K-learn | Feruza Alikulova
Статистика🇰🇷Koreys tili va maroqli til o'rganish jarayoni haqida! •Filolog, Lingvist (tadqiqotchi-pedagog) •TOPIK 6급 (C2) ‼️Kanal mundarijasi: https://t.me/koreann_online/284 🔹️Materiallar uchun: @k_learnbot 🔸Murojaat: @alikulova_f👩🏻🏫
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 65
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 168
- 1/48двое суток
- 192
- 1/72трое суток
- 207
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#natija #topik #107회 🔥5급 (191점) 듣기 - 70점 쓰기 - 55점 읽기 - 66점 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
#topik #107회 🔥5급 (193점) 듣기 - 68점 쓰기 - 53점 읽기 - 72점 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
#natija #105회 🔥4급 (177점) 듣기 - 56점 쓰기 - 59점 읽기 - 62점 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
без подписи
Do / posle😅 105-imtihondan. 👉 113 dan 177 ga o'sish📊 3 oylik tayyorgarlikdan so'ng
#natija #106회 #topik 🔥5급 (202 점) 듣기 - 80점 쓰기 - 58점 읽기 - 64 점 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
#natija #105회 #topik 🔥5 급 (201점) 듣기 - 74점 쓰기 - 65점 읽기 - 62점 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
💬👇
Darslar so'rab yozayotgan o'quvchilarga ⬛️Oxirgi TOPIK darslari aprel oyigacha o'tilgan edi. Noyabrdan boshlang'ich yoki o'rta daraja uchun guruh ochilishi mumkin. E'lon beraman. (Boshlang'ich daraja 2 yilda bir ochaman, keyin so'rab yozmang, boshidan qo'shilmasangiz qolib ketasiz, qabul qila olmayman) Oxirgi guruh o'quvchilari yuborgan natijalarni yuklab qo'yaman, yubormagan ekanman. Eslab, natijalarini bo'lishib boradigan o'quvchilarga rahmat!❤️
Koreys tilida "Ha" "Yo'q"ni anglatishi❓ ➡️Pozitiv(ijobiy) so'roq gaplarda (Muzqaymoqni yaxshi ko'rasizmi?, Bugun o'qishga borasizmi?) javob oddiy ("Ha, yaxshi ko'raman" yoki "Yo'q, yaxshi ko'rmayman") ko'rinishda bo'laveradi. 🍦가: 아이스크림을 좋아해요? Muzqaymoqni yaxshi ko'rasizmi? 😍나: 네, 좋아해요. Ha, yaxshi ko'raman. 😕나: 아니요, 안 좋아해요. Yo'q, yaxshi ko'rmayman. ➡️Negativ (inkor) so'roq gaplarda esa javob quyidagicha beriladi: 🍦가: 아이스크림을 안 좋아해요? Muzqaymoqni yoqtirmaysizmi? 😋나: 아니요, 좋아해요. Yo'q, yaxshi ko'raman. 😣나: 네, 안 좋아해요. Ha, yoqtirmayman. 📎Ya'ni, inkor so'roq gapda "네" deyish "yo'q", "아니요" deyish "ha" ma'nosini beradi. 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing! ❓Savolimga javob yozib ko'ring. Faqat 네 va 아니요 bilan. 오늘 수업 했어요? 어렵지 않았어요? 지금 안 자요?
읽기 haqida video joyladim. Reading - 9 읽기 - 92 ❓Bir vaqtda tayyorlanib, bir urinishda bu ballarni olishimga nima yordam bergan? ⭐️Hech qaysi tilda alohida lug'at kitobdan so'z yodlamagandim. So'zni faqat matnda ko'rib o'qish yordam beradi, o'sha so'z bilan 3 marta "uchrashib qolsam", doimiy so'z omboriga mixlanib qoladi. Har kuni matn o'qib, sinab ko'ring. ⭐️IELTS bo'yicha 3 ta reading full mock, TOPIK bo'yicha ham 3 ta full test ishlab to'liq tahlil qilgandim, xolos. (IELTS ga 2 hafta, TOPIK ka 2 oy tayyorlangandim. Ungacha albatta, 중/고급 bilimi darsliklar asosida oshgan) ➡️Reading comprehension uchun avvalo 💡o'zbek tilida ko'p o'qishga odatlaning (biror tilni o'zingiz so'zlashuvchi ona tilingizdan ortiq darajada zo'r bilib keta olmaysiz : o'zbek tilida zo'r kitobxon bo'lsangiz, boshqa tilda ham osongina o'sa olasiz.) 💡IELTS reading uchun DTM testlaridagi qisqa matnchalar, va o'sha mashhur ELS kitobi yetarli bo'lgan. + 3 ta test (texnika bilan ishlashga) 💡TOPIK uchun 재미있는 한국어, grammar in use intermediate va duch kelgan meni qiziqtirgan matnlar. + 3 ta 실전 모의고사 (texnika bilan ishlashga) 🔥Sehrli masalliqlar, yostiq-yostiq kitoblar kerak emas, shunchaki qaysi tilda bo'lsa ham ko'p-ko'p o'qib matn mazmunini tahlil qiling. Ko'nikma bir pasda oshib qolmaydi, lekin bir umr siz bilan qoladi, har qanday tilni oson o'zlashtiradigan, o'qib tushunish imtihonlarida qiynalmaydigan bo'lasiz. 📶 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
#중급문법 ❗️Korean Grammar in Use Intermediate 제1장 추측과 예상을 나타낼 때 제2장 대조를 나타낼 때 제3장 서술체와 반말체 제4장 이유를 나타낼 때 📎제5장 다른 사람의 말이나 글을 인용할 때 (O'zlashtirma gap va mish-mish gap grammatikalari) 😊-다고요? 😊-다고 하던데 😁-다면서요? 📌Boshqalardan eshitgan ma'lumotni tasdiqlash uchun qo'llaniladi. Tarjimasi -ekanmi?, -emishmi? Yaqin munosabatdagi insonlar orasida "-다며?" ko'rinishida qo'llash mumkin. ⏺가: 수지 씨가 변호사라면서요? 나: 그래요? 저는 수지 씨가 주부인 줄 알았어요. ⏺A: Suji advokat emishmi? B: Shunaqa ekanmi? Men uni uy bekasi deb o'ylagandim. ❗️더 알아볼까요? 1️⃣ Ushbu grammatikani shaxsan ko'rgan, bilgan voqealar haqida gapirganda qo'llash mumkin emas. Masalan, siz kecha bayramda Akira gitarani yaxshi chalganini ko'rdingiz, bugun boshqa insondan "아키라 씨가 기타를 잘 친다면서요?" deb so'ray olmaysiz. ❌ 2️⃣Shuningdek, suhbatdoshingiz gapirgan gapni qayta so'rab tasdiqlamoqchi bo'lganda ham grammatikani qo'llash mumkin emas. ⏺가: 저 합격했어요. 나: 합격했다면서요? ❌ 나: 합격했다고요? ✅ ⏺A: Men imtihondan o'tdim. B: Imtihondan o'tgan emishsizmi?❌ B: Imtihondan o'tdim deysizmi? ✅ ❗️So'z turkumlari va zamonlarda kelish holati, mustahkamlovchi mashqlar uchun Korean Grammar in Use Intermediate kitobingizning 103-betiga qarang! 🌐Telegram | 📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing! Har qanday ma'lumotni aytuvchisiga yoki naql qiluvchisiga aniq nisbat berish ilmdagi OMONATDIR!
#TOPIK #tajribadan 💨TOPIK 6급 합격생의 공부법. 실제 경험과 공부 노하우를 영상으로 만나보세요! 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
без подписи
без подписи
3️⃣Kalendarga asoslangan o‘quv jadvali tuzish 📚Avval material kitoblarni yig'ib oling. Agar sizga oylik, haftalik, kunlik jadval kerak bo‘lsa, kitoblarni/podkastlarni har birini nomini yozib chiqib, shunday so‘rashingiz mumkin: 💬Menga grammatika uchun ....... kitobi, lug'at uchun ........kitobi, tinglash uchun .........kitobi, .......podkasti, o'qish uchun ........kitoblari asosida 3 oylik o‘quv jadvali tuzib ber. Har kuni 2 soatdan dars qila olaman. Har kuni grammar, so‘z yodlash va yozuv bo‘lishi kerak. Jadvalni bugun 2-iyuldan boshlab 18-oktyabrgacha bo'lgan sanalar asosida wordda tuzib ber. 4️⃣말하기 (so'zlashish) uchun foydanalamiz. 📕Deylik siz 서울대 kitobida transport/yo'l so'rash mavzusini o'rgandingiz. Mavzu bo'yicha suhbatlashish ko'nikmasini yaxshilash uchun quyidagicha so'rashingiz mumkin: 💬Men gapirishdan qo'rqaman, men bilan suhbatdosh bo'lib koreys tilida transport (교통), yo'l so'rash (길 묻기) mavzusida suhbatlash. Menga B1-B2 darajasidagi savollar ber va xatolarimni to'g'irlab ber. 5️⃣ChatGPTdan ustoz sifatida foydalaning 쓰기 (yozish) bilan shug'ullanganda undan xatolarni to'g'irlab berishi, siz yozgan boshlang'ich gapni murakkab gapga aylantirib berishini, siz yozgan matnni rasmiyroq shaklga keltirib berishini so'rashingiz mumkin. Masalan, 💬Men yozgan quyidagi 쓰기 54 matnida qanday grammatik va imloviy xatolar bor? Ularni to'g'irlab, menga 50 ballik tizimda nechi ball bera olasan? Bu matn TOPIK mezonlariga mosmi? Sodda gaplarimni murakkab gapga aylantirish bo'yicha ham tavsiyalar ber. 6️⃣Rivojlanishni baholang ChatGPT sizga mashqlar va testlar ham tuzib berishi mumkin. Ko'cha-ko'yda bo'sh vaqt topganingizda undan so'rashingiz mumkin: 💬Men hafta davomida falon-falon grammatikalarni o'rgandim, falon mavzuda so'zlar yodladim. Menga 10 ta test tuzib ber/ 10 daqiqada bajarishim mumkin bo'lgan mashq tuzib ber/ kichik sinov o'tkaz. Kuchli va kuchsiz tomonlarimni baholab ber. ❗️Boshlang'ich daraja uchun imkon qadar ustoz bilan ishlang. Talaffuz muammosini, tildagi madaniy o'ziga xosliklarni suniy intellekt to'la tushuntirib bera olmaydi sizga. 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
💡ChatGPT dan samarali foydalangan holda koreys tili bilan mustaqil shug'ullanish uchun o'quv reja tuzib ko'ramiz.💡 1️⃣ Maqsadingizni aniq belgilab olingva uni aniq, batafsil yoriting. ⏺men nimani o'rganmoqchiman? ⏺qancha vaqtda? ⏺hozirgi darajam qanday? ⏺kuniga qancha vaqt ajrata olaman? ⏺yakunda qanday natijaga erishishni xohlayman? 💬Quyida foydalanuvchilar yozib qoldirgan noto'g'ri berilgan savollar: 💬"Salom. Men TOPIK II ning barcha qismlarida yaxshi ko'nikmaga ega bo'lishni xohlayman va bu uchun menga o'quv reja kerak. Qanday o'quv rejani maslahat berasan?"❌ 💬TOPIK II dan natijam 166 ball. 듣기 50, 쓰기 56, 읽기 60 ball. 200 ball olishim uchun smart reja tuzib ber.❌ 🔍Batafsil savol berib ko'ramiz: 💬Menga TOPIK II ga tayyorlanish uchun shaxsiy o'quv reja tuzib ber. Hozirgi darajam 166 ball (B2). Maqsadim 3 oyda 240 ball (C2) ga yetish. Kuniga dars qilish uchun 2 soat vaqt ajrata olaman. Shunga ko'ra grammatika, lug'at, tinglab tushunish va nutq amaliyotini o'z ichiga olgan reja tuzib ber. ✅ 2️⃣O'quv materiallari so'raymiz. Tinglab tushunishni mashq qilmoqchiman. Menga B1-B2 darajasida psixologiya/ life style/ ovqat pishirish/ sport mavzusida (qiziqishingizga ko'ra) koreys tilidagi 5 ta YouTube kanali va 3 ta podkastni tavsiya qil. Ular bilan qanday mashqlar qilsam bo'ladi? ⚠️ChatGPT kitoblar, o'quv materiallarini doim ham to'g'ri tanlab bera olmaydi. Yoki u aytgan kitobni umuman internetdan topa olmasligingiz ham mumkin. O'qib tugatmoqchi bo'lgan kitobingizni mavzular soni bilan yozib, o'quv rejaga kiritib berishini so'rashingiz mumkin. Masalan, Grammatika uchun "Korean grammar in use Intermediate" kitobidan foydalanmoqchiman, kitobdagi grammatikalar soni 248 ta. Kitobni 2 oyda tugatishim kerak. Rejaga kiritib ber. ChatGPT sizga ko'rsatma, idea beradi. Uni o'zingizga moslashtirib, o'zgartirishlar kiritib foydalanishingiz mumkin. Yana bir eslatma, ChatGPTning javoblari aynan sizga mos, tartibli bo'lishi uchun undan ro'yxatdan o'tib foydalaning. Bo'lmasa har safar har xil javoblar olasiz, maqsadingizni unga boshidan tushuntirishga to'g'ri kelib qoladi. Post qayta joylanmoqda. O'qigandim avval. - 👍 Ikkinchi qismi ham qiziq. - 🔥 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
без подписи
📖읽기 21 : 관용어 #관용어 #ibora 🧡가슴 bilan bog'liq iboralar 1. 가슴에 새기다 🔖잊지 않으려고 반드시 기억하다 - yuragiga o'yib yozmoq: unutmaslik uchun qattiq eslab qolmoq. ➡️할머니께서 마지막으로 해 주신 말씀을 평생 가슴에 새기며 살겠습니다. 2. 가슴을 쓸어내리다 🔖안심하다 - ko'ngli tinchlanmoq, yuragi joyiga tushmoq ➡️길을 잃었던 아이를 무사히 찾았다는 전화를 받고 부모님은 가슴을 쓸어내렸습니다. 3. 가슴을 올리다 🔖 감동을 받다 - yuragi larzaga kelmoq, ta'sirlanmoq ➡️전쟁 속에서도 가족을 지키려는 아버지의 이야기는 많은 사람들의 가슴을 울렸습니다. 4. 가슴을 치다 🔖후회하면서 아쉬워하다 - ko'ksiga mushtlab urmoq: afsuslanmoq ➡️부모님이 살아 계실 때 더 잘해 드리지 못한 것을 생각하면 지금도 가슴을 칩니다. 5. 가슴이 뜨끔하다 🔖잘못한 일에 대해 놀라거나 걱정하다 - (xatosini o'ylab) yuragi po'killamoq, vijdoni qiynalmoq ➡️숙제를 하지 않았는데 선생님께서 숙제 이야기를 꺼내시는 순간 가슴이 뜨끔했습니다. 6. 가슴이 벅차다 🔖감동적이다 -yuragi hayajondan to'lib toshmoq. ➡️오랫동안 준비했던 시험에 합격한 순간 너무 기뻐서 가슴이 벅차 눈물이 났습니다. 7. 가슴이 찢어지다 🔖고통스럽다 - qalbi tilka pora bo'lmoq, yuragi ezilmoq ➡️병원에서 아픈 아이가 울고 있는 모습을 보니 가슴이 찢어질 만큼 마음이 아팠습니다. 🌐Telegram |📹Instagram 🤖@K_learnbot ☑️Manba bilan ulashing!
без подписи