_Koreya_va_Qonun_
СтатистикаAdminka : 👩🎓 @KoreyavaQonun0070 📝Viza masalalari va qonuniy maslahatlar 📚Topik 📕Kiip 📖Huquqiy masalalar boyicha maslahat Chat guruh : https://t.me/KoreyavaQonun https://t.me/CHAYXANAGEOJEDOO https://t.me/KojeAzimKebab
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 943
- 1/48двое суток
- 1 080
- 1/72трое суток
- 1 165
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
D-2 TALABALIK VIZASI QOIDALARIDAGI O‘ZGARISH Amalga kirish sanasi: 2026-yil 3-avgustdan boshlab Homiladorlik, tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar D-2 vizasini saqlab qolgan holda Janubiy Koreyada yashashni davom ettirishlari mumkin. ASOSIY O‘ZGARISHLAR - D-2 vizasi o‘z kuchida saqlanadi. - Tibbiy sug‘urtadan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. - Viza turini o‘zgartirmasdan, keyinchalik o‘qishni davom ettirish mumkin. KIMLARGA TEGISHLI? Homiladorlik, tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar. (Oldingi nizom bo'yicha homiladorlik sabab ham akademik ta'til olinsa 14kun ichida Koreyadan chiqib ketishi kerak edi.) RUXSAT ETILADIGAN MUDDAT Koreyada qolish muddati ko‘pi bilan 1 yilgacha uzaytiriladi. Agar 1 yildan ortiq akademik ta’til zarur bo‘lsa, viza turini o‘zgartirish yoki o‘z mamlakatiga qaytib, tegishli shartlar bajarilgandan keyin Koreyaga qayta kirish kerak. TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR - Homiladorlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma - Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi - Bolaning sog‘liq daftarchasi - Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjat - Universitetdan akademik ta’til olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma E’TIBOR BERING Agar akademik ta’tilga chiqish vaqtida vizaning qolgan amal qilish muddati 1 yildan ortiq bo‘lsa, yashash muddati 1 yil qilib belgilanadi. Bunday holatda viza muddatini o‘zgartirish uchun qo‘shimcha davlat boji olinmaydi. 📌 Eslatma: Ushbu ma’lumot hozircha alohida rasmiy hujjat yoki e’lon shaklida HiKorea saytiga joylashtirilmagan. 1345 Immigratsiya maslahat markaziga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu tartib bo‘yicha og‘zaki ma’lumot olish mumkin. HiKorea saytida nima sababdan e’lon qilinmaganini so‘raganimda, bu ma’lumot ularga ham ichki tartibda taqdim etilgan material (내부 자료) ekanligi haqida javob berildi. Shunga qaramay, ushbu tartib bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlab, immigratsiya idorasiga ariza topshirish mumkin. ※ Ariza topshirishdan oldin o‘z holatingiz bo‘yicha 1345 orqali yana bir bor aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.
🚨 OGOH BO`LING! Janubiy Koreyada tegishli haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish (무면허운전) jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Koreyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari uchun bunday huquqbuzarlik nafaqat jinoiy jazo, balki keyinchalik viza uzaytirish, yashash maqomini o‘zgartirish yoki saqlab qolish hamda immigratsiya tekshiruvi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 1. Haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish — 무면허운전 Huquqiy asos: 「도로교통법」 제43조, 제152조 Amaldagi Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, tegishli haydovchilik guvohnomasini olmagan shaxs avtomobil boshqarishi taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun: • 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki • 3 million vongacha jarima jazosi nazarda tutilgan. Amaldagi 도로교통법 2026-yil 1-iyuldan kuchda bo‘lgan tahrirda qo‘llanmoqda. 2. Mast holda transport vositasini boshqarish — 음주운전 Huquqiy asos: 「도로교통법」 제44조, 제148조의2 Mast holda haydash uchun jazo qondagi alkogol miqdoriga qarab farqlanadi: 혈중알코올농도 0.03% 이상 0.08% 미만 → 1 yilgacha qamoq yoki 5 million vongacha jarima 0.08% 이상 0.20% 미만 → 1 yildan 2 yilgacha qamoq yoki 5–10 million von jarima 0.20% 이상 → 2 yildan 5 yilgacha qamoq yoki 10–20 million von jarima. Agar shaxs mast holda haydash bilan bir vaqtda tegishli haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘lmasa, 음주운전 va 무면허운전 bilan bog‘liq javobgarlik birgalikda ko‘rib chiqilishi mumkin. Sud amaliyotida ham bunday holatlar alohida huquqbuzarliklar sifatida ko‘rilgan. Bundan tashqari, 음주운전 yoki qonunda ko‘rsatilgan tegishli qoidabuzarlik uchun jazo kuchga kirganidan keyin 10 yil ichida takroran huquqbuzarlik sodir etilsa, yanada og‘ir jazo qo‘llanishi mumkin. 3. Guvohnomasi yo‘q shaxsga transport vositasini boshqartirish Huquqiy asos: 「도로교통법」 제56조, 제152조 Transport vositasini boshqarish yoki undan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs haydovchining tegishli guvohnomasi yo‘qligini bila turib, unga avtomobil boshqartirishi ham qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, avtomobilni boshqa shaxsga berishdan oldin uning Koreyada amal qiluvchi tegishli haydovchilik guvohnomasi mavjudligini tekshirish muhim. 4. Chet el fuqarolari uchun immigratsiya oqibatlari ⚠️ Jinoiy jazo avtomatik ravishda deportatsiya degani emas. Koreya qonunchiligida: “3 million von jarima = avtomatik deportatsiya” yoki “jarimalar jami 5 million von bo‘lsa = avtomatik deportatsiya” degan barcha chet elliklarga bir xil qo‘llanadigan umumiy qoida mavjud emas. Biroq 「출입국관리법」 제89조ga ko‘ra, chet el fuqarosining boshqa qonunni buzish darajasi jiddiy deb baholansa, uning viza yoki turli xil 체류허가lari bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, chet el fuqarosi 「출입국관리법」da belgilangan majburiy chiqarib yuborish asoslariga tushsa, 강제퇴거 jarayoni ko‘rib chiqilishi mumkin. Tegishli holatlarda majburiy chiqarib yuborish o‘rniga 출국명령 — mamlakatni tark etish to‘g‘risidagi buyruq berilishi ham qonunda nazarda tutilgan. Shu sababli immigratsiya oqibati faqat jarima summasiga qarab emas, balki jinoyatning turi va og‘irligi, takroriy sodir etilganligi, yakuniy sud qarori, shaxsning Koreyadagi yashash holati va boshqa tegishli omillar asosida individual tarzda baholanishi mumkin. ⚠️ E’TIBOR BERING Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarish: jinoiy ish → sud jazosi → immigratsiya va viza muammolari kabi ketma-ket jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar chet el fuqarosi 무면허운전, 음주운전 yoki boshqa yo‘l-transport jinoyati bo‘yicha tergovga jalb qilingan bo‘lsa, faqat jinoiy ish natijasini emas, balki undan keyingi immigratsiya oqibatlarini ham oldindan tekshirish muhim. Huquqiy asoslar: 「도로교통법」 제43조, 제44조, 제56조, 제148조의2, 제152조 「출입국관리법」 제46조, 제68조, 제89조 Huquqiy maslahat va amaliy yordam uchun: 법무법인 (유한) 금성 010-4510-9966 @Keumseong_advokaturasi https://t.me/koreavisalaw
POLITSYA TERGOVIGA CHAQIRILGAN BO`LSANGIZ DIQQAT QILING! Janubiy Koreyada yashayotgan va ushbu sohada ishlayotgan mutaxasis sifatida sizga bir nechta muxim tafsiyalar bermoqchiman. Agar sizni politsya tergovga chaqirayotgan bo`lsa nima qilish kerak va nimalarni qilmaslik kerak? 1. Avvalo, nima sababdan chaqirilganingizni aniq bilib oling! Sizning ustingizdan ochilgan ish, gumon qilinayotgan holat yoki buzilgan qoida haqida aniqroq tushunitirish talab qiling! Hech qachon qo‘ng‘iroqni ataylab o‘chirish, yashirinish yoki tergovdan qochishga urinmang bu shubxani oshiradi. Agar jinoiy ish bo‘yicha sizga nisbatan gumon mavjud bo‘lsa, advokat yollash huquqingizdan foydalanishingizni bildiring. Koreys tilini yetarli darajada bilmasangiz, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqingiz borligini ham unutmang. 2. Vaziyatni advokat bilan muhokama qiling advokat maslahatini oling. Shaxsiy advokat yollashga imkon bo`lmagan taqdirda aynan siz uchun ochilgan ish qanday tartibda ketishini va nimalar qilish keraklini so`rang! 3. Tergovga chaqirilishingizdan oldin advokat bilan borishingizni, advokat va tarjimonsiz hech qanday bayonot bermasligingizni bildiring. (Chunki tergovda siz gapirilishi kerak bo`lmagan so`zlardan himoyalanishingiz uchun) 4. Tergovdan oldin o‘z pozitsiyangizni advokat bilan aniqlab oling Agar sizga nisbatan aniq ayblovlar va yetarli dalillar mavjud bo‘lsa, shunga mos ravishda himoya strategiyasi ishlab chiqilishi kerak. Agar siz aybsiz bo‘lsangiz, mavjud dalillarni tahlil qilish va ayblovni rad etishga qaratilgan strategiya tanlanishi lozim! 5. Tergovda aytilishi kerak bo`lmagan so`zlar. Agar siz jinoyat sodir etmagan bo`lsangiz hech qachon ~KECHIRIM SO`RAYMAN ~MEN UNDAY ODAM EMASMAN ~BIR MARTA BO`LDI HOLOS ~KELGUSIDA EXTIYOT BO`LAMAN ~ NOQONUNIYLIGINI BILMAGANDIM va shu kabi iqror so`zlarni aslo ayta ko`rmang! Chunki aybni qisman tan oldirish yoxud psixologik xiyla savollar bo`lishi mumkin. 6. Hech qachon so`ralgan savoldan boshqa mazmundagi javoblarni bermang, aniq savolga qisqa aniq javob bering. So`ralmagan savolga o`zingizdan nimadir qo`shimcha qilishga urunmang! 7. Tergov tugaganidan so`ng albatta advokatiz bilan qaytadan o`qib chiqib aniqlik kiritib keyin imzolang! Nima uchun yuqoridagi ma`lumotlarni taqdim etayotganimni bilasizmi? Sababi bizga ko`p hollarda hammasi tugaganidan keyin qamoqda yoxud sudga 10 kun qolganda aloqaga chiqishadi va politsya, prokratura tergovlarida aybni tan olib aybdor degan qarorni e`lon qilishga yaqin qolganda sudda yutib chiqishimizni hohlashadi. Sud hech qachon aybini tan olgan ayblanuvchini aybsiz deb qaror chiqarmaydi. Diqqatni jarayon boshidayoq qaratilsa vaziyatni o`nglash va muvofaqqiyatli yakunlash mukin bo`ladi. Aslida juda keng mavzu va text bilan buni yetkazish qiyin masala. To`liqroq maslahat va amaliy yordam uchun sizga Keumseong advokaturasi tayyorligini bildiraman. 법무법인 (유한) 금성 Telegram: @Keumseong_advokaturasi Tell: 010-4510-9966 https://t.me/koreavisalaw
без подписи
Vizasiz, noqonuniy ishlagan bo`lsa ham Sanje sug`urtasi tasdiqlandi. Shu yilning may oyida bir yurtdosh akamiz ish joyida narvondan yeqilib oyog`i sinish holati bilan shifoxonaga yotgaziladi. Avvaliga ish beruvchi men o`zim to`layman deb bemorni ko`nglini hotirjam qiladi biroq bemor tuzalishga yaqin shifoxona to`lovini yarmini beraman deb, so`ng umuman yonimda yo`q o'zing to`lab tur deb to`lashdan bosh tortadi. Bunday qallop sajanglar uchun albatta bizda ham qonuniy javob bor. Bu esa kerak paytida insoniylik sifatida ko`rsatilmagan yordamni oshig`i bilan qonuniy uslubda undurib olish usulidir. Bemor hatto ishlamagan kunlariga ham oylikni 70 foizidan har oyida to`laydigan majburiyatni yuklash javobi. Yuqoridagi akamizni ham 8 millionga tushgan shifoxona to`lovini sekingina o`ziga yuklagan sajangnimni undan ko`prog`ini to`lashga majbur qildik. Holat ish joyidagi jaroxat sifatida tasdiqlandi va ishlay olmagan oylariga ham oyliklar to'lash uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. Hech qachon ishonmang demaymiz biroq boshidanoq to`lab yordam qiladigan insoflilari ham bordir lekin yolg`onni bostirib ortidan sekin hushyorlik qilib o`ziga to`latvoradiganlarga bizda yaxshi yechimlar bor. Haqqingizni talab qilishdan cho`chimang hattoki vizasiz bo`lsangiz ham endigina ikki marta ishga chiqqan bo'lsangiz ham. O'zingizni extiyot qiling! Batafsil huquqiy yordam va maslahat uchun: 법무법인 (유한) 금성 @Advokatura_keumseong 01045109966 https://t.me/koreavisalaw
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Koreyada yashasangiz, bu raqamlar bir kuni albatta sizga kerak bolishi mumkin! 📞🇰🇷 Kutilmaganda kasal bo‘lib qoldingizmi? Viza bo‘yicha savol tug‘ildimi? Tarjimon, iste’molchi huquqi yoki Seuldagi hayot haqida ma’lumot kerakmi? Kerakli raqamni o‘sha paytda qidirib yurmaslik uchun ushbu postni hoziroq saqlab qo‘ying. 1339 — Tibbiy yordam Yaqin shifoxonani topish yoki shoshilinch tibbiy ma’lumot olish uchun. 1345 — Immigratsiya markazi Viza, yashash muddati, chet elliklar kartasi va immigratsiyaga oid savollar uchun. 1330 — Sayohat va tarjimon yordami Koreyada adashib qolsangiz, sayohat ma’lumoti yoki tarjimon yordami kerak bo‘lsa. 1372 — Iste’molchilar maslahat markazi Pulni qaytarish, shartnoma, xarid yoki to‘lov bilan bog‘liq muammolar uchun. 120 — Seul bo‘yicha ma’lumot Seuldagi transport, yashash, davlat xizmatlari va fuqarolik murojaatlari bo‘yicha. Bu raqamlar hozir kerak bo‘lmasligi mumkin. Ammo kutilmagan vaziyatda qayerga qo‘ng‘iroq qilishni bilish vaqtingizni tejaydi va muammoni tezroq hal qilishga yordam beradi. 📌 Postni saqlab qo‘ying va Koreyada yashayotgan yaqinlaringizga ham yuboring. Huquqiy muammo, immigratsiya yoki viza masalasida professional yordam kerak bo‘lsa: Telegram: @Advokatura_keumseong Tel: 010-4510-9966 법무법인 (유한) 금성 Ishonchli advokatura xizmatlari — vaziyatingizni o‘rganib, to‘g‘ri yo‘lni topishga yordam beramiz.
🌊 Kojedagi 15 ta dengiz sohili (해수욕장) ro'yxati! 🏖️ 2026-yil 4-iyuldan 23-avgustgacha Geoje shahridagi quyidagi 15 ta plyaj dam oluvchilar uchun ochiq bo'ladi. Ro'yxatga qarab har dam olish kuni har xil sohillarga boring va mazza qiling ! 📍 Plyajlar va manzillari: 1.와현해수욕장 📍 경상남도 거제시 일운면 와현1길 59 2.구조라해수욕장 📍 경상남도 거제시 일운면 구조라로 8 3.학동흑진주몽돌해수욕장 📍 경상남도 거제시 동부면 학동6길 60 4.여차해수욕장 📍 경상남도 거제시 남부면 여차길 22 5.명사해수욕장 📍 경상남도 거제시 남부면 명사해수욕장길 61 6.홍포해수욕장 📍 경상남도 거제시 남부면 홍포1길 34 7.덕포해수욕장 📍 경상남도 거제시 남부면 덕포5길 10 8.김영삼대통령생가해수욕장 📍 경상남도 거제시 장목면 외포3길 2 9.구영해수욕장 📍 경상남도 거제시 장목면 구영리 312 10.북흥해수욕장 📍 경상남도 거제시 사등면 사등리 535-1 11.농소몽돌해수욕장 📍 경상남도 거제시 둔덕면 농소해변길 1 12.망치해수욕장 📍 경상남도 거제시 둔덕면 망치리 103-2 13.어구해수욕장 📍 경상남도 거제시 하청면 어구리 533 14.와대해수욕장 📍 경상남도 거제시 하청면 연구1길 41 15.다포해수욕장 📍 경상남도 거제시 하청면 다포리 1127 🕘 Faoliyat vaqti: • 09:00–18:00 • mavsum davrida (25-iyul – 9-avgust): 10:00–19:00 ☀️ Yozgi dam olishni rejalashtirayotganlar uchun Koje'ning musaffo dengizi va go'zal plyajlarida maroqli hordiq ! 🌊🏖️ T.me/foydali_korea
DIQQAT! Koreyada ish joyida jarohat olib ham jim yurgan yurtdoshlar uchun. "Ishimdan ayrilib qolmay", "Vizamga ta'sir qilmasin", "Sajang xafa bo'lmasin", deb yoki boshliqlarning yolg'on va'dalariga ishonib, ko'pchilik jaroxat olsada o'z hisobidan davolanadi va hech narsa bo'lmagandek yana ishiga qaytadi. Ammo ko'p hollarda bu fidoyilik qadrlanmaydi. Ish beruvchiga kerak bo'lmay qolgan kun, mehnatingiz ham, sabringiz ham unutiladi. Ana shunda esa: "Nahotki o'z haqqimni bilmagan ekanman talab qilmagan ekanman" degan g`azab qoladi. Unutmang! O'z huquqingizni talab qilish ish beruvchiga qarshi chiqish emas. Bu o'zingizni qadringizni bilish, sog'lig'ingizni va oilangiz kelajagini himoya qilishdir. Agar ish vaqtida jarohat olgan bo'lsangiz, Koreya qonunchiligida bunday holatlar bo'yicha xodimlar uchun huquqiy himoya, davolanish pullari, jarohat sabab ishlamagan oylaringiz oyliklari va kompensatsiya tizimi mavjud. Holatingizni mutaxassis bilan maslahatlashib ko'ring. Agar ish beruvchi sizni chalg'itayotgan yoki bosim o'tkazayotgan bo'lsa bu ham tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi, Keumseong Advokaturasi bilan bog'lanib maslahat oling. Har doim ham jim turish yechim emas. Ba'zan bitta to'g'ri qadam yillar davomidagi pushaymonlikni oldini olishi mumkin... 법무법인 (유한) 금성 Batafsil: 010-4510-9966 @Advokatura_keumseong
외국인 보호일시해제 (Chet ellikni vaqtincha himoyadan ozod qilish) Ko‘pchiligimiz "보호일시해제" atamasini eshitganmiz. Keling, uning mazmuni haqida qisqacha to‘xtalamiz. 보호일시해제 — immigratsiya yoki chet elliklarni saqlash markazida ushlab turilgan shaxsni, ma'lum asoslar mavjud bo‘lsa, vaqtincha tashqariga chiqarish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladigan rasmiy arizadir. Qanday holatlarda murojaat qilish mumkin? Agar quyidagi kabi asosli va hujjatlar bilan isbotlanadigan sabablar mavjud bo‘lsa, ariza topshirish mumkin: Koreyada qaytarib olinishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi uy depoziti yoki boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lsa; Sotilishi yoki rasmiylashtirilishi zarur bo‘lgan mol-mulk bo‘lsa; Oila a'zolarining og‘ir ahvoli yoki boshqa muhim oilaviy sabablar mavjud bo‘lsa; Talaba oxirgi semestrda o‘qiyotgan va diplom olish arafasida bo‘lsa; Shunga o‘xshash boshqa muhim va hujjatlar bilan tasdiqlanadigan holatlar mavjud bo‘lsa. Muhim ma'lumot Ariza bilan birga kafolat (depozit) puli talab qilinishi mumkin. Uning miqdori har bir holat bo‘yicha immigratsiya organi tomonidan belgilanadi. Noqonuniy (vizasiz) holatda bo‘lgan shaxslar uchun jarima va boshqa qonuniy talablar ham qo‘llanilishi mumkin. 보호일시해제 arizasi topshirilgani uning albatta tasdiqlanishini anglatmaydi. Vakolatli organ barcha hujjatlar va holatlarni o‘rganib chiqib, arizani tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Shuning uchun ariza imkon qadar aniq dalillar, rasmiy hujjatlar va asosli sabablar bilan tayyorlanishi muhim hisoblanadi. Batafsil ma`lumot uchun: 01045109966 @Advokatura_keumseong 법무법인 (유한) 금성 이민팀 https://t.me/koreavisalaw
IMMIGRATSIYA TIZIMIDAGI MUAMMOLARDAN: Otasining hujjatlarisiz bo‘lsa ham, Koreyada tug`ilgan chaqaloqqa ID karta olib berildi. Bugun sizlar bilan bir yaxshi xushxabarni bo‘lishmoqchiman. Yaqinda bir yurtdosh akamizdan qo`ng`iroq keldi. O‘zi Koreyada hujjatsiz nelegal holatda ekan. Ayoli esa D-2 talaba vizasi bilan yashayotgan ekan. Ularni farzandlari tez orada 1 yoshga to‘lar ekan, lekin hali ham 외국인등록증, ya’ni ID kartasini olisholmayotgani haqida gapirdilar. Akamiz ozroq xavotirlanib mendan “Farzandimizga ID karta olib berishning iloji bormi? Yordam bera olasizlarmi?” deb so‘radi. Nega haligacha ID karta olmagansizlar deb so‘rasam, vaziyatni tushuntirib berdi. O‘tgan yili ayoli immigratsiyaga hujjat topshirgani borganda Imigratsiya hodimlari: “Eringiz bilan birga keling. Eringiz ham kelishi kerak”, deyishgan. Ayoli o‘sha kuni qaytib ketgan. Oradan taxminan bir hafta o‘tgach, immigratsiyadan yana qo‘ng‘iroq bo‘lgan. “Eringizni topdingizmi? Nima bo‘ldi?” deb so‘rashgan. Tabiiyki, bundan akamiz nelegal bo’lganiga tashvishga tushgan, havotirlangan. Shundan keyin ular immigratsiyaga borishga ham qo‘rqib yashash manzilini ham o‘zgartirib yangi joyga kochishgan. Bu orada bolaning ID karta masalasi qolib ketgan. Shundan so’ng biz vaziyatni o’rganib, Allohga tavakkal qilib, shartnoma tuzdik va ishni boshladik. Avval nega bolaga ID karta berilmaganini tekshirib ko‘rdik. Shunda qiziq holat aniqlandi. Natijada bolaning ro‘yxati immigratsiyada allaqachon rasmiylashtirilib ID kartasi ham tayyor bo‘lgan. Lekin karta eski manzilga yuborilgan. U yerda hech kim olmagani uchun karta yana immigratsiyaga qaytib ketgan va o‘sha yerda qolib ketgan. Oila esa bundan umuman bexabar bo‘lgan. Shu sababli ID kartani vaqtida olib ketishmagan. Natijada belgilangan muddat o‘tib ketgan va chaqaloq taxminan 2 oy davomida noqonuniy maqomda (불법) holatda qolib ketgan. Shunga qaramay, biz hujjatlarni qayta tayyorladik, vaziyatni immigratsiyaga tushuntirdik va hujjatlarni qayta topshirdik. ✅Eng muhimi, ish katta muammoga aylanib ketmadi. Ushbu holatda taxminan 80,000 won atrofida jarima bilan masala hal bo‘ldi va chaqaloqqa ID karta olib berildi. Bu xabarni bekorga yozayotganimiz yo‘q. Koreyada hozir shunday vaziyatda yurgan oilalar ko‘p. Otasi yoki onasi hujjatsiz bo‘lgani uchun farzandiga ID karta, viza yoki boshqa hujjatlarni ololmay yurganlar bor. Ko‘pchilik qo‘rqadi, kutadi, kechiktiradi. Oxirida esa muammo kattalashib ketadi. Agar sizda ham shunday holat bo‘lsa, qo‘rqib yurib vaqtni o‘tkazib yubormang. Avval vaziyatingizni aniqlab olish kerak. Immigratsiya tizimida kichik bir xatoni ham kattalashtirib yuborilshlari mumkin qachonki mutaxasis bilan bormagunizgacha. Batafsil ma`lumot va amaliy yordam uchun: 📞 010-4510-9966 Telegram: @Advokatura_keumseong 📍 Manzilimiz: 서울특별시 서초구 반포대로 30길 법무법인(유한)금성 https://t.me/koreavisalaw
В Корее начинается сезон летних распродаж 🛍 Появился предварительный график распродаж на лето 2026 года. Даты основаны на ежегодных периодах скидок и общей активности корейского ритейла, поэтому возможны небольшие изменения на 1–2 дня. Кстати, у Zara и COS часто распродажа открывается в приложении еще вечером за день до официального старта 😑 Uniqlo - с 30 мая Olive Young - с 31 мая COS - с 6 июня 29CM - с 7 июня Innisfree - с 10 июня Ably - с 14 июня Musinsa - с 15 июня Zigzag - с 16 июня H&M - с 18 июня SPAO - с 22 июня Zara - с 25 июня 8Seconds - с 29 июня TopTen - с 30 июня Приятного шоппинга🤭 https://t.me/KoreyaQonun
⚠️ DIQQAT! VOICE PHISHING QURBONLARI KO‘PAYMOQDA Bugungi kunda Janubiy Koreyada voice phishing, ya’ni firibgarlik orqali pullarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar juda ko‘paymoqda. Afsuski, bu kabi jinoyatchilar ko‘pincha yangi kelgan yoshlar, soddaroq yurtdoshlarimiz hamda vizasi yo‘q fuqarolarimizdan foydalanishmoqda. “Oddiy firma puli”, “borib olib kelib ber”, “oldi-sotdi puli”, “men bandman”, “xizmatingni qilaman”, “bir joyga birga borib kelamiz” kabi takliflar bilan turli ishlar taklif qilinmoqda. Ko‘pchilik bilmagan holda bu ishlarni bajarib, jinoyatga sherik bo‘lib qolmoqda. Qancha ogohlantirish va ma’lumotlar berilmasin, afsuski bu holatlar hanuz davom etmoqda. ❗️ Hech qachon pul bilan bog‘liq masalada hatto tanishingizga ham ishonmang. Quyidagi holatlar juda xavfli hisoblanadi: • Pul chiqarib kelish • Mashinada pul tarqatib yurish • Birovdan naqd pul olib kelish • ID kartani berib turish • SIM karta ochib berish • Telefoningiz yoki SIM kartangizdan foydalanishga ruxsat berish “O‘zini asraganni Alloh asraydi.” “Tavakkal” deb har qanday ishga aralashishning oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin. Ogoh bo‘ling va boshqalarni ham ogohlantiring. Agar siz shu kabi holatlarda jabrlangan bo‘lsangiz yoki bu masalada huquqiy maslahatga muhtoj bo‘lsangiz, quyidagi manzil orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: 법무법인(유한) 금성 KEUMSEONG ADVOKATURASI 📞 Tel: 010-4510-9966 📩 Telegram: @Advokatura_keumseong https://t.me/koreavisalaw
HAYIT AYYOMI MUBORAK BOLSIN BISMILLAH JAMOASI INSHAALLAH ERTAGA TONGGI 5:00 DAN ISH FAOLIYATINI BOSHLAYDI. HAYIT NAMOZIDAN SONG BATCHANGIZNI OSHXONAMIZDA KUTIB QOLAMIZ TANDIRDAN UZILGAN ISSIQ SOMSALAR HAMDA BOSHQA TAOMLARIMIZ HAM SOTUVDA BO'LADI INSHAALLOH. 거제시 장평1로1길24-8 Murojat uchun: 010 5872 9207
Shoshilinch yordam kerak! Bir vatandoshimiz hozirda 중앙대학교광명병원 shifoxonasida. Chaqaloq muddatidan oldin tug‘ilgan va hozir onaga zudlik bilan qon kerak bo‘lyapti. 🩸 Kerakli qon guruhi: AB- (4 manfiy) Kim yordam bera olsa yoki qon topshira olsa, iltimos bog‘laning. 📞 Aloqa uchun: 010-2301-7709 👤 Ism: OYATULLO Iltimos, ushbu postni tarqatib yuboring. Sizning yordamingiz juda muhim. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Eng kop savollardan biri E9 vizasidaman ayolimni uzoq muddatli vizaga olib kira olamanmi? Quyida shu haqida amaliyotlardan kelib chiqib yozib qoldiraman. Koreyada E9 yani professional bolmagan ishchi vizada ishlayotgan yurtdoshlar uchun turmush ortogini Koreyaga F3 uzoq muddatli hamroh vizasiga olib kirish imkonsiz. Orada bir necha xil yangiliklar tarqalgandek boldi biroq hali amaliyotda bu imkonsiz bolib qolmoqda. Muqobil variant sifatida men nimani taklif qilishim mumkin... 1. Turmush ortogingiz yosh bolsa talaba vizasi bilan olib kirishinigiz va yangi viza sahifasini ochishinigiz mumkin. 2. Kirib kelganidan song ozingiz ham E9 vizangiz tugaganida qonuniy uning vizasiga hamroh sifatida otishinigiz mumkin. (qoidalari bor) 3. Hech bo`lmaganda qisqa muddatli vizalar C3 vizasiga ariza bersangiz chiqishi mumkin va amaliyotda ham mavjud. Amaliy yordam va maslahat uchun: 법무법인 (유한) 금성 010-4510-9966 https://t.me/koreavisalaw
JANUBIY KOREYADAGI JARIMALAR VA IMMIGRATSIYA BILAN BOG`LIQ MUAMMOLAR. Janubiy Koreyada chet el fuqarolari qonunbuzarlik sodir etsa yoki katta miqdorda jarima olsa, bu immigratsiya holatiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq immigratsiya har bir ishni alohida ko‘rib chiqadi va qaror holatning og‘irligiga qarab belgilanadi. 1. Oddiy vizalar (E, D, C va boshqa umumiy vizalar) Oddiy vizalarda bo‘lgan chet el fuqarolari uchun: katta miqdordagi jarimalar, jinoiy ishlar, yoki takroriy qonunbuzarliklar immigratsiya tekshiruviga sabab bo‘ladi. Ayniqsa amaliyotda 3 million won va undan yuqori jarimalar xavfli holat sifatida baholanadi. Bunday vaziyatlarda: vizani uzaytirmaslik, vizani bekor qilish, chiqib ketish haqida buyruq, yoki og‘ir holatlarda deport masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. F2 va F4 vizalari va shu kabilar F2 va F4 vizalari oddiy vizalarga nisbatan barqarorroq hisoblanadi. Ammo: katta jarimalar, jinoiy javobgarlik, yoki takroriy qonunbuzarliklar bu vizalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Amaliyotda 5 million won va undan yuqori jarimalar immigratsiya nazoratini kuchaytiradigan omillardan biri sifatida qaraladi. Holatga qarab: ogohlantirish, vizani uzaytirishni cheklash, chiqib ketish buyrug‘i, yoki deport chorasi qo‘llanishi mumkin. 3. F5 vizasi F5 (doimiy yashash) vizasi eng barqaror vizalardan biri hisoblanadi. Oddiy ma’muriy jarimalar ko‘pincha katta muammo tug‘dirmaydi. Lekin: og‘ir jinoyatlar, zo‘ravonlik, jinsiy jinoyatlar, narkotik bilan bog‘liq holatlar, yoki jamoat xavfsizligiga tahdid qiluvchi jinoyatlar sodir etilsa, F5 vizasi ham bekor qilinishi yoki deport masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 4. Immigratsiya qaroriga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar Agar holat yengilroq bo‘lsa, quyidagi omillar ijobiy baholanishi mumkin: 봉사활동 (ko‘ngilli faoliyat), TOPIK sertifikati, KIIP dasturidagi yuqori natijalar, soliqlarni muntazam to‘lash, uzoq muddat qonuniy yashash, barqaror ish faoliyati, qonunbuzarlikning bir martalik bo‘lishi. Bunday holatlarda immigratsiya: ogohlantirish bilan cheklanishi, yoki vizani uzaytirishga ruxsat berishi mumkin. Muhim eslatma jinoyat turi, jarima miqdori, sud hukmi, shaxsning immigratsion holati, va umumiy yashash faoliyati ga qarab qaror qabul qilinadi 법무법인 (유한) 금성 드림 https://t.me/koreavisalaw