- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 27
- 1/48двое суток
- 30
- 1/72трое суток
- 33
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Sabr Beriladigan mukofotlarning ko'pi o'lchab, hisob-kitob qilib beriladi. Lekin sabrga hisobsiz deyilgan. Qiziq, nega? Balki, insonni eng ko'p qiynaydigan narsa jarayonga turib berish bo'lganigamikin? Soniyalar yillardek. Yillar asrlardek tuyulganigamikin? Xuddi tugamaydigandek. Balki shu sababdan sabrga targ'ib qilinarmiz. Inson qiynalgan paytida ko'p yukinadi. Balki sabr eng ko'p yukintirgani uchun sevimliroqdir Unga. Va balki shuning uchun sabrga hisobsiz beraman der. Qiziq, rostan qiziq.
Sinoving Ustozlar yigit kishining sinovi 3 narsada deyishadi: 1. Qizlar 2. Pul 3. Mansab Qizlar. O'zim va do'stlarimning tajribasidan bilaman: Har safar yangi mas'uliyat, ko'tarilish, ko'proq qiymat yaratish va ishonchga kirish imkoni berilganda qizlar bilan sinalamiz. Kimdir ko'zga yaxshi ko'rinib, ko'ngilga tushib qoladi. Yangi mas'uliyatlar haqida qayg'urish o'rniga fikru hayolimizni begonalar egallaydi. Natijada, imkoniyatni boy beramiz. Nasiya ortidan quvib, naqdni yo'qotamiz. Axir, Ustoz bu haqida bizga yo'nalish berib qo'ymaganmidilar? Yigirma yoshlar atrofida bo'lsangiz, ishlaringizni zo'r qiling. Usta bo'ling. Qilayotgan narsangiz haqida qayg'uring. Cheksiz do'stlar va sevgi o'zi hayotingizga kirib keladi. Nikohlanishga harakat qilib alohida vaqt sarflash zo'r odamlarni uchratishingiz imkoniyatini kamaytiradi. Qisqasi, arzishga harakat qiling. Pul. Nimadan olib, nimaga sarflayapmiz? O'zimizdan ketib ko'ngilochar, nafsni semirtiradigan narsalarga sarflab qo'ymaymizmi? Uning hisob-kitobini qilyapmizmi? "Pul — yaxshi xodim, lekin yomon rahbar" - degandilar Hazrati Umar roziyallohu anhu "Hazrati Umarni uchratganimda..." kitobida. Xo'sh, u xodimimizmi yo rahbarimiz? Mansab. Qo'l ostimizdagilar haqida ham so'ralamiz. Mehr-muhabbat bilan muomalar qildikmi? O'stirdikmi? Maqsadiga yetishda yordam berdikmi? Bizni yaxshi ko'rishadimi? Mansabga imkoniyat emas, mas'uliyat deb qarashardi biz hayotiga havas qilganlar. Tepada nomini eslagan kitobimizda: Hazrati Umar roziyallohu anhu Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhudan nega o'zlarini xalifa qilib tayinlaganlarida aytgandilar: — Hoy, Abu Bakr, men buni istamas edim. — Agar buni istashingni bilganimda, seni tavsiya qilmasdim. Mansab — mas'uliyat. Bo'lganda ham og'ir mas'uliyat. Endi faqat o'zingizga emas, qo'l ostingizdagilar uchun ham javobgar bo'lasiz.. Ey yigit, sinovlaringni oson qilishini so'rab yolvor. Va ularda qattiq va xushyor tur.
Yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l. Ba’zan insonning eng katta yolg‘oni boshqalarga aytgan gapi emas. O‘ziga yaratib olgan obrazi bo‘ladi. Odamlar seni qanday bilishadi? Yaxshi inson. Samimiy. Mehribon. Tarbiyali. Dindor. Vafodor. Balki sen ham o‘zingni shunday bilarsan. Lekin hech kim ko‘rmayotgan paytingda-chi? Hech kim seni maqtamayotganda. Hech kim sening yaxshi ishingni bilmayotganda. Hech kim seni yomonliging uchun tanqid qilmayotganda. O‘sha paytda qanday odamsan? Chunki insonning asl qiyofasi odamlar oldida emas, hech kim ko‘rmayotgan joyida bilinadi. Odamlar oldida muloyim bo‘lish qiyin emas. Kerakli paytda kerakli gapni aytish ham qiyin emas. Yaxshi ko‘rinish uchun jilmayish, mehribon ko‘rinish uchun chiroyli so‘zlar topish, taqvodor ko‘rinish uchun ibodat qilish mumkin. Lekin qalbni aldab bo‘lmaydi. Sen o‘zingni qanday ko‘rsatishni bilishing mumkin. Ammo aslida qanday ekaningni ichingdagi bir odam juda yaxshi biladi. O‘zing. Shuning uchun ba’zan o‘zimizdan so‘rashimiz kerak: Men odamlar yaxshi deb biladigan insonmanmi? Yoki odamlar meni yaxshi deb bilishlari uchun shunday ko‘rinishga harakat qiladigan insonmanmi? Men samimiymanmi? Yoki samimiy ko‘rinishga ustamanmi? Men yaxshilikni yaxshi ko‘ramanmi? Yoki yaxshi inson deb atalishni? Mana shu ikkisining orasidagi farq juda katta. Chunki birinchisi — xarakter. Ikkinchisi esa — obraz. Obrazni odamlar oldida saqlash mumkin. Lekin yolg‘iz qolganingda u baribir yechiladi. Shunda na chiroyli gaplar qoladi, na odamlarning maqtovi. Faqat sen qolasan. Va o‘zing haqingdagi haqiqat. Balki insonning eng katta g‘alabasi ham shudir: odamlar oldida yaxshi ko‘rinish emas, yolg‘iz qolganda ham yomonlashib ketmaslik. Shunday yashash kerakki, odamlar biladigan “sen” bilan hech kim bilmaydigan “sen” o‘rtasida katta farq bo‘lmasin. Chunki bir kun kelib, hammadan yashirgan narsalaring bilan yolg‘iz qolasan. O‘sha kuni o‘zingdan: “Men kim edim?” deb so‘rashdan ko‘ra, “Men qanday ko‘ringan bo‘lsam, shunday yashadimmi?” deb so‘rash osonroq bo‘lsin. @mutaallima
Sen qanchalar yonding? Kutuv. Sababiyat. Natija. Shu uchalasi bilan • shaxsiyat • munosabat • jamiyatdagi o'rnimizni quramiz. Kutuv odatan natijaga qo'yiladi. Birovlarga, qilayotgan ishlarimizga. Natija bizdan emasligi uchun qancha minimum qo'ysak, shuncha baxtli bo'lamiz. To'liq bizga bog'lig'i — sababiyat. Sabablarga bo'lgan munosabatimiz aslida kim ekanligimizni ko'rsatadi. Kutilgan natijani olish uchun: Nimalar qilding? Qanchalik yonding? Qanchalik harakat qilding? Hamma sabablarni qildingmi? Boringni bera oldingmi? ... Men uchun natija muhimmas. Sen shu natijaga erishish uchun qanchalar yonganing muhim. Menga natijani emas, qanchalik harakat qilganingni ko'rsat.
Odamlar bilan ishlab, vazifalar berib, qabul qilib shuni tushunyapmanki, Ruhlarni qiynab hech qanday natijaga erisholmaysiz. Yaxshi boshqaruvchi odamlarning ruhlari bilan muomala qilishni biladigani bo’lsa kerak. Ustozlarimizam shunday: Oddiy mavzularni qo’ying, hatto ishni muhokama qilganimizdayam ruh bilan tinglaymiz. Ular jismlarimiz bilan emas, ruhlarimiz bilan mustahkam munosabat o’rnatishgan. Ha, joyi keladi. Qattiqroq turish, qat’iyat bilan muomala qilish kerak bo’ladi. Hatto eng ko’p o’qiydigan fotihamizning “Mehribon va Rahmli” deyilganidan so’ng, “Jazo kunining Egasi” deb aytilishidan keyin tabiiy tushunsa ham bo’larkan buni. Chunki, odam chegaralarni buzishga moyil qilib yaratilgan. Kelayotgan xulosamni sizlar bilan bo’lishsam: Boshqarishning asosi – muhabbat. Chegarasi – qat’iyat. O’zimizni ruhlar bizga talpinadigan qilib tarbiyalashimiz kerakka o’xshaydi.
Unutmang: odamlar siz ularga nima qilganingizni yoki nima deganingizni eslab qolmaydi. Odamlar siz ularga nimani his qildirganingizni eslab qoladi.
G’oyalaringizni eslab turing Inson so’zini nisyon — “unutuvchi” so’zidan kelib chiqqan deyishadi. Ha, biz unutuvchimiz. Gunohlarimizni, “Qaytib qilmayman”larimizni, O’zimizga bergan va’dalarimizni, Ustimizda turgan son-sanog’i yo’q ne’matlarimizni, Nega kelganimizu, nima qilishimiz kerakligini unutib qo’yaveramiz. Oldini olish mumkinmi? Menimcha, yo'q. Chunki, "By default" shunaqa yaratilganmiz. Ishdagi o'nlab task'lar, stress, pul topish g'ami — miyamizning qabul eshiga oldida "bizni birinchi hal qilishing kerak" degan tamg'a bilan turishadi. Hech kimga navbat berishmaydi. Ruhiyat, odatlar, ibodatlar esa sipogina bo'lib, bir burchakda o'z navbatini kutib o'tiraveradi. Energiyamiz cheklangan emasmi? Tamg'alilarni ko'rib, masalalarini hal qilib berguncha, miyajonimiz charchab, irodamiz tugab qoladi. Qarabsizki, ruhiyat, odatlar, ibodatlar uchun iroda yo'q. 1 oycha oldin hayotim, rejalarim, maqsadlarim, odatlarim haqida ancha bosh qotirdim. O'zimga bularning naqadar muhimligini tushuntirdim. Tahlillar qilib, yeng shimarib, ishga kirishdim. Va bugungacha yetib keldim. O'shandagi energiya 1 oyga yetadigan bo'lgan ekan. Tushunyapmanki, biz xohish va irodani g'oyalarimizdan olamiz. O'zimizda xohish va irodani topolmayapmizmi, demak bu g'oyalarimizdan uzoqlashganimiz signali. Ularni eng kamida 1 oy, qila olsak, har hafta eslab turishimiz kerakka o'xshaydi: • O'rganishning foydasi • Yomon oqibatlarga aniq ishonish • Mas'uliyatli bo'lish • Havas qilganlarimiz kabi bo'lish uchun nima qilish kerakligi • Biografiyalar = katta xohishlar • Xavfsiz zona yaratish • Qolganlardan tezroq, balandroq o'stiradigan ishlar • Premium hayot = doimiy o'rganish • Muammolarni hal qilish uchun to'xtovsiz ilm olish • Ertalab bajar • Quyoshni mo'ljallagan oyga yetadi • More effort -> more success
Suhbat O'tgan hafta ukalar bilan 1:1 qildik. Siqilibroq qolgan ukamiz, hozir ishga qattiq yondashib, mas'uliyatlarni olishni, o'rganishni, g'oyalar bilan kelishni boshladi. Yana birlari bilan suhbatdan so'ng, kamchiliklarini tushunib, allaqachon to'g'rilashga kirishib ketganini aytdi. Hozir boshqacha ishtiyoqi bilan harakat qilyapti. Hatto o'zim ham, o'tgan hafta ustoz bilan bo'lgan 1:1 dan keyin ruhlanganman. Yangi mas'uliyatlarni bo'ynimga olganman. Harakatim oldingidan kuchayganroqday. Ammo, bo'shliq. Google ishlamay qolgan paytda yugurib ketayotgan dinozavrchaning oldidan chiqaveradigan kaktus kabi shu bo'shliqqa yo'liqaveradi odam. Ishda ham. Ruhiyatda ham. Ishdagi bo'shliqni xodim o'z menejeri bilan gaplashib, 1:1 qilib, to'g'rilab olaveradi. Lekin, ruhdagisi kelgan paytda ustozi yo'q odam qiynalarkan. Yig'ilib turgan dardlarini aytsayu, ustozining aytadigan gaplari, va'z-nasihatlari dorixonadan olinadigan dori kabi ruh uchun shifo bo'lib ketsa. Ko'p-ko'p duolar yordam berishini aytishgandi ustozga yo'liqish uchun.
O'zichi, eng to'g'ri yo'li shu edi.
без подписи
без подписи
AI O'qishimdagi yo'nalishim: dasturlash. El qatori yaxshi o'qimaganman) Mendan dastuchilarda bo'lishi kerak bo'lgan sabrni tintuv qilib ham topolmasangiz kerak. Lekin doim nimadir dasturlar, ilovalar, trekkerlar yasashga qiziqaman. Claude deganlari hozir aqlimni shoshiryapti. Dasturchilar oylab, minglab dollar evaziga qilib beradigan ishlarni bir necha daqiqa ichida oylik 20$ obunam ichida qilib bermoqda. Rasmlarda shaxsiy hayot va kasbimdagi ishlarni yaxshilashda, tartiblashda yordam berayotgan 3 ta trekkerni ko'rishingiz mumkin: 1) Olingan bilimlarni amalga ko'chirish uchun. 2) Shartnoma qilgan bloggerlar raqamlarda ishlash uchun. 3) Odatlar shakllantirish uchun. G'oyalari kaminadan) Ish — AI'dan. Hayotim va ishim sifati oshayotganini his qilyapman. Hozir ham, • 30-40 minutlik texnik mayda ishlarim • Copywriting • Tahlillar kabi ishlarim AI bilan bityapti. *** AI bilan ishlash alohida san'at, skill bo'lib boryapti. Buyog'iga bunday mahorat egalarining qiymati va qadri baland bo'lib borsa kerak. Shu yo'nalishda izlanaveraylikchi
Toqqa chiqib keting Eng ashaddiy dushmanimdan qanday qutulganim - shovqinli va shoshilinch hayotdan nima uzoqlashtirgani - hayotim sifatini yaxshilayotgan qaror - bir so'z bilan telefonsiz hayot haqida
O'rganish haqida Tushunish nega kerakligi - Tergov stolidagi mahbuslar - Nega o'rganish muhim? - Nega o'rganmay qo'yamiz? - Shpargalkaga ruxsat berilgan imtihon - 5 daqiqani 1 soatgacha olib chiqish haqida
Harakatga undaydigan ishonch Ishonchi kuchlilar afzal bo'lishi haqida P.S: O'tgan safar post yozib keyin o'chirdim. Tushunishda o'zim qiynalgandim. Bugun oldingidan ancha soddalashdi, menimcha
Oila Bir ustozimiz maktabga har kuni 2 soat yo’l bosib keladi. Qaytishi bilan yo’lning o’ziga umumiy 4 soat ketadi. Yana jamoat transportida. Intizomlariga ham qoyil. Kech ketsalarda, erta keladilar. O’zlari ham havas qilarlik. Mol-dunyolari joyida. Samimiy. Ko’nglidan kir topa olmaysiz) Ba’zan hayron qolib, savol berib qolaman: Ustoz, nima qilasiz ovora bo’lib? Shu yerda qolib qo’ya qolsangizchi? Yo kvartira topibmi? 4 soat yo’l azobi zarilmi? O’zlaridan tayinli javob ololmaymanku, lekin bugun shu savolning javobining topgandayman: Oila. Ota-onangiz, aka-ukangiz, opa-singlingiz bilan bir dasturxon atrofida chaq-chaqlashib o’tirish, taomlanish, kulishish – har qanday ishning charchog’ini chiqarsa kerak. Oila – bu tinchlik. Uy – bu xotirjamlik. Ertangi kun uchun ruhiy quvvat olish vaqti. Men 6 yildan beri Toshkentdaman. Uydan va bu baxtdan uzoqda. Agar bu ne’mat sizda bo’lsa, yo’qligini his qilayotgan odam sifatida aytaman – qadrlang. Oilangizning: Duolari – barakangiz. Orzulari – quvvatingiz. Yoningizda bo’lganlari – xotirjamligingiz ekan.
Yugurish odamni o'zgartiradi Qanday qilib uzoq masofaga yugurish odamni o'zgartirishi mumkinligi haqida — oxirgi 21kmlik'dan olingan 5 ta xulosa.
Mas’uliyatlarni his qilish – doimiy ruhlanish, harakatchanlik manbaiga o’xshayapti. Uni ko’proq his qilgan, u haqida ko’proq o’ylagan odam ko’proq yutuqlarni o’ziniki qilsa kerak. • Men jamoamda 2-3 kishining o’sishiga mas’ulman • Men oilamning komfort hayotiga mas’ulman • Men ustozimning shogirdiman Sinab ko’ring.
Yumshoq savollar Jahlimiz poyga mashinasiga o'xshaydi, juda tez start oladi. Kishilar bilan muomalada bo'lar ekanmiz, ularning qalblarining rioyasini qilishimiz kerak. Tez chiqadigan jahlimiz yoki asabiyligimiz sabab qalblarning qora ro'yxatiga tushib qolmaylik. Avval, gumonlarni to'g'rilash kerakdek. So'ng muomala. Bir ishni siz aytgandek qilishmadi. Bunaqa paytda eng birinchi eshigingizni — yomon gumon taqillatadi, eshik darchasidan qararkansiz, o'zi bilan jahlniyam olib kelgan bo'ladi. Shu yerda shoshmang. Ularga biroz kutib turishlarini ayting. Nimadir uzr bordir degan gumonga ayting: tez yetib kelsin. Yumshoq ohang eng muhimi, iloji bo'lsa tabassum bilan: Falonchijon, bu ish bunaqa bo'lmasligi kerakligini bilardingiz-a? Nima gap? Nega bunaqa ish sodir bo'ldi? Yumshoqlik va shu o'rinda jiddiylik bilan aniqlashtiring. Qattiq va dag'al ohang sabab qalblardan tez qolasiz. Vaziyatga gumonlaringiz bilan hukm berib, gapirib qo'ymang. Oldin aniqlashtiruvchi savollarni yumshoq ohang bilan berib, keyin hukm qiling.