tgindex
Think with Mirro

Think with Mirro

Статистика

Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman. 📩 @jmsAD

Последний пост
12 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
687
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 919
27 постов
Вовлечённость
279,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 28
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 июл.6243416

    Yakshanba — dam kunimi? Masjiddagi imom bir voqeani ustozimizga gapirib bergan ekan, uni bizga ustozimiz so'zlab berdilar. Kunlardan bir kun — yakshanba kuni masjid qavmidan bo'lgan, yoshi 50 dan oshgan, butun umri rasmiy ishda o'tgan, namozga yaqin-yaqinda chiqishni boshlagan bir kishi imomga kelib arz qila boshlabdi. — "Ey imom, shu namozlarni har kuni 5 vaqt o'qiymiz-a? Ora-orada dam kuni ham qilsa bo'lmasmikin? Hech bo'lmasa yakshanba kunlarni. Sal yengilroq bo'lardida... Odam qiynalib ketdiku.." Imom qanday javob qilgani, 5 vaqt namozning qanday amal ekanligi va qanday qilib aslidan 5 vaqtgacha kamaytirilgani haqida so'z yuritib o'tirmaymiz. Voqeadan bizga tegishli joyi — shu kishining namozi — uning hayot tarziga aylanmaganida. Shuning uchun bu ish ularga qo'shimchadek tuyulyapti. Hammamiz ham shu kishidekmiz. Yangi ko'nikmalarni o'rganishni boshlaymiz, dars qilishga ahd qilamiz, har kuni kitob o'qishga harakat qilamiz, yangi tilni o'rganamiz, zalga chiqamiz va hk. Bularning bari — biz ushbularni hayot tarzimizga aylantirmagunimizcha bizga qiyinchilik tug'diraveradi. Atomic Habits'da kelgan ediku — odamlarni odatlar shakllantiradi, maqsadlar emas. Odatlarni esa shaxsiyat shakllantiradi. Sportsmen odamga chekmaslikni yoki har kuni shug'ullanishni uqtirish shart emas. U shu ishlarni qilmasa "sportsmen" bo'lmay qoladi. Habib Nurmagomedov ham 6 yoshidan beri bir kun ham mashg'ulotni qoldirmaganini aytgan edi. Demak — biz qanday odam bo'lmoqchi bo'lsak, qaysi odatni shakllantirmoqchi bo'lsak — ana shu shaxsiyatga ega bo'lishimiz kerak. Yoki ega bo'lish yo'llarini o'rganishimiz kerak. Yuqoridagilarni ishga, yakshanba dam olish kuniga nima aloqasi bor? "Odamga o'xshab dam olamizmi o'zi yo'qmi?" Haha — Katta ishlarni qilmoqchi bo'lsangiz, jiddiy g'amingiz bo'lsa, TOP 1% ga kirmoqchi bo'lsangiz — yo'q. Uzr. Chunki g'ami bor odam dam olish u yoqda tursin, hatto uxlamaydi ham. Yoki juda kam uxlaydi. Yoki uxlaganda ham g'ami bilan yotadi. Endi ishga qaytsak. Agar sizda ishlashdan maqsad — xarajatlar uchun pul topish, ertalabdan kechgacha nimadir bilan shug'ullanish xohishi yoki shunchaki hobbi bo'lsa — sizga ish doim "jiddiyroq" ishlarni qilishga halal berayotgandek bo'laveradi. Lekin, ish — bu dunyoda siz o'z shaxsiyatingizni qurish, katta maqsadlaringizni amalga oshirish uchun vosita bo'lsa — u sizga yordamchi bo'ladi. Kuchdan qolsak nima qilamiz? Himmatlarimizni jismoniy holatimiz ko'tarmasachi? Bu haqida alohida postda gaplashamiz ;) #ish / @thinkwithMirro

  • Kanalga kirib oldin yozilgan postlarni o’qib chiqdim. Yaxshi yozgan ekanman. Haha. 6 oydan beri post chiqmapti. Siz nega hali ham bu kanalda o’tiribsiz?

  • 5 дек.3 888267

    Bugun umuman ishlamadim Ertalabdan maktabga trening o’tishga bordim. Kuratorlarga mijozlar bilan to’g’ri kommunikatsiya qilish haqida taqdimot o’tdik. Keyin filial direktori bilan marketing darslarimizni qanday qilib amaliyotga bog’lash haqida suhbatlashib, fikr almashdik. Ha, men maktabda katta sinflarga dars o’tyapman ;) Orada Mirjalol bilan maktab fasadini bezatish va bog’cha haqidagi masalalarni ko’rib chiqdik. Keyin Executive jamoa bilan birga tushlik qildik — 2027-yilga rejalar, safar va boshqa masalalarda suhbatlashdik. Ofisda dizaynerimiz bilan kichik 1:1 qildik — karyeradagi rejalar, kurs va rivojlanish bo’yicha suhbatlashdik. Orada Telegramda yozishmalar, tahlillar ko’rish, kitob o’qish va hk ishlar ham bo’ldi, albatta. Lekin o’tirib, uzoq vaqt oladigan tayinli ish qilmadim. Qilmadim deb o’ylagandim. Keyin bilsam “menejerning ishi 80% suhbatdan iborat ekan”. Menejer ishni jamoasi yordamida qiladigan odam. Albatta uni ham asosiy ishlari bor — strategiya tuzish, uzoq muddatli rejalar qilish, jamoa kayfiyati va energiyasini boshqarish. Mana shu asosiy ishlar — suhbat bilan bitadi. Bizga yuqoridagilarni o’rgatgan Abdulloh Shamsutdinov boshqaruv bo’yicha kurs boshlayptilar. Biz tajriba maydonida o’rganganlarimizni siz bir tizimga solingan darslik sifatida o’rganishingiz mumkin. Bosinglar: https://t.me/boshqaruvchiga/185 #kurs / @thinkwithMirro

  • 19 нояб.3 5912613

    The Venture Mindset Hozir shu kitobni o’qiyapman. Juda qiziqarli ketyapti. Fikrlarni yozib boraman. Asosiy tezislardan biri — agar biz biznesda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsak, o’zimizga xato qilish uchun imkon berishimiz kerak. Imkon berish emas, hatto ko’p xato qilishga urinishimiz kerak. Chunki biznes — bu test&trial o’yini. Ayniqsa bu biznes bozorga yangilik olib kirmoqchi bo’lsa. Jamoada ham shunday. Agar jamoada bir odam yangilik qilaman deb xato qilgani uchun urushilsa, u odam boshqa yangilik qilishga urinmaydi. “Hech narsa qilmasam = xato ham qilmayman” degan fikrlash paydo bo’ladi. “U hech narsa qilmadi va ko’tarildi” deydiku haha Xuddi shunday yondashuvni mag’lubiyatlarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Agar bir odam yillar davomida g’alabaga erishib kelsayu, endi bir safar bor kuchini sarflab o’ynagan o’yinida yutkazsa, uni chetlashtirish — butun tizimga signal beradi. Tizimni o’zgartirish o’zimizdan boshlanadi. O’zimizni o’zgartirish esa — fikrlashdan. #kitob / @thinkwithMirro

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 8 нояб.1 727315

    Sayohat qiling, sog’lom bo’lasiz 1 haftalik safarda bo’ldik. Turkiyada. Istanbulda bo’ldik, dengiz ko’rdik. Turklar bilan yarim o’zbekcha yarim turkchada gaplashdik. 500 yillik masjidlarni ko’rdik. Qadrdonlar bilan ko’rishdik. Mushuklarni semizligini ko’rib o’zimizdagilarga rahmimiz keldi. Istanbul turbandliklarida qoldik. Paromda shaharning u tumanidan bu tumaniga suzdik. Parom — ular uchun oddiy transport vositasi. Biz uchun esa — sayohatdek gap. Galata’ga chiqdik. San Sebastian yedik (marketing qurbonlari. Haha). Orolga bordik. Biz Qora dengiz deb o’ylayotgan oxiri yo’q dengiz — bu shunchaki Marmara dengizi ekan. Qora dengiz qanchalar katta ekan? Bu galgi safar oldingilaridan ancha sekin, xotirjam va shoshilishlarsiz o’tdi. Internetdagi vaximali gaplarning hech biriga duch kelmadik — aldoqchi taksistlar, xavfli massivlar, qattiqqo’l polislar — bular bizni chetlab o’tdi. Yoki o’zi hammani chetlab o’tadi, shunchaki blogerlar bo’rttiradi. Hayp kerakda. Toshkentga qaytganimizga bir hafta bo’ldi. Safardan nimalar oldim degan savolga endi javob topgandekman. Yuqoridagi tajribalardan tashqari eng muhim narsa — miyani bo’shatib, xuddi start chizig’iga yangi kelgandek bo’ldim. Xuddi oldingi ishlar unutilgan, miyani band qilgan muammolar yoqolgan. Kayfiyat xuddi birinchi kursga qabul qilingan talabaning Sentyabrda ilk darslarini boshlanishiga o’xshaydi. Fresh. Rejalar, g’oyalar ko’p. Qiladigan ishlarimiz talaygina. Muhimi — ishlarni qilishga endi yangi kuch bor. Sayohat qiling. Safarlarga chiqing. Balki to’siqlar faqat miyadadir? #sayohat / @thinkwithMirro

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи