Komiljon Xamidjonov
Статистика⭐️ Senior dasturchi 💥 Toshkent viloyat hokimi Sun’iy intellekt bo’yicha maslahatchisi 👨🎓 Dasturlash va Sun’iy intellektda +6 yil tajriba
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 727
- 1/48двое суток
- 833
- 1/72трое суток
- 898
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
ITda bozor talabi ortib borayotgan yo'nalishlar ro'yxati! 1. AI Engineer / Machine Learning Engineer 2. Security Analyst / Cybersecurity Engineer 3. Data Scientist / Data Engineer 4. Cloud Architect / Cloud Engineer 5. Software Engineer (Full Stack / Backend)
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi IT kompaniya uchun onsite (offisdan) ishlash uchun middle darajadagi xodimlar kerak. Fullstack Python dasturchi Product Manager AI/ML Engineer Mobil Flutter dasturchi Product Designer (UX/UI)
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU Pitch Day sizni kutmoqda! 👍 AIFU Pitch Day — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan respublika miqyosidagi innovatsion platforma bo‘lib, loyihangizga investitsiya jalb qilish, TOP soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish hamda tadbirkorlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Kimlar uchun: Startup egalari, dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar (16–40 yosh). 💡 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: — $100 000 gacha investitsiya jalb qilish; — 15 000 000 so‘m sovrin jamg‘armasi (1,2,3-o‘rinlar + maxsus nominatsiyalar); — AIFU universitetida o‘qish uchun 100% gacha grantlar; — Top ekspertlar va kompaniyalar bilan netvorking; — Har bir ishtirokchi uchun sertifikat. Muhim sanalar: — 19-aprelgacha: ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish) — 26 aprel: final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent) ⚡️ Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun — investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq. *AIFU Pitch Day hakaton formatida tashkil etiladi - fevral oyi hakatonidan lavhalar Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👉 Ariza topshirish: https://pitch-day.uz/ ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121 Telegram | pitch-day.uz
Ramazon oyi barchangizga muborak bo'lsin!
⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar! Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi: 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi; 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi; 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi; 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi; 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi; 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi; 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi; 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi; 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi; 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi; 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi; 12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi; 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi; 14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi; 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi; 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi; 17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi; 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi; 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi. 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi; 21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi; 22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi; 24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi; 25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi; 26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Manba: PQ-59 (11.02.2026) @alisher_sadullaev
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU hakatoni sizni kutmoqda! 🔥 UzTech Hackathon — AIFU tomonidan tashkil etilayotgan respublika miqyosidagi innovatsion tanlov. Kimlar uchun: Dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar. 💡 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: — $100 000 gacha investitsiya; — Maxsus nominatsiya va 1,2,3-o'rinlar uchun 15 000 000 so'm sovrin jamg'armasi; — AIFU universitetida o‘qish uchun grantlar; — AI ekspertlar bilan networking va har bir ishtirokchi uchun sertifikat. 📅 Muhim sanalar: 3-fevralgacha ariza berish, 4–12-fevral birinchi bosqich (onlayn saralash), 15-fevral final bosqichi. ⚡️ Finalda eng kuchli jamoalar o‘z loyihasini investorlar va soha ekspertlari oldida himoya qiladi. Hamkorlar orasida Alibaba.com, IT Park, OXUS universiteti, TOP CEO, Mentalaba.uz hamda Turkiya va Xitoyning nufuzli universitetlari — bu baholash ham, imkoniyatlar ham jiddiyligini anglatadi. 🗓 Imkoniyatni boy bermang, hoziroq ariza topshiring! 👉 Ariza topshirish: https://uztech.online/ ⭕️ Dasturchi, dizayner, startapchi tanishingiz bormi? Ulashishdan tortinmang. ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121 Telegram | uztech.online
🎬 Google DeepMind’ning video generativ modeli — Veo 3 Bu hozirda eng kuchli AI video generator hisoblanadi. Oddiy matn yozasiz, Veo 3 esa sizga realistik, ovozli va 4k formatdagi video yaratib beradi. Asosiy imkoniyatlari: • Matndan video generatsiya • Rasmlardan video generatsiya • Vdeoni tahrirlash • Ovoz, fon va effektlarni o‘zi qo‘shadi • Harakat, yorug‘lik va soya tabiiy chiqadi Tasavvur kerak qolganini AI bajaradi. Veo 3 yordamida siz reklama, klip, yoki Reels videolarini bir necha daqiqada tayyorlashingiz mumkin. https://aistudio.google.com/models/veo-3
🚀 Pavel Durov yangi loyiha — Cocoon’ni e’lon qildi. Bu loyiha blokcheyn va sun’iy intellektni birlashtiruvchi markazlashmagan tarmoq. Asosiy maqsad — ma’lumotlar xavfsizligini saqlagan holda, foydalanuvchilar o‘rtasida hisoblash quvvatini taqsimlash. 💰 GPU egalari o‘z qurilmalarini tarmoqqa ulab, Toncoin orqali mukofot olishlari mumkin. Ya’ni, kimda kuchli kompyuter bo‘lsa — u ham Cocoon’da daromad qilishi mumkin. Cocoon TON blokcheyni asosida ishlaydi va birinchi hamkor sifatida Telegram ko‘rsatilgan. Bu degani — loyiha global darajada ishlashi kutilmoqda.
без подписи
без подписи
DeepSeek haqida yana bir bor gapirib berdim! 🧑💻 Bu ilova qanday yaratilgani haqida to'liq video tayyorlamoqchiman. Nima deysiz, Sizga qiziq bo'ladimi? 🙌 Aytgancha do'stlar, men yana Toshkentdaman. Baribir o'z yurtimizga teng keladigani yo'q) @komiljonxamidjonov
Va'da qilganimdek DeepSeek haqida fikrlarim bilan bo'lishdim 🙌 Dasturchilar uchun foydali jihatlarini ham aytib o'tdim. Manfaatli bo'lsa albatta reaksiya bosing 🔥 Izohlarda sizning ham fikrlaringizni kutaman!
Ha aytgancha, keyingi post hammangizni qulog'ingizga chalinayotgan o'sha DeepSeek haqida bo'ladi. O'z fikrlarim bilan bo'lishaman!
Sharm El-Sheikh manzarasi! (O'zbekistondan 3 soat orqada!) Kecha bu yerdagi eng mashhur masjid Al-Sahaba masjidiga borgan edik. Yonidagi Old Market bozoriga kirdik. Juda chiroyli joylar. Dam olishdan so'ng Dasturlashda yangi kreativ g'oyalar bilan uyga qaytishim aniq ) Fakt: Misr juda qimmat davlat emas aslida. Lekin sotuvchilari turistlardan yaxshigina foydalanishadi. Aytgan narxidan 2-3 barobar tushirib olsangiz ham bo'larkan!
без подписи
Assalomu aleykum, do'stlar! Bugun Misr sayohatidan tasurotlarim juda katta. Albatta sizlar bilan bo'lishmoqchiman bularni. Men e'tibor bergan jihatlar ko'proq: ➖ Aholisining yashash tarzi; ➖ Madaniyati; ➖ Texnik imkoniyatlari; ➖ Ish jarayonlari; ➖ Asosiy muammolari va shunga o'xshash. E'tiborimni tortgan jihati bu yerda ayol xizmatchilarni deyarli uchratmaysiz. Ko'chalarni tozalash, mexmonlarga xizmat ko'rsatish, kir yuvish deysizmi, barchasini erkaklar bajaradi. Ayollar o'qituvchilik, shifokorlik kabi toza ishlarda ishlasharkan. P.s.: Rasmda ko'rib turganingizdek Sharm el-Sheikhda quyosh panellaridan ko'proq foydalanisharkan!
Bu vibeni ozgina bo'lsa ham videoda his eting! 🏝 Biz Sharm el-Sheikhdamiz! Misr xalqi arab tilida gapirishadi. Lekin Sharm el-Sheikh turistik zona bo'lganligi uchun aholisi rus/ingliz tilini ham biladi. Nimadir sotmoqchi bo'lsa o'zbek tilida ham tushintirib berisharkan 😅 Havosi toza, suvi kristalldek tiniq va iliq. Hozir qish bo'lsa ham bahor havosi 🌤
Bu umuman boshqacha zavq berarkan odamga 🔥 ➖ Baliqlar bilan yonma-yon suzish; ➖ Suv ostini ko'z bilan ko'rib, his qilish; ➖ Korall, suv o'tlari – hamma hammasi umuman boshqa dunyo! Izohlarda ko'proq rasm so'rabsizlar. Iloji boricha ulashib borishga harakat qilaman 🙌
Komiljon Xamidjonov pinned a video
Mana sizga va'da qilgan video-darsligim! Bu videoda ish topish bo'yicha barcha zarur maslahatlar berilgan. Manfaatli bo'lsin 🙌 [https://t.me/komiljonxamidjonov]