tgindex
Shogirdlarimga | Umida Ssenarist

Shogirdlarimga | Umida Ssenarist

Статистика
@umida_ssenaristdanузбекский

Bu yerda tayyor natija emas, unga olib borgan jarayon haqida yozaman. O‘zim o‘tgan yo‘l va shogirdlar uchun xulosalar Ayni paytda @rahimovschool da ijod qilaman Aloqa: @umidasadmin Jiddiy blog: @umida_ssenarist Natija: @umidaning_oquvchilari

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
12
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
150
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
277
12 постов
Вовлечённость
184,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 12
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
71
1/48двое суток
81
1/72трое суток
87

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Sevara opaga ssenariy yozgan edim, gpt akaning fikri

  • Ishda barakani uchirish 1 oydan buyon qat’iy parhezdaman. Shakar, unli, sho‘r va achchiq narsalar mumkin emas Tabiiyki, xaridlarim yanada daqiqlashdi. Va 5–6 ta joyda bir ssenariy takrorlandi: — Shakarsizmi? — Ha, opajon, shakarsiz. — Aniqmi? Davolanyapman, hozir mumkin emas-da — A, yo‘q, ozgina shakari bor. Lekin unaqa bilinmaydi Qachondan beri “yolg‘on” oddiy holatga aylanib qoldi? “Kam” \ “yo‘q” teng emas-ku O‘quvchilarimgayam har bir so‘zda ehtiyotkorlikni tayinlayman. Maqsadimiz - sotish emas. Avvalo, insonlarga foyda berish Yolg‘on aralashyaptimi, brend baribir ishonchni yo‘qotadi. Odamlar aziyat chekadi. Siz esa jimjimador yozaman deb yomonlikka sherik bo‘lasiz Zotan, tarix taqiqlangan ko‘chadan yurish oqibatini aytib turibdi Boshlang‘ich nuqtani bir eslaylik: “Mevali daraxtdan yema” deyilmadi. “Mevali daraxtga yaqinlashmaslik” tayinlandi @umida_ssenaristdan

  • 4 авг.257154

    Shu so‘zni hamroh qiling, tinmay rivojlanasiz: "BILMAYMAN" Karyera yo‘lini 3 qismga bo‘lamiz: Chaqaloq - qiziqqonsiz, siz uchun hammasi yangi O‘rganadiganingiz ko‘p Ulg‘ayish - bir yildan ko‘proq ishlab qo‘ydingiz "Bilaman"laringiz ko‘paydi Qariya - 3–5 yillik tajribangiz bor. Yaxshi pul topasiz. Shogirdlar chiqarishga ulgurdingiz Yuqoridagi ilk bosqich xavfsiz. Muammolar ikkinchi va uchinchisidan boshlanadi "Bilag‘onlik qalpoqchasi" taqiladi. Siz esa unga o‘rganib qolasiz Endi o‘quvchilarimizda savol tug‘ilishi mumkin: "Biladigan ma’lumotini bilaman deyishda nima muammo? Yolg‘on emas-ku, axir" To‘g‘ri, lekin foyda va zarar tarozisiga qo‘yilganda quyidagilar yutib chiqyapti: • Ilm shunday ne’matki, o‘rganganingiz sari ko‘p bilmasligingizni anglaysiz. Agar bu anglash kelmayotgan bo‘lsa, u ilm zararingizga ishlaydi • "Bilaman"ni o‘ta ko‘paytirish sizni o‘ziga rom etadi. Bilmaganingizga ham miya javob to‘qiy boshlaydi. Ayniqsa omma oldida savol berib qolishsa bormi... • Manbalardan ilm ololmaysiz. Miyangiz qopqog‘i yopilgan choynakdek tashqaridan hech narsani ichkariga kiritmaydi. Dalillar faqat shaxsiy bo‘lmasin: Sizlar uchun bir videoni qayta ko‘rib keldim. Ustoz Ikrom Sharif shunday deydilar: "Kitoblarning 80% ida bilgan ma’lumotlarim bo‘ladi. Bitta yangilik chiqsa, xursand bo‘laman. Ba’zida bir dona foydali ma’lumot uchun butun boshli seminarlar qilinadi. Shuning uchun "bilaman" demaslik kerak" Inson o‘zini quvvatli, ilmli, izzatli va boshqa sifatlar sohibi deb his qiladi. Kezi kelganda ko‘z-ko‘z qiladi Aslini olganda, sifatlarining haqiqiy egasi o‘zi emas. Unga quvvat bergan ham U, ilm, izzat va shijoat bergan ham U Olib qo‘ysa, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi Shunday ekan, shukr qilamiz. Ziyodasini so‘raymiz. Isloh bo‘lishga doim tayyor bo‘lamiz Bu post kabi achchiq tanbehlarga bosh egamiz @umida_ssenaristdan

  • 29 июл.1 224173

    Kecha tongda g‘oyasi kelib, o‘sha kunning o‘zida bu kanal dunyoga keldi Bugun esa bittada qariyb 80 ga chiqdik. Demak, "shogirdim", sizga ilk maslahatim - g‘oyalaringizni ortga surmang. Xiyonat qilmang ularga Bilmaysizki, Yuqoridan ilhom qilib berilgan kichik bir uchqun ertaga minglab qalblarni yoritadigan kuchga aylanishi mumkin Bu post qanday bo‘lishi, nimalar yozishim haqida tayyorlanmoqchi bo‘ldim. Lekin unday qilmadim. Qilolmadim. (Ayniqsa, hozir buni na kuch, na sog‘liq ko‘taradi) Har bir o‘qiyotganingiz so‘z hozirgi onda quyilib kelyapti. Bir ustozning gaplari yodimga tushdi: tildan chiqqani quloqqa, qalbdan chiqqani qalbga boradi Men taqillatdim, sizniki ochiqmi? Kanallarim orasida chalkashib ketdim. Birida qizlarga oid mavzularni yozsam, ikkinchisida bugun sohadan gap ochaman, ertaga falsafadan Har bir kitobning o‘z o‘quvchisi bo‘lgandek. Insholarimni ham tartiblashga ilk urinish bu Bu maskanda esa faqat va faqat sohamiz haqida gaplashsak. Natija emas, unga olib borgan jarayon haqida yozaman. Ba’zan yutuq/xatolar ham bo‘ladi, albatta. O‘zim o‘tgan yo‘l va shogirdlar uchun xulosalar bilan bo‘lishaman "Sizga bu nega kerak?" degan savol tug‘ilishi mumkin o‘quvchilarimiz orasida Simmetrik va assimetrik ishlar haqida eshitib qolgandim Simmetrik ish: Shogirdimga 2 soat vaqt ajratib, xatolarini tushuntirdim Assimetrik ish: Shu suhbatni yozib olib, blogimda bo‘lishdim. Undan endi 1 dona emas, 1000 ta odam foyda ko‘rdi Endi ikkinchi savol kelib chiqadi: Nega aynan "Shogirdimga" deb ataldi? Necha yillardirki bozorni kuzataman. Ba’zi kurslar nima deb sotilyapti? "Menda o‘qigin, falonchi narsalarni o‘rgataman, 3 oyda bir kasbni egallab... pul topasan" Buni YouTubeda o‘rgansa bo‘lmasmidi? Kitoblar yo‘qmidi axir? Unda ustoz nega kerak? Niyatim robot mutaxassisni chiqarish emas Fidoiy, vijdonli, qo‘l uchida ish qilmaydigan, boshqalar vaqtiga zulm qilmaydigan, ustoz-shogirdlik haqlariga rioya qiladigan, gapirgan gapida turadigan, ozgina "prosmotr" uchun yolg‘on ishlatishga rozi bo'lmaydigan, loyihani pul uchun emas, qadriyat jihatdan tanlaydigan, o‘z prinsiplariga xiyonat qilmaydigan shogirdlarni chiqarish. Va avvalo o'zim namuna o'laroq shunday inson bo'lish Birgina so‘z bilan aytganda esa: ishingizni ehsonli qiling. Talabim shu) "Shunaqayam qiyin talab bo‘ladimi?" dersiz. Ha, oson emas, lekin halovatli Buni qanday qilamiz? U haqida esa vaqti vaqti bilan keyingi postlarda yozib boraman @umida_ssenaristdan

  • Keling tanishamiz 🪶Umida kim? Media olami kaminani Umida Ssenarist, deya taniydi Hozirgi kunda: •Aziz Rahimov tomonidan ochilgan: 🎀Rahimov School, 🎀Rahimov Kids loyihalarining Kontent marketingi bilan shug‘ullanaman ⏺️Ayni damda 3 ta maktab va bitta…

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Keling tanishamiz 🪶Umida kim? Media olami kaminani Umida Ssenarist, deya taniydi Hozirgi kunda: •Aziz Rahimov tomonidan ochilgan: 🎀Rahimov School, 🎀Rahimov Kids loyihalarining Kontent marketingi bilan shug‘ullanaman ⏺️Ayni damda 3 ta maktab va bitta bog‘cha bor ⏺️Shuningdek, Rahimov maktabining o'zida 10-11 sinflarga "marketing va kreativlik" fanidan dars o'taman ⭐️ Shu kungacha: 🎀605 agentligining asoschisi Otabek Sharapov tomonidan ochilgan “Duv-duv” kreativlik maktabida amaliyot o'taganman 🎀Mentorlik 1.0, Mentorlik 2.0, Mentorlik 3.0, Mentorlik 4.0, Mentorlik 5.0, Mentorlik 6.0, Mentorlik 7.0 “0-dan ssenariy” kursining muallifi. O’quvchilari hali kursni bitirmasdan loyiha olishni boshlagan ustoza 💵 Oldingi keyslarim: ⏺️Forbes jurnaliga kirgan inson Bolat Asqar va sherik asoschilar tomonidan ochilgan Qalan.uz platformasida kreativ ssenarist ⏺️@merit_uz @bayan_kids @merit_academy kabi loyihalarda kontent menejer ⏺️Shaxsiy brend bo'yicha - Gulnoza Najmiddinova Hozirgi kungacha ko‘plab shogirdlar chiqardim. Shogirdlarim zapusk, kontent managerlik, ssenaristlik, shaxsiy brend yo‘nalishlarida katta natijalarga erishib kelishyapti O'quvchilarim haqida : link ✈️Xalqaro tajribam: ⏺️Aprel 2025 - Young Lions xalqaro musobaqasida 2- o'rin oldik (bu haqida insho ham yozganman, o'qib olsangiz bo'ladi) ⏺️Oktyabr 2025 - TAFda bronza nasib qildi Portfolio kanalim : link O'quvchilarim natijalari: link Yoshligim va o'zim haqimda to'liqroq podcastda gapirib berganman: link P.S. Qisqacha shular edi. Yutuqlarimni hech birini o‘zim qildim yoki katta deb, bilmayman. Avvalo O‘zining karamidan, ustozlarim, jamoamning yordami va yaqinlarimning duolari sababli. Kanalda esa biroz erkinroq ijod, o‘rgangan va o‘qiganlarim, tajriba, kadr ortidan lavhalar va samimiy suhbatlar quramiz Agar bu yerda o‘zingiz uchun manfaat topa olsangiz, O‘zining fazlidan, xato kamchiliklarni esa mendan, deb qabul qiling) @umida_ssenaristdan

  • Channel created