygandim”, deb uzr so‘ragan ekan Adolat yuzasidan o‘sha vaqtda bosmaxonalar bo‘lmaganini, barcha kitoblar qo‘lda ko‘chirilganini aytib o‘tishimiz kerak. Bundan musulmon ummatining ishiga qanchalik baraka berilganini yaxshi tushunib olamiz Ba’zi ulamolarimizning yozgan kitoblarini yashagan kunlari soniga taqsimlaydigan bo‘lsak, har bir kuniga to‘liq yozilgan ikkitadan to‘g‘ri keladi Bugun sizlarga “barakali umr” tilagini bildirmoqchi edim. Lekin shunchaki tilab qo‘ygandan ko‘ra, buni misollar bilan tushunib yetaylik dedim Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin. Har soniyangiz barakaga limmo-lim bo‘lsin. (Atigi 6 so‘zlik tabrik ma’nosini tub-tubidan tushunish uchun inshoni qayta o‘qing) @umida_ssenarist
612 kun oldin shakarsiz hayot tarziga o‘tdim 10 oy avval “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobidan “Kuniga bir hikmat” challenge’ini boshlagandim. Yaqinda 5-qismi tugadi 281 kundan beri Duolingoda shug‘ullanyapman “Bir kun ham qolib ketmadimi?” desangiz, albatta, bo‘ldi. O‘shanda bir yoshli o‘zimni esladim Barchamiz qachonlardir yurishni bilmaganmiz. “Yo‘q, yurish menga to‘g‘ri kelmas ekan”, demaganmiz. Avval emaklash, keyin devorga suyanib tik turish, yordam so‘rab ilk qadamlarni tashlash, keyin esa mustaqil yurish... Xulosa 14 asr avval bizga qoldirilgan eslatma hali-hamon aktual: “Amallarning eng yaxshisi — oz bo‘lsa-da, davomlisidir” Bundan ikkinchi eslatmaga yuzlanamiz: “Inson bolasi shoshqaloqdir” Ikkinchi eslatmani bilish birinchisiga amalni yengillashtirar ekan @umida_ssenarist
Uch holat sanab, bir xullosa chiqaramiz 1. Mijozimiz bilan kastdev qilayotgan edim. "Yaxshi maktabni nimaga ko‘ra belgilaysiz?" deb so‘radim — Oson, maktablar oldiga borib, tanaffus paytida o‘quvchilarini kuzataman. Muhitning o‘zi ichkaridagi vaziyatni ko‘rsatib qo‘yadi 2. Eshitib qolgan hikoyamning taxminiy ma’nosi: Avtobusdaman. Konduktor qaytim berishda biroz adashib, ko‘proq qaytardi. Yarim dirhamni aytish-aytmaslik haqida rosa o‘yladim. "Qolsa nima qilibdi?" derdi ichkaridan ovoz. Oxiri qaytarib berdim. Shu voqeadan keyin konduktor musulmonlarning halolligiga qoyil qolib, Islomni qabul qilgan ekan. Qaytimni qaytarib bergan kishi esa: "Dinimni yarim dirhamga almashishimga oz qoldi", degan maqola yozgan 3. Kichik bir amalimga taksist amaki: "Otangizga rahmat", dedilar Shunday paytlarda Aliy Tantoviyning gaplari esimga tushadi: "Agar o‘g‘il farzand otasining ismini ko‘tarib yursa, qiz uning o‘zini ko‘tarib yuradi" Endi umumlashtirsak: kimmiz? Ustoz, shogird, farzand, xodim… Bizga qarab, bizning vakillarimizga xulosa qilinadi. Har birimizning yelkamizda ijtimoiy mas’uliyat yotadi. Buni yodda saqlash ko‘p holatlarda tilimiz, nafsimiz va noo‘rin amallarimizni tiyishga yordam berar ekan @umida_ssenarist
Barchasi ko‘ringanidek emas Imom Muhosibiy valiy zot bo‘lganlar. Otalaridan 70 ming dirham meros qolgan. 10 dirham — 100$. "Merosxo‘r" deyishimiz mumkin, aslida esa boylikdan bir dirham ham yemaganlar. Otalarining iymonidan shubha bo‘lgani uchun faqirona hayot kechirganlar Vazn yiqqan insonlar muhokama qilinadi. "Ozsa bo‘lmaydimi?" deymiz. Balki ular o‘z sog‘lig‘i uchun qilayotganlarining biz mingdan birini ham bajarmayotgandirmiz. "Ozg‘in insonga mazza", deymiz. Ular atrofdan "Kasalmisan? Nega semirmaysan?" "Shamol uchirib ketmaydimi?" degan savollarni eshitishga mahkumligidan xabarimiz yo‘q. "Mana buni qara, unga mazza, qanday baxtli", deymiz. Bizga ko‘ringan tarmoqdagi chiroyli surat tushib bo‘lingach, qanday holat kechishidan xabarimiz yo‘q. Bilolmaymiz. "Voy bechora, shungayam qiyin-da", deb qo‘yamiz. Kim bilsinki, balki unga ko‘pchiligimizda yo‘q bo‘lgan qalb sakinati ne’mati ato etilgandir. Insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan (80+ yillik) baxt tadqiqotlaridan biri shu haqida gapirmaydimi? "Shu yoshida uy, mashina olibdi", deymiz. Ulg‘aygan muhiti, boshiga tushgan sinovlar, tanigan insonlari, to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyga borib qolgani, tikkan yillarini ko‘ra olmaymiz. Yoshligimizdan ko‘rib kelgan "Uch bahodirlar" multfilmidagi Shamaxa malikasini ham hamma go‘zal deb o‘ylar edi... Xulosa: Hasad qilishdan avval kadr ortini, muhokama yoki g‘azab qilishdan avval u insonning asl haqiqatini bilmasligimizni unutmaylik. Balki shunda hayot ancha osonlashar Zero, biz faqat montaj qilingan, eng chiroyli kadrlar jamlangan "treyler"ni ko‘ryapmiz. To‘liq metrajli filmning qiyinchiliklari, dubllari va sahna ortidagi ko‘z yoshlari faqat Qahramon va Rejissyorga ayon @umida_ssenarist
agar sayohat qilishga imkon bo'lsa, uni ortga surish kerak emas. shart sayohat qilish kerak. sayohat dunyoqarashimizni tubdan o'zgartirib yuborish xususiyatiga ega. yoshlar sayohat qilishi orqali kelajagi butunlay o'zgarishi mumkin. ilm va biznes egalarini qancha ko'p sayohat qilishsa, jamiyatga shuncha foydali bo'ladi degan fikrdaman. imkon qadar uyushmagan holda, yolg'iz va rejasiz sayohat qilish kerak. shunda yanada ko'proq narsalar o'rgana olamiz. Bek Olimjon 09.04.26 Norvegiya
Endi ko‘zim ilingan ekan, opamning xo‘rsinganini eshitib yana uyg‘onib ketdim -Nimaga kelishaveradi, oyi! -Sovchimi? -dedi oyim. - Keladi-da, qizim. Qizlik uy — bozor. Shoh ham keladi, gado ham. Birovning eshigiga umid bilan kelgan odamni xafa qilish yomon "Dunyoning ishlari" kitobidan parcha, O‘tkir Hoshimov. Bu hisni qizlar yaxshigina tushunsa kerak. Odatda sovchi kelganidan yettinchi osmonda uchib yurganlarni ko‘rmaganman. Hayo, noqulaylik, uyalish kabi hislar o‘tadi. Lekin buning aksini o‘ylab topishibdi. "Qaniydi, mening eshigimni qoqishsa edi", deb orzu qilinadigan sovchilik turi bor ekan. Ha, ha, hazillashmayapman. Aynan shunday! O‘zbekistonda har yili taxminan 243 ming qiz maktabni tamomlaydi. Ammo ularning katta qismi oliy ta’limni davom ettirmaydi. Qiz bola maktabni bitirgach, sovchilar kelishi odatiy hol. Natijada ularning ta’limini davom ettirish masalasi ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Aynan shu muammoni e’tiborga olib, Webster universiteti qiziqarli va ramziy tashabbusni yo‘lga qo‘ydi — “Ilm sovchilari” loyihasi. Loyiha an’anaviy sovchilik tushunchasini yangi ma’noda talqin qiladi: bu safar sovchilar turmush uchun emas, balki ta’lim uchun keladi. Loyiha doirasida universitet vakillari qizlarning uylariga borib, ota-onalari bilan suhbatlashdi. Ular qizlarning oliy ta’lim olishi, kelajagi va imkoniyatlari haqida gapirib, ota-onalarni qizlarining o‘qishini davom ettirishga undashdi. Bundan tashqari, ilmsovchilari.uz platformasi ham ishga tushirildi. Agar qizlar ota-onalarini o‘qishni davom ettirishga ko‘ndira olmayotgan bo‘lsa, ular ushbu platforma orqali “ilm sovchilari”ni o‘z uylariga taklif qilishlari mumkin ekan. Erkak kishiga ta’lim berilsa — bitta shaxsga, ayol kishiga ta’lim berilsa esa butun bir jamiyatga ta’lim bergan bo‘linadi. Erning jamiyatda qoldiradigan ta’siri — xotinining unda qoldirgan ta’sirining aksidir. Mavzuga qaytib, shu savol bilan tugataman: “Qiz bolaga o‘qib nima bor?” deydiganlarga: - Buxoriylar nimaga yetishmayapti? @umida_ssenarist
Tanlovim to‘g‘ri ekanligini qayerdan bilaman? Mavzuni yozishdan ko‘ra u haqida o‘ylash ko‘proq vaqtimni oldi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha inson kuniga o‘rtacha 35,000 ta qaror qabul qilar ekan Qaysi yo‘nalishdagisini tanlasam ekan? Keling, ayni paytda muhim hisoblanmish ishim haqida gaplashamiz. Qiziq-a, hatto shu yerda ham tanlov bor. Kasbim yoki ishxonamga ongli ravishda kelib qolmaganim uchun avvaldan tahlil bo‘lmagan. Hozir o‘tirib, 3 ta asosiy prinsipim shakllanganini tushunib qoldim: 1. Shariatga xilof emasmi? Agar shug‘ullanayotgan ishimiz dinimizga zid bo‘lsa, unda baraka bo‘lmaydi "O‘xshayotganlarni ko‘ryapman", deydiganlar topilar. Xavotir olmang. Biz to‘liq ssenariyni bilmaymiz, ayniqsa, yakunini 2. Uning ichidagi qiyinchiliklarga tayyormanmi? Olaylik, men ssenaristman. Fundamental bilimlarni olishim uchun ilk 20 soat yetarli. Keyingi bosqich murakkablashib boraveradi. Bu xuddi Beginnerdan Elementaryga, Elementarydan Pre-Intermediatega o‘tish ko‘proq vaqt talab qilgani kabi Ana shu bosqichlardagi qiyinchiliklarga tayyor bo‘lsak, to‘g‘ri yo‘ldamiz. 3. "Xislatli hikmatlar sharhi" | 1-qism | 17-hikmat "Muayyan vaqtda zohir qilgan ishdan boshqasini paydo qilishni iroda qilgan kimsa johillikdan hech narsani tark qilmagan bo'ladi" Sharh Inson kasbiga mehr qo‘ymaguncha, biror yaxshi natijaga erishmasligini tajriba takror-takror ko‘rsatgan. Rizq kelib turgan eshikni yopib, boshqasiga o‘zini urishga shoshilmaydi. Bir hunardan ikkinchisiga tebranmaydi. Ulamolarimiz: “Bir narsaga uch marta urinib, foyda ko‘rmagan odam boshqa ishga urinsa bo‘ladi”, deganlar. Sharh tugadi Xulosa - asosiysi, natijaga haddan tashqari bog‘lanib qolmay, jarayonning o‘zidan hikmat izlashni o‘rganish ekan @umida_ssenarist
80 yoshli bobom pensiyaga chiqqanlaridan beri muntazam sport bilan shug‘ullanib keladilar. Bir kunda 10+ km yurar ekanlar (mashg‘ulotlardan tashqari) Aytishlaricha, boshida bitta o‘zlari chiqarmishlar. Keyinchalik ularni ko‘rib, boshqalar ham qo‘shilishibdi. “Hozirda safimiz kengayib qoldi”, - dedilar Tashqaridan qarasangiz, shunchaki yurish-ku, deysiz Oqimga ergashish bilan uni yaratish o‘rtasida katta farq bor Tasavvur qiling: Dars berayotgan ustoz: - “Abu Bakr va Umarlarni o‘qityapman”, - desa Farzandli bo‘lgan yosh oila: - “Buxoriylarni tarbiyalayapmiz”, - deyishsa O‘quvchilarimga doim aytadiganim: ssenariyni eng oxirgisi, deb yozing. Aynan shunisi qanday boshlanishlarga sabab bo‘lishini bilmaysiz Oqibatda esa har biri sizga takrorlanmas va kuchli portfoliyo qurib beradi Siz tayyorlagan reklama orqali bir dona insonning hayoti yaxshi tomonga o‘zgarsa, unda hissangiz bo‘ladi “Qo‘limdan nima ham kelardi?” — demang. Konfutsiyning bir gapi bor: “Zulmatni laʼnatlamang — foydasi yo‘q. Undan ko‘ra, kichkina bo‘lsa ham, chiroq yoqishga harakat qiling”. Buyuk natijaning zaruriy bir qismisiz - bu masʼuliyatni his qiling Gapimizga amal o‘laroq kichik loyiha boshlab qo‘ydik Odatda kitob tavsiya qilar ekanman, o‘zbek tilida bor-yo‘qligi haqida so‘rashadi. Afsuski, aksariniki bo‘lmaydi. Obunalik sinov kanali ochib, tarjima qilinmagan marketingga oid kitoblardan insaydlar bilan bo‘lishib bormoqchiman Ha, balki global o‘zgarishlarga sabab bo‘lmas. Yuqorida aytganimdek, 1 kishi bilan bo'lsa ham boshlab ko‘rishga tayyormiz Qolgan ma’lumotlar uchun: @umidasadmin yozaverasiz
Odatda Ramazon hadyasi o‘laroq o‘zimiz tayyorlagan video bilan bo‘lishardim. Bu yil o‘zgacha yondashuv qilamiz. O‘zim hozirgacha ko‘p qoqiladigan va qaniydi buni hamma bilsa, degan ro‘yxat shakllantirdim. “Kasbiy isloh bo‘lish” nomli 30 kunlik Ramazon chellange bu yilgi tuhfam bo‘la qolsin. Agar bir dona inson bo‘lsa ham undan foydalanib, manfaat topsa, maqsadimizga erishibmiz. Ayyom barchangizga muborak @umida_ssenarist
5 yil oldin komyunity menejer bo'lib ish boshlaganman. Umuman befoyda, faqat vaqtimni o‘g‘irlaydigan soha o‘laroq ko‘rardim. Lekin prinsiplarimga ko‘ra, bir ishni yoki zo‘r qilishim, yoki umuman qilmasligim kerak. Butun boshli internetni: “Qanday qilib mijozga SMS orqali sotish mumkin?” kabi so‘rovlar bilan titib chiqdim. Jamoamizdan maslahatlar olib, amalda qo‘llab, hatto aloqa operatorlarning oldilarida o'tirib sotishlarini tinglardim O‘zbek tilida yozish ko‘nikmam sekin shakllanib (chunki kamina ungacha rus tilida yozib kelgan), har bir so‘zning kuchi va ahamiyatini his qila boshlaganman. Kerak bo‘lsa, ota-onalarga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘rquvlarimni yenggan kunlarim ham bo‘lgan. Jarayon ichida bo‘lganimda o‘zimga shunchaki “smschi qiz” deb qarardim. O‘smayapman, yangi hech narsa o‘rganmayapman, degan bo‘lsam-da, olingan ko‘nikmalar hozirgi kungacha as qotayotganini ko‘rib turibman. Va bu faqat komyunity menejerlikda emas — qilib ko‘rganim har bir ish ayni damdagi meni yaxshiroq bo‘lishimda hissa qo‘shyapti. Yuqorida aytganlarimning nazariyasi ham bor ekan. “Transfer learning” — bitta sohadagi o‘rganishning boshqasiga o‘tishi. Xitoylik olim Piterlining aytishicha, AI’ga bir turdagi qonuniyatlarni o‘rgatilsa, boshqa turdagilari ham yaxshilanib qolgan. Bundan kelib chiqadiki, umuman boshqa sohalarni o‘rganish sizning o‘rganish qobiliyatingizni yaxshilaydi va bilib turgan narsangizni ham rivojlantiradi Agar o‘qituvchi bo‘lsangiz, inson psixologiyasi, tarix, meditsinani bilish, o‘quvchilaringizni tushunishni osonlashtirib boradi. O‘tmish va hozirdagi olimlar ham bir narsada zo‘r bo‘lishdan tashqari, bir nechta yo'nalishdayam ko'nikmalarga ega bo'lishgan. Navoiy, Buxoriy, Xorazmiy… Demak, butun umr o‘rganishdan to‘xtatmaslik kerak Agar shu joyigacha bu maqola reklamaligini tushunmagan bo‘lsangiz, meni men qilgan ustozlarimga rahmat) Gapni cho‘zib nima qildim? Rahimov School Ibn Sino filialiga ivent menejer izlayapmiz. Ko‘p tomonlama malaka shakllantirish mumkin bo‘lgan soha: tashkiliy ishlar, stressga chidamlilik, munozara-muzokara va hk. Tajriba bo‘lishi shart emas, maxsus ustoz barchasini bir boshidan o‘zlari o‘rgatadilar. Ha, aytgancha. Scott Adams g‘oyasiga ko‘ra, qanday kasb egasi bo‘lsak ham, o‘rganib qo‘ysak, o‘sha sohada boshqalardan muvaffaqiyatliroq bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan 9 ta ko‘nikma bor Ulardan biri bo‘lmish — "editingni" o‘rganasiz va, albatta, o‘zingizni ko‘rsatsangiz, bir nuqtada qotib qolmaysiz Shunday qilib, “Ko‘p gap — g‘oyaga yuk”. Havoladan o‘tib oling: link @umida_ssenarist
Pedagog Soloveychik kitobida hikoya kelar ekan: — Bir inson bilan ko‘rishdim. Judayam odobli, gap-so‘zi joyida. Gaplashsam, mazza qilyapman. Otangiz zo‘r inson bo‘lsa kerak, go‘zal tarbiya beribdilar, dedim Haligi odam: — Men otamni deyarli ko‘rmaganman. U menga mehnatkashlikni o‘rgatdi. Lekin bu haqida bir og‘iz ham gapirmadi. Tunda uyg‘onib ketardim, otamni xonasiga qarasam, kechasi bir chiroq bilan dars qilib o‘tirgan bo‘lardi. Yorug'ligiga qarab uyquga ketardim. Mana shu chiroq meni tarbiya qildi. Buxorodagi safarimizda suvenir do‘koniga kirib, tasbehlarga ko‘zim tushdi. Qotib qoldim. Rahmatli buvimni tasbehlaridek edi. Birga-bir o‘xshash, faqat sal katta va yangiroq. Buvijonim bilan xonamiz bir bo'lgan. Tunni qay qismida uyg‘onmay, ularni doimiy ikki holatda ko‘rardim: tasbeh o‘girayotgan yoki kitob mutolaasida. Kitob ham umuman o‘zgarmas, qayta-qayta bittasi o‘qilardi Tasbehlaridagi donalarni chiq-chiq-chiq degan ovoziga termilgancha uxlab qolardim. Bir kuni uni uzib yubordim, juda qo‘rqib ketgandim. Yo‘q, biz yangisini olmadik. Yana qayta ipga terib qo‘ydik. Eng qizig‘i, hali ham bor, faqat sohibi o‘zgargan O‘sha tasbeh menga 100 ta kitobdan ham ko‘proq saboq berdi. Ha, o‘sha buvimni oppoq eski tasbehlari @umida_ssenarist
2026 yildagi o‘zimga tavsiyalarim Inson unutguvchi, ne’matlar ichra bo‘lsa qadriga yetmay qo‘yadi. Shokir borini ko‘radi, noshukur esa yo‘g‘ini. Shuni unutma, noshukurlar baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi Maqsadni to‘g‘ri qo‘y. Har oy 3 ta kitob tugataman emas, har kuni yil davomida uzmasdan yarim soatdan o‘z ustimda ishlayman Emotsional intellektni o‘rgan. Hissiyotlaringni nazorat qilmas ekansan, noto‘g‘ri qarorlaringning keti uzilmaydi 3 narsa ustida doimiy ishlasa, seni yengib bo‘lmay qoladi: uyqu, taomlanish va ruhiy holating Muvaffaqiyat ketidan quvaverma. Ba’zan yiqilish senga ko‘proq narsa o‘rgatadi. Ishimiz nega o‘xshayotganini bilgandan, o‘xshamayotganini bilish afzalroq. Seni hali ko‘p maqtashadi. Ana o‘shanda hech birini o‘zingdan, deb bilma. Kim seni ikrom qilsa, U Zotning sendagi go‘zal satrini ikrom qilibdi. Tarixga qara, olqishlardan sarxush bo‘lganlar hozir qayerda? Omma kabi bo‘lmoqchi bo‘lmasang, omma qilmayotgan ishlarni qilish va qiynalishga rozi bo‘l Moliyaviy savodxonlikni o‘rgan. Ko‘p topgan hech qachon boy bo‘lmagan. Daromad oshgani sari xarajatlaring ham o‘sib borsa, umringni o‘sha arzimas sariq chaqaga sotgan bo‘lasan Senga ta’siri kuchli insonlar bilan masofa saqla. Yaqin bo‘lganing sari nuqsonlari ko‘zingga ko‘rina boshlaydi, oqibatda gaplari amalingga ko‘chishi qiyinlashadi va bundan faqat o‘zing ziyon ko‘rasan Farosatli bo‘lishga intil va umringning so‘ngiga qadar bir on ham, unga erishdim, deb o‘ylama Prinsiplarga 90% amal qilgandan, 100% amal qilish osonroq. Bir marta hech narsa qilmaydi, degan kuning o‘zingni oldingda hurmating sinadi. O‘zini o‘zi hurmat qilmaganni, boshqalar nega hurmat qilsin Ota-onang va ustozlaringning duosini ol, ular norozi bo'lishsa, baraka topmaysan @umida_ssenarist